• To‘yinmagan eritma
  • 2. GIBBSNING FAZALAR QOIDASI
  • 2 – bosim va harorat
  • 1. Fazalar qoidasi. Faza, komponent va sistemaning erkinlik darajasi




    Download 86,5 Kb.
    bet3/8
    Sana14.05.2024
    Hajmi86,5 Kb.
    #230575
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Erkinlik darajasi (F)sistemaning termodinamik holatini to‘liq xarakterlash uchun yetarli bo‘lgan mustaqil o‘zgaruvchi parametrlar soni (harorat – T, bosim – P, konsentratsiya – C).
    Boshqacha aytganda, fazalar soni va xiliga halal bermay turib, ma’lum chegarada ixtiyoriy ravishda o‘zgartirish mumkin bo‘lgan parametrlar soni - sistemaning erkinlik darajasi sonidir.
    Erkinlik darajasi variantlik bilan ifodalanadi va sistemalar
    - invariantli (F=0)
    - monovariantli (F=1)
    - bivariantli (F=2) bo‘ladi.
    Masalan:
    P=const da tuzning to‘yingan eritmasi monovariantli (F=1), chunki haroratning har bir qiymatiga ma’lum konsentratsiyali to‘yingan eritma mos keladi.
    To‘yinmagan eritma – bivariantli (T, C)
    Gazlar aralashmasi – bivariantli (ta’sir etuvchi parametrlar – P, T, va V.
    Lekin, P va T o‘zgartirilsa, V – o‘z-o‘zidan o‘zgaradi. V ni PV=nRT tenglamadan aniqlanadi. Demak, ideal gazlar erkinlik darajasi 2 ga teng).
    2. GIBBSNING FAZALAR QOIDASI
    Sistemaning tashqi parametrlari (P, T) o‘zgarsa, muvozanat buziladi: eritma konsentratsiyasi o‘zgaradi yoki biror faza yo‘qoladi, yoki yangi faza hosil bo‘ladi.
    Bu kabi o‘zgarishlar sistemada yangi muvozanat yuzaga kelgunga qadar davom etadi. Fazalarni bu kabi bir-biriga aylanishida o‘zgaradigan parametrlar soni fazalar qoidasi asosida topiladi.
    Fazalar qoidasi komponentlar, faza, sistemaning erkinlik darajasi kabi tushunchalar orasidagi munosabatni ko‘rsatadi.
    Sistemaning erkinlik darajasi Gibbsning fazalar qoidasi asosida topiladi. K komponentli geterogen sistemada erkinlik darajasi bilan fazalar sonining yig‘indisi komponentlar soni +2 ga teng
    F+Φ=Κ+2
    undan
    F=K-F+2 (1)
    2 – bosim va harorat
    Agar tashqi parametrlardan faqat T – harorat ta’sir etsa, ya’ni P=const bo‘lgan sistemalarda (kondensirlangan, ya’ni qattiq va suyuq fazalardan iborat sistemalar uchun) erkinlik darajasi soni
    F=K - Φ +1 (2)

    Download 86,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 86,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Fazalar qoidasi. Faza, komponent va sistemaning erkinlik darajasi

    Download 86,5 Kb.