|
1. Devorni o‘rnatish. Devor konstruksiyasi. Devorni qurish texnologiyasi
|
bet | 4/5 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #115967 |
Bog'liq 12-ma\'ruza SHYKYoritish tizimini qurish
Yoritish tizimini qurish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
Ishlar loyixa asosida bajariladi.
Tayanchlarni o‘rnatish uchun dumaloq yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi chuqurligi 1.18-2.0 m. Bo‘lgan kotlovan qaziladi. Kotlovan diametri va o‘lchami d= 0.8-1.0, o‘lchami 0.7x 0.7m, 1.6 x 1.6m.
Kotlovan tagidagi grunt qo‘lda olib yuriladigan shibbalovchi bilan zichlanadi
Asos uchun chaqilgan tosh (markasi 600 va undan yuqori) keltirilib chuqur ichiga bir tekis qilib taqsimlanadi.
Kotlovanga avtomobil kranlari yordamida yoritish tayanchlari o‘rnatiladi. Teodolit yordamida tikkaligi tekshiriladi. Kotlovanni to‘ldirish uchun 150-200 markali beton qorishmasi keltirilib qalinligi 50-70 sm. bo‘lgan qatlam joylashtirilib vibrator yordamida zichlanadi. Agarda kotlovan kam bog‘langan gruntlarda qazilsa u xolda opalubka qilishga to‘g‘ri keladi. Opalubkaning tashqarisi tuproq bilan to‘ldirilib zichlanadi, so‘ngra yoritish lampalarining kronshteynlari yig‘iladi .
53-rasm. Zamonaviy ko‘cha yoritgichlari tizimi.
Ko‘cha xarakati jadaligi nazoratchisi; 2-Boshqaruv markazi; 3- simsiz aloqa; 4-Nazoratchi; 5 –ko‘cha yoritish qutisi; 6 – Elektr kabeli; 7 – o‘chirilgan; 8 – Maksimal yoritish kuchi; 9- Tungi yorug‘lik; 10 –Yangi texnologiya xarakat jadalligi kamaygan vaqtda yoritish kuchini kamaytirish imkonini beradi.
Elektr tarmog‘i
Yoritish tizimida elektr kuchlanishi 220/380 v. Magistral ko‘chalarda (Shahar yoki tuman miqyosida) elektr yoritish tarmoqlari yer osti kabel shaklida joylashtiriladi. Axoli yashash joylari ko‘chalarida xavoda tortilgan tarmoq shaklida qilinadi. Kabelni joylashtirish uchun transheyakopatel yordamida chuqurligi 0.7-1.0 m bo‘lgan bort bo‘ylab gazonda yoki trotuar tagida transheya qaziladi. Kabelni Shahar inshoatlaridan uzoqlikda joylashtirilishi me’yorlangan. Misol uchun imorat fundamentidan elektr kabellari 0.6 m, qatnov qismi bortidan 1.5 m, tramvay kontakt va yoritish tarmoqlari tayanchidan 0.5 m va x.k. Uzoqlikda joylashtiriladi.
|
| |