2. 1 sekund vaqt davomidagi tebranishlar soniga tebranishlar chastotasi deyiladi. Chastotani § harfi bilan belgilanadi. Agar jism 1 sekundda 1 marta tebransa, uning chastotasini 1 Gers (Hz) deb qabul qilingan. 1 Hz =
Inson qulog'i 16 Hz dan 20000 Hz gacha bo'lgan tovushlarni seza oladi. 16 Hz dan kichik tovushlarni infratovush va 20000 Hz dan kattalarini ultratovush deyiladi.
Aniq bir chastotali tovush chiqaradigan asbobga kamerton deyiladi. Kamertonni 1711-yilda ingliz musiqachisi J. Shorom ixtiro qilgan bo'lib, musiqa asboblarini sozlashda foydalangan. Kamerton ikki shoxli metall sterjendan iborat bo'lib, o'rtasida tutqichi bor. Rezina tayoqcha bilan kamertonning bir shoxchasiga urilsa, ma'lum bir tovush eshitiladi. Kamertonning tebranishiga ishonch hosil qilish uchun ipga birorta yengil sharchani osib, uni kamertonning ikkinchi shoxchasiga tegizib qo'yamiz. Kamertondan ovoz chiqqanda sharcha ham tebranib turganligini ko'rish mumkin. Kamertondan chiqadigan ovozni kuchaytirish uchun u yog'ochdan yasalgan qutiga o'rnatiladi. Bu qutini rezonator deyiladi. Shu maqsadda rubob, tor, dutor, tanbur kabi asboblarda tebranuvchi sim ostiga yupqa parda qo'yiladi. Odamning ham tovush chiqaruvchi og'zi kamertonga o'xshaydi. Til tebranuvchi jism bo'lsa, og'iz bo'shlig'i va tomog'i rezonator vazifasini bajaradi.
4. Darsni mustahkamlash uchun quyidagi va multimediya darsligidagi savollar olinadi:
1. Kamerton shoxchasining uzunligi o’zgartirilsa, undan chiquvchi tovush qanday o’zgaradi?
2. Quloq tovushni qanday qabul qilishi haqida Sizda qanday fikrlar bor?
3. Tor, ruboblarga nima sababdan yupqa parda qoplanadi?
|