2
1. Gastrit kasalligining
sabablari, belgilari va oldini
olish.
2. Enterokolit kasalligining
sabablari ,belgilari va oldini
olish.
3. Xolesistit kasalligining
sabablari ,belgilari va oldini
olish.
Qandli diabet va diabetik komaning sabablari, belgilari va
oldini olish. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklariga gastrit,
oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi,
enterit, kolit, pankreatit, xolesistit kabi kasalliklar kiradi.
•
Gastrit
- oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishi kasalligidir.
Etiologiyasida alimentar - ovqat omili katta ahamiyatga ega. Sifatsiz
ovqat istemol qilish, haddan tashqari issiq, sovuq, achchiq ovqatlar
yeyish, buzilgan ovqatlarni yeyish, ovqatni yetarli chaynamaslik
gastrit kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ayrim hollarda gastrit qator
boshqa ichki kasalliklardan keyin kkilamchi rivojlanadi. Masalan:
yurak yetishmovchiligida (dimlanish hisobiga), yuqumli kasalliklarda
(angina, gripp, sil), kasb kasalliklarida (kislotalar, ishqorlar, simob,
qo‘rg‘oshin, fosfor va hokazo bilan ishlash), ta‘sirlovchi dori
moddalar qabul 36
•
qilganda (asetilsalisilat kislota, garmonlar, kaliy yodit, rezerpin) va
boshqalarda. Shunday qilib gastritning kelib chiqishida ham ekzogen
(tashqi), ham endogen (ichki) omillar ahamiyatga ega. Kechishiga
qarab o‘tkir va surunkali gastritlar farqlanadi. O‘tkir gastrit odatda
ovqatlanish tartibi buzilganda ovqatdan 3-5 soat o‘tgach rivojlanadi,
ba'zan u shiddatli kechishi ham mumkin.
3
Bemor ishtashasi yo‘qligidan, ko‘ngil aynishi,
kekirish, ovqat, shilliq, o‘t aralash qusishdan,
qorinning yuqori qismida og‘riq turishi, og‘irlik
sezish, bosim, ba'zan tutib qoladigan
og‘riqdan, og‘iz bemaza bo‘lishidan shikoyat
qiladi. Bundan tashqari harorat ko‘tarilishi,
bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘z oldining
qorong‘ilashishi kuzatiladi. Umumiy ahvoli
qoniqarli yoki o‘rtacha og‘irlikda, tilini karash
bog‘lagan, og‘zidan yomon hid kelishi
mumkin, qorin dam bo‘lib, paypaslaganda
og‘riq bo‘ladi. Ich ketishi kuzatiladi. O‘tkir
ko‘rinishi 3-5 soatdan keyin o‘tib ketadi,
ammo dispeptik holat yana ikki hafta davom
etadi, parhezga rioya qilganda va to‘g‘ri
muolaja qilinganda, kasallik asta-sekin o‘tib
ketadi, aks hollarda jarayon surunkali turga
o‘tadi.O‘tkir gastritda o‘zgarishlar harakterli
maxsus optik tizim bilan ta'minlangan
gastroskop yordamida aniqlanadi. U me'da
shilliq pardasini ko‘zdan kechirish va zarurat
bo‘lganda tekshirish uchun to‘qima
bo‘lakchasini olish (biopsiya) imkonini beradi.
|