Axborot texnologiyalari va menejment universiteti




Download 261,95 Kb.
bet14/28
Sana10.12.2023
Hajmi261,95 Kb.
#115081
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
Umumiy pedagogika majmua
Ibragimova Dildora, 4-CSS dasturida web ilova dizaynini yaratish, 1, кейтиринг хат, 1 баён 1-илова, Xonzoda, 50 ta test, Funksianing qavariqligi va botiqligi, hpebr, 3 Mavzu Harbiy sohada psixologik xizmatning o’ziga xos ijtimoiy, 50ccb8be56e0eb2f637482cbf3040698, Boshlangich-talim-metodbirlashma, massovaya-kultura-ocherk-teoriy-u-istokov, Veterinariya akusherligi, ginekologiya va sun\'iy qochirish A Jabborov685 (2)
Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.

sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta'lim olishiga.

Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Uzluksiz ta'lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma'lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim Davlat ta'lim standartlari hamda o‘quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi. Uzluksiz ta'lim quyidagi ta'lim turlarini o‘z ichiga oladi:


– maktabgacha ta'lim;
– umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim;
– kasb-hunar ta'limi;
– oliy ta'lim;
– oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim;
– kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
– maktabdan tashqari ta'lim. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan, yana shuningdek, «ta'lim mazmunini tubdan yangilashda: ta'lim standartlari, ta'lim dasturlari, o‘quv darsliklari va qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta'minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi».

Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.

Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo‘lib, «kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta'lim tizimida unumli foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta'limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiypedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqyei va obro‘sini oshirishni va shu kabilarni qamrab oladi».

Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlaydi va ulardan foydalanadi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqadi.


Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan foydalanuvchi iste'molchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o‘zgardi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o‘z talablarini qo‘ya oladi. Shu bilan birga sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab yetishtirish yo‘lida uzluksiz ta'lim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qo‘llabquvvatlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Shu asosida kadrlar tayyorlash tizimining faol ishtirokchisiga aylandi.

Ta'lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohotlar. 2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjat asosida ta'lim sohasiga doir qator islohotlar amalga oshirildi. Ta'lim tizimini xalq bilan muloqot va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida isloh qilishga asosiy e'tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» PQ-3305-son qarori asosida respublikamizda ilk bor Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi. Uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviyestetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.



Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son Farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.


Uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviyestetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son Farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi. farmonda quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilandi: birinchidan, maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; ikkinchidan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; uchinchidan, respublikada davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta'lim muassasalariga bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta'minlash, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, byudjetdan subsidiyalar ajratish, shuningdek, bolalarning maktabgacha ta'limi va tarbiyasining muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq etish; to‘rtinchidan, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta'lim-tarbiya jarayoniga, shu jumladan nodavlat sektorida joriy etish; beshinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan maktabgacha ta'lim muassasalarini ta'minlash; oltinchidan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish; yettinchidan, maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish va tajribali yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta'lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish; sakkizinchidan, maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchi-larining ratsional va belgilangan me'yorlar asosida sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishini ta'minlash uchun munosib sharoitlar yaratish, ko‘ngilochar va bilim beruvchi mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan, hajmlari va intensivligi asosiy tibbiy taqdimnomalar bilan belgilanuvchi serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirish; to‘qqizinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika choratadbirlarini muvofiqlashtirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «O‘zbekiston respublikasi Xalq ta'limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ3304-son Qarori qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3304-son Qarori asosida O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyati takomillashtirildi.


Mazkur qarorga muvofiq, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin: birinchidan, xalq ta'limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'limni har tomonlama rivojlantirish, o‘quvchilarning bilimi va ma'naviy-axloqiy darajasini yanada yuksaltirish; ikkinchidan, o‘rta ta'lim maktablari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta'minlash orqali 11 yillik o‘rta ta'limni joriy etish bo‘yicha tashkiliy-metodik tadbirlar tizimini amalga oshirish; uchinchidan, umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilariga kasb-hunar o‘rgatish hamda umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standartlariga va maktabdan tashqari ta'limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq xalq ta'limi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatishda metodik rahbarlik qilish; to‘rtinchidan, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida chet tillarini o‘qitish samaradorligini ta'minlash, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va mehnat ta'limini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3304-son Qarori asosida O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyati takomillashtirildi. beshinchidan, o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, o‘quvchilarning o‘quv, psixologik va jismoniy yuklamasini optimallashtirishni hisobga olgan holda ta'limtarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish; oltinchidan, mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangilangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv va o‘quvmetodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish; yettinchidan, mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta'minlash, ularning ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish; sakkizinchidan, rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan hamda davolanishga va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning (shu jumladan inklyuziv) ijtimoiy kafolatlarini ta'minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta'lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini muvofiqlashtirish; to‘qqizinchidan, xalq ta'limi muassasalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bo‘limlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish orqali o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma'naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, «ommaviy madaniyat» ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash; o‘ninchidan, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari tomonidan davlat ta'lim standartlari va talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish; o‘n birinchidan, ta'lim muassasalarida byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni hamda byudjet intizomiga rioya etishni ta'minlash; o‘n ikkinchidan, ta'lim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish. Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim umumta'lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktabinternatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda; 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta'lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshirilishi belgilab berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik asosida kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi.

U


O‘quv-ishlab chiqarish majmuasi – o‘quvchilarga kasbiy bilimlar berish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat va kasb ko‘nikmalarini egallashlari, shuningdek ularning o‘ziga xos kasbiy qobiliyatlari va sifatlari rivojlantirilishini ta’minlaydigan ta’limni tashkil etish shakli.

mumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10–11-sinflari o‘quvchilari ta'lim olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o‘rgatish, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta'limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shartsharoitlar yaratish, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24- oktabrdagi «Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10–11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta'lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 868-son qarori qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik asosida kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi. O‘quv-ishlab chiqarish majmuasida kasbiy ta'lim berishning vazifalari etib quyidagilar belgilab qo‘yildi: o‘quvchilar tomonidan kasb-hunar ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishini ta'minlash, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarni o‘rgatish orqali ularning kasb-hunar olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; kasbiy ta'lim berish jarayonida «usta-shogird» an'analari, mahalliy va xorijiy ilg‘or tajribani o‘rgangan holda eng maqbul usullardan foydalanish hamda kasblarning malaka talablari va kasbiy ta'lim berish jarayonining metodik ta'minotini takomillashtirib borish; kasbiy ta'lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali kasbiy ta'lim berish sifatini ta'minlash; o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularning mehnat faoliyati bilan faol shug‘ullanishi imkonini beruvchi kasb egasi bo‘lishlarini ta'minlash; mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etilmaydigan kasblar bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta'minlash. Akademik litsey – o‘rta maxsus o‘quv yurti. Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydi. Akademik litseyda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta'lim yo‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va b. sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘quv-ishlab chiqarish majmuasida kasbiy ta'lim berishning vazifalari etib quyidagilar belgilab qo‘yildi: o‘quvchilar tomonidan kasb-hunar ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishini ta'minlash, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarni o‘rgatish orqali ularning kasb-hunar olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; kasbiy ta'lim berish jarayonida «usta-shogird» an'analari, mahalliy va xorijiy ilg‘or tajribani o‘rgangan holda eng maqbul usullardan foydalanish hamda kasblarning malaka talablari va kasbiy ta'lim berish jarayonining metodik ta'minotini takomillashtirib borish; kasbiy ta'lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali kasbiy ta'lim berish sifatini ta'minlash; o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularning mehnat faoliyati bilan faol shug‘ullanishi imkonini beruvchi kasb egasi bo‘lishlarini ta'minlash; mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etilmaydigan kasblar bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta'minlash. Akademik litsey – o‘rta maxsus o‘quv yurti. Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydi. Akademik litseyda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta'lim yo‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va b. sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.



Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi.

Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini ko‘rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta'lim sifatini oshirish va mazmunini yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo‘lmoqda.
Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish hamda akademik litseylarda o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta'lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta'lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-2829-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorning 2-bandida akademik litseylarning muhim vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari belgilab berildi:
umumta'lim maktablarining eng iste'dodli o‘quvchilarini tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o‘qishni oliy ta'lim muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur tayyorlash;
o‘quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon bo‘lishi va faollashishiga ko‘maklashuvchi, individual iste'dodlarni va har bir o‘quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlarni egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta'lim muhitini yaratish;
ilg‘or mahalliy va xorijiy ta'lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ta'lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uning mazmunini doimiy ravishda yangilab borish.
Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son Qarori qabul qilindi. Qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagilar oliy ta'lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi: har bir oliy ta'lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta'lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta'lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish; oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, oliy ta'lim muassasalaridagi ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar bo‘yicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish; yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va oliy ta'lim tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish; pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatidan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o‘tishini yo‘lga qo‘yish, oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida o‘qitish; oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta'lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish; oliy ta'limning ma'naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, xalqimizning yuksak ma'naviyati va insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish; oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini ularning o‘quv va ilmiylaboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini qurish, kapital ta'mirlash va rekonstruksiya qilish orqali yanada mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlash; oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta'minlash, talabalar, o‘qituvchi va yosh tadqiqotchilarning jahondagi ilg‘or ta'lim resurslari, ilmiy adabiyotlar va ma'lumotlar bazasi bo‘yicha elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22- mayda «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida» Qarori qabul qilindi. Tayanch doktorantura – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida 111 tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim shakli. Doktorantura – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha fan doktori (DS) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim shakli. Mustaqil izlanuvchilik – ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DS) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim shakli. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga muvofiq oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining o‘qitish shakllari va usullarini, pedagog kadrlar tarkibining sifat darajasini zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi «Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 242-son qarori bilan «Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 103-son Qarori bilan mazkur Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Yuqorida qayd etib o‘tilgan hujjatlarga asosan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va 112 idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi o‘quv rejasining namunaviy tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 288 soat hajmdagi o‘quv dasturlari bo‘yicha ikki oy davomida, ishdan ajragan holda amalga oshiriladi. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari o‘qishni tugatgandan keyin attestatsiya komissiyalari tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyadan o‘tishlari kerak. Attestatsiya komissiyasi tegishli sohalardagi yetakchi olimlar va mutaxassislar, ilmiy kengash a'zolari, o‘quv-uslubiy ishlar sohasidagi yirik mutaxassislar safidan kamida 7 kishidan iborat bo‘lgan oliy ta'lim muassasasi rektori yoki fan doktori ilmiy unvoni berish bo‘yicha ilmiy kengash raisi boshchiligida shakllantiriladi. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga qat'iy hisobda turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan malaka attestati beriladi. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tmagan oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari bir yil mobaynida pulli asosda o‘qishning tegishli yoki turdosh yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi yakunida attestatsiyadan o‘tishadi. Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini takroran o‘zlashtirishi asosiy ishdan ajralmagan holda kurslarning o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda yoki masofadan o‘qitish usullari orqali o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi. Mustaqil ravishda yoki masofadan o‘qitish usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlari bo‘yicha tayyorlanib kelgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. Yakuniy attestatsiya tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tayanch oliy ta'lim muassasalari huzuridagi attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan takroran o‘tmagan yoki asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan 113 muddatda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan takroran o‘tmagan taqdirda, ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan hamda bo‘sh turgan pedagog lavozimini egallash tanlovi davrining tugagan muddatidan qat'i nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Bunda ular o‘z pedagogik faoliyatini boshqa ta'lim muassasalarida (oliy ta'lim muassasalaridan tashqari) davom ettirishi yoxud boshqa tashkilotlarda ishlashi hamda o‘zining kasbiy malakasini mustaqil ravishda oshirishi mumkin. Shunday qilib, bugun mamlakatimizda qator o‘qituvchilarimiz pedagogik g‘oyalar targ‘ibotchisiga aylanishdi, tasdiqlangan dastlabki materiallar bilangina emas, balki o‘zining shaxsiy ijodiy rejasi asosida ish yuritmoqdalar. Yangilikka, erkinlikka, mustaqilikka intilish hozirgi zamon o‘qituvchisining shaxs sifatlari tarkibiga kirib ulgurdi, endi an'anaviy o‘qitish tizimi o‘z o‘rnini milliy istiqlol g‘oyasi bilan sug‘orilgan va qat'iyan ilmiy asosda tashkil etilayotgan zamonaviy pedagogik tizimga asoslanmoqda. Pedagogik amaliyotning turli tomonlarini qamrab olayotgan kuchli innovatsion impuls harakati davom etmoqda: ta'lim sifatini oshirish, natijalarini oldindan belgilash, innovatsion, axborot va kommunikatsion texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish, interfaol o‘qitish,ta'lim menejmentiga qaratilgan yondashuvlar vujudga keldi. Mustaqil O'zbekistonning kuch - qudrat manbai - xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir.
MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
2. Kadrlar tayyorlash Milliy modelining tarkibiy qismlariga izoh bering.
3. Uzluksiz ta'lim tizimining isloh qilinishi qanday omillar bilan bog‘liq?
4. 11 yillik majburiy ta'limga o‘tilishining sabablarini izohlang.
5. O‘quv-ishlab chiqarish majmuasining asosiy maqsadini tushuntirib bering.
6. Kasb-hunar ta'limini tashkil etishga yangicha yondashuvni qanday baholaysiz?
7. Oliy ta'lim tizimining isloh qilinishi asosida qanday natijalarga erishiladi?
8. Oliy o‘quv yurtidan keying ta'lim bosqichlariga izoh bering.
9. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan talablarga baho bering.
TESTLARNI YECHING:
1. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning tarkibiy qismlaridan biri fandir. Fan bu –
A) tadqiqotlarning zamonaviy yo‘nalishlarini, dolzarb va amaliy jihatdan muhim masalalarni tavsiflaydi
* B) yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi
S) istiqbolli muammolarning nufuzini tavsiflaydi
D) ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etuvchi
E) axborot va kommunikatsiya vositalarini ta'lim jarayoniga tatbiq etuvchi
2. Zamonaviy pedagogik metodologiyaning asosiy manbalaridan biriO‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risidagi Qonuni”ning nechanchi bo‘limida ta'lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan?
* A) 2- bo‘lim, 11-17- moddalarida B) 5-bo‘lim, 4-5- moddalarida S) 3-bo‘lim, 17-18- moddalarida D) 4-bo‘lim,11-17- moddalarida ye) 1-bo‘lim, 14-15-moddalarida
3. Zamonaviy pedagogik metodologiyaning asosiy manbalaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risidagi Qonuni”ning 10- moddasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi ko‘rsatiladi:
A) maktabgacha ta'lim, o‘rtamaxsus,kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim,
*B) maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus,kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim , kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim
S) umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus,kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
D) maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim , kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim
E) maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus,kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim
4. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risidagi Qonunining uchinchi bo'limi ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishga bag'ishlangan bo'lib, unda nimalarga asosiy e'tibor qaratilgan? A) ta'lim oluvchilarni ijtimoiy himoyalash, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
B) umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus,kasb-hunar ta'limi
*S) ta'lim oluvchilarni va ta'lim muassasasi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, yetim hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni o'qitish masalalari qonuniy ifodasini topgan
D) umumiy o‘rta ta'lim, o‘rtamaxsus,kasb-hunar ta'limida tahsil oluvchilarni ijtimoiy himoyalash
E) maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus,kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim ishtirokchilarini ijtimoiy himoyalash
5.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasidagi vakolatlaridan birini belgilang
A) O‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarini nashr yetishni tashkil qilish
*B) Ta'limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
S) Ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish
D) Ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta'lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish
E) Barcha javoblar to‘g‘ri
6. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy kismlaridan biri davlat va jamiyatning kadrlar tayyorlashdagi funksiyasi quyidagilardan iborat:
A) Kadrlar tayyorlashning bosh sub'ekti va ob'ekti shaxsni rivojlantirish
B) Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini nazorat kilish
S) Yukori malakali mutaxassislar tayyorlashva ulardan foydalanish
*D) Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish
E) Ta'lim-tarbiya jarayonida qaror qilish texnologiyalarini ishlab chiqish
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasidagi vakolatlaridan birini belgilang
A) O‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarini nashr yetishni tashkil qilish
*B) Ta'limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
S) Ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish
D) Ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta'lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish
E) Barcha javoblar to‘g‘ri
8. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy kismlaridan biri davlat va jamiyatning kadrlar tayyorlashdagi funksiyasi quyidagilardan iborat:
A) Kadrlar tayyorlashning bosh sub'ekti va ob'ekti shaxsni rivojlantirish
B) Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini nazorat kilish
S) Yukori malakali mutaxassislar tayyorlash va ulardan foydalanish
*D) Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish
E) Ta'lim-tarbiya jarayonida qaror qabul qilish texnologiyalarini ishlab chiqish
ADABIYOTLAR:
1. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'grisidagi Qonuni.- Toshkent, 1997.
2. O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. –Toshkent,1997.
3. Abdullaeva Sh. Pedagogika.-Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari, 2010.-288 bet.
4. Zimnyaya I.A. pedagogicheskaya psixologiya.-Moskva:Logos, 2012 g. S.- 132- 186.
5. Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida, -Toshkent: O‘qituvchi, 2006.-296 bet.
6. G‘oziev E. Yosh davrlari psixologiyasi.- Toshkent: O‘qituvchi, 2009. Uchinchi nashr.-288 bet. 7. www.ziyonet.uz
5-MA`RUZA
5-MAVZU: Tarbiya jarayonining mohiyati va uning tamoyillari. Tarbiya metodlari va vositalari
REJA:
1. Tarbiyaning mazmuni va asosiy yo‘nalishlari
2. O‘quv-tarbiyaviy vaziyatlarning turlari va ularni tashkil qilish shakllari
3. Oila pedagogik o‘zaro munosabatlar hamda shaxs tarbiyasi va kamolotining sub'ekti sifatida
4.O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini kamol toptirishning psixologikpedagogik asoslari
Tayanch tushunchalar: tarbiya, shaxs, tarbiyalanganlik, ma’naviyat, axloqiylik, tarbiya turlari, tarbiya qonuniyatlari, metodlar, vositalar, xalq pedagogikasi.
Tarbiyaning mazmuni va asosiy yo‘nalishlari. O‘quv-tarbiyaviy vaziyat tushunchasi. Pedagogikada tarbiya muhim o‘rin egallaydi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, keng va tor ma'nodagi tarbiya farqlanadi. Tarbiya tamoyillari - yo‘l - yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad- har tomonlama ma'naviy rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol mutaxassis shaxsini shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma'lum maqsadni ko‘zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma'lum maqsadga qaratilganligi bo‘lajak mutaxassislarning axloqiy, ma'naviy tarbiyalanganlik istiqbollarini ko‘ra bilishda yordam beradi. Inson paydo bo‘libdiki, tarbiya jarayoni va tamoyillari mavjud. Tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta'sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayonida bo‘lajak mutaxassisda his-tuyg‘ular va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, meditsina sohasidagi bilimlari tarkib topadi. Tarbiya jarayonida yoshlarda jamiyatning mutaxassis shaxsiga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlari hosil qilinadi. Tarbiya asosida yoshlarda miliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish, insonparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarga, millatlararo totuvlik, bagrikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg‘or madaniyatni shakllantirish, dinning dunyoviylik bilan qarama-qarshi emasligini anglash, xuquqiy madaniyat- sog‘lom dunyoqarashning mu'him omili ekani to‘grisidagi ma'lumotlarni ko‘paytirish, ma'rifatning shaxs intellektual salohiyatini oshirishdagi imkoniyatlari kengligini isbotlash kabi tamoyillarga tayanadi. Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda ta'lim oluvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e'tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiyaning umumiy vazifalari:
 jamiyat a'zolarining maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator
 ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha
 hajmdagi «inson kapitali»ni tayyorlash; madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini
 ta'minlash; ma'lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga
 olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a'zolarining harakatini tartibga solish. Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega: maqsadga yo‘naltirilganligi;
 ko‘p qirrali jarayon;
 uzoq muddat davom etishi;
 uzluksizligi;
 yaxlitligi;
 variativligi;
 natijalarning oldindan aniqlanmasligi; biroq kafolatlanishi zarurligi;
 ikki tomonlamalilik;
Tarbiya qonuniyatlari – bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror aloqalar yig‘indisi Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud: ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog‘liqligi;
 tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi;
 faoliyat va munosabatni e'tirof etish shaxsning ijtimoiy ahamiyatga
 fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai; tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta'siri, o‘zaro munosabatlari
 hamda faol faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish; tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning intensivligi;
 tarbiyalanuvchining «ichki olami»ga ta'sir etishning intensivligi;
 tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish
 darajasi va pedagogik ta'sirni hisobga olish. \
Tarbiya tamoyillari – bu tarbiyaviy ishning yo‘nalishiga, mazmuniga, metodlari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga qo‘yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir. Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi:
 maqsadga qaratilganligi va g‘oyaviy yo‘nalganligi;
 tarbiyaning insonparvarlashuvi;
 tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog‘liqligi;
 tarbiyaga yaxlit(kompleks) yondashuv;
 jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko‘rish;
 shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo‘shib olib borish;
 o‘qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning talab hamda tarbiyaviy
 ta'sirlarining birligi; tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish;
 tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi.
O‘quv-tarbiyaviy vaziyatlarning turlari va ularni tashkil qilish shakllari. O‘quv-tarbiya turlari turli sohalarga ko‘ra tasnif etiladi. Ko‘proq umumlashgan tasnif o‘zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani qamrab oladi. Ta'lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning turli yo‘nalishlari bilan bog‘liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo‘linadi. Institutsional belgilariga bo‘yicha oila, ta'lim muassasasi, ta'lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta'lim muassasalaridagi tarbiyaga bo‘linadi. Tarbiya va tarbiyalanuvchilar orasidagi munosabatlar uslubiga ko‘ra avtoritar, demokratik, liberal, erkin tarbiya; turli falsafiy kontseptsiyalar bilan bog‘liqlikda pragmatik, aksiologik, jamoaviy, individual tarbiya farqlanadi. Tarbiya jarayonida asosiy vazifa ta'lim - tarbiya berish, yoshlarda bilim, ko‘nikma, malakalarni muttasil oshirib borish, ularda tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan iboratdir. Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o‘zgartiradigan kuchli vositadir. Uning g‘oyalari xalqning ishonch - e'tiqodi, intilish va manfaatlari ifodasiga aylansa etarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi targ‘ibot va tashviqot ishlarini, Tahsil oluvchilarning tushunchasi, aql - idroki va tafakkur darajasini inobatga olgan qolda marifiy yo‘l va usullar orqali amalga oshirish taqoza etiladi. Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya tamoyillari. O‘qituvchining bilim saviyasi ma'naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotgga eltuvchi etakchi omillardan biridir.. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir insonning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huqo‘qi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko‘zda tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o‘zligini anglashni ta'minlaydi. Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi. Yoshlarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo‘lgantalablarini shakllantirish, malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini ulkan boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali tahsil oluvchilar go‘zal axloq, baxt, insof, poklik, meqr - shavqat, ota - onani hurmat qilish qoidalari qaqida keng tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik - o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do‘stlik, ota - onaga sadoqatlilik, meqnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni hamrab oladi. Shu sababli insondagi eng yaxshi fazilatlar avloddan - avlodga ko‘chib kelgan. Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirlarning uyg‘unligi va uzluksizlik yo‘nalishi. Tarbiya ishida izchillik juda muhim. Tarbiya uzoq davom etadigan jarayon, shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo‘lishiga rioya qilish kerak. Bu qoida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo‘g‘inlarni birgalikda ish ko‘rinishlarini nazarda tutadi. Chunki tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak. Tarbiyaning samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning rivojlanishiga bog‘liq. Bo‘lajak mutaxassisda ma`naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat mo‘him o‘rin egallaydi. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq. Metod, ya'ni uslub, axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab: So‘z orqali ifodalash Ko‘rgazmalilik Amaliy namuna . Rag‘batlantirish va jazo Irodani safarbar etish Ijtimoiy ongni shakllantirush Bu metodlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi. Birinchi guruh - so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma'lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqa uslublar; Ikkinchi guruh - kinofil'mlar, tasviriy san'at, badiiy san'at va boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash uslublari Uchinchi guruh – tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, o‘rnak ko‘rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko‘rsatish. To‘rtinchi guruh – yaxshi bajarilgan ishlarni ma'qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma`naviy rag‘batlantirish. Tarbiya vositalari biron - bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo‘l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi. (Ko‘rsatmali ko‘n ikmalar, kitoblar, radio, televidenie). Bundan tashqari bo‘lajak mutaxassislar jalb qilingan faoliyat turlari kinofil'mlar, meditsina xaritalari, sport va boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari bo‘lishi mumkin.

Download 261,95 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Download 261,95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Download 261,95 Kb.