|
1. Fanning maqsadi va vazifalari Kompyuterli loyihalash fani tarixi va rivojlanish bosqichlari Fanning maqsadi va vazifalari
|
bet | 1/3 | Sana | 07.09.2024 | Hajmi | 67,01 Kb. | | #270506 |
Bog'liq 1 mavzu
1 – Ma’ruza. Mavzu: Fanning maqsadi va vazifalari. Fanning o‘rni.
Fan tarixi va rivojlanishi.
Ma’ruza rejasi:
1. Fanning maqsadi va vazifalari
2. Kompyuterli loyihalash fani tarixi va rivojlanish bosqichlari
Fanning maqsadi va vazifalari
Tehnikaviy obyektni loyihalash ushbu obyekt obrazini qabul qilingan forma (shakl)da yaratish, qayta o‘zgartirish va tasvirlab berish bilan bog‘liq. Obyekt yoki uning tarkibiy qismining obrazi inson tasavvurida ijodiy jarayon natijasida yaratilishi yoki inson va EHMlarning o‘zaro ta’siri jarayonida ba’zi algoritmlar bo‘yicha yuzaga kelishi (generirovat’sya) mumkin.
Loyihalash – loyihalash uchun topshiriq bo‘lgan holda bajariladi. Topshiriq jamiyatning qandaydir tehnikaviy buyumni olishga bo‘lgan ehtiyojini aks ettiradi. Bu topshiriq u yoki bu hujjatlar ko‘rinishida bo‘ladi va obyektning birlamchi bayoni vazifasini bajaradi. Loyihalash natijasini, odatda, obyektni berilgan sharoitlarda tayyorlash uchun yetarli ma’lumotlarni jamlagan hujjatlarning to‘liq komplekti o‘taydi. Bu hujjatlar obyektning natijaviy bayoni bo‘ladi.
Loyihaviy yyyechimlarning hammasi yoki bir qismi inson va EHMlarning o‘zaro ta’siri yo‘li bilan olinadigan loyihalash avtomatlashtirilgan deb, EHMdan foydalanilmaydigan loyihalash esa, avtomatlashtirilmagan loyihalash deb ataladi.
Loyihalash – bu obyektning birlamchi bayoni va (yoki) uni mavjud qiladigan algoritm asosida berilgan sharoitda ham mavjud bo‘lmagan obyektni yaratish uchun zarur bo‘lgan bayonini tuzish jarayonidir. Loyihalash berilgan talablarga javob beradigan, yangi buyumni yaratish yoki yangi jarayonni amalga oshirish uchun zarur va yetarli bo‘lgan loyihalanadigan predmet bayonini olish maqsadidagi izlanish, tadqiqot, hisob va konstruksiyalash bo‘yicha ishlar majmuini o‘z ichiga oladi. Loyihalash – bu chuqur ilmiy bilimlarga va ijodiy izlanishlarga hamda ma’lum sohada to‘plangan tajriba va ko‘nikmalardan foydalanishga asoslangan, lekin sermashaqqat oddiy ishlarni bajarish zarurati bo‘lgan inson bunyodkorlik faoliyatining murakkab, o‘ziga hos turidir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1. Fanning maqsadi va vazifalari Kompyuterli loyihalash fani tarixi va rivojlanish bosqichlari Fanning maqsadi va vazifalari
|