• Pedagogik faoliyat
  • Axborot texnologiyalari va menejment universiteti




    Download 261,95 Kb.
    bet4/28
    Sana10.12.2023
    Hajmi261,95 Kb.
    #115081
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika majmua
    Ibragimova Dildora, 4-CSS dasturida web ilova dizaynini yaratish, 1, кейтиринг хат, 1 баён 1-илова, Xonzoda, 50 ta test, Funksianing qavariqligi va botiqligi, hpebr, 3 Mavzu Harbiy sohada psixologik xizmatning o’ziga xos ijtimoiy, 50ccb8be56e0eb2f637482cbf3040698, Boshlangich-talim-metodbirlashma, massovaya-kultura-ocherk-teoriy-u-istokov, Veterinariya akusherligi, ginekologiya va sun\'iy qochirish A Jabborov685 (2)
    Ko‘nikma – malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarilish qobiliyatini ifodalaydi va o‘quvchi – talabalarda ko‘p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladigan harakatlar yig‘indisidir.
    Malaka – tahsil oluvchilarning bilim egallash va mehnat jarayonidagi harakatini (yoki harakatlar majmuasini) muayyan sharoitda maqsadga muvofiq shakllantirish va shu orqali o‘qishda va mehnat faoliyatida ijobiy natijalarga erishib, ongli bajarishga tayyor bo‘lishdir.Iqtidor va ko‘nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakaga aylanadi. Turli malakalardan ishonchli, ijodiy foydalanish hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi va kasbiy ta'limning mutloq ko‘rinishi mahorat bilan belgilanadi.
    Mahorat – bu murakkab ishni tez, aniq bajarishning yengilligi, mehnatning yuqori sifati va barqaror maromidir. Ta'lim jarayonida tahsil oluvchilar muayyan ma'lumotga ega bo‘ladilar.
    Ma'lumot - ta'lim - tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'n ikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir. Insonning shaxs sifatida shakllanishi, tarbiyalanishi va ta'lim olishi pedagogik jarayonda sodir bo‘ladi. Pedagogik jarayon – pedagogik kategoriyalardan biri bo‘lib, ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati ta'sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda “...tarbiyachining yo'naltiruvchi va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida tarbiyalanuvchining o'z-o'zini taraqqiy ettirishidir”.
    Pedagogik faoliyat- estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy kabi maqsadlarga muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o'ylab ko'rilgan, katta yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo'lgan mehnatining o'ziga xos turidir. O‘z-o‘zini anglash – shaxsning o‘ziga va o‘z faoliyatiga bir jamoa yoki butun jamiyat nuqtai nazaridan baho bera olish. Taniqli rejisser K. Stanislavskiyning: “ Teatr qaerdan boshlanadi? –Albatta, – kiyim ilish joylaridan boshlanadi”,-degan iborasi mashhur bo‘lsa, pedagogikada - “pedagogik faoliyat – oiladan boshlanadi”, deyish mumkin. Pedagogika fani uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, hozirgi vaqtda ilmiy bilimlarning yaxshi shakllangan, katta nazariy va amaliy materiallarni o‘z ichiga qamrab oldi va o‘zining ilmiy-nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan so‘ng mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimida, pedagogika fanining umumiy va metodologik asoslari va mazmunida ta'lim-tarbiya nazariyasida, ta'limning tashkiliy shakllarida, shaxsning barakamollik darajasi hamda sifatlarini aniqlashda ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu o‘z navbatida innovatsion va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni ta'limtarbiya jarayoniga tatbiq etishga yo‘l ochdi. Bugun mamlakatimizda ko‘plab o‘qituvchilarimiz pedagogik g‘oyalar targ‘ibotchisiga aylanishdi, tasdiqlangan dastlabki materiallar bilangina emas, balki o‘zining shaxsiy ijodiy rejasi asosida ish yuritmoqdalar. Yangilikka, erkinlikka, mustaqilikka intilish hozirgi zamon o‘qituvchisining shaxs sifatlari tarkibiga kirib ulgurdi, endi an'anaviy o‘qitish tizimi o‘z o‘rnini milliy istiqlol g‘oyasi bilan sug‘orilgan va qat'iyan ilmiy asosda tashkil etilayotgan zamonaviy pedagogik tizimga asoslanmoqda. Pedagogik amaliyotning turli tomonlarini qamrab olayotgan kuchli innovatsion impuls harakati davom etmoqda: ta'lim sifatini oshirish, natijalarini oldindan belgilash, innovatsion, axborot va kommunikatsion texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish, interfaol o‘qitish, ta'lim menejmentiga qaratilgan yondashuvlar vujudga keldi. “Faqatgina zamonaviy asnoda ta'lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma'naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi ”. Darhaqiqat, o‘zbek xalqining milliy ma'naviyatida insonparvarlik, bilimdonlik, axloqiylik, vatanparvarlik, ilmga chanqoqlik, bunyodkorlikka, ijodkorlikka intilish fazilatlari yetakchi o‘rinda turadi. Bugungi kunda respublikamiz yoshlari orasidan jahon olimpiada g‘oliblari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari, sport sohasidagi g‘oliblar, davlat va nomdor stipendiatlarining yetishib chiqishi mamlakatimizda ta'lim-tarbiyaga e'tibor kuchli ekanligidan dalolat beradi. Yosh avlodga ta'lim berayotgan o‘qituvchilar bugungi kunda o‘zlari zamonaviy ta'lim-tarbiya sirlaridan voqif bo‘lishlari, innovatsion texnologiyalarni egallagan, axborot-kommunikatsiya vositalaridan oqilona Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir . foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari talab etiladi. Shu jihatdan olganda, pedagogika aynan shu dolzarb masalalarning yechimini topishga yordam beradi. Pedagogikaning ijtimoiy fan sifatida rivojlanishi. Pedagogika tarixi mustaqil tarmoq sifatida, pedagogika fanining tarixan rivojlanishini o‘zida aks ettirdi. Bunda o‘tmishdagi ilg‘or pedagogik g‘oyalarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, ularning bugungi kundagi ahamiyati, mutafakkirlarning pedagogik merosidan foydalanish zaruriyati haqida fikr yuritiladi. Har bir yurtning fuqarolari bo‘lmish o‘qituvchi va murabbiylar, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘z ona yurti tarixini bilishlari, vatanparvar bo‘lishlari lozim. Ta'lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo‘lmay turib, o‘qituvchilik qilish mumkin emas. Pedagogika tarixi pedagogik ta'limotlar tarixi va tarbiyaning rivojlanish masalalarini ijtimoiy hodisa sifatida tadqiq etib, insonparvar pedagogik g‘oyalarning rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi, ilg‘or pedagogik konsepsiyalar, qarashlar, ta'lim va tarbiya nazariyalari, qonuniyatlari, tamoyillarini tahlil qiladi, muhim umumiy xulosalar chiqaradi va bugungi kun uchun dolzarb muammolar, ularning yechimini topishga oid g‘oyalarni aks ettiradi. Tarixiylik pedagogika fani rivojlanishining zaruriy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Zero, o‘tmishdan qolgan ma'naviy merosni o‘rganish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish – kelajak uchun poydevor yaratish bilan barobardir. Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshi va kasbiy omilkorligini shakllantirishga qaratilgan maktabgacha ta'lim pedagogikasi, maktab pedagogikasi, yoshlar pedagogikasi, katta yoshdagilar pedagogikasi (androgogika), kasb-hunar ta'limi pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi, menejment pedagogikasi, tibbiyot pedagogikasi, harbiy pedagogika, iqtisodiy pedagogika, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va boshqa tarmoq pedagogikalari vujudga keldi. Bu tarmoq pedagogikalar maktabgacha tarbiya maskanlari, umumiy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari, oliy o‘quv yurtlarida olib boriladigan ta'lim-tarbiya jarayonini, uning qonuniyatlarini o‘rganadi. Bulardan tashqari maxsus pedagogika turlari: defektologiya (rivojlanishida nuqsoni mavjud bo‘lganlar), surdopedagogika (kar va soqovlar bilan ishlash), tiflopedagogika (ko‘zi ojizlar bilan ishlash); oligofrenopedagogika (aqliy rivojlanishdan orqada qolganlar bilan ishlash); logopediya (nutqi yaxshi rivojlanmaganlar bilan ishlash) mavjud bo‘lib, bu tarmoqlar tarbiyalanuvchilarni o‘qitish va tarbiyalash masalalari bilan shug‘ullanadi. Pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog‘i sifatida aniq fanlarni o‘qitish va o‘rgatishning qonuniyatlarini o‘rganuvchi metodika, ya'ni uslubiyat fanining xizmatlari beqiyosdir. Butun pedagogik jarayonni amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini qo‘rsatib beruvchi (metodika, ya'ni uslubiyat), fani ham, o‘z navbatida, maktabgacha ta'lim uslubiyati (metodikasi), umumta'lim uslubiyati, kasb-hunar ta'limi uslubiyati, maxsus ta'lim uslubiyati, oliy ta'lim uslubiyati, malaka oshirish uslubiyati va boshqa fan uslubiyati tarmoqlaridan iborat. Bu tarmoq fanlar o‘zaro uzviy aloqadorlikda bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi va pedagogika fanlari tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Metodika (uslubiyat)- muayyan sohaga oid o‘qitish va o‘rganishning qonuniyatlarini tadqiq etadi. Metodika maxsus va uzluksiz ta'lim bosqichlaridagi pedagogikalar kabi ta'limning o‘ziga xos turi va qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda didaktika prinsiplari va umumiy pedagogikadagi qonun-qoidalarni o‘z sohasiga moslashtiradi va soha uslubiyatini yaratadi. Pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog‘i sifatida aniq fanlarni o‘qitish va o‘rganishning qonuniyatlarini o‘rganuvchi uslubiyot (metodika) fanining ham xizmatlari beqiyos kattadir. Hozirgi kunda o‘quv muassasalarida Matematika fanlarini o‘qitish metodikasi, Tarix fanlarini o‘qitish metodikasi, Adabiyot o‘qitish metodikasi, Maxsus fanlarni o‘qitish va boshqa metodikalari mavjud. Androgogika - (yunon tilida: »andros»- katta yoshli odam», «agogeyn»- «etaklamoq», ya'ni “katta yoshli odamni yetaklamoq”) – ta'lim nazariyasiga taalluqli soha bo‘lib, katta yoshli sub'ektlarning bilim, ko‘nikma egallashlari hamda pedagoglar tomonidan ushbu jarayonni boshqarish faoliyati qonuniyatlarining xususiyatlarini yoritib beradi.9 Valeologiya – insonning butun hayoti mobaynida jismoniy, axloqiy, ma'naviy jihatdan shakllanishi, rivojlanishini o‘rganadi. XX asrning 80 yillaridan e'tiboran G‘arbiy yevropa va MDH mamlakatlarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga mo‘ljallangan o‘quv predmeti sifatida maktab dasturlariga kiritilgan. O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng ushbu o‘quv predmeti tanlov fani sifatida oliygohlarda o‘qitila boshlandi. Valeologiya - salomatlik yoki qanday qilib sog‘lom bo‘lish mumkinligi haqidagi pedagogikadagi tarmoq fandir. «Valeologiya» lotincha so‘z bo‘lib, “aloe”-«salomatlik», «sog‘lom bo‘lish» ma'nosini anglatadi. Bu atamani birinchi bo‘lib K.I.Brexman 1987 yilda fanga kiritdi. Valeologiya fan va o‘quv predmeti sifatida keng e'tibor qozonmoqda. Bugungi kunda valeologiya darsliklari chop etilmoqda. Darslik mualliflaridan biri V.N.Vayner (2001) ning fikricha «Valeologiya» oliy o‘quv yurtlarida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Valeologiya talabalarda jismoniy tarbiyaning nazariy, amaliy va mustaqil mashg‘ulotlariga ongli barqaror va pozitiv munosabatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib salomatlikni yaxshilaydi, o‘quv jarayonlarining unumdorligini oshiradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi.
    Pedagogika tarixi va nazariyasi asosini tashkil qiluvchi birinchi guruhning uchta pedagogik fan tarmoqlariga umumiy tasnif beradigan bo‘lsak, bularning uchalasi boshqa pedagogik fan tarmoqlariga asos bo‘lib, o‘zaro aloqadordir. Didaktika va umumiy pedagogikada ishlab chiqilgan asosiy prinsiplar, qoidalar va maxsus tushunchalar maktab hamda maxsus pedagogika guruhlaridagi pedagogik fan tarmoqlari, didaktika prinsiplari va umumiy pedagogikadagi qonun qoidalarni, ta'lim-tarbiya berishning o‘ziga xosligidan kelib chiqib o‘zgartiradilar va o‘z sohasiga moslashtiradilar. Pedagogika insonlar orasidagi munosabatlarni va ijtimoiy muhitning insonga ta'sirini tadqiq etuvchi fan sifatida iqtisodiyot, madaniyat rivojlanishining o‘ziga xosligi hamda ularning inson shaxsi shakllanishiga ta'sirini o‘rganadi. Shu bilan birga, pedagogika o‘quv muassasasi tizimining tashkiliy jihatlaridagi ko‘pgina masalalarni hal etishga, shaxslarni tarbiyalashda o‘quv muassasasi, oila va jamoatchilikning o‘zaro hamkorlikda ish olib borishiga yordam beradi. «Pedagogika» fani tarbiya jarayonini ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganar ekan, tabiiy ravishda jamiyatdagi barcha fanlar bilan bog‘liqdir. Pedagogika (fan sifatida) falsafa fani zamirida rivojlandi. Har qanday fan yakka holda o‘zi mukammalikka erisha olmaydi. U boshqa fanlar bilan aloqada, ularning yutuqlaridan foydalangan holda mazmunan boyib boradi. Xuddi shuningdek pedagogika fani ham hozirgi kunda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqidagi ma'lumotlarga tayanadi. U tabiat va jamiyat rivojlanishi qoidalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarga asoslanadi, o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib, insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat kiladi. U falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya, etika, estetika, biologiya, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik va boshqa fanlar bilan uzviy aloqadadir .

    Download 261,95 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 261,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

    Download 261,95 Kb.