|
1. Hisoblash tarmoqlarining rivojlanish tarixi. Kompyuter tarmog'i
|
bet | 5/45 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 146,49 Kb. | | #128685 |
Bog'liq 1. Hisoblash tarmoqlarining rivojlanish tarixi. Kompyuter tarmog-fayllar.org7.Tarmoq uzellarini adresslash.
Adreslash
O‘tgan asr 80-yillarining birinchi yarmida va keyinchalik TCP/IP nomini olgan axborot uzatish
modeli protokoli qo’llanilmoqda. TCP/IP stek protokoli to‘rt pog‘onali tuzilishga ega bo‘lib, har bir
pog‘onada o‘zining protokollari mavjud. Bu protokol orqali nafaqat internet tarmog‘i
elementlarini adreslashni amalga oshirish mumkin, balki lokal tarmoqda ham foydalanuvchilarga
unikal adreslar berish mumkin. Adreslash orqali tarmoq foydalanuvchilari bir-biridan farqlanadi
va paketlar aniq belgilangan foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi.
Oldin shaxsiy kompyuterlar soni kam bo‘lgan va ularni adreslashda muammo bo‘lmagan, ammo
shaxsiy kompyuterlarning va boshqa tarmoq qurilmalari sonining keskin ortishi adreslashda
muammolarni vujudga keltirdi. IP protokollarining to‘rtinchi IPv4 va oltinchi IPv6 versiyalari
mavjud bo‘lib, ular turli xususiyatlarga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Barcha tarmoqning asosiy
tuzilishi IPv4
ga asoslangan
, ammo ushbu protokol taqdim etayotgan adreslar soni hozirgi
ehtiyojlarni qondira olmaydi. Internet tarmog‘i shu darajada rivojlanmoqdaki, u taqdim
etayotgan xizmat turlari ham ko‘payib bormoqda.
Internet buyumlari
, ya’ni masofadan
boshqaruv tizimlari, «aqlli uy» kabi zamonaviy imkoniyatlarni ta’minlash uchun IPv6 ni
qo‘llashdan boshqa iloj qolmadi. «Xalqaro simsiz tadqiqotlar» forumi a’zolarining baholashicha
2017–2020 yillarda internet buyumlarining soni 7 trln.ni tashkil etadi va bir foydalanuvchiga
to‘g‘ri keladigan o‘rtacha miqdorda Internet buyumlarining soni 3000–5000 tani tashkil qilar
ekan. Hozirda IPv4 adreslari yakunlangani uchun IPv6 protokolini tarmoqda qo‘llash ustida
global miqyosda ish boshlangan.
8.MAC address tushunchasi
Manzillash quyidagicha bo’ladi:
apparat (MAC manzili 00.la.ff.ff);
raqamli (IP-manzil 129.26.255.255);
ramziy (site.domen.ru, willi-winki).
MAC manzili - bu tarmoq kartasining jismoniy manzili va MAC so'zi – (Media
Access Control )Media kirishni boshqarish iborasining qisqartmasi. Har bir
tarmoq kartasida MAC manzili mavjud. U boshqa tarmoq kartalaridan farq qiladi,
chunki u odamning barmoq iziga o'xshaydi.
Umuman olganda, tarmoq kartasidagi bu qiymatni o'zgartirish mumkin emas, chunki u
ishlab chiqarilganda joylashtiriladi
MAC manzili o'n oltilik yoki o'n oltilik tizimdagi oltita qiymatdan iborat
MASALAN: MAC: B9-53-D4-9A-00-09
|
| |