|
1. Darsning maqsadi
|
Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 293,77 Kb. | | #156239 |
Bog'liq nuridddin Farg`ona politexnika instituti 2-bosqich S6B-21 ТMJ guruh talabalari Ismoiljonov Nuriddin Mirolimov Shaxzod Jalolov Zayniddin Xomidov Xabibullo Azamjonov Avazbek Muxiddinov Asadbek “Mashinalar yaratishning texnik asoslari ” fanidan Mexanik jarayonlarning asosiy parametrlarini hisoblash uchun algoritmlar tuzish
1. Darsning maqsadi:
1.1. Texnologik mashinalar va jihozlarda hisoblash texnikasi va avtomatlashtirilgan loyihalash sistemasidan foydalanish.
1.2. Dizayner bilan muhandis - konstruktorning hamkorlikda ishlash masalalarini tahlil qilishni o‘rganish
2. Darsning mazmuni: 2.1. Oldingi laboratoriya ishlaridan foydalanib mashina mexanik jarayonlarini, konstruktorlik qismini kompyuterda hisoblash (ish unumdorlik, quvvat)
2.2. Mashina konstruksiyasi o‘ziga yuklatilgan funksional vazifani bajara olishligini konstruktiv va ergonomik talablari asosida tahlil qilish.
3. Dars o‘tish vositalari:kerakli jihoz va uskunalar
3.1.Aylanma pechning laboratoriya modeli.
3.2.O‘lchov asboblari: chizg‘ich, metr, shtangensirkul, sekundomer
Nazariy ma’lumotlar
Laboratoriya ishlarida kompozitsiya va texnik estetikaning mashina konstruksiyasiga ta’siri haqidagi savollar ham yetarli darajada aniqlab olingan edi. Ushbu laboratoriya ishi esa mashina konstruktiv hisobi badiiy konstruksiyalash bilan birikib, bitta garmonik uyushma hosil qilish masalalariga va mashina konstruktiv yechimlarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Aylanma pechlar sement, ohak, keramzit yetishtirishda keng qo‘llaniladi.
Aylanma pech, umumiy qaraganda ichi issiqqa chidamli g‘ishtdan qoplangan uzun quvur. Tayanch roliklarga ufqqa qiya qilib(3-4 %) joylashtirilgan va aylanishi natijasida, uning ichiga solingan ‘om ashyo yuqori uchidan pastki uchiga qarab harakat qiladi. Pech ichidagi yoqilg‘i yondirish natijasida olingan yuqori harorat (1000 – 1500 0s) ta’sirida hom ashyoda fizik-ximik o‘zgarishlar vujudga keladi va maqsadli xossalarga ega bo‘lgan tayyor mahsulot pechdan tushiriladi. (Masalan, sement yetishtirishda pechdan klinker tushiriladi.)
Aylanma pech turini va o‘lchamini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar bu tanasining ichki diametri (D) va uzunligi (L) .
Bu ko‘rsatkichlarning ko‘paytmasi aylanma pechlarning markasini belgilaydi, masalan, 3,6x150 m, 4,5x80 m, 5x100m va xokazo.
Muhandis-mexaniklar aylanma pechlarning quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblashni va aniqlashni o‘zlashtirishlari kerak:
- transportlovchi vosita sifatidagi unumdorligi;
- yuritma quvvatini;
- turli qismlarining mustahkamligini;
- badiiy – konstruksiyalash asoslarini
5. Ishni bajarish tartibi
5.1 Aylanma pech laboratoriya modelini ishga tayyorlash va asosiy o‘lchamlarini olish;
5.2 Aylanma pechning asosiy ko‘rsatkichlarini har bir talaba o‘z varianti bo‘yicha mahsus dastur asosida EHM yordamida hisoblash.
5.3 Talaba 8.1–jadvalga o‘zining gurux ro‘yxatidagi tartib soni «B »ni kiritadi va jadvaldagi tenglamalar asosida o‘zining boshlang‘ich asoslarini aniqlaydi.
5.4 Boshlang‘ich asoslarni EHM ga kiritib, aylanma pechning quyidagi ko‘rsatkichlarini hisoblaydi:
- transport vositasi sifatidagi unumdorligi,
- elektromotor quvvatini
5.5 Xulosa.
6. Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot tarkibi
Laboratoriiya ishi bo‘yicha hisobot davlat standarti (297x210mm) o‘lchamdagi titul varaqasida yoki daftarda bajariladi. Hisobot ushbu laboratoriya ishining maqsad va mazmunini, qisqacha nazariy ma’lumotni, ishni bajarish tartibini, topshiriqni bajarishdagi EHM dagi hisob bayonini, xulosani o‘z ichiga olishi kerak.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Juravlyov M.I., Folomeev A.A. Mexanicheskoe oborudovanie predpriyatiy vyajushix materialov i izdeliy na baze ix .M.; Vыsshaya shkola, 1983 . – 232s.
2. Novikov G.I .i dr. Sbornik zadach po vыchislitelьnoy texnike i programmirovanie. M.; Finansы i statistika, 1991. – 144s.
|
| |