|
Kompyuterli loyihalash fani tarixi va rivojlanish bosqichlari
|
bet | 3/3 | Sana | 07.09.2024 | Hajmi | 67,01 Kb. | | #270506 |
Bog'liq 1 mavzuKompyuterli loyihalash fani tarixi va rivojlanish bosqichlari
Dastlabki ALTning vujudga kelishi o‘tgan asrning 60 yillariga borib taqaladi. 1955-1959 yillarda MTI (Massachusets texnologiya instituti)da Ross boshchiligida APT (Automatical program tool – avtomatlashgan dastgoh dasturi) dasturlash tizimi yaratilgan.
CAD tushunchasini ilk bor Ayven Sazerlend kiritdi. Uning doktorlik dissertatsiyasi mashinaviy grafikaning nazariy asosi hisoblanadi.
Kompyuterli loyihalashni rivojlanish bosqichlari:
70-yillarda ilk bor loyihalash sohasini kompyuterlashtirish mumkinligini ko‘rsatgan ayrim natijalarga erishildi. O‘sha davrda asosiy etibor avtomatlashtirilgan chizish tizimlari (ACHT)ga qartildi .
80-yillarda mikro va superkompyuterlar avlodining kirib kelishi bilan ACHT kichik firmalarga ham foydalanish imkoniyatini berdi. Chizma dastgohining displey bilan almashishi ish vaqti tezligining oshishiga – tajribali loyihachi ish samaradaorligini 3 baravar, rangli displeyda esa 3,5 baravarga oshirdi. Dastlab 3D da oddiy sirtlar yaratilgan bo‘lsa keyinchalik qattiq jismlar ham yaratilishi boshlangan.
90-yillar ALTning balog‘at davri hisoblanadi. Bu davrda ko‘plab dasturiy noqulayliklar, xato va kamchiliklar bartaraf etilishi boshlandi. Hozirda loyihalashning butun jarayonini avtomatlashtirish, integratsiyalash borasida fikr yuritilmoqda. Loyihani avtomatlashtirishda shakl xususiyatlarini analiz qilish hal qiluvchi funksiya va murakkab operatsiya jarayonlarini bajara olish keskin rivojlanib borayotgan ALTda interfeysni oldingi o‘ringa chiqarish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Jumladan, yurtimizda avtomobilsozlik yonalishi ham rivojlanib bormoqda. Rivojlanishning asosiy omillaridan biri sifatida avtomatik loyihalash tizimi (ALT) dan y’ani CAD/CAE/CAM texnologiyalaridan keng foydalanilayotkanligini ko‘rsatish mumkin. Har qanday mahsulotni ishlab chiqarishda unga ishlab chiqarish vaqtining qisqa, tannarxining kam va sifatining yuqori bo‘lishi kabi asosiy talablar qo‘yiladi. Bu talablarni CAD/CAE/CAM texnologiyalarini keng miqiyosda qo‘llamasdan turib amalga oshirishning iloji yo‘q.
Mashinasozlik sohasida - avtomatik loyihalash tizimi (ALT) tushunchasi odatda, CAD/CAE/CAM tizimlariga nisbatan qo‘llanilib, unda kompyuter yordamida loyihalash, ishlab - chiqarish va muxandislik ma’lumotlarini boshqarish masalalarini amalga oshiruvchi dasturlar to‘plamiga nisbatan qo‘llaniladi. Birinchi CAD – tizimlari 60-yillarda paydo bo‘lgan. Aynan shu vaqtda General Motors kompaniyasida, mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlashning interaktiv grafik tizimi yaratilgan edi
Avtomobilni loyihalashning asosiy maqsadi ilg´or va iqtisodiy asoslangan avtomobil turlarini yaratishdan iborat. Yangi avtomobillarni yaratishda ularning afzalliklari va mukammalliklarini baholash uchun ishlab chiqaruvchi va foydalanuvchi korxonalar uchun umumiy bo´lgan mezon va o´lchagichlardan foydalaniladi. Har qanday mahsulot uchun, shu jumladan avtomobil uchun ham asosiy mezon bo´lib uning sifati hisoblanadi. Avtomobilning sifatini baholashda uning tashqi ko´rinishi (dizayni), yonilg´i tejamkorligi, muddat buzilmasdan ishlashi, tortish dinamikasi, tormoz samaradorligi, ta´mirlashga qulayligi va hokazolar hisobga olinadi.
Hozirgi kunda bir qator keng tarqalgan CAD/CAE/CAM tizimlari mavjud, xususan, CATIA, Solid Works, AutoCAD, NX Nastran, MSC ADAMS, Inventor and mechanical Desktop, Pro/Engineer, Parasolid, Solid Edge va boshqalar.
Nazorat savollari.
Fanning maqsadi va vazifalari nimadan iborat?
Loyihalash deganda nimani tushunasiz?
Loyihalashni avtomatlashtirish deganda nimani tushunasiz?
Kompyuterli loyihalash fani tarixi va rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot bering?
|
| |