1. Global kompyuter tarmoqlarining tijoratda qo‘llanilishi




Download 20.42 Kb.
bet1/3
Sana10.04.2023
Hajmi20.42 Kb.
#49978
  1   2   3
Bog'liq
1. Global kompyuter tarmoqlarining tijoratda qo‘llanilishi
Интеграл микросхемалар, taqriz KTT, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, FIZIKA-9-SINF-2023, Global kompyuter tarmoqlari texnologiyalari, aasssssaaaaqqqqqq, 104-ишонч тел, D21111, Labaratoriya 2

1. Global kompyuter tarmoqlarining tijoratda qo‘llanilishi.
Axborot texnologiyalari va zamonaviy texnika yutuqlari bilan o’zaro almashish extiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo xamkorlik dasturini amalga oshirishning ajralmas qismi qilib qo’ydi.
Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
Ilmiy va maorif maqsadlari va biznes uchun ko’plab kompyuter tarmoqlari tashkil etilgan. Ko’plab tarmoqlarni birlashtira oluvchi va dunyo xamjamiyatiga kirish imkonini beruvchi tarmoq - bu Internet. Internet foydalanuvchiga cheksiz axborot resurslarini taqdim etadi. Ushbu resurslarga kirish uchun mos keluvchi amaliy dasturiy ta'minotdan foydalanish kerak. Do’stona grafik interfeys Internet xizmatidan xar bir kishining foydalana olishi uchun imkoniyat yaratadi. Bunday dasturlarning ko’pi foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan Windows OT muxitida ishlaydi. Grafik interfeysli dasturlar muxim xususiyatlarga ega: ular foydalanuvchidan barcha tizimli arxitekturani bekitadi va xar qanday kompyuter platformasida saqlanadigan ma'lumotlar bilan ishlash imkonini beradi.
Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatdagi global kompyuter tarmoqlari.
Zamonaviy axborot texnologiyasiga ega xisoblash texnikasidan va elektron uzatish tizimidan foydalanmay turib, zamon talabiga javob beruvchi moliyaviy muassasalarni tashkil etish mumkin emas. Shu bois, bunday muassasalar xam dasturli-apparat kompleksi sifatida, xam elektron shaklda axborot uzatishning kommunikatsiya vositasi sifatida eng yirik isteomolchilar xisoblanadi. Tashkilotlarning aloxida avtomatlashtirilgan komlekslarini bog’lovchi global tarmoqlar milliy va xalqaro darajada xisob-kitoblar o’tkazish imkonini beradi.

SrrinNet tarmog’i


SrrinNet ma’lumotlarni uzatish tarmog’i bo’lib, o’nlab mamlakatlarning yuzlab shaxarlariga kirish uzellariga ega. SrrinNet tarmog’iga keng soxadagi ma’lumotlarga ega mingta ma'lumot bazasi ulangan. SrrinNet tarmog’i axborotlarniga katta tezlikda almashish imkonini beradi.
Glasnet tarmog’i.
Oshkoralik kuchaygan paytda tashkil etilgan va uni o’z atamasiga aylantirgan (Glasnost-oshkoralik) Glasnet tarmog’i 1990 yildan boshlab, Rossiya axolisiga va MDXdagi bir qancha davlatlar uchun jaxon Internet kompyuter tarmog’iga kirish xizmatini ta’minlaydi. Xususiy mijozlar va tarmoq xizmatidan foydalanuvchi kichik biznes vakillariga e’tibor berish - Glasnetning ajralib turuvchi xususiyati sanaladi.
Sovam Telerort tarmog’i.
Sovam Telerort Xalqaro kompyuter axborot tarmog’i San Francisco/Moscow Telerort (AKSh), Cable&Wireless (Buyuk Britaniya) kompaniyalari xamda Avtomatlashtirilgan tizimlar instituti (Rossiya) tomonidan 1990 yilda tashkil etilgan. Tarmoq avvalo joriy vaqt rejimida teleks va telefaks xalqaro axborot almashuv uchun mo’ljallangan. Xalqaro tarmoqqa chiqish ijaradagi yo’ldan Іarbiy yevropaga aloqa qilish kanallari orqali chiqiladi.
Yevropa Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.

Bank tarmoqlari va banklararo xisob-kitoblar tizimi


Xo’jalikda to’lovlarning katta qismi naqd pulsiz xisob-kitob shaklida amalga oshiriladi. Naqd pulsiz aylanmaning katta axamiyati iqtisod uchun ko’plab banklararo pul o’tkazishni o’zaro xisobga olish tizimi yoki kliring bilan almashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Kliringni qo’llashning nisbatan samarali soxalari quyidagicha: Markaziy Bank tizimida banklararo xisob-kitob, pul mablag’larini o’zaro o’tkazishni doimiy takrorlovchi iqtisodiy jixatdan bir-biriga bog’liq korxonalarga xizmat ko’rsatish, bir xildagi tezkor bitimlarni amalga oshirish. Kelajakda aksionerlik kliring va xisob-kitob tuzilmalarini tashkil etish va ularni jaxon moliya tizimiga birlashtirish - bu Markaziy Bank siyosatining yo’nalishlaridan biri xisoblanadi.
Endi turli mamlakatlardagi mavjud kliring tizimini ko’rib chiqamiz.
AQSh banklari to’lov xabarlarini uzatish uchun quyidagi asosiy kommunikatsiya tarmog’idan foydalanadi:
FEDWARE - AQSh federal zaxira tizimining kommunikatsiya tizimi;

BANKWARE - xususiy banklar va tijorat korxonalari extiyojiga xizmat qiluvchi kommunikatsiya tizimi;

CHIRS - xisob-kitob palatalari uchun banklararo to’lov tizimi;

yevropa banklarida quyidagi tizimlar keng qo’llaniladi:

CHARS - Buyuk Britaniya banklararo kliring xisob-kitoblari tizimi.

Buyuk Britaniya, Britaniya, (ingl. Great Britain) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (ingl. United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) - Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat.


U o’z ichiga 200ta bank va bir necha xisob-kitob markazlarini oladi;
BACS - kliring tizimi, Buyuk Britaniyaning yirik va mayda korxonalariga tijorat usulida naqd pulsiz aylanma qilishiga xizmat qiladi.

SIT - Fransiya markaziy banki ko’magida 15 ta yirik banklar asosida tashkil etilgan tizim.

Fransiya (France), Fransiya Respublikasi (République Française) - Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shim. da Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, jan.da Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km².
Loyixa maqsadi - banklar, savdo va sanoat firmalarini yagona xisob kompleksiga birlashtirish. Bu kompleks mablag’ o’tkazish va banklararo o’zaro xisob-kitobni tezkor usulda amalga oshiradi.

Banklararo ma'lumotlarning xalqaro tarmog’i


Xalqaro banklar tarmog’i doimiy o’sib bormoqda. Ma’lumotlar va telekommunikatsiya xizmatiga nisbatan ortib borayotgan talabni qondirish uchun xalqaro tarmoq tashkil etilmoqda. U to’lovlarni o’tkazish, aktivlarni boshqarish va ma’lumotlar bilan ta'minlash bo’yicha kompleks xizmat ko’rsatadi. Ular ichida HEBS (Hexagon Electronic Banking System) kabi mashxur tarmoqlar mavjud. Lekin dunyoda eng yirik moliyaviy xabarlar tarmog’i SWIFT xisoblanadi. Bu tizimga qo’shilgan xar qanday bank o’zini jaxon moliya uyushmasining to’liq a'zosi deb xisoblashi mumkin.


70-yillar boshida xarbiy mamlakatlardagi yirik moliyaviy muassasalar tezda o’sib ketgan xalqaro to’lov xabarlarini qayta ishlashni avtomatlashtira boshladi. Tijorat telekommunikatsiya tarmoqlari soni ko’paydi. Ularning xar biri o’z shaxsiy formatlari, aloqa vositalaridan, ma’lumotlarni qayta ishlash tartibidan, kirishdan ximoyalash usullaridan foydalandi.

1973 yil yevropa va Amerikaning 250 ta yirik banklari Xalqaro Banklararo Moliyaviy Telekommunikatsiya - SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications)ga asos soldilar. Jamiyatning vazifasi - yagona bank xabarlari tizimini yo’lga solish va qo’llab-quvvatlash edi. U ishtirokchilarga sutka davomida dunyoning xar qanday nuqtasidagi moliyaviy ma'lumotlarga standart shaklda kirish imkonini beradi. SWIFT Xalqaro tarmog’i 1977 yildan boshlab faoliyat ko’rsata boshladi. Ma’lumotlar tarmoq bo’yicha standartga muvofiq strukturalashtirilgan ma'lumotlar ko’rinishida uzatiladi.

Bank xabarlari standartlarini yaratish va qayta ishlashda SWIFT tizimi firma - mutaxassislarigina emas, shuningdek, Standartlar bo’yicha Xalqaro Qo’mita, Xalqaro Savdo palatasi (ICC) xam ishtirok etadi. Natijada banklarning moliyaviy va tijorat operatsiyalari xaqidagi namunaviy xabarlar standartlari ishlab chiqildi. Ularning ayrimlari xalqaro miqyosda tan olindi. Misol sifatida banklarning identifikatsiya kodlari - BIC kodlarni keltirish mumkin.

SWIFT tarmog’i standartlarida uzatiladigan ma'lumotlarning kategoriyasi, gurux va tillari aniq belgilangan. Xabarlarni uzatishdan tashqari tizim IFT (Interbank File Transfer) xizmati darajasida banklararo fayllar bilan almashishni qo’llab-quvvatlaydi. Standartlarni jaxon banklari amaliyotiga kiritish SWIFTning eng asosiy yutuqlaridan biri. Bu narsa moliyaviy muassasalarga xujjatlar bilan almashish va nizo xamda xatolardan qochish imkonini beradi. Xozirda tarmoq asosini uchta kommunikatsiya stansiyalari tashkil etadi. Ular Amsterdamda (Gollandiya), Bryusselda (Belgiya), Kalpepereda (AQSh) joylashgan. Bundan tashqari, o’z mamlakatlaridagi mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi regional stansiyalar mavjud. Zamonaviy texnologiya va talabalar SWIFT tarmog’ini zamonaviylashni muvofiqlashtiradi. Natijada arxitekturasi to’rtta darajadan iborat yangi - SWIFT-II yaratildi:

Abonentning kirish nuqtasi xisoblanmish foydalanuvchining terminallari (SWIFT Based Terminal - SBT);

mintaqaviy protsessor (Regional Processor - RP). Uning vazifasi xabarlarni uzatish, protokollarni boshqarish, keluvchi xabarlar to’g’riligini tekshirish, abonentlarga ularning ma’lumotlarini qabul qilganlik xaqidagi tasdiqni uzatishdan iborat. RÐ àáîíåíòlari ularga berilgan kodlar bo’yicha taniydi;

marshrutlovchi (guruxli) protsessor (Slice Processor - SP) xabarlarni marshrutlashni boshqaradi, barcha ma’lumotlar va xabarlarni uzatish xaqidagi xotirani saqlaydi, tizimli xabarlarni ishlab chiqadi, tizimga asoslangan arxivni olib boradi va ular elektron nusxasining maxsus ma'lumotlar bazasida saqlanishini boshqaradi;

tizimni boshqarish protsessori, faqat barcha tizimni boshqarish va nazorat qilish vazifasini bajaradi. Tizimda asosiy kompleksda barcha operatsiyalarni takrorlash uchun zaxira protsessori mo’ljallangan.


SWIFT ma'lumotlarni yuqori darajada ximoyalashni ta'minlaydi. SWIFTning asosiy talabi terminallarni ulash tartibidir. Tizim xar bir foydalanuvchi uchun individual yashirin kod bilan qayd etish orqali tizimli xabarlar nazoratini tashkil etish asosida xar bir ulangan terminalni aniqlashi (tanishi) kerak. Bu xabar maxsus qurilma yordamida shifrlanadi. Qurilmada modul bo’lib, u tasodifiy sonlar generatoridan foydalangan xolda shifrlovchi kalitni xosil qiladi.

Foydalanuvchiga keyingi qayd qilish uchun yangi kod beriladi. Bu - kalitlar almashish tartibi deb yuritiladi. Terminal aniqlanganligi tasdiqlangandan so’ng u tarmoqda qayd etiladi. Barcha kodlar va kalitlar SWIFT terminaliga mikroprotsessorlar karta (MK) yordamida kiritiladi. MKni xavfsizlik tizimi (User Security Enhancement - USE) ishlab chiqadi. Terminalni tarmoqqa ulash tartiblaridan birortasi buzilgan taqdirda, (shovqin, liniya uzilishi aniqlansa, uzatishda xato aniqlansa yoki xabar formati tizimiga kiritish tartibi notug’ri bo’lsa va xokazo) terminal avtomatik ravishda uchadi, maxsus faylda bu xol qayd etiladi. Shu orqali past sifatli liniya aniqlanadi.

Foydalanuvchining imtiyozini farqlash vositasi axborot xavfsizligini ta'minlash buyicha qo’shimcha chora xisoblanadi. Bundan tashqari, tizimda tez-tez to’xtab qolishdan ximoyalash uchun axborotlarni zaxira nusxalab qo’yish xisobga olingan. SWIFT tizimining barcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun maxsus dasturiy-apparatli interfeys mavjud. Bugungi kunda SWIFT tarmog’i uchun terminal komplekslarni taklif etuvchi 100 dan ortiq firma mavjud. SWIFT terminal komplekslari uchun platforma ishlab chiqaruvchilari o’rtasida Digital Equipment (VAX va Alpha tizimi), IBM (PS/2, S370, RS/6000), Hewlett Pacard (Apollo 9000), Sun Microsystems (SPARC oilasiga mansub protsessorli kompyuterlar) kabi kompaniyalar mavjud. Bugungi kunda SWIFT terminal komplekslar bozorida Digital va IBM nisbatan mashxur sanaladi.

SWIFTda ishlatiladigan ba’zi terminal komplekslar ta'rifi 1-jadvalda ko’rsatilgan.


Bugungi kunda SWIFT tizimi bank operatsiyalari, valyuta va pul bozori, qimmatbaxo kog’ozlar savdosi, savdo operatsiyalariga xizmat ko’rsatish, xalqaro to’lovlarni amalga oshirish kabi muxim moliyaviy faoliyat soxalarida ma’lumotlar bilan tezkor almashuvni ta'minlaydi. Vosita va xizmat xaqi yuqori bo’lishiga qaramasdan SWIFT tarmog’i abonentlari soni ko’payib bormoqda. Bu xol SWIFT jamiyatiga kelgusida moliya faoliyatining boshqa soxalarini qamrab olgan xolda tarmoqni yanada kengaytirish imkonini beradi.
Qimmatbaxo qog’ozlar bilan operatsiyalar

o’tkazish uchun kompyuter tarmoqlari.


Qimmatbaxo qog’ozlar bozorining samaradorligi ko’p jixatdan uning qanchalik kompyuterlashtirilganligiga bog’liq. Xozir jaxon moliya bozorida samarali ishlash uchun kompyuterlash darajasini yaxshi egallash zarur. Global tarmoq kompyuter tarmog’i SIT (Fransiya) va Taurus (London xalqaro fond birjasi) tizimlarida keng qo’llaniladi.

Qimmatbaxo qog’ozlar bozorini elektron usulida tashkil etishga va bozor ishtirokchilarining yagona axborot muxitini qo’llab-quvvatlashga keng e’tibor beriladi. Axborotlarning turli xil oqimini muvofiqlashtirish va tizimga solishga ixtisoslashgan tashkilotlar paydo bo’lmoqda. Masalan, AQSh qimmatbaxo qog’ozlar bozorida qimmatbaxo qog’ozlar industriyasini avtomatlashtirish korporatsiyasi shunday tashkilotlardan sanaladi.

Qimmatbaxo qog’ozlar oldi-sotdisida buyurtmalar bilan xabarlar formatini standartlash masalalari ko’pincha xalqaro darajada xal etiladi. (Bu narsa ayniqsa turli xil milliy va regional kompyuter tarmoqlari orqali ma’lumotlar almashuvida muxim).

Standartlash bo’yicha Xalqaro Tashkilot tomonidan qabul qilingan standartlar mavjud bo’lib, ular qimmatbaxo qog’ozlarni olish va yuborish xamda ular oldi-sotdisiga egalik qilish, qimmatbaxo qog’ozlarni kodlash va sertifikatlarni nomerlash xaqidagi ma'lumotlar formatini belgilaydi.


Global tarmoq tuzilmasi.


Umumiy xolatlarda global tarmoq kompyuterlar va terminallar ulangan aloqa tarmoqchasini ulaydi. Lokal tarmoqqa birlashgan kompyuterlarni ulashga ruxsat beriladi. Aloqa tarmoqchasi ma’lumotlarni uzatish kanali va kommunikatsiya uzellaridan iborat. Mijoz-foydalanuvchilar ishlaydigan kompyuter ishchi stansiyalar deb yuritiladi. Foydalanuvchilar taqdim etadigan tarmoq resurslari manbai serverlar deb yuritiladi.
Serverlar tarmoq bo’ylab axborotni tez uzatish uchun, axborotni dasturiy ta'minot yordamida vazifalarni bajaruvchi kompyuterlardir. Bu uzellar aloqa tarmog’ining ishlash samaradorligini ta'minlaydi. Ko’rib chiqilgan tarmoq uzelli xisoblanadi va global tarmoqda qo’llaniladi.

***



Download 20.42 Kb.
  1   2   3




Download 20.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Global kompyuter tarmoqlarining tijoratda qo‘llanilishi

Download 20.42 Kb.