Dars turi: Malakalarni shakllantirish.
Dars usullari: savol-javob
Dars materiallari: 1. Fizika kitobi va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk.
2. Laboratoriya ishiga doir kerakli jihozlar. Shtativ va qisqich. Yog’och taxta (tribometr), yog’och taxtacha ( brusok),Dinamometr, o’lchov chizg’ichi.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism
2.Ish haqida tushuncha berish
3.Ishning borishi:
Ishni bajarish tartibi.
1. Qiya tekislikni yig’ing Uning balandligi va uzunligini o’lchang.
2. Ilmoqli taxtacha (brusokni olib) , uni brusokka osib, og’irligi p ni o’lchang.
3. Brusok osilgan dinamometrni sekin yuqoriga ko’taring. Brusokni vertikal bo’yicha h balandlikka ko’tarishdagi bajarilgan ishni Af= P h formulaga asosan hisoblang.
4. Brusokni o’sha balandlikka tekis harakatlantirib chiqaring. Dinamometr ko’rsatkichini yozib oling. At=FS formulaga asosan brusokni qiya tekislik bo’yicha siljitishda bajarilgan ishni hisoblang.
5. Qiya tekislikning toydali ish koeffisiyentini formulaga asosan hisoblab chiqaring.
6. Qiyalik balandligini oshirib yoki kamaytirib tajribani takrorlang.
7. Absolyut va nisbiy xatoliklarni hisoblang. Quyidagi jadvalni to’ldiring.
|