• 8. Davlat-xususiy sherikchilik
  • 2-bob. Metodbirlashmaning maqsadi va asosiy vazifalariе
  • 1 hokimligi




    Download 1.73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana25.12.2023
    Hajmi1.73 Mb.
    #128063
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Boshlangich-talim-metodbirlashma
    Ibragimova Dildora, 4-CSS dasturida web ilova dizaynini yaratish, 1, кейтиринг хат, 1 баён 1-илова, Xonzoda, Umumiy pedagogika majmua, 50 ta test, Funksianing qavariqligi va botiqligi, hpebr, 3 Mavzu Harbiy sohada psixologik xizmatning o’ziga xos ijtimoiy, 50ccb8be56e0eb2f637482cbf3040698, massovaya-kultura-ocherk-teoriy-u-istokov, Veterinariya akusherligi, ginekologiya va sun\'iy qochirish A Jabborov685 (2)


     


     
     
     
     
    _____________________ hokimligi
    maktabgacha va maktab ta’limi 
    boshqarmasi 
     _________________ maktabgacha 
    va maktab ta’limi bo‘limi 
    tasarrufidagi __-umumiy o‘rta 
    ta’lim maktabi
    boshlang‘ich ta’lim metodbirlashma
     
     

     
     
     


     

     
    XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING USTUVOR VAZIFALARI 
     
    1. Ta‟lim sifatini oshirish  
    2. Zamonaviy kadrlar bilan taminlash siyosati  
    3. Xodimlar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash  
    4. Xalqaro tajribani joriy etish  
    5. O„qituvchi maqomini oshirish  
    6. Vazirlikning mavqeini kuchaytirish  
    7. AKTni keng joriy etish  
    8. Davlat-xususiy sherikchilik
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


     

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


     



     

    Umumiy o„rta ta‟lim maktabining Metodbirlashmalari to„g„risidagi Nizom 
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    l. Mazkur Nizom umumiy o„rta ta‟lim maktablarining metodika birlashmalari (keyingi 
    o„rinlarda - metodbirlashma deb yuritiladi) maqsadi, asosiy vazifalari va ularning faoliyatini tashkil 
    etish tartibini belgilaydi. 
    2. Metodbirlashma - bu umumiy o„rta ta‟lim maktablari (keyingi o„rinlarda-umumta‟lim 
    maktabi deb yuritiladi)da uzluksiz metodik xizmat tizimining bir bo„g„ini hisoblanib, o„qituvchilarga 
    metodik xizmatni amalga oshiradigan, ularning innovatsiya, tajriba-sinov ishlari va ta‟lim-tarbiya 
    jarayonlarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtiradigan jamoaviy organ hisoblanadi. 
    3. Metodbirlashma o„z faoliyatida O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta‟lim 
    to„g„risida”gi qonunga, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O„zbekiston 
    Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O„zbekiston Respublikasi 
    Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek umumta‟lim 
    maktabining ustavi va ushbu Nizomga amal qiladi. 
    4. Mazkur Nizom talablari barcha davlat umumta‟lim maktablariga nisbatan tatbiq etiladi. 
    2-bob. Metodbirlashmaning maqsadi va asosiy vazifalariе 
    5. Metodbirlashmaning maqsadi o„quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, 
    fan o„qituvchilariga metodik yordamni tashkil etish, tegishli o„quv fanlarini o„qitish 
    uslublarini takomillashtirish va o„qitish sifatini oshirishiga ko„maklashishdan iborat. 
    6. Metodbirlashmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
    o„qituvchilarga fanlarni o„qitishga doir me‟yoriy va metodik hujjatlarni o„quv 
    jarayoniga tatbiq etish usullarini ko„rsatib beradi; 
    o„quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga (PISA - 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, 
    matematika va filologiya yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash, PIRLS - 
    boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash, TIMSS - 4- va 8-
    sinf o‘quvchilarining matematika va filologiya yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini 
    baholash) tayyorlash uchun o„qituvchilami qo„shimcha materiallar bilan ta‟minlaydi; 
    o„qituvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o„qitish metodlarini izlab topishga 
    ko„maklashadi; 
    “online metodik kun”da tegishli fan o„qituvchisining ishtirok etishini maktab direktori bilan 
    birgalikda ta'minlaydi; 
    ta‟lim jarayonida yutuqlarga erishayotgan pedagogik xodimlar faoliyatini qo„llab-quvvatlash, 
    shuningdek ish tajribalarini ommalashtirish bo„yicha tavsiyalar beradi; 
    o„qituvchilar tomonidan tayyorlangan tarqatma va nazorat ishi materiallarini muhokamadan 
    o„tkazib ma‟qullaydi; 
    o„qituvchilarni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan 
    tanishtirib boradi; 
    o„qituvchilarning darsini tahlil qiladi va ularga zamonaviy dars o„tish usullarini tavsiya etadi
    o„qituvchilarga dars jarayonida ko„rgazmali vositalar va axborot kommunikatsiya 
    texnologiyalaridan foydalanish bo„yicha tavsiyalar beradi; 
    o„qituvchilarga sinfdan tashqari va to„garak ishlarini tashkil etishga ko„maklashadi; 
    yosh o„qituvchilarga murabbiy biriktiradi va muntazam metodik yordam uyushtirib boradi; 
    o„qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan o„quv-metodik qo„llanmalar va didaktik materiallarni 
    muhokamadan o„tkazadi; 
    umumta‟lim maktabi miqyosida tegishli fan oyliklarini tashkil etadi, fan olimpiadalarining 
    maktab bosqichlarini, ko„rik-tanlovlarni o„tkazadi;* 


     

    tashqi va ichki nazorat natijalariga ko„ra, o„quvchilarning bilim, ko„nikma va malakalarida 
    filologiyalangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini 
    nazorat qiladi; 
    o„qitish metodlarini o„rganish maqsadida ochiq darslar tashkil qiladi; 
    fan o„qituvchilarining samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma‟naviy va moddiy 
    rag„batlantirishga tavsiya qiladi. 
    Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida yig„ilishlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, 
    ochiq darslar kabi tadbirlarni tashkil etadi. 

    Download 1.73 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1.73 Mb.
    Pdf ko'rish