orqali o‘z yo‘llarini topadi.
4. SWITCH (kommutator) qurilmasi yordamida kichik tarmoqlarda ishlash mumkin.
HUB dan farqi,
o‘tkazish qobiliyati yuqoriligidir. Bunda bir nechta juft qurilmalar ma‘lumot almashish imkoniyatiga ega.
5.GATEWAY (shlyuz) qurilmasi har xil turdagi tarmoqlarni bir biriga ulash uchun ishlatiladi.
Birlashtirish jarayonida kelayotgan ma‘lumotlar borishi kerak bo‘lgan portga
yoki adresga uzatiladi va
shu qurilmadan o‘tish jarayonida protokollari o‘zgartiriladi.
6.MODEM. Modemning bajaradigan
asosiy ishi, raqamli signallar ko‘rinishidagi ma‘lumotlarni kerakli
tezlik va aniqlik bilan uzatishdan iboratdir. Modemlar axborot manbasidan, aloqa kanalining
parametrlariga ega bo‘lgan va berilgan tuzilishga ega bo‘lgan signallarni muvofiqlashtirish uchun xizmat
qiladi.