• Qarshi -2023 “Umumiy pedagogika nazariyasi”fani bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotining kalendar rejasi
  • Tayanch tushunchalar
  • Pedagogika
  • Axborot texnologiyalari va menejment universiteti




    Download 261.95 Kb.
    bet1/28
    Sana10.12.2023
    Hajmi261.95 Kb.
    #115081
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika majmua
    Ibragimova Dildora, 4-CSS dasturida web ilova dizaynini yaratish, 1, кейтиринг хат, 1 баён 1-илова, Xonzoda, 50 ta test, Funksianing qavariqligi va botiqligi, hpebr, 3 Mavzu Harbiy sohada psixologik xizmatning o’ziga xos ijtimoiy, 50ccb8be56e0eb2f637482cbf3040698, Boshlangich-talim-metodbirlashma, massovaya-kultura-ocherk-teoriy-u-istokov, Veterinariya akusherligi, ginekologiya va sun\'iy qochirish A Jabborov685 (2)



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
    MENEJMENT UNIVERSITETI

    Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi



    UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI
    Fani bo`yicha
    o‘ q u v –u s l u b i y m a j m u a

    Qarshi -2023
    “Umumiy pedagogika nazariyasi”fani bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotining kalendar rejasi


    Mavzu, bo‘limnomi



    Ma’ruza

    1

    Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari, predmeti va ob'ekti

    2

    1. 2

    Pedagogikada shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari

    2

    1. 3

    Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari

    2

    1. 4

    O‘zbekiston respublikasida ta'lim tizimini rivojlantiris’hning konseptual asoslari

    2

    1. 5

    Tarbiya jarayonining mohiyati va uning tamoyillari. Tarbiya metodlari va vositalar

    2

    1. 6

    Oila pedagogik o‘zaro munosabatlar hamda shaxs tarbiyasi va kamolotining sub’ekti sifatida

    2

    1. 7

    Didaktika – ta'lim nazariyasi. o‘qitis’h jarayoni yaxlit tizim sifatida

    2

    1. 8

    Ta'lim mazmuni. Davlat ta'lim standartlari

    2

    1. 9

    Ta'limni tashkil etish shakllari. Dars–ta'limni tashkil etishning asosiy shakli

    2

    10.

    Ta'lim metodlari va vositalari

    2

    11.

    O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish

    2

    12.

    Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha. Pedagogik texnologiya turlari.

    2

    13.

    Ta'lim sifati boshqaruvining ilmiy-metodologik asoslari

    2

    14.

    Ta'lim sifati va ta'lim sifati menejmentiga innovatsion yondashuvlar

    2

    15.

    Ta'lim jarayonini axborotlashtirish. elektron pedagogika .

    2

    16.

    Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati

    2

    17.

    O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat

    2

    18.

    O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati. nutq texnikasi va madaniyati

    2




    Jami

    36



    1-Ma`ruza
    1-Mavzu: Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari, predmeti va ob'ekti
    REJA:
    1. Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari, predmeti va ob'ekti
    2. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari
    3. Pedagogikaning metodlari. Pedagogikaning tarmoqlari. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi
    4. Zamonaviy pedagogikaning metodologiyasi. Pedagogikaning ilmiy - tadqiqot metodlari.


    Tayanch tushunchalar: pedagogika, fan taraqqiyoti, kategoriya, shaxs, tarbiya, ta'lim, bilim, ko'n ikma, malaka, shakllaniish, rivojlanish, pedagogik muhi, shaxs kamolotini ta'minlas, ta'limiy konsepsiyalar.
    Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari. Har bir fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga ega bo‘lganidek, pedagogika ham o‘zining kategoriyalari, o‘rganish ob'ekti va predmeti, metodikalar va metodologiyasiga ega. Ma'lumki, pedagogika XV11 asrning ikkinchi yarmidan boshlab falsafa fani zamirida shakllandi hamda jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan Sharq va G‘arb mutafakkir va ma'rifatparvarlarining ta'lim-tarbiyaga doir qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda pedagogika ijtimoiy hayotning ajralmas qismi sifatida ta'limtarbiyaning maqsadi, vazifalari, davlat ta'lim standartlari, ta'lim va tarbiya shakllari, metodlari, vositalari, pedagogik faoliyatni tashkil qilish shakllari, mexanizmlari, uning qonuniyatlari haqida bilim, ma'lumot beruvchi, pedagogik mahorat sirlarini o‘rgatuvchi fanga aylandi. Boshqa fanlar singari pedagogika ham jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida shakllanib, jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti bilan uzviy rivojlanib bormoqda. Shu sababli ta'lim-tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash lozim. Ana shunday umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy voqelik, hodisa, ijtimoiy tasavvur va ehtiyoj mamlakatimizda shaxsni markaziy figura sifatida tan olinishi va rivojlanishning harakatlantiruvchisi tarzida baholanishi respublikamizda ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslarini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da mamlakatda yangi mazmundagi uzluksiz ta'lim tizimini yaratish vazifasi qo‘yildi, uning tarkibida esa yangi mazmun va mohiyatdagi innovatsion oliy ta'lim tizimini shakllantirish bosh yo‘nalish sifatida belgilandi hamda ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini innovatsion tashkil etish texnologiyalarini takomillashtirishga yo‘naltirildi Demak, ta'lim tizimida innovatsion jarayonlarni tashkil qilishning ilk qadamlaridan biri bu –pedagogika fanini o‘qitishni yangi sifat bosqichiga ko‘tarishdir.
    Pedagogika - ta'lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, vazifalari, davlat ta'lim standartlarida belgilangan talablar asosida pedagogik jarayonni tashkil qilish, uni boshqarish, yangi avlodni sifatli o‘qitish va tarbiyalash metodlari,usullari, vositalari, qonuniyatlari, uning ichki mexanizmlari, pedagogning kafolatlangan natijaga erishishini ta'minlovchi maqsadli faoliyatini o‘rganuvchi fandir. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimidagi fan sifatida yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi. Mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari hisoblanmish O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta'limning ustuvor deb e'lon qilinishi Pedagogika fani zimmasiga juda katta mas'uliyatli, ulug'vor vazifalarni yukladi. 1997 yilning 29 avgustida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’grisidagi»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017 yil, 6-son. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Ularda ta’lim -tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishga oid asosiy yo’l-yo’riqlar ko’rsatib berildi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni zamonaviy pedagogikaning konseptual asosi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi ta'lim-tarbiya tizimida keng islohotlar o'tkazishga zamin yaratdi. Qonunga muvofiq ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibi, bosqislarini birbiri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish, ta'lim-tarbiya tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera oladigan qilib tashkil etishga yo‘l ochildi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.

    Download 261.95 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 261.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

    Download 261.95 Kb.