3. ELEKTR YOYNING TEMPERATURASI VA VOLT-AMPER TAVSIFI.
Yoyning ta’sir ko‘rsatish xududida ajraladigan energiya tok kuchining elektrodlar o‘rtasidagi kuchlanishning tushishiga ko‘paytmasi sifatida aniqlanishi mumkin:
Wyoy=Jyoy*Uyoy
bunda Wyoy - yoy xududida ajraladigan energiya, vatt xisobida,
Jyoy – tok kuchi, A da,
Uyoy – yoydagi kuchlanish.
Elektr yoyining xolatini yoyning to‘rtta asosiy parametrlari bilan tavsiflash mumkin:
Tok kuchi - Jyoy
Tok zichligi - iyoy
Yoydagi kuchlanish - Uyoy
Yoy uzunligi - Lyoy
Elektrodlarning o‘lchamlari va ular orasidagi masofalar doimiy bo‘lganda yoyning elektr parametrlari elektrodlarning materialiga yoydagi gaz tarkibiga va yoy ustunida elektrodlar va gazning temperaturasiga bog’liq bo‘ladi.
Elektrod o‘lchamlarining va ular orasidagi masofani o‘zgarishi o‘z navbatida uning elektrik parametrlariga ta’sir qiladi. Shu tarzda yoyning elektrik parametrlari geometrik va fizik omillarga bog’liq bo‘ladi.
Payvandlash amaliyotida geometrik omillarning ta’sirini elektr yoylarining quyidagi shakllari bilan tavsiflash mumkin:
a) Simmetrik yoy - bunda elektrodlar bir xil.
b) Assimetrik yoy- bunda elektrodlar o‘lchamlari xar xil.
v) Erkin kengayuvchi yoy - bunda elektrodlar o‘lchamlari yoy ustuni
o‘lchamlaridan katta.
g) Siqilgan yoy - bunda yoy ustunining kengayishi imkoniyati bitta yoki ikkala elektrodning o‘lchamlari bilan cheklanadi.
Elektr yoyini oqilona ta’minlash, elektrparametrlarni va yoyning elektrodlarga issiqlik ta'sirini avtomatik tartibga solish masalalarini xal qilishda yoyning juda muxim va qulay tavsifi yoyning statik-volt amper tavsifi xisoblanib, u yoyda tok kuchining o‘zgarishiga bog’liq xolda kuchlanishning o‘zgarishi tavsifini ifodalaydi.
Bu bog’lanishning o‘ziga xos ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
|