Boshqotirma javobi. 1) Blok 2) Qoidasi 3) Dinamometr 4) Mexanizm 5) Qiya.
3. Yangi mavzuning bayoni.
Yuqorida Siz oddiy mexanizmlarning ishdan yutuq bermasligi bilan tanishdingiz. Buni kengroq ma'noda qaralsa, «har qanday mexanik mexanizm kuchdan necha marta yutuq bersa, yo'ldan shuncha marta yutqazadi» degan xulosaga kelinadi. Bunga «mexanikaning oltin qoidasi» deyiladi.
Oldingi mavzuda biror yukni ma'lum balandlikka ko'tarishda mexanizmlarning og'irligini, ulardagi ishqalanishlarni hisobga olmadik. Bularni hisobga olinsa, m massali yukni h balandlikka ko'tarishda ishga nisbatan ancha ko'p ish bajarish zarurligi kelib chiqadi. Af ish foydali ish deb ataladi. Au - umumiy bajarilgan ish deb atalib, ishlar yig’indisidan tashkil topadi. A - ishqalanishlarni yengish, mexanizmning o'zini ham ko'tarish va h.k. larni bajarish bilan bog'liq qo'shimcha ishlar.
Foydali ishning umumiy ishga nisbati bilan o'lchanadigan kattalik mexanizmning foydali ish koeffitsiyenti deyiladi.
|