|
1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi
|
bet | 218/230 | Sana | 15.06.2021 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #15054 |
Tovushning qattiqligi. 121-rasmdagi kamertonning sharcha tegmagan shoxchasiga sekingina rezina bolg'a bilan uraylik. Shunda kamerton tebranishi tufayli sharcha ma'lum uzoqlikka borib keladi. Bolg'a bilan qattiqroq uraylik. Sharcha oldingidan uzoqroqqa borib keladi. Kamertonning tebranishi davrida eng katta chetlashishiga tebranishlar amplitudasi deyiladi. Kamerton qanchalik katta amplituda bilan tebransa, undan chiqadigan tovushning qattiqligi shuncha katta bo'ladi. Tovush energiyaga ega. Agar tovush energiyasi ma'lum kattalikdan kichik bo'lsa, inson unday tovushlarni eshitmaydi. Bu quyi chegara 1 m1 yuzaga to'g'ri kelgan tovush quvvati 0,000001 mkW deb belgilangan. Birlik yuzaga to'g'ri kelgan tovush quvvati 1 W/m2 ga borganda, inson qulog'ida og'riq sezadi va tebranishlarni tovush sifatida qabul qilmaydi. Tovushning qattiqligi 1858-yilda nemis fiziklari V. Veter va G. Fexner tomonidan tavsiya qilingan qonun asosida aniqlanadi. Inson sezadigan tovush qattiqligining quyi chegarasi Bell deb belgilangan. Bu birlik telefonni ixtiro qilgan G. Bell sharafiga qo'yilgan. Og'riq sezish bo'sag'asini 130 dB deb qabul qilingan (1 detsibelKl ldBIE10,l B). Shunga ko'ra sekin suhbatniki 40 dB, shovqinniki 80 dB, samolyotniki 110-120 dB ga teng. Tovushning balandligini mexanik va elektr qurilmalar yordamida kuchaytirish mumkin. Masalan: Karnaydan chiqayotgan ovozni bir tomonga yo'naltirib, tarqalish yuzasi kichiklashtiriladi. «Rupor» (123-rasm) ham shunday tovushni yo'naltirib beradi. Qadimda tovushni kuchaytirib beruvchi apparatlar bo'lmaganida, «qulog'i og'ir» odamlar ruporni qulog'iga qo'yib eshitganlar.
Tovushning balandligi. Bu kattalik tovush chastotasi bilan belgilanadi. Ma'lumki, inson gapirganda yoki ashula aytganda bir xil chastotali tebranishlar chiqarmasdan, ko'p xil chastotali tebranishlar hosil qiladi. Erkak kishi gapirganda uning tovushida 100 dan 7000 Hz gacha, ayol tovushida 200 dan 9000 Hz gacha bo'lgan tebranishlar uchraydi. Nog'oradan chiqadigan tovushlar 90 dan 14000 Hz gacha bo'ladi.
3. Tovush tembri. Unga qarab kim gapirayotganini, kim kuylayotganini yoki qanday cholg'u asbobi chalinayotganini aniqlash mumkin. Tovush ichidagi ko'p chastotali tebranishlardan eng kichik chastotasi ni asosiy ton deyilib, 2§0, 3§0 va h.k. chastotali tebranishlarni obertonlar deyiladi. Mana shu obertonlar soni va obertonlar kuchi hamda tovush balandligiga qarab, tovush manbalari turli xil tembrga ega bo'ladi.
Erkaklar chiqaradigan asosiy tonga qarab, ovozi «Bas» (80-350 Hz), «Bariton» (110-400 Hz), «Tenor» (230-520 Hz) kabilarga, ayollarnikini «Soprano» (260-1050 Hz), «Kontralto» (170-780 Hz), «Messo-soprano» (200- 900 Hz) va «Koloratur soprano» (260-1400 Hz) larga bo'linadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi
|