[
OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.01.00 Fuqarolik]
[
TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 18-fevralda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda ma’qullangan
LexUZ sharhi
Ushbu Qonunning 6, 45-moddalari va 55-moddasining 1-bandi 2020-yil 1-apreldan e’tiboran amalga kiritiladi.
1-bob.
Umumiy qoidalar
1-modda.
Ushbu Qonunning maqsadi
[
OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.01.00 Fuqarolik]
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish va tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi
qonunchilik
[
OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.01.00 Fuqarolik]
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[
OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qo‘llash va sharhlash]
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda.
Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ariza beruvchi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha davlat organiga murojaat qilgan voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki chet davlat fuqarosi yoxud voyaga yetgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;