|
Devor (Bort) ni qurish texnologiyasi
|
bet | 2/5 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #115967 |
Bog'liq 12-ma\'ruza SHYKDevor (Bort) ni qurish texnologiyasi
Devor qurilishi quyidagi texnologik jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
1. Belgilash;
2. Xandak (transheya) kovlash;
3. Xandak tagi gruntini zichlash;
4. Bort qirrasi otmetkasi bo‘yicha shnur tortish;
5. Asosni qurish: qum, chaqilgan tosh, shag‘al, metallurgiya kukunini joylash;
6. Betonni joylash va zichlash;
7. Bortni asosga o‘rnatish;
8. Bortni o‘tqazish;
9. Bort toshi pastki qismi yon tomonidagi beton qorishmasi va boshqa materiallarni joylashtirish va zichlash;
10. Bortni o‘tqazish;
11. Bort toshlari orasidagi choklarni to‘ldirish;
12. Xandakni grunt bilan to‘ldirish.
Ko‘chalarni ko‘klamzorlashtirish
Yo‘l qurilish tashkilotlari qurilish ishlarini olib borish jarayonida ko‘chalar, maydonlar va boshqa loyixa bo‘yicha ko‘zda tutilgan maydonlarni ko‘klamzorlashtirishadi. Qurilish tashkilotini vazifasi – loyixada ko‘zda tutilgan o‘simliklarni ekish va tarbiyalashdir.
O‘simliklar turi mutaxassis agronomlar (ko‘klamzorlashtirish va dizayn) tomonidan tanlanadi.
Ko‘chalarni ko‘klamzorlashtirish trotuarlar va ko‘cha chetidagi imoratlar mikro klimati masalalarini xal qiladi.
Yo‘lovchilarni insolyatsiya va issiqlik ta’siridan ximoya qilish va shu bilan birga ko‘chalarga yorug‘lik tushishi bo‘yicha maxalliy iqlim sharoitlari bilan bog‘liq.
Ko‘klamzorlashtirish yana bir vazifani shahar magistrallari shovqinidan saqlaydi.
51-rasm. Insoyatsiya tartibini xisobga olgan xolda ko‘chalarni ko‘klamzorlashtirish.
a – Kunning xar xil vaqtlaridagi soyaning uzunligi; b – Xar xil balandlikdagi daraxtlardan tushayotgan soyaning uzunligi; v – naxor va kech vaqtlardagi yo‘laklarning tuzilishi.
52-rasm. Shahar magistrallarida shovqundan ximoya qilishning bo‘lishi mumkin bo‘lgan variantlari.
A – Yashil o‘simliklardan ximoya tasmasi; b – devor bilan qo‘shilgan gruntli karer; v – Noturarjoy imorati; g – qatnov qismi o‘ymada (shovqindan saqlash soyasi shtrixlangan)
|
| |