Axborot texnologiyalari va menejment universiteti




Download 261,95 Kb.
bet6/28
Sana10.12.2023
Hajmi261,95 Kb.
#115081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Umumiy pedagogika majmua
Ibragimova Dildora, 4-CSS dasturida web ilova dizaynini yaratish, 1, кейтиринг хат, 1 баён 1-илова, Xonzoda, 50 ta test, Funksianing qavariqligi va botiqligi, hpebr, 3 Mavzu Harbiy sohada psixologik xizmatning o’ziga xos ijtimoiy, 50ccb8be56e0eb2f637482cbf3040698, Boshlangich-talim-metodbirlashma, massovaya-kultura-ocherk-teoriy-u-istokov, Veterinariya akusherligi, ginekologiya va sun\'iy qochirish A Jabborov685 (2)
Refleksiya (lotincha reflxio - ortga qaytish ) sub'ektning o‘z (ichki) psixik tuyg‘u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi. Refleksiya o‘qituvchining o‘z ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olish, o‘z fikri va harakatlariga tashqaridan nazar solish deb qaraladi.(V.A. Slastenin). Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki an'anasi mavjudligi aytiladi:
ob'ektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruksiyalashga olib
 keladigan ongning reflektiv tahlili; shaxslararo muloqot ma'nosini tushunish refleksiyasi;
 Bu bilan bog‘liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni farqlaydilar: o‘z-o‘zini va boshqalarni tushunish;
 o‘z-o‘ziga va boshqalarga baho berish;
 o‘z-o‘zini va boshqalarni izohli tahlil qilish
. Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o‘z ongidagi o‘zgarishlarni fikrlash jarayoni deb yoziladi.
Psixologik lug‘atda shunday izoh beriladi:
"Refleksiya - faqat sub'ektning o‘zo‘zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuyg‘usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi. Amaliy pedagogik faoliyatda ham ta'lim (tarbiya) tizimlarini loyhalash ishlari amalga oshiriladi. Bu “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida yaratilgan zamonaviy ta'lim tizimi, uni rivojlantirish konsepsiyasi (“portlash effekti”) misolida namoyon bo‘lmoqda. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodologiyasi ham, amaliy pedagogik faoliyat metodologiyasi ham quyidagi uchlikda yaxlit tasavvur etish mumkin, -deydi rus olimi A. M. Novikov, ya'ni: “loyiha, texnologiya, refleksiya”. Pedagogika boshqa rivojlangan fanlar qatori o‘zining alohida predmetiga, nazariy tamoyillariga ega bo‘lganligi sababli, shaxs shakllanishi va uning rivojlanishidagi muayyan muammolarni hal qilishda tarbiya va ta'lim jarayonlaridagi o‘ziga xos xususiyatlar hamda qonuniyatlarni inobatga olgan holda tadqiqot metodlarini qo‘llaydi. Zamonaviy pedagogikada tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati, ularning mantiqi, metodologik tavsifi bilan bog‘liq quyidagi masalalar aniqlashtirilishi ko‘zda tutilmoqda:
fan yutuqlarini ta'lim va tarbiya jarayoniga tatbiq etish;
 pedagogika fanini milliy va umuminsoniy tajribalar asosida rivojlantirishning
 metodologik jixatlarini kengaytirish; pedagogikaning nazariy tadqiqotlari samarasini oshirish;
 pedagogik tajribani o‘rganish va natijalaridan foydalanish;
 pedagogik tajriba-sinov, uning mohiyati, matematik-statistik metodlari va
 metodikasini oydinlashtirish; tarbiyaga yaxlitlikda yondashish, bunda mafkuraviy tarbiyaning ahamiyatini
 o‘rganish; ta'lim sifatini oshirishda boshqaruv texnologiyalarini loyihalashtirish va boshqalar.
 Amaliyot ta'siri ostida nazariya ilmiy kashfiyotlarning asosiy omiliga aylanadi. Faqat keng va har tomonlama tashkil etilgan amaliyotgina faoliyatning kamchiligini va yetilmaganligini hamda ayni vaqtda pedagogik voqyelikni bilishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda pedagogika fanlar tizimida va amaliyotida juda
katta tajriba, salohiyat, bilimlar manbai, tavsiyalar to'plangan bo'lib, bular
yoshlarga tizimli holda yetib borishi, ular ijodiy imkoniyatlari rivojiga ta'sir etishi
kerak. Bu esa muayyan bilimlarni – tizimlashtirishni, metodologiyani o‘rganishni
talab etadi.
Bugungi kunda zamonaviy fan rivojiga bog‘liq holda fan tilining metodologik
masalalari ham kun tartibida turadi. Fanda tildan foydalanish muammosi ilmiy fan
sifatida pedagogikani ham chetlab o‘ta olmaydi.
Til ijtimoiy hodisa sifatida amaliy faoliyatda va bilish jarayonida ikki asosiy
vazifani bajaradi:
1) insonlar o‘rtasida aloqa vositasini o‘taydi
2) tafakkur shakli sifatida to‘plangan bilimlarni qayd etish va saqlash, tizimlashtirish
uchun zarur hisoblanadi.
Ma'lumki, til bilan qator fanlar –lingvistika, psixologiya, semiotika (belgilar
haqidagi fan), falsafa shug‘ullanadi. Metodologiya tilni ilmiy bilimlarni ifodalash,
ularni qayta ishlash, ilmiy axborotlarni to‘plash va saqlash vositasi sifatida
o‘rganadi.
Pedagogika boshqa fanlar qatori milliy tildan ilmiy axborotlarni
shakllantirish, ishlov berish, saqlash va uzatishning universal vositasi sifatida
foydalaniladi.
Biz pedagogikada turli darajadagi kategoriya(tushuncha)larga tayanamiz.
Kategoriya (tushuncha) – bu predmetlarnig umumiy va o‘ziga xos sifatlari haqidagi
fikrdir. Tushuncha asosida predmetlar o‘xshashligi va farqlari aniqlanadi.
Albatta, tushunchalar mohiyatini anglashda odamlar ham bir-biridan
farqlanadi. Shu boisdan milliy til so‘zlari ham bir xil emas, ular amaliy faoliyatda
turlicha muhimlik kasb etadi va muloqot jarayonida tekislanib, aniqlanib
boraveradi.
Har qanday fan, jumladan pedagogika ham aniq tushunchalar tizimini talab
etadi. U milliy til asosida yaratiladi va ilm tili, ya'ni pedagogikning tushunchatoifalar tizimi shakllanib boradi. Toifa tushunchadan bir bosqich yuqori turadi va ayni vaqtda o‘zida ularning belgi va xususiyatlarini saqlab qoladi. Shu bois toifa tushunchadir, biroq barcha tushunchalar toifa bo‘la olmaydi.
Pedagogika bo‘yicha ilm tilini shakllantirish murakkab jarayon, u
hanuzgacha qoniqarli darajada tadqiq qilingan emas. Bu fan ham boshqalari qatori
hayotiy tildan ko‘plab atamalarini qabul qiladi. (“shakl”, “metod”, “tarbiya” va
boshqalar). Shu bois mumkin qadar tushunchalarni faol ilmiy muloqot tarkibiga
kiritish uchun aniqlashtirish, chegaralashga harakat qiladi.
Pedagogikada ilmiy nutqning lug‘at zahirasi yangi, maxsus terminlar va
ta'riflar bilan boyib bormoqda. Masalan, refleksiya, tyutor, boshqarish, moderator,
ta'lim menejmenti, innovatsion texnoloyalar, axborot texnologiyasi va boshqalar.
Foydalanilayotgan atamalarning aniq ta'rifi va maxsus pedagogik lug‘atini
shakllanishi pedagogika fani tiliga mos holda amalga oshirilishi zarur. Bu fanning
o‘ziga xos tomoni shundaki, uning tili odatiy tilga juda yaqin bo‘lgani uchun
tushunish birmuncha yengil kechadi. Shu sababli maxsus pedagogik tillar nafaqat
o‘qituvchi va tarbiyachiga tushunarli, balki ularni ota-onalar, o‘quvchi-talabalar va
keng jamoatchilik ham tez hazm qilishadi. Boshqa tomonidan odatdagi til bilan
ilmiy tilning yaqinligi fan sifatida pedagogika uchun xususiy bo‘lgan metodik
xaraterdagi jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Maxsus pedagogik atamalar sifatida qo‘llanilayotgan tushunchalar
pedagogik tushunchalarni aniq ta'riflash ilmiy pedagogik g‘oyalarni
muvaffaqqiyatli rivojlantirish uchun zaruriy shart hisoblanadi.
Pedagogika o‘z tadqiqotlari natijalarini yozma ravishda ifodalashi bilan
birgalikda diagramma, sxema, chizma, jadval asosida ham bayon etadi. Pedagogik
tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish uchun informatika, matematika, mantiq
(induksiya, deduksiya va boshqa) fanlarining metodlari, tushuncha va ramzlaridan
keng foydalanilmoqda.
Erishilgan yutuq bilan fan tilining rivojlanishi to‘xtamaydi, u vaqt o‘tgan
sayin rivojlanib, boyib boraveradi.

Download 261,95 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 261,95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Download 261,95 Kb.