1. Fanning maqsadi va vazifalari Kompyuterli loyihalash fani tarixi va rivojlanish bosqichlari Fanning maqsadi va vazifalari




Download 67,01 Kb.
bet2/3
Sana07.09.2024
Hajmi67,01 Kb.
#270506
1   2   3
Bog'liq
1 mavzu

Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining EHM bilan chambarchas muloqotida amalga oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash tehnikasi vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va EHM orasidagi funksiyalarni ratsional taqsimlash va masalalarni mashinada yechish metodlarini asosli tanlash lozim.
ALTni yaratish uchun:

  1. matematik metodlar hamda hisoblash tehnikasi vositalarini qo‘llash asosida loyihalashni takomillashtirish;

  2. izlash, ishlov berish va informatsiya (ma’lumot)ni chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;

  3. optimallashtirish va ko‘p variantli loyihalash metodlaridan foydalanish;

  4. loyihalanayotgan obyektlar, buyumlar va materiallarning matematik modellarini samarali qo‘llash;

  5. obyektlarni avtomatlashtirilgan loyihalash uchun zarur bo‘lgan, ma’lumotnoma tavsifidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlarga ega ma’lumotlar bankini yaratish;

  6. loyiha hujjatlarini shakllantirish (rasmiylashtirish) sifatini oshirish;

  7. ijodiy bo‘lmagan ishlarni avtomatlashtirish hisobiga loyihalovchilar mehnatining ijodiy ulushini oshirish;

  8. loyihalash metodlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish;

  9. ALT sohasidagi mutahassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

  10. loyihalovchi bulimlarning turli darajadagi hamda vazifasi har hil bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlar bilan mustahkam aloqada ishlashi zarur.

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga zamonaviy kompyuterli loyihalashning texnik tizimlarni loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirishning dastlabki bosqichida sodir bo‘ladigan muammolar, avtomatlashtirilgan loyihalashning ta’minot turlari, optimallashtirish masalalari va ularning zamonaviy usul va uslubiyatlarida echilishi hamda geometrik modellash bo‘yicha yo‘nalishlar profiliga mos, ta’lim standartida talab qilingan bilim, ko‘nikma va malaka darajasini ta’minlashdir.
Fanning vazifalari – talabalarga kompyuterli loyihalashning texnik tizimlarni optimal loyihalashning hozirgi zamon usul va uslubiyatlari, kompyuter texnikasi yordamida avtomatlashtirishgan optimal loyihalashning matematik asoslari, avtomatlashtirilgan loyihalashning ta’minot turlarini, geometrik modellash va loyihaviy hujjatlarni avtomatlashtirilgan yaratish usullarini orgatishdan iborat.



Download 67,01 Kb.
1   2   3




Download 67,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Fanning maqsadi va vazifalari Kompyuterli loyihalash fani tarixi va rivojlanish bosqichlari Fanning maqsadi va vazifalari

Download 67,01 Kb.