Elektr yuritma mexanik qismi­ning dinamik modeli, funksional sxemasi va asosiy elementlari




Download 42,89 Kb.
bet4/5
Sana07.02.2024
Hajmi42,89 Kb.
#152788
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Elektr yuritmalarning asosiy turlari va ularning vazifalari.

Elektr yuritma mexanik qismi­ning dinamik modeli, funksional sxemasi va asosiy elementlari.
Elektr yuritmaning mexanik qismini «qattiq» mashinaning dinamik modeli sifatida qarash mumkin. Bunda modelning hamma zvenolari harakat jarayonida sezilmaydigan darajada ezilganligi bois, bu ezilishni hisobga olmasa ham bo‘ladi; kinematik juftliklar lyuft va oraliqlarga ega emas, ya’ni ularning harakatini aniqlaydigan golanom bog‘lanish tenglamalari ideal holatga mos keladi. Mexanikada golanom bog‘lanishlar deb elementlar tezliklari nisbatlari berilganda ularning tenglamalari elementlar harakati orasidagi nisbatlarni ko‘rsatadigan bog‘lanishlarga aytiladi. Bu holda bog‘lanish tenglamalari integrallanadi. Bu yerda individual yuritma ko‘rib chiqilayotgan bo‘lganligi uchun bunday bikr mashinaning dinamik modeli bitta erkinlik darajasiga ega bo‘ladi. Yuritmaning mexanik qismida real kinematik bog‘lanishlar va juftliklarning deformatsiyasi hamda turli titrashlarga va umumiy tebranish­larga sabab bo‘ladigan potensial energiyaning taqsimlanishi yuz beradi. Bu tebranishlar ayrim zvenolarda qo‘shimcha dinamik yuklamalarga Elektr yuritma mexanik qismining funksional sxemasi: M — dvigatel, UM1 va UM2 — ulanish muftalari; UQ — uzatish qurilmasi (reduktor); IO — ijrochi mexanizmning ish organi.
olib keladi va ijrochi mexanizmning aniq ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi.
Elektr yuritma mexanik qismining funksional sxemasini o‘rganish, bikr mashinaning dinamik modeli kinematikasini aniqlashga va ayrim elementlari hamda bog‘lanishlari parametrlarini aniq­lashga yordam beradi. Masalan, dvigatel M energiyani elek­tromexanik o‘zgartgichi bo‘la turib, o‘zining bikr qo‘zg‘aluvchi mexanik qismlari, ya’ni, aylanuvchi yakorga (o‘zgarmas tok mashinalari uchun) yoki rotorga (o‘zgaruvchan tok mashinalari uchun) ega. Bu element inersiya momenti J, burchak tezlik w va elektrmagnit moment M bilan tavsiflanadi. Aylanmas harakatdagi ijrochi mexanizm­ning qo‘zg‘aluvchan bikrlikka ega bo‘lgan ish organi IO inersiya momenti Jm, burchak tezlik wm va moment Mm bilan tavsiflanadi.
Ilgarilama harakatda ish organ M massa, V chiziq­li tezlik va F kuch bilan tavsiflanadi.
Uzatish qurilma turlari:
a — reduktor; b — tishli-reykali uzatma; d — krivoship-shatunli mexanizm; e — yuk ko‘tarish barabani; f — vint-tebranma gayka uzatmasi.
Sanoat va qishloq xo‘jaligining turli sohalarida ommaviy tarzda qo‘llaniladigan ventilyatorlar, konditsionerlar, nasoslar va havo haydovchi (dam beradigan) va boshqa umumsanoat mexanizmlari uchun, xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, tejamkorligi yuqori bo‘lgan ekstremal boshqariladigan elektr yuritma tizimi keltirilgan.
Ekstremal boshqariladigan asinxron dvigatelli elektr yuritma quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tiristorli kuchlanish rostlagichi KTR ning chiqishiga ulangan elektr dvigatel D, tiristorli rostlagichning boshqarish tizimi BT, signallar jamlovchisi SJ, elektr dvigatelining kuchlanishi xabarchisi KX. Bu xabarchining chiqishi kuchlanish signalini differensiallash bloki KDB ga ulangan.
Elektr dvigatel quvvatining moment xabarchisi (MX) ning chiqishi kuchaytiruvchi blok KBB ga ulan­gan; shu blokka arifmetik blok (AB) ning chiqishi ham ulangan, MX ning chiqishi quvvatlarni differensiallaydigan blok QDB ga KBB orqali ulangan; bo‘lish bloki BB ning kirishiga differensiallash bloklari QDB va KDB larning chiqishlari ulangan, BBning chiqishi SJ ning kirishlaridan biriga ulangan.
Elektr yuritma quyidagicha ishlaydi:
Asinxron elektr yuritmalarida, ular o‘zgarib turadigan yuklama bilan ishlaganda isrof bo‘ladigan elektr energiyasini kamaytirish AD ning statoriga beriladigan kuchlanishni yuklama yoki tok funksiyasi bo‘yicha rostlash bilan amalga oshiriladi.
Elektr dvigatel D ishlab turganida MX va KX xabarchilari chiqishlarida signallar ajraladi. Kuchlanish energiyani tejaydigan asinxron elektr yuritma. xabarchisi KXning signali uni differensiallash bloki KDBga keladi, bu yerda: vaqt bo‘yicha differensiallanadi. MXning signali kuchaytiruvchi blok QDB (1-hmd) kattaligiga mutanosib bo‘lgan signalga ko‘paytiriladi va arifmetik blok AB ga keladi. BBning chiqishida elektr dvigatelning jami isrofiga mutanosib bo‘lgan signal olinadi. Yig‘indi sarf elektrmagnit va mexanik sarfdan iborat. KDBda differensiallangan quvvat signali, bo‘lish bloki BB da differensiallangan signalga aylanadi. Bu blokning chiqishida quyidagi signalni olamiz: Yuklamaga bog‘liq ravishda dDP/dt ga teng bo‘lgan signalning qiymati o‘zining ishorasini o‘zgartiradi. Ekstremal rostlashni amalga oshirish uchun bu signalning chiqish qiymati nolga teng bo‘lishi lozim. Signal jamlovchi SJ da signallar ayriladi yoki qo‘shiladi. Bu esa yuklama turlicha bo‘lganida elektr dvigatelni rostlashning ekstremal zonasida ishlashni ta’minlaydi.
Ekstremal boshqarishli asinxron elektr yuritma tizi­mi yuklama darajasi turlicha bo‘lganda ADda yig‘indi sarfining minimum bo‘lishini ta’minlaydi. Bu elektr yuritmaning FIK ni o‘sishiga va AD ning quvvatidan samarali foydalanish imkonini beradi. Bu esa burchak tezligi rostlanmaydigan va dvigatellari o‘zgarmas chastotada ishlaydigan mexanizmlarning tiristorli elektr yuritmalari uchun muhim ahamiyatga ega. Asinxron elektr yuritma chastota o‘zgarishining keng diapazonida eng kam sarf bo‘yicha boshqarilsa, dvigatel haroratining ortishi ham minimum bo‘ladi. Uning mutlaq qiymati yo‘l qo‘yiladigan qiymatidan biroz farq qilishini ko‘rsatadi.

Download 42,89 Kb.
1   2   3   4   5




Download 42,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr yuritma mexanik qismi­ning dinamik modeli, funksional sxemasi va asosiy elementlari

Download 42,89 Kb.