• E-mail: sabrina.ruzmatova77@icloud.com +998-33-052-27-18 Ilmiy rahbar: Sultanova Lola Akmalovna
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • 1 Gʻafur gʻulomning poetik mahorati ro'zmatova Sabrina Ashurmatovna




    Download 0.96 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana19.04.2024
    Hajmi0.96 Mb.
    #201258
    Bog'liq
    1-3 (3)
    Hech narsa yoq, 3fnbahodirovodamanatomiyasipdf, 1, видеомаъруза1, Presentation (1) (4), Medialarning ijtimoiy mazmuni56, Fanga kirish «Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi, my vocabulary (Автосохраненный), ДНЕВНИК 3-К, МИНИСТЕРСТВО ПО РАЗВИТИЮ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И КОММУНИКАЦИИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН, 7-VARIANT, llang, E-MAIL ESSAY, Асенов Алмас Лаб №2, TTJ tilxat va kafolat xati namuna20232024



    GʻAFUR GʻULOMNING POETIK MAHORATI 
     
    Ro'zmatova Sabrina Ashurmatovna 
    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 
    Xitoyshunoslik fakulteti, Xitoy Filologiyasi 
    kafedrasi 3-kurs talabasi 
    E-mail: sabrina.ruzmatova77@icloud.com  
    +998-33-052-27-18 
     
    Ilmiy rahbar: Sultanova Lola Akmalovna
    Toshkentdavlat sharqshunoslik universiteti 
    Xitoyshunoslik fakulteti f.f.d(PhD)
    E-mail: lola_sultanova@inbox.ru
    +99890-932-90-83 
     
    Annotatsiya: Ushbu ilmiy tadqiqotimiz orqali biz O'zbekistonning taniqli yozuvchisi G'afur 
    G'ulomning hayot yo'lini o'rganib chiqdik. Shoir butun umri davomida ko'plab she'rlar, qissalar 
    va dostonlar yozdi.Umuman olganda o'zining 63 yil umri davomida Sho'ro siyosati va komfirga 
    mafkurasi ta’sirida el-yurtni yuksak ko'tarinkilik ruhida yashash va mehnat qilishga chorladi. 
    Tadqiqotimiz davomida shoirning hayot so'qmoqlari, mehnati va ijodining mevalarini hamda 
    poetik mahoratini ko'rib chiqamiz. 
    Kalit so’zlar: Qoʻrgʻontegi mahallasi, rus-tuzem maktabi, avtobiografik qissa, Navoiy, 
    Sa`diy, Hofiz, Fuzuliy, Injil, Qur’on, Bobil, Mayakovskiy, «Oʻzbekiston xalq shoiri» yuksak 
    unvoni. 
    Gʻafur Gʻulom (1903-yil 10-may — 1966-yil 10-iyun) — oʻzbek yozuvchisi va 
    shoiri. 1903-yilning 10-mayida Toshkent shahrining Qoʻrgʻontegi mahallasida
    dehqonlar oilasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, oʻn besh yoshida onasidan 
    yetim qolgan. Gʻafur Gʻulom avval eski maktabda, soʻngra rus-tuzem maktabida 
    taʼlim olgan. 1916- yilning kuzida G‘ofur o‘qishga kiradi. Onasining vafotidan 
    so‘ng (otasi avvalroq vafot etgan), u ishlashga majbur bo‘lgan. Ko‘plab kasblarda 
    o‘zini sinab ko‘rgach, u nihoyat, matbaaga harf teruvchi bo‘lib ishga kiradi, so‘ngra, 
    pedagogik kurslarda tahsil oladi. Toshkent pedagogika institutini tamomlagan.1919-
    yildan 1927-yilgacha u o‘qituvchi, maktab direktori, Ma’naviyat uyushmasi 
    ishchilari raisi bo‘lib ishlaydi, bolalar uyini tashkil etishda faol ishtirok etadi. „Shum 
    bola“ avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti 
    tiniq tasvirlangan.
    Gʻafur Gʻulom yoshligidan bilimga chanqoq yigit bo`lgan. Navoiy, Sa`diy, 
    Hofiz, Fuzuliy asarlarini sevib o`qigan. Oilani boqish tashvishi tufayli Oliy 
    maktablarda o`qiy olmaydi. Sakkiz oylik muallimlar tayyorlash kursinigina 
    bitkazadi va mustaqil o`qish orqali zamonasining ilgʻor ziyolisi darajasiga 
    ko`tariladi. Bir vaqtning o`zida ikkita maktabga mudirlik qildi, shahar maorifida 
    ishladi. Turli gazeta-jurnallarda adabiy xodim, mudir, bosh muharrir o`rinbosari 
    vazifalarida ishladi. 



    Gʻafur Gʻulom o`zbek adabiyotining iste`dodli ijodkori. U adabiyotimizni turli 
    janrlar bilan boyitdi. She`riyatda, publitsistika va fel`etonchilikda, hajviy hikoya va 
    yumoristik qissachilikda, hamda tarjimachilikda o`zining butun salohiyatini 
    ko`rsatgan yirik namoyondadir.
    Gʻafur Gʻulomning ba’zi she’rlari tarixiy hodisalar, ma’lumotlar va shaxslar 
    obrazini aks ettirish asosiga qurilgan. Bunday asarlar tarixning badiiy solnomasi, 
    tarixiy shaxs taqdiri, qiyofasining in’ikosi qadar aniqlik kasb etadi "Turksib 
    yo’llarida", "Hamza xotirasi", "Insoniyat tarixining birinchi kosmonavtiga" 
    she'rlariga shunday xususiyat xosdir. 
    Gʻafur Gʻulom Sharq va Gʻarb tarixi, falsafasi, madaniyatini favqulodda 
    chuqur bilgan alloma kishi edi. Shu bois uning aksar sheʻrlarida Injil-u Qur’ondan 
    tortib Bobil, kattayu-kichik tarixiy hodisalar, ma’lumotlar, u yoki bu shaxs, ular 
    bilan aloqador faktlar,jahon xalqalrining urf-odatlaridagi chizgilari, tarixiy joy 
    nomlari bilan aloqador fikrlar asarning badiiy to’qimasiga singdirib yuboriladi. 
    Gʻafur Gʻulom butun ijodi davomida taqvim tarzida koʻplab sheʻrlar yozdi. 1-may, 
    7-oktabr, Konstitutsiya kuni, partiya va komsomol syezdlari, adabiy oʻn kunliklar, 
    sotsialistik musobaqa, paxta rejasining bajarilishi singari kundalik, oʻtkinchi hodisa 
    va voqealarga bagʻishlangan bunday she’rlar adabiyot tarixida ham , muallif ijodida 
    ham sezilarli iz qoldirmadi. Bu hol shoirning oʻziga ham sir emas edi. Zero, bunday 
    she’rlarning koʻpi oʻzlarini hurmat qilgan shoirlarning nainki «Tanlangan asarlari», 
    hatto,muntazam chiqib turgan to’plamlariga ham kiritilmas edi. Gʻafur Gʻulom ham 
    bundan istisno emas. Biroq shuni ham ta’kidlash lozimki, gʻafurona buyuklik va 
    donishmandlik bilan sugʻorilgan falsafiy obrazlar uning taqvim she’rlarida ham 
    uchrab turadi. 
    G‘afur G‘ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, 
    Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning 
    asarlarini o‘zbek tiliga mohirona tarjimasi, shuningdek, adabiyotshunoslik va 
    publitsistik maqolalari bilan mashhur. 
    G‘ofur G‘ulomning dunyo qarashi va badiiy didining shakllanishida Vladimir 
    Mayakovskiy asarlari katta ta’sir ko‘rsatgan. G‘ofur G‘ulom o‘zining maqolalaridan 
    birida shunday yozadi: “Men... rus mumtoz ijodkorlarini bilaman va ularni sevaman 
    va ularning ko‘plab asarlarini ona tilimga tarjima qildim. Lekin “men uchun vazn, 
    lug‘at, timsol, she’rning ohang tuzilishi sohalarida eng serqirra va cheksiz 
    imkoniyatlarni ochgan” Mayakovskiyning shogirdiman, deyishni istayman”. 
    Mayakovskiy satirasidagi darg‘azab, tanqidiy kinoya, lirikasidagi bag‘oyat ulkan 
    tuyg‘u kuchidan tashqari, men o‘zimda... uning usullarining dovyurak notiqlik 
    kuchini, metaforalar jasorati, mubolag‘alar ifodaliligini jamdashga harakat qildim. 



    Hatto, usulli, ohangli va ma’no ifodaliligini oshiruvchi she’r qurilishidan ham 
    o‘zbek she’r tuzimida foydalanishimga to‘g‘ri keldi”. Bular G‘ofur G‘ulomning 
    ko‘plab she’rlarida namoyondir, masalan: “Turksib yo‘llarida”, “Ona yer”, 
    “Yashasin, tinchlik!”. 
    Xulosa oʻrnida shuni taʻkidlash joiz-ki, G‘afur G‘ulom — O‘zbekistonning 
    taniqli yozuvchisidir.Gʻafur Gʻulom soʻnggi nafasigacha ijod etdi, mehnat qildi. 
    Uzoq yillar davomida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining til va adabiyot institutida 
    ilmiy xodim boʻlib ishladi. Badiiy asarlar bilan bir qatorda ko’plab ilmiy maqolalar 
    yozdi, tarjimalar qildi. O’zining asarlari ham o’nlab tillarga o’girildi. G‘ofur 
    G‘ulomning she’riyati va nasrida o‘zbek xalqi tarixi o‘zining badiiy timsolini topdi. 
    Mehnatlari evaziga u O'zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib saylandi. 
    Respublika Oily kengashiga deputat bo'ldi. Unga «Oʻzbekiston xalq shoiri» yuksak 
    unvoni berildi. Badiiy asarlari sovetlar mamlakatining eng yuksak mukofotlariga 
    sazovor bo'ldi. Uning o'n ikki jilddan iborat mukammal asarlar to'plami bosilib 
    chiqdi. Eng asosiysi oʻz kelajak avlodlari uchun bitmas-tuganmas boylik qoldirdi va 
    ular uchun yetarlicha oʻrnak bolib qoldi. 
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. Yangi O'zbekiston gazetasi 2021-yil 25-mart 
    2. Bolalar shoiri va nosiri G'afur G'lom to'plam. 
    3. Google.com 
    4. M.Hamroyev, 
    D.Muhamedova, 
    D.Shodmonqulova, 
    X.G'ulomova, 
    Sh. 
    Yo'Idosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil. -300 bet. 
    5. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to'plami. 
    TDPU, Toshkent, 2009-yil. -240 bet. 
    6. Jumaboyev M. O'zbek bolalar adabiyoti. -T.: O'qituvchi, 2002, -290 bet. 
    7. Jumaboyev M Bolalar adabiyoti. -T.: O'qituvchi, 2011, 260 bet. 
    8. uz.m.wikipedia.org 
     

    Download 0.96 Mb.




    Download 0.96 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 Gʻafur gʻulomning poetik mahorati ro'zmatova Sabrina Ashurmatovna

    Download 0.96 Mb.
    Pdf ko'rish