ADD A FOOTER
4
Davosi. Yara kasalligida kompleks davo qilish zarur ya'ni tayinlangan dori-darmonlarni parhez ovqatlar, fizioterapiya
va davolashning boshqa usullari bilan qo‘shib olib borish kerak. Yara kasalligida fizioterapiya parafin bilan
davolash, balchiq bilan davolash, shuningdek markaziy nerv tizimini tinchlantiradigan turli shifobaxsh vannalar
(igna bargli, natriy xloridli) eng muhim davo tadbirlari hisoblanadi.
5
Davosi. Organizmga tushgan zararli omilni tezroq bartaraf qilish uchun, oshqozon iliq suv bilan yuviladi. Bemor o‘rinda yotish rejimiga rioya
qilishi kerak. Dastlabki 1-2 kun ovqat yemay turiladi. Keyinroq parhezga qattiq amal qilinadi. Og‘riqni qoldirish uchun qator dori-darmonlar,
xususan beladonna preparatlari tayinlanadi. Og‘ir hollarda teri ostiga lidaza, izotonik natriy xlorid eritmasini yuborish kerak.
Oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi surunkali qaytalanuvchi kasallikdir.
Etiologiyasi. Yaraning paydo bo‘lishida oshqozon
va 12 barmoqli ichak harakatining buzilishi, oshqozon shirasining kislotaliligi va peptik
faoliyati ortib ketishi, shilliq ishlab chiqarishning kamayishi, oshqozon shilliq qavatida qon aylanishning pasayishi muhim rol o‘ynaydi. Bu
o‘zgarishlarga asosiy sabab ruhiy hayajonlanish, aqliy va jismoniy charchash, doimiy havotirda bo‘lish va boshqalar hisoblanadi. Kasallik nasl
surishi mumkin. Yara kasalligi omillariga noto‘g‘ri ovqatlanish. 37
(quruq ovqat yeyish, tartibsiz ovqatlanish, yaxshi chaynamaslik, dag‘al, haddan tashqari achchiq, issiq va sovuq ovqatlar is'temol qilish, tish
yo‘qligi
va boshqalar) sabab bo‘ladi. Chekish, spirtli ichimliklar ichish, oqsil, vitamin yetishmovchiligi sabab bo‘ladi. Yara kasalligining
rivojlanihida mikroblar muhim ahamiyatga ega.
Klinik manzarasi. Yara kasalligining muhim belgilaridan og‘riq, qusish, qon oqishi hisoblanadi. Og‘riq ovqat is'temol qilgandan so‘ng paydo
bo‘ladi, paydo bo‘lish vaqtiga qarab ular erta (1,5 - 1 soatdan so‘ng) va kechki (2-4 soatdan keyin) og‘riqqa ajratiladi. Og‘riq yuqoriga va
chapga (yara yuqori joylashganda), orqada o‘ng ko‘krak va o‘ng qovurg‘a ostiga (piloroduodenal yarada) tarqaladi. Og‘riq davomiyligi,
kasallikning og‘irligi, asoratiga qarab har xil bo‘ladi. Ovqat yegandan so‘ng issiq qo‘llash yoki qusishdan so‘ng (ba'zan sun'iy chaqirilgan)
og‘riq kamayadi. Qusish ko‘pincha og‘riq avjiga chiqqan paytda paydo bo‘ladi. Shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, qusish ko‘p hollarda kasal
ahvolini tez yyengillashtiradi. Shuning uchun ular qusishni ba'zan sun'iy ravishda chaqiradilar. Qon oqishi ochiqdan-ochiq yoki yashirin
bo‘lishi mumkin. Ochiqdan-ochiq qon oqishi 25 % hollarda kuzatiladi. Ko‘p qon ketganda qon to‘q qizil rangda bo‘ladi yoki sekin qon
oqqanda qon xlorid kislota ta'sirida o‘zgarishga ulguradi va kofe quyqasi ko‘rinishida bo‘ladi. Qon ketgandan biroz keyin qoramoysimon ich
keladi, qon yo‘qotish belgilari bo‘lishi mumkin.Yashirin qon ketish 80% hollarda kuzatiladi. Uni bemorning ahvoliga va maxsus kimyoviy
reaksiyalar orqali aniqlanadi. Bemorda jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi. so‘lak oqishi, kekirish kuzatiladi. Ishtaha saqlanib qoladi, ko‘pincha
baland bo‘ladi, ammo bemor og‘riq va qusishdan qo‘rqib ovqat yemaydi, tez charchashi, uyqu buzilishi, jahldorlik belgilari ko‘rinadi.
Kasallikning kechishida mavsumiylik kuzatiladi. Kasallik zo‘raygan vaqtida bemor ozib ketadi.
6
Enterit
- bu ingichka ichak shilliq pardasining yallig‘lanishi. Kasallik har xil infeksiya (ich
terlama, paratif), gelmintoz ta'siri ostida zaharli va ba'zi bir dori moddalar ta'siri, to‘la
qimmatli ovqatlanmaslik oqibatida paydo bo‘ladi. Enterit rivojlanishiga ichkilik ichishga ruju
qiyish va chekish yo‘l ochadi. Me'da faoliyatining buzilishi, me'da osti bezi kasalliklariga o‘z
vaqtida davo qilmaslik ham bu kasallikning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. O‘tkir va
surunkali enterit farq qilinadi.
Klinik manzarasi. Sifatsiz ovqat iste'mol qilgandan 3-4 soat o‘tgach to‘satdan boshlanadi.
Umumiy holsizlik, ishtahaning yo‘qolishi, qorinda og‘riq kuzatiladi, bunga ich ketishi
qo‘shiladi. Ich ketish kuniga 3 martadan 10-20 martagacha bo‘lishi mumkin. Najas ko‘p
miqdorda va ko‘pikli, nordon hidga ega bo‘ladi. Ko‘pincha qorinda quldirash, ko‘ngil aynishi,
qusish, kekirish, chanqash kuzatiladi. Ko‘zdan kechirishda teri qoplamlari oqargan, tili
quruq, oqimtir parda bilan qoplangan, qorin dam bo‘lgan, palpatsiya qilinganda og‘riydi,
arterial bosimi pasaygan, puls tezlashgan bo‘ladi. Vaqtida davo qilinsa, bemor tez tuzalib
ketadi. ayrim hollarda surunkali turga o‘tib ketishi mumkin.
Davosi. O‘tkir enteritda o‘rinda yotish rejimi, tuz surgi (magniy sulfat bir qabul 20-25 g dan),
mo‘l suyuqlik (iliq choy), qoringa issiq qilish, tozalash klizmasi tayinlanadi. Dori
moddalaridan sulgin (0.5 gdan kuniga 4-6 marta), enteroseptol va boshqalar buyuriladi.
|