|
Qattiq jismlarda tovush tarqalishi
|
bet | 215/230 | Sana | 15.06.2021 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #15054 |
3. Qattiq jismlarda tovush tarqalishi. Buni o'rganish uchun o'yinchoq telefon yasaymiz. Yog'ochdan yasalgan ikkita gugurt qutisini olib, uning donalarini chiqarib qo'yamiz. Har birida bittadan cho'pni qoldirib, belidan bitta ipning ikkita uchini gugurtga teshib kiritib cho'plarga bog'laymiz. Qutilarni yopib, ipni tarang qilib tortamiz. Telefon tayyor! O'rtog'ingizga birini berib, qulog'iga tutishini so'rang. O'zingizdagi qutini tortib, ipni taranglashtirib qutiga gapirsangiz, o'rtog'ingiz bemalol eshitadi. Bunda tovush ip orqali uzatiladi. Poyezd yo'li relslariga quloq tutgan odam, poyezdni ko'rmasa-da, uning kelayotganini eshitadi. Ba'zi filmlarda «hindu»larning yerga yotib otliqlar yoki hayvonlar to'dasi yaqinlashayotganini bilib olganligini ko'rgan bo'lsangiz kerak. Qattiq jismlarda tovushning tarqalish tezligi eng katta ekanligi jadvaldan ko'rinib turibdi.
Jadval
Gazlar
|
HI, m/s 0°C da
|
Suyuqliklar
|
El, m/s 20°C da
|
Qattiq jismlar
|
E, m/s
|
Azot
|
333,6
|
Dengiz suvi
|
1490
|
Aluminiy
|
6260
|
Kislorod
|
316
|
Aseton
|
1192
|
Temir
|
5850
|
Uglerod (II) oksid
|
338
|
Glitserin
|
1923
|
Oltin
|
3240
|
Argon
|
319
|
Simob
|
1451
|
Mis
|
4700
|
Xlor
|
206
|
Etil spirti
|
1188
|
Kumush
|
3620
|
4.Mustahkamlas:
1. Baliqlar ovoz chiqarmaydi degan gap rostmi?
2. Oyda Yerdagiga qaraganda tovush uzoqroqqa tarqaladimi yoki aksinchami?
3. Nima sababdan odam o’z ovozi yozilgan magnit tasmasini eshitsa tanimaydi?
5. O’quvchilarni baholash. O’quvchilar darsdagi ishtirokiga qarab baholanadi.
6. Uyga topshiriqlar. Darslikdan keyingi mavzuni o’rganish va amaliy topshirig’ini bajarib kelish.
61-dars Sana: 6-sinf
MAVZU: TOVUSH KATTALIKLARI
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: - o’quvchilarda tovush kattaliklari haqida tushunchalar hosil qilish.
Tarbiyaviy : O’z-o’zini salohiyatini oshirishga intilish ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Ilmiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
|
| |