• 2.O’tilgan mavzuni so’rash
  • Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Darsning usuli




    Download 2,52 Mb.
    bet224/230
    Sana15.06.2021
    Hajmi2,52 Mb.
    #15054
    1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   230
    Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

    Darsning usuli: Suhbat, aqliy hujum.

    Dars materiallari: 1. Fizika darsligi va multimediya darsligi.. 2. Plakatlar. 3. Doska, bo’r.

    Darsning borishi.

    1. Tashkiliy qism Guruhlarni tashkil etish. Taqdimot. (O’qituvchi tanlagan usul bilan jarayon amalga oshadi.)

    2.O’tilgan mavzuni so’rash: 1. Dengiz tubiga yuborilgan ultratovush 4 s dan so’ng qaytib keldi. Dengizning chuqurligi qanchaga teng?

    3. Yangi mavzuning bayoni:

    Yuqorida aytganimizdek, biz tovushlar olamida yashaymiz. Bu tovushlar yoqimli bo'lsa, musiqiy ta'sir qildi deymiz. Yoqmasa, buncha shovqin deymiz. Yig'layotgan chaqaloqning ovozi onasiga yoqimli bo'lsa, begona kishiga shovqin bo'lib tuyuladi. Kimgadir nog'oraning ovozi musiqiy tuyulsa, kimdir uni shovqin sifatida qabul qiladi. Shu sababli ularni qat'iy chegaralash qiyin. Latifani eslaylik. «Nasriddin bir kuni musiqachi tanishinikiga mehmon bo'lib boribdi. Tanishi unga turli xil musiqa asboblarini uzoq vaqt davomida chalib ko'rsatibdi-da, so'rabdi: «Mulla Nasriddin, shu musiqa asboblaridan qaysi birining ovozi sizga yoqadi» - desa, Nasriddin qorni ochib ketganligidan: «Menimcha eng yaxshi ovoz, kapgirning qozonga urilishidan chiqqan ovoz», - degan ekan». Shunga ko'ra, odamlarga turli tovushlar turlicha ta'sir ko'rsatadi. Umuman olganda, ko'pchilikka musiqiy tovushlar yoqadi. Musiqa asboblarida tovushlar quyidagicha hosil qilinadi: havo ustuni tebranishi (karnay, surnay, klarnet, fleyta, saksofon va h.k.), tor tebranishi (rubob, tor, dutor, tanbur, skripka, violonchel, g'ijjak va h.k.), tarang tortilgan teri yoki membrana tebranishi (doira, baraban, nog'ora va h.k.) va elektron asboblardagi tebranishlar tufayli.

    Ular chiqaradigan tovushlarning chastotasi, balandligi, tembri turlicha bo'ladi. Masalan, skripka chiqaradigan tovush chastotasi 260-15000 Hz, klarnetniki 150-8000 Hz, nog'oraniki 90-14000 Hz atrofida bo'ladi. Musiqiy tovushlarning parrandalarga, uy hayvonlariga ta'siri borligi ham o'rganilgan. Har qanday yoqimli kuy yoki ashulani ham juda baland ovozda qo'yilsa, u shovqinga aylanadi. Shovqin inson asabiga va salomatligiga ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli shovqindan asrash uchun tovush yutuvchi vositalardan foydalaniladi. Narsa va vositalarning tovushni yutish xossasini belgilash uchun tovush yutish koeffitsiyenti (§) deb ataluvchi kattalik kiritiladi. § - yutilgan tovush energiyasining tushgan tovush energiyasiga nisbati bilan o'lchanadi. Quyidagi jadvalda § kattalikning turli materiallar uchun qiymati keltirilgan (tovush chastotasi 500 Hz).
    Shovqinlarning inson salomatligiga salbiy ta'siri bo'lganligidan, ularni kamaytirish choralari ko'rilmoqda. Masalan: Yevropa mamlakatlari shovqini ma'lum chegaradan oshadigan samolyotlarni mamlakat hududida uchish, aeroportlariga qo'nishni taqiqlab qo'ydi.

    Binolarni loyihalashda ham tovush tarqalishiga e'tibor beriladi. Shu sohani o'rganadigan fan bo'limi me'morchilik akustikasi deb ataladi. Yaxshi loyihalangan teatr zallarida, sahnada pichirlab aytilgan tovush zalning istalgan joyida eshitiladi. Bu binoning shipiga qaralsa, uning shakli ichi bo'sh tuxum po'chog'iga o'xshab qurilgan bo'ladi. Shunda sahnadan chiqqan tovush unga urilib, zalning istalgan joyiga bir xil masofani o'tib boradi. Bunday zallarning tomoshabin o'tiradigan, yuradigan hamma joylariga ular tomonidan chiqadigan shovqinlarni yutuvchi materiallar qoplanadi.




    Download 2,52 Mb.
    1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   230




    Download 2,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Darsning usuli

    Download 2,52 Mb.