|
DA chiziq harorat ortishi bilan rombik oltingugurt bug‘ bosimini ortishini ko‘rsatadi. Bu chiziqda Sp ↔ Sbug‘ muvozanat yuzaga keladi.
AC chizig‘i
|
bet | 6/8 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 86,5 Kb. | | #230575 |
DA chiziq harorat ortishi bilan rombik oltingugurt bug‘ bosimini ortishini ko‘rsatadi. Bu chiziqda Sp ↔ Sbug‘ muvozanat yuzaga keladi.
AC chizig‘i monoklinik oltingugurt bug‘ bosimini harorat ortishi bilan o‘zgarishini ifodalaydi. Bu chiziqning har bir nuqtasida Sm ↔ Sbug‘ muvozanat mavjud.
C nuqtaga to‘g‘ri keladigan haroratda oltingugurt suyuqlanadi. CF chizig‘i suyuq oltingugurt ustidagi bug‘ bosimini haroratga bog‘liqligini ifodalaydi va uning har bir nuqtasida
Ssuyuq ↔ Sbug‘
muvozanat qaror topadi.
CB chizig‘i bosim ortganda monoklinik oltingugurt suyuqlanish harorati qanday o‘zgarishini ko‘rsatadi. Bu chiziqda
Sm ↔ Ssuyuq
muvozanat yuzaga keladi. Bu chiziq ham AB chizig‘i kabi o‘ngga og‘gan, shuning uchun bosim ortishi bilan monoklinik oltingugurtning suyuqlanish harorati 120 dan 1510C gacha ortadi.
B nuqtadan yuqori bosimda (1,305·108 Pa) Sp monoklinik oltingugurtga o‘tmasdan turib suyuqlanadi va BE chiziq
Sp ↔Ssuyuq
muvozanatga to‘g‘ri keladi.
Bu chiziqdan ko‘rinib turibdiki, bosim ortishi bilan Sp ning suyuqlanish harorati ham ortadi.
Holat diagrammasida to‘rtta fazaga mos keluvchi sohalar mavjud: Sp , Sm, Ssuyuq, Sbug‘. Bu sohalarning har bir nuqtasida bitta faza mavjud, sistema bivariantli (Ф=1; F=2). Barqaror monoklinik oltingugurtga mos keluvchi soha harorat va bosimning ma’lum oraliqlarida chegaralangan.
Diagrammada 3 ta uchlamchi nuqta bor. Har bir uchlamchi nuqtada 3 tadan faza muvozanatda turadi:
Uch nuqtada ham erkinlik darajasi 0 ga teng, ya’ni sistema invariantli; ular ma’lum sharoitdagina mavjud bo‘ladi.
F = K – Ф + 2 = 1 – 3 + 2 = 0
sistema variantsiz bo‘ladi.
To‘rtta faza muvozanatda turgan hol bo‘lishi mumkin emas, chunki fazalar qoidasiga muvofiq bir komponentli sistemalarda 3 tadan ortiq faza muvozanatda tura olmaydi.
Diagrammadagi CG punktir chizig‘i o‘ta sovutilgan oltingugurtning metastabil (beqaror) holatini ifodalaydi. G nuqta Sр, Ssuyuq, Sbug‘ fazalarining kamdan-kam uchraydigan metastabil muvozanatini xarakterlaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
DA chiziq harorat ortishi bilan rombik oltingugurt bug‘ bosimini ortishini ko‘rsatadi. Bu chiziqda Sp ↔ Sbug‘ muvozanat yuzaga keladi.
AC chizig‘i
|