1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi




Download 3,84 Mb.
bet81/136
Sana13.05.2024
Hajmi3,84 Mb.
#230443
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   136
Bog'liq
fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz

3. Yangi mavzuning bayoni.
O'qituvchi mavzuni yoritishda «Muammoli vaziyatni o'rganish» interfaol metodidan foydalanadi. Bunda quyidagilar o'rtaga tashlanadi:

          1. Xonadon elektr zanjiridagi ulashlar.

          2. Kuchlanishning bor-yo'qligini aniqlash.

          3. Vilka va rozetkani ulash.

          4. Patron va vklyuchatelni ulash.

Elektr simyog'ochlarda kamida ikkita sim bo'ladi. Bu simlardan biri neytraldir. Neytral sim ayrim simyog'ochlar orqali yerga ulangan bo'ladi. Simyog'och simlarining eng pastdagisi neytral bo'ladi. Aytaylik, simyog'ochdagi simlar soni to'rtta. Pastdagi neytral 0-sim bilan boshqa uchtasining har biri orasidagi kuchlanish 220 V ga teng. Shuning uchun har bir xonadonning bitta simi neytral simga, ikkinchisi esa boshqa simlardan biriga ulanadi. Masalan, I xonadon 0- va 1 - simga, va 2- simga, III xonadon 0- va 3- simga ulanadi. Shunday ulanishda har bir xonadondagi elektr kuchlanish 220 V dan bo'ladi. Agar yanglishib, xonadonning elektr zanjiri 1- va 2- sim, 2- va 3- sim yoki 1- va 3- simga ulab qo'yilsa, bu xonadonda tarmoqqa ulangan elektr asboblari shu zahoti kuyadi. Chunki, simyog'ochdagi bunday tartibdagi simlar orasidagi kuchlanish 380 V ni tashkil etadi O'tkazgichda kuchlanish bor-yo'qligini aniqlash uchun otvyortka-sezgich dastasi oxiriga ko'rsatkich barmoqni qo'yib, uchi o'tkazgichga tekkiziladi. Agar o'tkazgichda kuchlanish bo'lsa, otvyortka-sezgichdagi lampochka yonadi Bunda о'tkazgich—lampochka—odam zanjiri orqali tok o'tib, lampochka yonadi. Lampochkaga ketma-ket qarshilik ulangan bo'ladi. Shuning uchun lampochka odamdagi kuchlanish 0,5-1 V ni tashkil etadi. Bunday kuchlanish lampochkaning yonishiga yetarlidir.
Agar tekshirilayotgan o'tkazgichda kuchlanish bo'lmasa, otvyortka-sezgichdagi lampochka yonmaydi.
Ko'chadagi simyog'ochdan xonadon elektr zanjiriga ulangan simlardan biri neytral, ikkinchisida esa kuchlanish mavjud. Kuchlanishli sim bilan neytral sim orasidagi kuchlanish 220 V ga teng bo'ladi. Xonadon elektr zanjiriga ulangan bu ikkita sim xonadonning barcha qismida o'zaro yonma-yon va parallel bo'ladi (100- rasm). Bu simlar hech bir joyda bir-biriga bevosita ulanib qolmagan bo'lishi kerak.
Xonadondagi barcha elektr asboblarning bitta simi zanjirning kuchlanishli simiga, ikkinchisi esa neytral simga ulanadi. Elektr asboblar xonadon elektr zanjiriga to'g'ridan to'g'ri emas, balki vilka va rozetka orqali ulanadi. Elektr asbobdan chiqqan shnur ichida bir-biridan izolatsiyalangan ikkita o'tkazgich (sim) mavjud. Shnur uchi vilkaga ulangan. Ko'p hollarda vilka va shnur birgalikda bo'ladi. Ayrim hollarda vilka shnurga vintlar yordamida mahkamlanadi (105- rasm). Buning uchun shnurdagi har bir o'tkazgich uchidan 10—15 mm uzunlikdagi izolatsiyasi tozalanadi. So'ngra izolatsiyadan tozalangan o'tkazgichlar uchi halqa qilib buraladi va vintlar yordamida vilkaga mahkamlanadi.

Download 3,84 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   136




Download 3,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

Download 3,84 Mb.