DTS talabi: Tovush kattaliklarini bilishi.
Dars turi: Yangi bilim berish.
Darsning usuli: Suhbat, aqliy hujum.
Dars materiallari: 1. Fizika darsligi, multimediya darsligi va plakatlar. 2. Tovush generatori va dinamik. 3. Elektron ossillograf va mikrofon.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism Guruhlarni tashkil etish. Taqdimot. (O’qituvchi tanlagan usul bilan jarayon amalga oshadi.)
2. O’tilgan mavzuni so’rash:
1. Baliqlar ovoz chiqarmaydi degan gap rostmi?
2. Oyda Yerdagiga qaraganda tovush uzoqroqqa tarqaladimi yoki aksinchami?
3. Nima sababdan odam o’z ovozi yozilgan magnit tasmasini eshitsa tanimaydi?
Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilar fikrini olish. (O’qituvchi tanlagan usul bilan jarayon o’tkaziladi.)
3. Yangi mavzuning bayoni .
Tovushlar yo'g'on va ingichka, baland va past, yoqimli va yoqimsiz bo'ladi. Ular bir-biridan qanday kattaligi bilan farq qiladi? Buning uchun maxsus kattaliklar kiritilgan.
|