1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi




Download 3,84 Mb.
bet84/136
Sana13.05.2024
Hajmi3,84 Mb.
#230443
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   136
Bog'liq
fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz

Yangi mavzu bayoni:

Tevarak-atrofimizda elektr tarmoqlari juda ko'p, kundalik turmushimizda muntazam elektr jihozlar bilan ish ko'ramiz. Ulardagi nosozliklar, ulardan foydalanishda ehtiyotkorona ish tutmaslik tufayli hayotimizni xavf ostiga qo'yishimiz mumkin.
Odam tanasi elektr tokini yaxshi o'tkazadi. 36 V dan yuqori kuchlanishli elektr tarmoq odam organizmi uchun xavfli hisoblanadi.
Xonadon elektr zanjiri ulangan elektr tarmoq 220V kuchlanishga ega ekanligini bilasiz. Ehtiyotsizlik qilib bunday kuchlanishli sim ushlab olinsa, tanadan tok o'tadi. Bunday holat, odatda, tok urdi deyiladi. Agar tok urgan kishini elektr simdan tezda ajratib olinmasa, u halok bo'lishi mumkin.
Qanday ehtiyotsizliklar tufayli odamni tok urishi mumkin? Tok urmaslik uchun qanday elektr xavfsizlik choralariga amal qilish kerak?
1. Ko'chadan o'tgan elektr tarmoqlari simdan izolatsiyalanmagan bo'ladi. Ba'zi paytlarda elektr tarmog'ining bitta simi uzilib, yo'lda osilib yotgan bo'lishi mumkin. Uni ushlaganda tok simdan odam tanasi orqali yerga o'tadi va tok uradi.
Ko'chada uzilib yotgan elektr tannog'i simini ushlamaslik kerak. Undan o'zingizni va boshqalarni ehtiyot qiling.
2. Xonadon elektr zanjirining simlari, odatda, devor ichidan o'tgan bo'ladi. Biror zarurat yuzasidan devorga mix qoqilayotgan paytda simning izolatsiyasi shikastlanishi va mix simga tegib qolishi mumkin. Bu holda ham tok odam tanasi orqali yerga o'tishi va tok urishi mumkin
3. Ayrim hollarda nosozlik tufayli elektr jihoz ichidagi tok o'tgan sim uning metall korpusiga tegib qolgan bo'lishi mumkin. Bunday elektr jihozning (masalan, muzlatkichning) metall qismini ushlaganda tok odam tanasi orqali yerga o'tishi va tok urishi mumkin
Muzlatkich, televizor kabi elektr jihozlarning orqa tomonidagi maxsus qisqichini sim orqali yerga ulab qo'yish lozim.
Xonadon elektr zanjiridagi shikastlangan joyni ta'mirlashda tarmoqda" elektr toki bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat'i nazar hisoblagichdagi ikkala patrondan saqlagichlarni olib qo'yish zarur.
Ba'zi hollarda simning tokli bitta fazasi ushlab turilsa ham, tok urmasligi mumkin. Buning uchun odam yerdan izolatsiyalangan, ya'ni odam oyog'i ostida tok o'tkazmaydigan material qo'yilishi, tanasining hech bir joyi o'tkazuvchi material orqali yerga tegib turmasligi kerak.



Download 3,84 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   136




Download 3,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

Download 3,84 Mb.