|
-Mavzu: Konfutsiylik ta'limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar
|
bet | 10/13 | Sana | 29.06.2024 | Hajmi | 321,72 Kb. | | #266205 |
Bog'liq 1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudoj4-Mavzu: Konfutsiylik ta'limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar.
R e j a:
Konfutsiylik ta'limoti.
Konfutsiychilikda ijtimoiy-axloqiy masalalar.
Konfutsiy ta’limotining ajralmas elementlari.
Konfutsiylik yoki konfutsiychilik - Xitoydagi axloqiy-siyosiy taʼlimot; keyinchalik eng taʼsirli 3 asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri (daosizm va buddizm bilan birga). Konfutsiy asos solgan. Konfutsiyning ilk davomchilari — Men-szi (Mek Ke — miloddan avvalgi 371—289), Ven-szi (miloddan avvalgi 6-asr), Xan Fey-szi (miloddan avvalgi 233 yil v.e.), keyingi davrda Fan Chjen (6-asr), Xan Yuy (768—824) va boshqa
Konfutsiy taʼlimotida insonparvarlik (jen), odob qoidalari (li), fazilat (de) tushunchasi muhim oʻrin egallaydi. Insonparvarlik tushunchasiga koʻra, odamlar axloqiy va ijtimoiy munosabatlarda yoshi ulugʻ, mavqei baland kishilarni xurmat qilishlari, podshohga sadoqatli boʻlishlari kerak. Odob kridalari tushunchasiga koʻra, u tufayli yuksak fazilatlar shakllanadi, jamiyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli in-son kamolotga erishadi. Uning negi-zida "sen oʻzing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning erishishiga koʻmaqlash", "sen nimani orzu qilmasang, uni boshqalarga ravo koʻrma" kabi hayotiy tamoyillar yotadi. "Buyuk taʼlimot" va "Oʻrtalik haqida taʼlimot" degan asarlarni Konfutsiy yozgan deb taxmin qilinadi. Bu kitoblarga koʻra, odamlarning birgalikda oqilona yashashi tartibining muhim shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashqil etadi: donolik; insonparvarlik; sadoqat; kattalarni hurmat qilish; jasorat. Bu fazilatlar oʻziga va boshqalarga xalollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil insonlargina bunday fazilatga ega boʻladi.
Konfutsiyda taʼkidlanishicha, qonun inson manfaatlariga xizmat qilmogʻi lozim. Qonun oʻzgarishi bilan manfaatdorlik va manfaatsizlik tushunchalari ham boshqacha maʼno kasb etadi, inson faoliyatida tub oʻzgarish roʻy beradi. Oʻtmishda oʻrnatilgan tartibga sajda qilish yangi qonunlar ruhiga ziddir. K.da jamiyatni boshqarishga katta eʼtibor berilib, unga koʻra, jamiyatni keragidan ortik, oddiy qonunlar bilan toʻldirib yubormaslik zarur. Xitoyda asrlar mobaynida K.ning turli maktablari yuzaga kelgan. Ular oʻrtasida keskin kurash borgan.
Konfutsiy milodiy 1 -a.da davlat taʼlimotiga aylandi, 9-asrda buddizm, 11-asrda daosizm ustidan toʻla gʻalaba qozondi. Bunga, ayniqsa, Sun davri (960—1279)da neokonfutsiychilik rivojlanganligi tufayli erishildi.
Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy axloqiy tushuncha- jen (insoniylik). «Lun yuy» («Hikmatlar») kitobida shunday deyiladi: «Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi», «o`zingga ep ko`rmagan narsani o`zgaga munosib ko`rma, shunda davlatda ham, oilada ham o`zingga nisbatan yovlik xis qilmaysan». Demak jen — ham jamiyat, ham oila a’zolari orasidagi munosabatlarni belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan «syao» -ota-onani, kattalarni hurmat qilish, «li» — urf-odat, marosimlarni e’zozlash tushunchalari mustahkam bog`liq. Ayni paytda «li» tushunchasining ma’nosi ancha keng, u davlatga bo`lgan munosabatni ham o`z ichiga oladi. Hoqon (imperator) — Osmon o`g`li, u Osmon ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoida esa quyidagicha: «Podsho—podsho, ota—ota, mulozim—mulozim, o`g`il— o`g`il bo`lishi kerak».
Qadimgi Xitoyning buyuk donishmandi, bundan 2500 yil avval yashagan va ijod qilgan Konfutsiy “konfutsiychilik “ deb ataluvchi axloqiy-siyosiy bilimlar ta’limotini ishlab chiqqan. Bu ta’limotning mazmun-mohiyatini insonning tabiiy axloq-odobini takomillashtirilish, davlatni boshqarish haqida ma’lumotlar berilgan. Konfutsiy ta’limotida hukmdor va quyi qatlam vakillari o’rtasidagi munosabatlar, jamiyatdagi tinchlik va osoyishtalik, nafosatshunoslik qoidalari haqida ma’lumotlar berilgan. Konfutsiy uchun eng muhimi bu insonning axloqi va tarbiyasi, bunda quyidagi beshta tushuncha alohida o’rin tutadi: 仁 (Ren) insonga bo’lgan muhabbat, 义 (Yi) ma’suliyat, 礼 (Li) xulq-atvor me’yorlari, 智 (Zhi) bilimlar, 信 (Xin) ishonch. Bundan tashqari ezgu fazilatlarga kattalarga hurmat ehtirom 孝 ( xiao ) ham kiritiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan ezgulik tushunchalarining tarjimalari shartli ravishda amalga oshirilgan bo’lib, bu tushunchalarning har biri juda keng ma’noga ega bo’lgan. “Besh ezgulik tushunchalar” ning mohiyati quyidagilardan tashkil topgan: 仁 Ren “Insonga bo’lgan muhabbat”, “Insonparvarlik” ma’nosini beradi. Inson xulq-atvor me’yorlari va axloqiy yuksalishlarini ifodalab beradi, ya’ni bunda ko’ngilchanlik, qa’tiyat, kamtarlik, oliyjanoblik, odamlarga nisbatan muhabbat, haqiqatgo’ylik, ochiq ko’ngilllik kabi hislatlar aks ettiriladi. Muallif tomonidan bu ko’rinishlardagi shaxslarga misol tariqasida afsonaviy hukmdorlar – Yao, Shun va Yuy kabilar ko’rsatiladi. Konfutsiy tomonidan insonning ahloqiy takomillashishga harakat qilishi kerakligi ta’kidlab o’tiladi. Odamning barcha ezgu xususiyatlarini u “ ren ” asosida kelib chiqqan deb ko’rsatadi, bu tushuncha asosida jamiyatdagi munosabatlar shakllantirilishi ta’kidlanadi. Konfutsiy fikricha, inson o’zini o’zi yaratadi, ya’ni hayoti davomidagi barcha qarorlari uning o’ziga bog’liq. Bunda uning boshqa insonlarga bo’lgan munosabati ham inobatga olinadi. 义 Yi “Ma’suliyat”. Insonga bo’lgan oily muhabbat (仁 ren) hayotda ma’suliyat hissi (义 yi ) orqali moddiylashadi. “Yi” tushunchasining o’zi esa ko’p ma’nolarga ega. Bu tushuncha orqali insonning ma’naviy holati belgilanadi. Bu insonnig haqiqat izlashiga va o’z ota-onasiga nisbatan haqiqatgo’y bo’lishi, ular bergan tarbiyalariga minnatdor bo’lishi orqali namoyon bo’ladi. Boshqa insonlarga nisbatan uni mehrli bo’lishi inobatga olinib, uning xudbinligiga qarshi kurashishiga da’vat etadi. 礼 Li “Xulq-atvor me’yorlari ”. 礼 “Li” tamoyili odamlar o‘rtasidagi turli xil munosabatlarni ifodalab beradi, insonning jamiyatdagi xulq-atvorini ifodalaydi. Xitoy ahloqshunosligida uch turdagi o’zaro munosabatlar ajratib ko’rsatiladi: hukmdorlar va quyi qatlam vakillari o’rtasidagi munosabatlar, kattalar va kichiklar, ota va o’g’il o’rtasidagi munosabatlar.
|
| |