|
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
|
bet | 22/28 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 261,95 Kb. | | #115081 |
Bog'liq Umumiy pedagogika majmuaADABIYOTLAR:
Abdullaeva Sh.A. Pedagogika.-Toshkent:Fan, 2011.-178b.
Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.
– Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat / S.A.Madiyarova va b.
– Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009. Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: Pedagog, 2004. Tolipov O‘., Ro‘zieva D.I. Pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Me'ros, 2015.-188b. Farberman B. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan, 2000
13-MA`RUZA.
13-MAVZ:TA'LIM SIFATI BOSHQARUVINING ILMIY-METODOLOGIK ASOSLARI
REJA:
1.Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishida vujudga kelayotgan zamonaviy talablar
2. Ta'lim tizimini boshqarishga doir metodologik yondashuvlar
3. Ta'limda tizimli yondashuv yo‘nalishi
Tayanch tushunchalar: ta'lim sifati, zamonaviy talablar, ta'lim tizimini boshqarish, ta'limda tizimli yondashuv, boshqaruv, rejalashtirish, faoliyatni tashkil etish, nazorat, tahlil, jarayon. Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishida vujudga kelayotgan zamonaviy talablar.
Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi va uning asosida amalga oshirilayotgan uzluksiz ta'lim tizimidagi islohotlar rivojlanishning bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelayotgan raqobat muhitida ustuvor ahamiyat kasb etib, ta'lim sifatini takomillashtirish borasida yangi talablarni yuzaga keltirdi. Ta'lim tizimining sifat darajasini oshirish ta'lim standartlari va o‘quv dasturlarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tanqidiy tahlil qilish hamda yangilash bilan bir qatorda, ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimini ham takomillashtirishni taqozo etadi. Chunki, hozirgi kunda ta'lim muassasalarida yaratilayotgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalana oladigan, o‘z ishiga nisbatan talabchan, ta'lim muassasasi, oila va mahalla hamkorligini yo‘lga qo‘ya oladigan, chuqur bilimli hamda o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi rahbar va pedagog kadrlarning faoliyat ko‘rsatishini talab qilmoqda. Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishida vujudga kelayotgan zamonaviy talablar sifatida: pedagogik jarayonlar ishtirokchilarida o‘zaro munosabatlarni, sub'ekt-ob'ekt va sub'ekt-sub'ekt munosabatlarini tahlil qilish va muvofiqlashtirish; kompetensiyaviy diagnostika; ta'lim sifati boshqaruvining zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish; xalq ta'limi (rahbar, pedagog va mutaxassis) xodimlarida malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish, tahlil qilish va ob'ektiv baholash; xalq ta'limi xodimlarining kasbiy kompetentligini 243 rivojlantirish; ta'lim sifati boshqaruvi tizimini shakllantirish va muntazam takomillashtirib borish masalalarini keltirish mumkin. Bu nafaqat ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishidagi muammolarni, balki xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish, sifatni ta'minlashning innovatsion usullarini amaliyotga tatbiq etish, bir so‘z bilan aytganda, ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishni ilgari surmoqda. Uzluksiz ta'lim tizimidagi islohotlar ta'lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishni, ya'ni ta'lim sifati va samaradorligini oshirishning an'anaviy metodlaridan voz kechib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar va zamonaviy talablarga mos keladigan, demokratik tamoyillarga asoslangan ta'lim boshqaruvini shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu nafaqat boshqaruv muammolari, balki ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini tashkil etish va ularni muvofiqlashtirish asosida, eng avvalo, ta'lim sifati boshqaruvini takomillashtirishning yo‘l-yo‘riqlarini aniqlash, kompetensiyaviy yondashuvlar asosida muvofiqlashtirish va amaliyotga joriy etish vazifalarini belgilaydi. Ta'lim o‘z tarkibiga turli tashkil etuvchilarni qamrab olgan murakkab ijtimoiy tizim sifatida uni boshqarishga alohida yondashishni talab qiladi. Shu bilan birga, ta'lim jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatining bir qismi sifatida, jamiyat boshqaruvining umumiy qoida va tamoyillarini ta'lim boshqaruvida ham qo‘llash imkoniyatini rad etmaydi. Shuning uchun ham ta'lim tizimini boshqarishga doir tadqiqotlarda ijtimoiy sohalarni boshqarishni tahlil qilishda qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlardan foydalaniladi. Ta'lim tizimini boshqarishga doir metodologik yondashuvlar. Boshqaruv –ma'lum bir faoliyatni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishidagi vazifalarni bajarish lozimligini o‘rganadigan hamda turli sharoitlarda boshqaruv funksiyalarini vaziyatlarga ko‘ra qanday amalga oshirilishi, u yoki bu funksional vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qanday omillar ta'sir ko‘rsatishini o‘rganuvchi jarayon. “Boshqaruv” fan sifatida shakllangunga qadar o‘tgan davrlarda ham ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo‘llagan, turli 244 tarkibdagi insonlar guruhlariga muvaffaqiyatli rahbarlik qilgan, o‘z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo‘lganki, ularning g‘oyalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shunday sifatlarga ega shaxslardan biri Sohibqiron Amir Temurdir. Tarixiy adabiyotlar, jumladan “Temur tuzuklari”ni o‘rganish orqali, boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish mumkin. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar sababli vujudga kelayotgan ta'lim falsafasining o‘zgarishlari yangi boshqaruv paradigmasiga o‘tishni taqozo etadi. Adabiyotlarda boshqaruvning ma'nosi bo‘yicha uch xil yo‘nalishda tushunchalar mavjud. Birinchisiga ko‘ra, boshqaruv – faoliyatdir. Masalan, o‘z vaqtida boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan, boshqaruv nazariyasi asoschilaridan biri fransuz olimi A.Fayol boshqarishni kelajakni ko‘ruvchi; tashkilotni idora qiluvchi; faoliyatni tashkillashtiruvchi; faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi; qaror va buyruqlar ijrosini nazorat qiluvchi kuchli qurol deb ataydi [65, 8-b.]. Ikkinchi yo‘nalish vakillari boshqaruvni bir tizimning ikkinchisiga, shaxsning ikkinchi bir shaxsga yoki guruhga “ta'sir etishi” deb hisoblaydilar. Bu yo‘nalish tarafdorlari boshqaruv maqsadga yo‘naltirilgan ta'sir etish, sub'ektning ob'ektga ta'siri natijasida ob'ektning o‘zgarishi, deb ta'riflaydilar [50;54;57;61]. Uchinchi yo‘nalishga ko‘ra, boshqaruv sub'ektlar o‘rtasidagi o‘zaro ta'sir, ya'ni to‘g‘ri va teskari ta'sirlarning uzluksizligi, bir-biriga ta'sir etuvchi sub'ektlarning o‘zgarishini organik bog‘liqligi degan qarashlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, boshqaruv maqsad yo‘nalishida ob'ektni muvofiqlashtirish; maqsadga erishish uchun ob'ektga ta'sir etish; maqsadga erishish yo‘nalishida tizimning tashkil etuvchilariga ta'sir etishni vertikal muvofiqlashtirishdir. M.Sharifxo‘jaev, Yo.Abdullaevlarning fikricha, boshqaruv, bu – tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. 245 Qator tadqiqotlarda boshqaruv insonlarning xatti-harakatini tartibga keltirish bilan bog‘liq faoliyat sifatida izohlanadi. B.C.Lazarev, G.X.Popov, M.M.Potashnik, A.Fayollarning fikriga ko‘ra boshqaruv bu faoliyat demakdir. Bunday yondashish ta'lim jarayonini unda ishtirok etuvchi shaxslarga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganishda asqotadi. L.B.Itelson, A.A.Orlovlar nuqtai nazariga ko‘ra boshqaruv bir tizimning ikkinchisiga ko‘rsatgan ta'sirini aks ettiradi. Bunda boshqaruv sub'ektning boshqaruv ob'ektiga ko‘rsatadigan maqsadga yo‘naltirilgan va ob'ektning o‘zgarishiga olib keladigan ta'siri sifatida qaraladi. Bunday yondashish boshqaruvning sub'ektlararo tabiatini e'tiborga olmaydi, chunki faollik faqat boshqaruvchi tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi, boshqariluvchi esa hyech qanday aks ta'sir qobiliyatiga ega bo‘lmagan passiv element sifatida qaraladi. N.P.Kapustin, P.I.Tretyakov, T.I.Shamovalar boshqaruvni sub'ekt-larning o‘zaro ta'sir faoliyati sifatida e'tirof etadi [98]. Bunda o‘zaro ta'sir ishtirok etuvchilarning barchasida o‘zgarishlar yuz berishini va mazkur o‘zgarishlar, ma'lum darajada, bir-biriga bog‘liqlikda namoyon bo‘lishi e'tirof etiladi. Mazkur yondashuvning mohiyati bir-biriga ta'sir etuvchi sub'ektlardagi o‘zgarishlarning mutanosibligi va sub'ektlararo o‘zaro to‘g‘ri va teskari aloqalarning uzviy bog‘liqligini e'tirof etilishidir. Boshqaruv nazariyasida boshqaruv tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan qator metodologik yondashuvlar mavjud: tizimli, ya'ni boshqariluvchi tizim tarkibiga kiruvchi ob'ekt va sub'ektlarning o‘zaro bog‘liqligi va bir butunligini ta'minlovchi; vaziyatli, ya'ni muassasa maqsadlariga samarali erishishga yo‘naltirilgan muayyan usullarning birikmasi sifatida; jarayonli, ya'ni boshqaruvni boshqaruv funksiyalarining uzluksiz zanjiri sifatida tushunishga asoslangan (V.G.Afanasev, V.P.Bespalko, V.P.Kuzmin, A.I. Prigojiy, V.A.Rozanova, V.P.Simonov va boshqalar) . 246 Taniqli olimlar B.C.Lazarev, M.M.Potashnik, V.P.Simonov, P.I.Tretyakov, T.I. Shamovalarning izlanishlarida ta'lim boshqaruvining ilmiy apparati fan sifatida qaralgan . Ularning fikricha, ta'lim boshqaruvi fanining nazariy-metodologik asosini tizimli, funksional, sinergetik, faoliyatli, vaziyatli, refleksiv, milliy-hududiy va natijaga asoslangan yondashuvlar tashkil etadi. Ta'kidlash joizki, olimlar tomonidan ta'lim tizimini boshqarish modellarini ishlab chiqishda qaysidir yondashuvlar alohida qo‘llanilmasdan, ularning turli kombinatsiyalari ishlatiladi, chunki mazkur yondashuvlarning har biri ta'lim tizimidagi jarayonlar mohiyatini tushunib yetishda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning muayyan bir jihatlarini yoritishga yordam beradi. Olimlar P.I.Tretyakov va T.I.Shamovalarning fikricha bunday muammolarni tizimli yondashuv vositasida hal etish lozim. Ushbu yondashuvga ko‘ra tevarak olam ma'lum bir aloqada va o‘zaro ta'sirda bo‘lgan ko‘plab jarayon, hodisa va ob'ektlardan iborat. Tizimli yondashuv M.M.Potashnik [101] va P.I.Tretyakovlarning [103] ishlarida ham aks etgan bo‘lib, ularda ijtimoiypedagogik majmualar tizimli tavsifga ega, ya'ni tarkibiy qismlari o‘zaro ta'sirda bo‘lgan va bir butunni tashkil qilgan ob'ektlar sifatida o‘rganilgan. Bundan tashqari, ta'lim tizimlari ma'lum maqsadlarda shakllantirilib, ichki qarama-qarshiliklarga ega, ochiqlik xususiyatini namoyon qiladi, tarkibiy qismlari o‘zaro va tizimning o‘zi tashqi dunyo bilan ma'lumotlar almashish vositasida bog‘langan. Bunda, boshqaruv aspekti tizimning joriy holati bilan erishilishi lozim bo‘lgan holatlari orasidagi farq bilan belgilanadi. Hozirgi zamon pedagogika fanida tizimli yondashuv metodologiyasisiz boshqaruv muammolarining hal etilishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Agarda biz ta'lim muassasasi bilan ta'lim jarayonini o‘zaro bog‘liq holda yaxlit tizim deb hisoblasak, ularni boshqarish ham tizimli xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Bunday yondashuvning joriy etilishi boshqaruvda tasodifiy va kutilmagan holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. 247 Tizimli yondashuvda tadqiqot ob'ekti tizim sifatida, ya'ni muayyan muhitda faoliyat ko‘rsatayotgan murakkab tizim sifatida ko‘rib chiqiladi. Bunda ob'ektni bir butun, ya'ni yaxlit holda tasavvur qilish talab etiladi. Tadqiqot ob'ektini o‘rganishda alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan bir necha qismlarga ajratib, ular o‘rtasidagi aloqalar hamda o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlari aniqlanadi, chunki har bir qism yaxlit tizimning o‘zgarishiga o‘z hissasini qo‘shadi [32, 29-b.]. Funksional yondashuvga asosan “boshqaruv funksiyalari” va “boshqaruv organining funksiyalari” tushunchalarini bir-biridan farqlash lozim. Boshqaruv bir qator bosqichlarni o‘z ichiga oladi: maqsadni aniqlash, tahlil qilish, bashorat qilish, rejalashtirish, ijroni tashkil etish, nazorat, tartibga solish va korreksiyalash. Boshqaruv funksiyasi bilan boshqaruv organi faoliyati o‘rtasidagi munosabatlarni oydinlashtirishda, asosiy e'tibor, boshqaruv ob'ektlari bilan aloqador bo‘lgan masalalar yechimiga qaratiladi. Ushbu masalalar boshqaruv organi faoliyatining mazmunini tashkil etadi va uning funksiyalariga aylanadi. Boshqaruv organining har bir funksiyasi boshqaruv siklining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Boshqaruvning xususiy funksiyalari integratsiyasi sifatida rahbar va mutaxassis xodimlarning faoliyatini institutsional tashkil etish orqali amalga oshiriladigan boshqaruvning o‘zi namoyon bo‘ladi. R.Sh.Ahlidinovning ta'kidlashicha, ta'lim muassasasini boshqarish tizimi, bu – tabiatiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan komponentlar majmuasidan iborat bo‘lib, ularning o‘ziga xos bog‘liqligi va aloqadorligi hisobiga boshqaruv funksiyalarini bajarish jarayoni amalga oshiriladi va pedagogik jamoaning faoliyati tashkil etiladi hamda muvofiqlashtiriladi. Mazkur tizimning funksiyalari ikki asosiy katta guruhlarga bo‘linadi: maktab faoliyatining barqarorligini ta'minlash va uning rivojlanishini boshqarish. Nazariyotchi olimlar ta'lim boshqaruviga bag‘ishlangan ishlarida boshqariladigan tizim funksional holatdan rivojlanish holatiga o‘tgandagina boshqaruv samarali bo‘lishi mumkin deb hisoblaydilar. Rivojlanish deganda – ta'lim tizimining bir-birining o‘rniga keluvchi yangi sifat holatlariga ega bo‘lishi va yangi qirralarni egallashi tushuniladi. 248 Tadqiqotlarda rivojlanish jarayonlarini sinergetik yondashuv nuqtai nazaridan o‘rganish qabul qilingan, bunda “o‘zini-o‘zi boshqarish” uning asosiy tavsiflovchi jihati sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zini-o‘zi boshqarish barcha rivojlanish jarayonlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Sinergetik yondashuvning mohiyati turli tizimlar, shu jumladan, ta'lim tizimlaridagi o‘zini-o‘zi boshqarish va nazorat qilish jarayonlari boshqaruvining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va o‘rganishdan iboratdir. Ta'limni boshqarish tizimini faoliyatli yondashuv nuqtai nazaridan ham qarash zarurligi Sh.Qurbonov, E.Seytxalilov, A.N.Leontev tomonidan ta'kidlangan. Mazkur yondashuvga ko‘ra boshqaruv faoliyati boshqaruv funksiyalarining uzluksiz o‘zaro aloqalariga asoslangan, ta'lim muassasasi va, umuman, ta'lim maqsadlariga qaratilgan jarayon sifatida ko‘rib chiqiladi. Faoliyat – harakatlardan iborat. Harakat, deb ma'lum maqsadga erishishga yo‘naltirilgan jarayonga aytiladi. Turli mualliflar funksiyalarning har xil ro‘yxatini taklif qilmoqdalar. Ularning maqbuli quyidagilarni o‘z ichiga oladi: rejalashtirish; tashkil etish; amalga oshirish; nazorat qilish [81; 104]. Tashqi muhitdagi beqarorlik va keskin o‘zgarishlar sharoitida ta'limni boshqarishda vaziyatli yondashuv qo‘llaniladi. Vaziyatli yondashuvda turli boshqaruv usullarining tanlanishi vaziyat bilan belgilanadi. Binobarin, ta'lim muassasasida ham, atrof-muhitda ko‘plab omillar mavjudligi sababli ularni boshqarishning yagona usuli mavjud emas. Muayyan vaziyatda unga imkon qadar to‘la muvofiq keladigan boshqaruv usuli eng samarali usul hisoblanadi. Vaziyatli boshqaruv muammolari pedagogikada Sh.E.Qurbonov, E.A.Seytxalilov, S.T.Turg‘unov, M.M.Potashnik, G.V.Savelev, P.I.Tretyakovlarning asarlarida yoritilgan. Vaziyatli yondashuv, ilmiy qoidalarning mavjud vaziyat va sharoitlarga qarab amaliyotda qo‘llanilishiga doir muayyan tavsiyalarga ega bo‘lganligi bois, boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shdi. Masalan, mavjud muammolarni aniqlash va ularning ahamiyatini asoslovchi ta'lim vaziyatining tahlilini amalga oshirmasdan ta'lim muassasasining rivojlanishini boshqarish mumkin emas. Ya'ni vaziyatli yondashuvga asoslangan boshqaruv 249 nuqtai nazaridan boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizim haqidagi ma'lumotga ega bo‘ladi hamda boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o‘rtasida ikki tomonlama aloqani o‘rnatishga sharoit yaratadi. Vaziyatli yondashuvda boshqariluvchi ob'ektning aniq sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning maqbul uslubi qo‘llaniladi [65, 10-b.]. S.T.Turg‘unov o‘z ishida vaziyatli yondashuvni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib chiqadi: muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni aniqlash maqsadida ta'lim-tarbiya jarayonining vaziyatlarini tahlil qilish; turli pedagogik vaziyatlarda erishiladigan natijalarning samaradorligini aniqlash; ta'lim-tarbiya jarayoni va pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil etishda mavjud bo‘lgan vaziyatlar asosida pedagogik tizimning rivojlanishini oldindan belgilash. P.I.Tretyakov rahbarligidagi olimlar jamoasi ta'lim tizimlarini boshqarishga yana bir yondashuv – natijaga ko‘ra boshqarishni taklif qilgan. Mazkur yondashishning asosiy g‘oyasi – tashkilot ma'lum natijalarga erishish maqsadida birlashgan shaxslardan iborat tartiblangan tuzilma. “Natijaga ko‘ra boshqarish” deb tashkilotning barcha a'zolari tomonidan belgilangan va kelishilgan natijalarga erishishni ta'minlovchi boshqarishga aytiladi. Bunda tashkilot rahbari va bo‘ysunuvchi shaxs muayyan natijani belgilaydi, bajaruvchi esa mustaqil ravishda mazkur natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan resurslarni tanlaydi. Natija sifatida erishish uchun zarur barcha resurslar bilan ta'minlangan muayyan maqsad tushuniladi. S.T.Turg‘unov o‘rganilayotgan muammoga “natijalar bo‘yicha boshqaruv” tushunchasini boshqaruv va rivojlanish tizimi sifatida qo‘llab, uning yordamida ta'lim muassasasining barcha sub'ektlari bilan kelishilgan holda belgilangan natijalarga erishish mumkin deb hisoblaydi. Muallifning fikricha mazkur jarayonning vazifalari, mazmun va mohiyatini ta'lim-tarbiya jarayonining har bir ishtirokchisiga tushuntirish, ma'muriy buyruqbozlikni bartaraf etishda va shaxsning o‘zini-o‘zi anglashi hamda o‘z faoliyatiga ijodiy yondashuvini tashkil etishga xizmat qiladi. 250 Tizimli yondashuv yo‘nalishida V.P.Bespalko, Yu.V.Vasilev, Yu.A.Konarjevskiy, N.V.Kuzmina, V.S.Lazarev, M.M.Potashnik, V.A.Slastyonin, P.I.Tretyakov va boshqalar pedagogik tadqiqotlar olib borgan bo‘lib, ular tomonidan quyidagi jihatlarga e'tibor qaratilgan: 1. Tizimlilik va yaxlitlik – bunday shakldagi tizimni komponentlar, o‘zaro ta'sir etuvchi qismlar va bo‘g‘inlarning o‘zaro birikishi tashkil etadi hamda uning funksional vazifalarini amalga oshirish va rivojlantirishni ta'minlaydi. 1. Pedagogik tizimda tizimni tashkil etuvchi komponentlardan biri maqsad bo‘lib, unga erishish uchun uslub va vositalar zarur hisoblanadi. Maqsadga erishishda tizim va uning komponentlari harakati tizim funksiyasining mohiyatini belgilaydi. 1. Pedagogik tizimni tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, uning o‘zgarishi ichki ziddiyatlarga bog‘liq bo‘ladi. 1. Tizim ochiq bo‘lganligi sababli, tashqi muhit bilan ko‘pgina kommunikatsiyalar orqali bog‘liq bo‘lib, muhitning munosabatlari tizimning harakatlanishi va rivojlanishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. 1. Axborotlarning pedagogik tizimga kelib tushishi va undan qayta uzatilishi tizim komponentlarining o‘zaro va butun bir tizim bilan hamda tizimning tashqi muhit bilan aloqa qilish uslublari hisoblanadi. Tizimli yondashuv mamlakat rivoji nuqtai nazaridan ta'limni yaxlit tizim sifatida tasavvur etish hamda uning faoliyati eng maqbul parametrlarini belgilash imkonini beradi. Shu bilan birga har bir ta'lim muassasasining faoliyat yuritish jarayoni tizimli yondashuv yordamida aholining yuqori standartlarga javob beruvchi ta'limga bo‘lgan ehtiyoji, uni qondirishning muqobil imkoniyatlari, tashkilotda yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligi kabi va boshqa turli omillar ta'sir ko‘rsatuvchi dinamik tarzda rivojlanadigan yagona tizim sifatida ifodalanishi mumkin. Mamlakatimiz ta'lim tizimini boshqarishda ko‘p qo‘llaniladigan yondashuvlardan yana biri – dasturli-maqsadli boshqaruvdir. Maqsadlar, odatda, berilgan vaziyatni istalganidan farqlovchi bir qator muammolar hal etilgach, 251 boshqaruv tizimi muayyan vaqtdan keyin berilgan vaziyatdan o‘tib borishi lozim bo‘lgan istalgan vaziyatni aks ettiradi. Ya'ni, maqsadni qo‘yish bosqichidayoq kelajakning umumlashgan modeli vujudga keladi. Ushbu bosqich yechimning muqobil variantlarini ko‘rib chiqish va tugal variantini tanlash bilan yakun topadi. Qaror qabul qilingandan so‘ng dasturlarni ishlab chiqish bosqichi boshlanadi. Ushbu bosqichda strategik maqsadlar kichik maqsadlarga bo‘linadi. Har bir bosqichda vazifalar va ularni hal qilishning ustuvor yo‘nalishlari ajratiladi, shuningdek ular resurslar (moddiy, mehnat, moliyaviy, inson omili) bilan muvofiqlashtiriladi. Bunda har bir bosqichning bajarilishi asosiy natija, hajm va muddat bo‘yicha aniq belgilanadi. Boshqaruv tizimida maqsadga samarali erishishning asosiy shartlaridan biri maqsadni belgilash talablariga rioya qilish: maqsadlar oldindan belgilangan va aniq shakllantirilgan bo‘lishi; bajaruvchilar tomonidan qabul qilingan va ularga tushunarli bo‘lishi; maqsadlar tahlil qilingan va bajarilish muddati belgilangan, shuningdek, bajaruvchilarning harakati motivlashtirilgan bo‘lishi; vertikal va gorizontal bo‘yicha kelishilgan turli xil topshiriqlar yo‘nalishida taqsimlanishida maqsadlar birligining saqlanishi zarur. Maqsadlar va kichik maqsadlar kelishilgan va darajalarga ajratilgandan keyin dastur, odatda, barcha ijrochilar uchun bajarilishi shart hisoblangan direktiv hujjat maqomiga ega bo‘ladi. Ammo uni amalga oshirish jarayonida, boshqaruv tizimida yoki tashqi muhitda (ilgari hisobga olinmagan) o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar dasturni yoki uning ayrim bosqichlarini amalga oshirishda jiddiy qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkin. Shu bois dastur va uning har bir bosqichi bajarilishini doimo to‘liq nazorat qilish lozim. Nazorat natijalariga ko‘ra tahlil o‘tkazilib, dasturdan chetga chiqishlar yuz berganda ularning sabablari aniqlanadi, so‘ngra dasturga tuzatish kiritish yoki kamchiliklarni bartaraf etishga doir choralar ko‘riladi. Mamlakatimizda barcha darajalarda dasturiy-maqsadli boshqaruv bo‘yicha muayyan tajriba to‘plangan. Qayd etilgan yondashuvni qo‘llashga Kadrlar 252 tayyorlash milliy modeli va dasturini ishlab chiqish hamda amalga oshirish jarayonlari yorqin misol bo‘la oladi. Yuqorida keltirilgan yondashuvlar ta'lim sohasida samarali boshqaruv faoliyatini amalga oshirish uchun nazariy asosni yaratadilar. Ta'lim majmualarini boshqarish asosida ularning tuzilishi va faoliyat ko‘rsatishini tushunish imkoniyatini beruvchi tizimli yondashish yotadi. Qolgan yondashuvlar tizim doirasida unda kechuvchi jarayonlarni maqbullashtirish, uni tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro eng yaxshi ta'sirini ta'minlash imkoniyatini beradilar. Tizimli yondashuv va dasturiy-maqsadli boshqaruv menejment metodologiyasining fundamental qoidasi sifatida ta'limni boshqarish qonuniyatlari, tamoyillari, vazifalari va usullari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ta'limni boshqarish qonuniyatlari boshqaruv jarayonida turli elementlar va hodisalarning ob'ektiv ravishda mavjud bo‘lgan, takrorlanuvchi o‘zaro aloqalarini aks ettiradi. Tadqiqotlarda ta'limni boshqarish qonuniyatlari umumiy va xususiy tavsifda bo‘lishi ta'kidlanadi.
Umumiy qonuniyatlar boshqaruvning barcha tizimlariga xos bo‘lsa, xususiylari ayrim ta'lim muassasalariga nisbatan amal qiladi(1-jadval). Boshqaruv qonuniyatlari ta'limni boshqarish tamoyillarini shakllantirishda to‘liq hisobga olinadi. Ta'limni boshqarish tamoyillari, bu – boshqaruv tizimi, 253 tuzilmasi, boshqaruvni tashkil etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi qoidalardir. Boshqaruv tamoyillari ham qonuniyatlar singari umumiy va xususiylarga bo‘linadi. Ta'limni boshqarishning umumiy tamoyillari: aniq maqsadga yo‘naltirilganlik; ta'limni rejali boshqarish; rag‘batlantirish; pog‘onaviylik. Ta'limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega bo‘lib, boshqaruvning barcha sohalariga ta'sir ko‘rsatadi. Boshqaruv qonuniyatlari va tamoyillari boshqarish funksiyalari bilan uzviy bog‘liqdir. Ta'limni boshqarish funksiyalari, bu – ular boshqaradigan kichik tizim boshqaruv ob'ektiga ta'sir ko‘rsatishida yordam beradigan faoliyat turidir. Boshqaruv funksiyalari umumiy va xususiy funksiyalarga bo‘linadi. Menejmentga tatbiqan rejalashtirish, tashkil etish, motivlashtirish, nazorat kabi umumiy funksiyalar ajratib ko‘rsatiladi. Boshqaruvning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va funksiyalaridan kelib chiqqan holda ta'lim sifati va ta'lim muassasasini boshqarishga metodologik yondashuvlar vujudga keltiriladi. Ta'limni boshqarish metodlari, bu – boshqaruv sub'ektining muayyan maqsadlarga erishish uchun boshqarilayotgan ob'ektga ta'sir ko‘rsatish metodlaridir. Ta'limni boshqarish metodlari xilma-xil (boshqaruvning iqtisodiy metodlari, tashkiliy-boshqaruv metodlari va boshqalar), ammo ularning xodimlarga (umuman ta'lim muassasasi va alohida har bir xodimga) ta'siri motivatsiya vositasida qaror topadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘z tadqiqotlarimizda boshqaruvni boshqaruv sub'ekti tomonidan amalga oshiriladigan uzluksiz, izchil faoliyat sifatida qaraymiz. Boshqaruv jarayoni turkumlilik xususiyatiga ega. U amaliy harakatlarga ehtiyojni, maqsadlarni qo‘yishni aniqlashdan boshlanib, ularga erishish va voz kechish bilan tugaydi. 254 Ushbu o‘rinda boshqaruv siklini rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat qilish singari to‘rt asosiy boshqaruv ishining yopiq izchilligi sifatida tushunamiz. Rejalashtirish, bu – faoliyat ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, uni bajarish natijasida kelgusida qanday natijalarga erishilishi (maqsadlar qo‘yilishi) ko‘zda tutilayotganligi, buning uchun qanday harakatlar qanday izchillikda va qaysi muddatlarda bajarilishi kerakligi, ya'ni nima, qaerda va qay yo‘sinda amalga oshirilishi lozimligi belgilanadi. Ijrochilarning birgalikdagi samarali faoliyati uchun kim va qanday ishlarni bajarishi (funksional vazifalari, majburiyatlari, huquqlari, javobgarligi), bunda kim bilan va qay yo‘sinda o‘zaro munosabatda bo‘lish lozimligini belgilash (taqsimlash) kerak. Bunday vazifalarni amalga oshboshqaruvni tashkil qilish deb ataladi. Boshqaruv yuz berayotgan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida munosabat bildirishi, buning uchun esa bu haqda tegishli axborotga ega bo‘lishi lozim. Bunday axborotni olish va faoliyat jarayoniga tuzatish kiritish zarurligini aniqlash uchun nazorat qilish deb ataladigan maxsus boshqaruv harakatini amalga oshirish zarur. Nazorat boshqaruvning “ko‘zini ravshan” va o‘zgarishlarga nisbatan ta'sirchan qiladi. Ushbu o‘zgarishlarga munosabat esa rejalashtirish, tashkil etish va rahbarlik qilishga yana qaytish, ya'ni teskari aloqa orqali amalga oshiriladi. Natijada boshqaruv davri yopiq holga keladi.
Ta’lim sifati – bu ta’limni Davlat ta’lim standartlari, tegishli ta’lim dasturining o‘quv-dasturiy hujjatlari talablariga muvofiqligi
Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat hokimiyat munosa-batlarini amalga oshirishi tufayli boshqaruv yoki boshqarish deb ataladi. Har qanday faoliyat ozmi-ko‘pmi unumli bo‘ladi. Unumdorlik, bu – muayyan vaqt ichida olingan natijalarning foydaliligi va u bilan bog‘liq harajatlar o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatuvchi xususiyatdir. Ta’lim sifati – bu ta’limni Davlat ta’lim standartlari, tegishli ta’lim dasturining o‘quv-dasturiy hujjatlari talablariga muvofiqligi 255 Boshqaruv samaradorligi deganda erishilgan va erishish mumkin bo‘lgan unumdorlik o‘rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi xususiyatni tushunamiz. Ta'limni va ta'lim muassasasini boshqarishda bitta emas, balki ko‘plab boshqaruv turkumlari amalga oshiriladi. Bu turkumlar ierarxik tuzilmaga ega – xususiy turkumlar nisbatan umumiylari tarkibiga kiradi. Masalan, xalq ta'limini boshqarishning umumiy turkumida alohida ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarish xususiy turkumni tashkil etadi. Jumladan, ta'lim sifatini boshqarish ta'lim jarayonini boshqarishning umumiy tuzilmasi takribiga kiradi. Bunda sifatni boshqarish umumiy boshqaruvning o‘z samaradorligini namoyish qilgan chiziqli tuzilmasini buzmaydi, aksincha, sifatni boshqarishning joriy etilishi rahbar bilan xodimlar va jamoatchilik vakillari o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solish orqali ta'limning umumiy boshqaruvi samaradorligi keskin oshishini ta'minlashi mumkin. Alohida usullar va faoliyatlar, vositalar, jarayonlar va jarayonlar amalga oshirilishi ketma-ketligining batafsil bayoni qayd etilgan tartib(reglament)lar ta'lim sifatini ta'minlashga asos bo‘lishi bilan birga qabul qilingan boshqaruv qarorlarining samarali ijrosini ham yuqori darajada kafolatlaydi. Agar tizimda yangi tarkibiy elementlar yuzaga kelsa yoki ilgari mavjud bo‘lgan elementlar yo‘qolsa, shuningdek tizimning tarkibiy qismlari o‘rtasida yangi munosabatlar vujudga kelsa yoki mavjudlari yo‘qolib borsa, bu holatlar tizim faoliyat ko‘rsatayotganidan darak beradi. Bunda ta'lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar: - uning tarkibiy elementlari va ular o‘rtasidagi mavjud munosabatlar tabaqalashuviga va boyishiga olib kelsa, u holda tizimning rivojlanayotgani haqida gapiriladi; - uning tarkibiy elementlari va ular o‘rtasidagi mavjud munosabatlarning yo‘qolib ketishiga va birlashishiga olib kelsa, u holda tizimning inqirozga uchrayotgani haqida gapiriladi. 256 Agar ta'lim tizimining rivojlanishi uni ijobiy baholanadigan muayyan idealga olib kelsa, u holda bunday rivojlanishni taraqqiyot deb baholash mumkin bo‘ladi. Ta'lim jarayonlari boshqaruvi muammolari yo‘nalishidagi tadqiqot-larni va yuqorida keltirilgan yondashuvlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida olingan natijalarga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim jarayonlarini boshqarishda ixtiyoriy yondashuvlarni ta'lim jarayoni sub'ekti va ob'ektining shunchaki o‘zaro ta'siri shaklida amalga oshirish samara bermaydi. Ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda yuqorida keltirilgan yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etib, ular asosida boshqaruv faoliyatini ilmiy tarzda tashkil etish jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlash-tirish, ijtimoiy amaliyot va ta'lim ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda natijalarning samaradorligini hamkorlikda tahlil qilishni nazarda tutadi. Demak, ta'lim samaradorligini ta'minlashda ta'lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning o‘ziyoq bir qancha vazifalarning bajarilishini, ya'ni ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga zaruriy sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash kabi qator boshqa vazifalarni ham amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa mazmun-mohiyatiga ko‘ra boshqaruvni ifodalaydi. Shunday ekan, boshqaruv ob'ekti sifatida ta'lim jarayonini tashkil etish, boshqarish, sifat va samaradorligini ta'minlashda boshqaruv funksiyalari va ularning vazifalari, boshqaruv metodlari va ulardan foydalanish, boshqaruv algoritmi va uning mohiyati, boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish yo‘llari, rahbarlik uslublari va ularni qo‘llash kabi qator tushunchalarga ega bo‘lish zarur hisoblanib, mazkur tushunchalarni menejment fani tadqiq etadi. Demak, ta'lim jarayonlari ham boshqaruv ob'ekti bo‘lib, ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlash yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar, ya'ni ta'lim sifatini o‘rganish, tahlil qilish va ob'ektiv baholash jarayonlari ham boshqaruv ob'ektlari hisoblanadi. Shunday ekan, ta'lim sifatini o‘rganish, tahlil qilish va 257 ob'ektiv baholash jarayonlari ta'lim sifati boshqaruvini ifodalaydi deb aytish mumkin. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim sifatini boshqarish jarayonlarini ham boshqaruv ob'ekti sifatida asoslash va mazkur yo‘nalishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish ta'lim sifati va ta'lim sifati menejmenti tushunchalarining mazmun-mohiyatini hamda mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha pedagogika nazariyasi va amaliyotidagi yondashuvlarni o‘rganish va tahlil qilish zaruriyatini belgilaydi.
|
| |