ADD A FOOTER
8
o‘t pufagining yallig‘lanish
kasalligi bo‘lib, ko‘pincha o‘t-
tosh kasalligi natijasida, ba'zan
alohida kasallik sifatida
rivojlanadi, Xolesistit gastrit,
enterit va kolit kasalliklaridan
so‘ng rivojlanishi mumkin.
Bodomcha bezining surunkali
yallig‘lanishi, tish kariyesi, o‘rta
quloq yallig‘lanishi, gaymorit,
adneksidlar kasallik
sababchisi hisoblanadi.
Xolesistit o‘tkir va surunkali
turga bo‘linadi.
Klinikasi. Asosiy belgisi og‘riq bo‘lib, u to‘satdan paydo bo‘lib
o‘ng qovurg‘a ostiga, qorinning yuqori qismiga, kindik atrofiga,
yuqoriga va o‘ngga tarqaladi. Og‘riq o‘t- tosh kasalligiga
nisbatan birmuncha kuchsiz bo‘ladi. Bunda bemorning umumiy
ahvoli yomonlashadi. Og‘riq bemorga azob beradi. O‘ng
yonboshiga yotganda og‘riq kuchayadi. Ko‘ngil aynishi va
qusish kuzatiladi, qayt qilganda bemorning ahvoli
yyengillashmaydi.
Kasallik og‘ir kechganda bemor titrab qaqshaydi. Harorat 38-
40
o
C gacha ko‘tariladi. Yyengil kechganda harorat subfebril
bo‘ladi.
Davosi. O‘tkir xolesistitda bemorga o‘rinda
yotish rejimi, jigar
kasalligidagi kabi № 5 dieta tayinlanadi. Antibiotiklar va
sulfanilamid preparatlari qo‘llaniladi. Fizioterapevtik muolajalar
o‘ng qovurg‘alar osti sohasiga grelka, issiq bug‘lash, parafin
applikatsiyasi, UVCH qo‘llaniladi. Sanatoriy-kurortda davolash
tavsiya etiladi.