3.1-rasm. Yoydagi kuchlanishni payvandlash toki ta’siri:
a - xar xil uzunlikda, b - elektrodni xar xil diametrlarida
Yoyning turli uzunligida va elektrodlarning turli diametrlarida yoydagi kuchlanishning tok kuchiga bog’liqligi.
Yoydagi tok kuchini uning kichik qiymatlarida ortirish kuchlanishni sezilarli darajada pasaytiradi.
Yoyni uzaytirish Jyoy=const bo‘lganda kuchlanishni oshirishga olib keladi. Tok kuchini bundan keyin xam oshirib borilganda (katodning diametri o‘zgarmas bo‘lganda, va tok zichligi ortirilganda) yoyning kuchlanishi deyarli o‘zgarishsiz qoladi. Bunda katod dog’ining d o‘lchami katod cheti o‘lchamiga ortadi va uning bundan keyingi kengayishi qiyinlashadi (elektrodning yon sirtlariga ko‘chish bilan amalga oshirilishi kerak) va tokni yana xam orttirilganda kuchlanishning ortishi yuz beradi va volt-amper tavsif o‘suvchi bo‘lib qoladi.
Boshqa teng sharoitlarda elektrodning diametri katta bo‘lganda volt-amper tavsifining o‘chuvchi tarmog’i faqat tok kuchi katta bo‘lganda vujudga keladi.
Nisbatan uncha katta bo‘lmagan tok kuchida (zichligida) yoy kuchlanishi, tok kuchi va yoy uzunligi o‘rtasidagi bog’lanish G. Ayrton formulasi bilan ifodalanadi:
Bunda a, b, c vа d - elektrodlarning material iva gaz oralig’i tarkibiga bog’liq koeffitsientlar. Tok kuchi katta bo‘lganda tenglamaning oxirgi xadi (bulagi) uncha katta emas va bog’lanishni soddalashtirish mumkin:
Nazorat sаvоllаri
1.Elektr yoyi nima?
2.Taminlovchi manbalarga qo’yiladigan talablar qaysilar?
3. Taminlovchi manbaning tartibi?
|