|
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
|
bet | 24/28 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 261,95 Kb. | | #115081 |
Bog'liq Umumiy pedagogika majmuaADABIYOTLAR:
1. Abdullaev F.A. Ta’lim sifati menejmentida axborot texnologiyalarining o‘rni.-Toshkent: Komron-Press, 2016.-186 b.
2. Kuxarev N. V. Na puti k professionalnomu sovershenstvu. – Moskva: Znanie, 2009. -159 s.
3. Yuldashev M.A. Ta’lim sifati menejmentiga innovatsion yondashuvlar.- Toshkent: Moliya,2017.- 122 -bet.
15-MA`RUZA
15-MAVZU: TA'LIM JARAYONINI AXBOROTLASHTIRISh. ELEKTRON PEDAGOGIKA.
REJA:
1. Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish
2. Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari. Axborotlashtirilgan ta'lim.
3.Elektron pedagogikada ta'lim muammolarining hal qilinishi.
Tayanch tushunchalar: ta'limni axborotlashtirish, ta'lim sifati, ta'lim jarayoni sub'ektlari, axborot-kommunikatsiya vositalari, masofaviy ta'lim, kompyuterlashtirish, elektron pedagogika.
Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish. So‘ngi yillarda mamlakatimizda ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, demokratik tamoyillarga asoslangan innovatsion ta’lim boshqaruvini amalga oshirish, uzluksiz ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Hozirda ta’lim sifatini baholashning elektron tizimini takomillashtirish, xalqaro baholash dasturlarini keng joriy etish, davlat–ta’limtarbiya–jamiyat shaklida boshqaruv samaradorligini oshirish, e-Governance tizimi institutlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarishning metodologik va tashkiliy-pedagogik asoslarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda, oliy ta’lim muassasalarini boshqarishda axborot ayirboshlashning yangi shakllari va imkoniyatlari orqali yagona ta’limiy axborot tizimini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Rivojlangan mamlakatlar - AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabilarda ta’lim tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalarining rivoji zamirida ta’lim iste’molchilari tomonidan elektron xizmatdan foydalanish shakllariga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda hamda bu yo‘nalishda keng qamrovli tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu sababli bugungi kunda ta’lim menejmentida maqsadli faoliyatni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishidagi vazifalarni bajarish jarayonlarini o‘rganish hamda turli sharoitlarda boshqaruv funksiyalarini axborot ayirboshlash kontekstida oqilona amalga oshirish, axborot 266 xizmati tizimining funksional vazifalarini muvaffaqiyatini ta’minlash zarurati mavjud. Mamlakatimiz mustaqilligining ilk kunlaridanoq axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini boshqarish tizimini tashkil qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlanishning muammoli masalalarini hal etishda axborot xizmati rolini oshirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ta’lim menejmentini axborotlashtirish borasida e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (1993 yil), “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonun (1998 yil), 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son Farmoni mazkur sohani rivojlantirishning me’yoriy va huquqiy asoslari bo‘lib xizmat qilmoqda. 2019 yil 2 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-4151-son hamda 2019 yil 27 iyundagi PQ-4366-son “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari mamlakatimizda axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini boshqarish tizimini qayta tashkil qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlanishning muammoli masalalarini hal etishga qaratildi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda Milliy “Elektron ta’limi” tizimini boshqarish, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari tomonidan axborot-ta’lim resurslarini iste’mol qilinishini tashkil etish, Ye-learning hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini axborotkommunikatsiya vositalari asosida amalga oshirish dolzarb bo‘lib, ta’lim menejmentida elektron metodik majmualar va boshqa ta’limiy axborot resurslariga yagona davlat talablarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalarida boshqariladigan axborot xizmati tahlili va monitoringini o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 267 Shundan kelib chiqib, pedagogika oliy ta’lim muassasalari ta’lim menejmentida axborot xizmati tizimi uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish, ta’lim iste’molchilari va oliy ta’lim muassasasi hamda mehnat bozorida ish beruvchi o‘rtasida sifatli dialogli muloqotni yo‘lga qo‘yish, ta’lim sub’ektlariga islohotlarning maqsadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazish, ta’lim boshqaruvi organlari faoliyati shaffofligini oshirish, shuningdek, ularning jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari va axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini tubdan yaxshilash dolzarb bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Davlatining boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlarida ishtirok etishi, bunda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishga bo‘lgan ijtimoiy talabning ortishi, axborotkommunikatsion xizmatning mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarda o‘zga mamlakatlar bilan aloqaga kirishividagi tutgan o‘rni, yuksak salohiyatli, o‘z kasbini puxta bilgan raqobatbardosh kadrlar va mutaxassislarga bo‘lgan talabning keskin o‘sishida namoyon bo‘lmoqda. 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha“Harakatlar strategiyasi”32 ning 4.4. –“Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish” yo‘nalishida:uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq o‘qitish va ta'lim olishning zamonaviy usullarini tadbiq etgan holda yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida o‘rin ajratilgan bo‘lib, unda davlat tomonidan yoshlar bilan ishlash siyosatini takomillashtirish, intellektual rivojlangan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, ta'lim muassasalarida ta'lim sifati va uni baholash mezonlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, zamonaviy pedagogik nazariyalar, ilg‘or tajribalar, axborot-kommunikatsion vositalar asosida o‘z faoliyatini tashkil qila oladigan, yangi dunyoqarashdagishaxsni shakllantirish, ta'lim tizimini isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. XXI asrda tahsil oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini axborotkommunikatsiya vositalari asosida rivojlantirish hayotiy zaruratga aylandi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimiga integratsiya qilish, uning mazmunini milliy istiqlol g‘oyasi va milliy manfaatlar asosida davom ettirish, demokratlashtirish, yangilash, modernizatsiya qilish va liberallashtirish, shuningdek ta'lim jarayonini axborot-kommunikatsiya tizimlari bilan qurollantirish va innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan boyitish tushunchalari bugungi kunda o‘z ifodasini topdi. Ta'lim tizimida tub islohotlar natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, [2,3]da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish asosida ta'lim jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi, zamonaviy innovatsiya talablariga to‘la javob beruvchi ta'lim infrastrukturasi, ya'ni uzluksiz ta'limning yaxlit tizimi yaratildi. Ushbu tizim ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, ta'limni yagona o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish majmuasi sifatida kompleks rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Zamonaviy bozor iqtisodining shakllanishi korxonalar orasidagi raqobat asosida, xalq xo‘jaligini barcha tarmoq va zvenolarning keskin rivojlanishini taqozo etadi. Chunki bozor iqtisodiyotini raqobatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Korxonalar orasidagi raqobat o‘z navbatida, fan -texnika va texnologiyani, ya'ni ilmiy texnika taraqqiyotining (ITT) jadallashuviga olib keladi. ITT ning jadallashuvi, hayotning barcha sohalarida tubdan isloh qilinishi natijasida jahon hamjamiyatiga qo‘shilish imkoniyatini beradi. ITT ning hozirgi zamon holati ilm-fanning yuksalib borayotgan roli bilan belgilanadi. XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida ilm-fanning rivojlanish tezligi sur'ati oshdi. Oxirgi, har 10-15 yil ichida ilmiy faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari 2 marta oshib bormoqda. XX asrning ikkinchi yarmida olingan ma'lumotlar insoniyatning to‘la tarixi davomida to‘plangan bilimlarini katta qismini tashkil etdi. Shuning uchun ilm-fan rivojining asosiy qonuni eksponensial qonun hisoblanadi. 269 Hozirgi paytda ilm-fan rivojining yuqori sur'atlari aqliy mehnatning borgan sari avtomatlashtirilishi tufayli amalga oshmoqda. Ilm-fan rivojining jadallashuvi ilmiy texnikaviy axborotning jadal o‘sishiga va tez-tez yangilanishiga olib keladi. Ilm-fan rivojining eksponenti qonun bo‘yicha rivoji uning shiddatli o‘sishini anglatadi. Demak, ilmiy-texnikaviy axborot o‘sish ham, shiddatli jarayon hisoblanadi. Axborotning yuksalib borayotgan shiddatli oqimi tezligini ta'minlash maqsadida zamonaviy telekommunikatsiyali axborot tizimlari qo‘llanilmoqda. Ilm-fan axborotining hozirgi zamon o‘sish tezligi va hajmi ularning o‘tgan 15-30 yildagi holatida keskin farq qiladi. Ilm-fan rivoji, bu ma'lumotli mutaxassislarning faoliyat doirasidir. Shuning uchun oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimi, ularning o‘ta iqtidorlilariga zamonaviy axborot oqimini o‘zlashtirishga, ilmiy tekshirish faoliyati individual va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ilmiy-texnikaviy axborot va o‘quv ilmiy adabiyot bilan ijodiy ishlay olishlariga imkoniyat berishi lozim. Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, axborotkommunikatsiya tizimlari, elektron va multimedia darsliklarini yaratish vazifalarini amalga oshirish taqozo etilayotganligi yangi mazmundagi turli axborot-kommunikatsiyalari xizmatidan foydalana olishga asoslangan ta'lim jarayonini tashkil qilish, uning mazmunini takomillashtirish, pedagogik jarayonni innovatsiyalarga asoslanib yangicha tarzda tashkil qila olishda pedagogning o‘rni, uning mehnati va mehnat jarayonini tashkil qila olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Xorij va mamlakatimiz olimlari tomonidan AKT imkoniyatlaridan foydalanish sohasida katta tajriba to‘plangan. Bu ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish zaruratining nechog‘li muhimligini ko‘rsatuvchi dalildir. 270 Tahsil oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil qilishda hamda pedagogik jamoaning faoliyatini optimal holatda tuzishda axborot-kommunikatsiya xizmatlarining ahamiyati salmoqlidir. Ta'lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish orqali tizimlashtirilgan ma'lumotlarni yig‘ish, saqlash, ularni tahlil qilish, qiyoslash, ma'lum qarorlarni qabul qilishga keng imkoniyatlar ochiladi. Shu bilan birga qisqa muddat ichida katta sig‘imdagi, turli tipdagi axborotlarga ega bo‘lish, ularga ishlov berish imkoniyati kengayadi. Shu ma'noda mamlakatimiz uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida o‘qitish jarayoni sifatini oshirishda axborot – kommunikatsiya vositalaridan foydalanish, axborot xizmati tizimini modellashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonining innovatsion faoliyatini oqilona tashkil qilish, uning istiqbol strategiyasini aniqlash, pedagogikadagi dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Ta'lim sifatini oshirish muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan qator metodologik yondashuvlar (V.G.Afanasev, V.P.Bespalko, V.P.Kuzmin, A.I. Prigojiy, V.A.Rozanova, V.P.Simonov, B.C.Lazarev, M.M.Potashnik, V.P.Simonov, P.I.Tretyakov, T.I. Shamova) mavjud: tizimli, ya'ni boshqariluvchi tizim tarkibiga kiruvchi ob'ekt va sub'ektlarning o‘zaro bog‘liqligi va bir butunligini ta'minlovchi; vaziyatli, ya'ni muassasa maqsadlariga samarali erishishga yo‘naltirilgan muayyan usullarning birikmasi sifatida; jarayonli, ta'lim sifatini oshirish funksiyalarining uzluksiz zanjiri sifatida tushunishga asoslangan didaktik yondashuvlar. Ushbu yondashuvlar ta'lim sifatini oshirishning nazariy-metodologik asosini tizimli, funksional, sinergetik, faoliyatli, vaziyatli, refleksiv, milliy-hududiy va natijaga asoslangan holatda tadqiq qilishga qaratilgan. Ta'kidlash joizki, ta'lim jarayonini axborotlashtirish alohida yondashuvlar qamrovida o‘rganilmasdan, ularning turli kombinatsiyalari asosida tadqiq etiladi, chunki mazkur yondashuvlarning har biri ta'lim tizimidagi jarayonlar mohiyatini tushunib yetishda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning muayyan bir jihatlarini yoritishga yordam beradi. 271 Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, ular ta'lim tizimidagi innovatsion o‘zgarishlarni amalga oshirishga zamin hozirladi. Ta'lim tizimidagi tub islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri ta'lim sifatini oqilona boshqarish, bunda axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan keng foydalanish, mazkur jarayonga innovatsion shakl, vosita va usullarni joriy etish, buning uchun maxsus tayyorgarligi mavjud bo‘lgan pedagogik kadrlarni yetishtirishdan iboratdir. Ta'lim jarayonida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta'lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish asosida ta'lim jarayonini yangi mazmunda tashkil qilishga keng imkoniyatlar ochildi. Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari. Axborotlashtirilgan ta'lim. Ilmiy texnik taraqqiyotning xususiyatlari mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi. Bunday ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish istiqbolli, zamonaviy o‘quv tizimlari uchun quyiladigan talablardan biridir. YuNeSKO «Ta'limni axborotlash instituti» mutaxassislarining fikricha, ta'lim jarayonini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri dunyo aholisiga axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda, masofaviy o‘qitish va mustaqil o‘qish imkoniyatlaridan keng foydalanish ta'minotini yaratishdir. Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari har bir shaxsning o‘zi istagan ta'lim olish huquqidan foydalana olish imkoniyatini berishi kerak. Masofaviy o‘qitish aynan shunday o‘qitish shakli bo‘la oladi. Masofaviy ta'lim – masofadan turib o‘qitish, o‘quv mashg‘ulotlarining barchasi yoki ko‘p qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalari asosida olib boriladigan jarayon. Masofaviy o‘qitishning quyidagi ijobiy tomonlari mavjud: o‘qitishning an'anaviy usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, bu jarayon imkoniyatlarining chegaralanganligi tufayli o‘qish va ishlashni birgalikda amalga oshira olish; 272 turg‘un sharoitda o‘qish imkoniyatlariga ega bo‘lmagan, imkoniyatlari tibbiy shart- sharoitlar tufayli chegaralangan holatda; o‘qituvchilar va boshqa soha mutaxassislarining qayta tayyorlash va malakasini oshirishda; chet el o‘quv muassasalarida ta'lim olishni istaydiganlar uchun; ikkinchi mutaxassislikni egallashni istaydiganlar uchun muhimdir. Masofaviy ta'limda o‘qitish vositalari quyidagilardan iborat: elektron darsliklar (qog‘oz va elektron shaklda); tizimdagi o‘quv materiallar; kopyuter o‘quv tizimlari oddiy va multimedia variantda; audio o‘quv axborotlari; video o‘quv axborotlari; Masofaviy laboratoriya amaliyotlar va virtual stendlar; trenajyorlar; masofaviy bilim bazalari; geoaxborot va baholaydigan o‘qitish tizimlari asosida didaktik materiallar. O‘qitish vositalari - o‘qitishning texnik vositalari: magnitofon, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor, kodoskop, videoproektor, kompyuterlar orqali amalga oshiriladi. Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi. Elektron pedagogikada ta'lim muammolarining hal qilinishi ko‘p jihatdan kompyuterli o‘qitish texnologiyasiga bog‘liq. Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi – bu kompyuterdan foydalanishga asoslangan o‘qitishdir. O‘qitishning kompyuter texnologiyasi yangi axborot texnologiyalarning bir turidir. Axborot texnologiyalarida bundan tashqari boshqa axborot vositalari (televidenie, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot ilmiy-texnik axborotning shiddatli o‘sishi bilan belgilanadi. Tahsil oluvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olib, imkoni boricha eng ko‘p xajmida axborotni o‘zlashtirish, faqat kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ya'ni o‘qitishning kompyuter texnologiyasi asosida 273 o‘quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga erishish mumkin. Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi mazmun jihatdan kompyuter xotirasiga kiritilgan pedagogik dasturiy vositalar bilan farqlanadi. Dasturiy vositalar mavzu, bo‘lim yoki butun o‘quv fani bo‘yicha tuzilishi mumkin va u o‘quv materiali o‘zlashtirilishi diagnostikasi baholashni va monitoringini ham o‘z ichiga oladi. Kompyuterli o‘qitish texnologiyasining samaradorligi dasturiy vositalarning ishlab chiqilish darajasi bilan bir qatorda o‘quv jarayonini va ishchi o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etilganiga bog‘liq bo‘ladi. Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida quyidagilar zarur hisoblanadi: individual o‘qitish; muntazam ravishda kompyuter yordamida tashxis testlar o‘tkazish; o‘quv maqsadlariga erishilganligini baholash. Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida, o‘qitish siklning qayta takrorlanishi uchun eng maqbul sharoit yaratiladi. Bu o‘qitish texnologiyasida pedagogning funksiyasi quyidagilardan iborat bo‘ladi: dasturiy vositalarni tayyorlash; o‘quv jarayonining (o‘quv jarayoni grafigi, tashxislash, nazorat) guruh, o‘quv fan miqyosida tashkil etish; ishchi o‘rinlarini tashkil etish, yo‘l-yo‘riqlar berish, tarmoqni boshqarish; tahsil oluvchilar bilan muloqotda bo‘lish, individual o‘qitishni ta'minlash. Elektron pedagogikada ta'lim muammolarining hal qilinishi. Bugungi kunda fan va texnikaning shiddatli rivojlanishi ikki va undan ortiq fanlarning integratsiyalashuviga zamin yaratmoqda. Bunga misol tariqasida: elektron pedagogika, pedagogik prognostika, neyropedagogika, biofizika, biogeokimyo, informatika, fizikokimyoviy mexanika va boshqalarni keltirish mumkin. Elektron pedagogika – XX asrning oxiri XX1 asrda shakllangan pedagogikadagi yangi fan turkumidir. U insonning hayoti mobaynida axborotkommunikatsiya vositalari asosida ta'lim olish ehtiyojlarining qondirilishi, axborotlashtirilgan ta'lim tamoyillari, shart-sharoitlari, metod va shakllarining insonga ko‘rsatadigan ta'sirini o‘rganadi. Elektron pedagogika axborotli ta'lim 274 muhitida axborot texnologiyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ta'lim jarayoni sub'ektlari ehtiyojlarining qondirilishi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Axborot - taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumot.33 Axborot keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga quyidagicha ta'riflar ham berish mumkin: 1. Dalil, voqyea, hodisa, predmet, jarayon kabi ob'ektlar haqidagi bilim hamda tushunchalar yoki buyruqlar; 2. Ma'lum xos matnda aniq ma'noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil, voqyea, xodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob'ektlar haqidagi bilimlar majmui; 3. Qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo‘lgan jami dalil va ma'lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to‘lovlar, dars jadvali, o‘lchash majmualarining yer va fazo stansiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi ma'lumotlar va hokazolar axborot bo‘lishi mumkin. Axborotlarni uzatish. Ta'lim jarayonida axborotni uzatish ta'lim ehtiyojidan kelib chiqib, uni bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga turli vositalar yordamida yetkazib berish axborot uzatishni anglatadi. Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video holatda bo‘lishi mumkin. Ta'lim jarayonida axborotlarni matn ko‘rinishida, jadval ko‘rinishidagi, tovush ko‘rinishdagi va tasvir ko‘rinishidagi ma'lumotlardan foydalaniladi. Matn. Matn – bu ma'lumotlarni ifodalash shakli bo‘lib, u mazmunan yagona, yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir. Axborot tizimiga matn kiritish klaviatura, nurli pero, mikrofon, yoki skaner yordamida amalga oshiriladi. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb ataluvchi maxsus amaliy dasturlar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoq orqali matnlar ma'lumotlar bo‘laklari ko‘rinishida uzatiladi. Tasvir. Tasvir – bu biror voqyea, xodisa yoki jarayonlarni o‘zida ifodalagan rasm bo‘laklari va ranglardan iborat ma'lumotdir. Foto, manzara, matematik funksiyalar grafigi, statistik ma'lumotlar diagrammasi va shunga o‘xshash ma'lumotlar tasvir hisoblanadi. Kompyuter yordamida tasvirlarga ishlov berishni to‘rt guruhga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 1. Kulrang va rangli tasvirlar; 2. Ikki xil va bir necha “rangli” tasvirlar; 3. Uzluksiz egri va to‘g‘ri chiziqlar; 4. Nuqtalar yoki ko‘pburchaklar iborat tasvirlar. Bu turkumlash tasvirni ko‘rib idrok qilish mexanizmi bilan emas, balki ularni taqdim etish va qayta ishlashga yondashish bilan bog‘liq. Animatsiya. Animatsiya ma'lum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda ma'lum vaqt oralig‘ida, ma'lum sondagi bir xil o‘lchamga ega bo‘lgan tasvirlar tezkor almashtiriladi. Animatsiya orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin: matn axborotini qismlashni; tasvir qismlarining so‘zsiz harakati jarayonini; rasm harakatlarini; tarixiy janglarning so‘zsiz harakatini; fizik va kimyoviy jarayonlarni; texnologik jarayonlarni; tabiiy hodisalar jarayonini; siyosiy hodisalar jarayonini; ijtimoiy hodisalar jarayonini; Zamonaviy tarmoqlarda ma'lumotlarni uzatish ketma-ket amalga oshiriladi, ya'ni bir bayt axborot bitlar bo‘yicha uzatiladi. Tarmoq sohasida kilobayt va megabaytlar fanning boshqa sohalaridagidek o‘nli sanoq tizimiga mos keladi. 276 Jamiyatni axbortlashtirish: mehnat, ilmiy tadqiqot, loyiha, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish, tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish, ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini axborotlashtirish kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. Jamiyatda axborot ham bilim manbai ham eng asosiy muloqot vositasi bo‘lib hisoblanadi. Ta'limni axborotlashtirishda radio, televidenie, ommaviy-axborot vositalari va Internet tizimining ahamiyati juda yuqoridir. Har kim har doim biror ishni bajarish yoki biror maqsadga erishish uchun axborotdan foydalanadi. Har bir inson ob-havo prognozini, transport vositalari qatnovi jadvalini, bank va biznes ma'lumotlarini hamda kundalik yangiliklardan habardor bo‘lishga muxtojdir. Agarda inson kundalik axborotlar va yangiliklardan xabardor bo‘lmas ekan u jamiyatdan uzilib qolishi muqarrar. Fayl tushunchasi va ularning turlari. Fayl yagona yaxlit deb qaraladigan ma'lumotlar yoki dastur kodlari majmuidir. Fayl o‘z nomiga ega bo‘lgan va tizimda saqlanadigan ma'lumotlarning asosiy elementi bo‘lgan ob'ektdir. Foydalanuvchi faylni yaratishi, nusxalashi, jo‘natishi va yo‘q qilishi mumkin. Har bir fayl atributlar va undagi axborotdan iborat bo‘ladi. Faylning atributlariga birinchi navbatda uning nomi, axborot turi, yaratilish sanasi va vaqti, undan faydalanish usuli hamda undan foydalanishga ruxsat berish shartlari kiradi. Fayllarning quyidagi turlari mavjud: - matn ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar; - grafik ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar; - musiqa ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar; - video ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar. Fayllar ustida bajariladigan amallar. Yuqorida aytilganidek, fayllar o‘z nomiga ega bo‘lgan hamda o‘zida axborotlarni jamlagan ob'ektdir. Shunday ekan, demak undan foydalanish jarayonida ular ustida bir qancha amallarni bajarish mumkin. Bular: - fayllarni yaratish; - fayllarni nusxalash; 277 - fayllarni o‘zgartirish; - fayllarni uzatish; - fayllarni o‘chirish. Fayllarni konvertatsiya qilish. Odatda fayllar o‘zida saqlagan ma'lumotlarning turlariga qarab har xil ko‘rinishda mavjud bo‘ladi. Ko‘pincha ushbu fayllardagi ma'lumotlardan foydalanish uchun ularni bir turdan boshqasiga o‘girishga to‘g‘ri keladi. Ushbu o‘girish jarayoni konvertatsiya deb nomlanadi. Konvertatsiya jarayonlari ya'ni ma'lumotlarni bir turdan boshqasiga yoki bir formatdan boshqasiga o‘girish maxsus dasturiy vositalar yordamida amalga oshiriladi. Ta'lim jarayonida axborot resurslaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot resurslari - alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to‘plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma'lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to‘plamlari34 . Ommaviy axborot – bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar kiradi. Axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. Axborotning salbiy va ijobiy ta'siri. Axborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, o‘z vaqtida olingan to‘g‘ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. To‘g‘ri sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo‘lishi imkonini beradi. Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g‘arb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma'lumotlar ham mavjud. Ayniqsa bunday ma'lumotlar Internet tarmog‘i orqali keng tarqalmoqda. Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va an'analarimizga, davlatchiligimizga zid bo‘lgan nojo‘ya axborotlar yoshlarning ongini zaharlashi va ularni noto‘g‘ri yo‘llarga boshlashi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish pedagogikadagi dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Elektron pedagogikada internet tushunchasi asosiy konseptlardan biri hisoblanadi. Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya'ni “International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” «tarmoqlararo» degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi. Internet tarmog‘i, unga ulangan barcha kompyuterlarning o‘zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog‘ining har bir mijozi o‘zining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko‘rib chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko‘rgazmasiga qo‘yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmog‘i mijozlari bilan shaxmat o‘ynash mumkin. Global tarmoq tushunchasi. Internet tarmog‘ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o‘zaro bog‘lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog‘i – bu global tarmoq vakili hisoblanadi. Internet alohida kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o‘zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar bironbir mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan bo‘lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stansiyasi (kompyuteri) Internet xizmatlaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, Internet tarmog‘iga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham 279 mavjud bo‘lib, ularni xost kompyuterlar (host – asosiy hisoblash mashinasi) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o‘z manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin. Internet tarmog‘ining axborot ta'minoti Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan. Internetning ikkita asosiy vazifasi bo‘lib, buning birinchisi axborot makoni bo‘lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir. Internetga bog‘lanish. Internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sun'iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, ya'ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko‘rinishida amalga oshiriladi. Telefon liniyasi orqali internetga ulanish. Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans tugatgandan so‘ng telefon tarmog‘i bo‘shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi foydalaniishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishga imkon beradi. Modem tushunchasi va uning vazifasi. Modem modulyatordemodulyator so‘zlarining qisqartmasi hisoblanadi. Ushbu qurilmaning asosiy vazifasi kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari bo‘ylab uzatishdan iborat. Modem signalni (axborot) telekommunikatsiya kanallar bo‘ylab uzatishni ta'minlaydi. Modem yordamida internetda oddiy analog telefon tarmog‘i orqali bog‘lanish 280 mumkin. Bunday modemlarning nazariy jixatdan eng yuqori foydalanish tezligi 56 Kb/sek. ni tashkil etadi. Modem ichki va tashqi turlarga bo‘linadi va har ikkalasi ham internetga yoki telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasidagi Internet tarmog‘ining rivojlanishi. Respublikamizda milliy Internet-segmentini rivojlantirish bo‘yicha ishlar O‘zR Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi”ga asosan amalga oshirilmoqda. Respublika telekommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish natijasida mamlakatimiz aholisining keng qatlamlari uchun Internet xizmatlaridan foydalanish borgan-sari yengil bo‘lib bormoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizda Internet foydalanuvchilarining umumiy soni 7,3 mln. kishidan ortdi, shundan 3,5 mln. kishi, ya'ni 1000ta fuqarodan 111tasi aloqa liniyalari orqali Internetga shaxsiy kompyuterlari orqali ulanadi. Mobil Internet foydalanuvchilarining soni esa hozirgi kunda 3,8 mln. kishini tashkil etadi. Respublikamizda AKTni rivojlantirishga bo‘lgan katta e'tibor tufayli Internet tarmog‘ida milliy resurslar soni yildan yilga ortmoqdan. Hozirgi kunda respublikada .UZ domen zonasida ikkinchi darajali domen nomlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha 7 ta registratorlar faoliyat ko‘rsatadi: Tomas, Billur.com, ArsenalD, Sarkor Telecom, VSS, TV-Inform va Simus. Ma'lumotlarni uzatish, jumladan, Internet tarmog‘iga ulash xizmatlarni taqdim etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning soni bugungi kunda 982tani tashkil etadi, jamoa foydalanish punktlarining umumiy soni esa 1025taga yetdi. Provayder va operatorlarning aksariyat qismi Toshkent shahrida joylashganligiga qaramay, respublikamizning boshqa hududlari, ayniqsa 281 Samarqand va Buxoro viloyatlarida ham provayder va operatorlar sonining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. Elektron pedagogikada WWW tushunchasi mavjud. WWW (World Wide Web) – butun jahon o‘rgamchak to‘ri deb nomlanuvchi tarmoq. WWW – bu Internetga ulangan turli kompyuterlarda joylashgan o‘zaro bog‘langan hujjatlarga murojaat qilishni ta'minlab beruvchi tarqoq tizimdir. Aynan mana shu xizmat Internetdan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi. WWW asosida to‘rtta poydevor mavjud:
1. Barcha hujjatlarning yagona formati (shakli);
2. Gipermatn;
3. Hujjatlarni ko‘rish uchun maxsus dasturlar (brouzer);
4. Yagona manzilni ko‘rsatish tizimi (domen);
Elektron pedagogikada “internet provayderlari” iborasi keng qo‘llanilmoqda. Internet provayder – Internet tarmog‘i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet prvayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder. Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari xizmat ko‘rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom va boshqalar. Internet tarmog‘i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar quyidagilarni tashkil qiladi: veb-xujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqatda bo‘lish, tarmoqda xujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash. Foydalanuvchilar uchun quyidagi xizmatlar mavjud: tarmoqdan foydalanish, internet resurslarini yaratish, tashkiliy va axborot ta'minoti, tarmoqda reklamani joylashtirish. Katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTR (fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTR serverda yangi 282 papka yaratish, unga ma'lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko‘chirib olish mumkin. WWW xizmatida masofadan suhbatlashish imkoniyatini yaratuvchi chat dasturlari, uzoq masofadagi do‘stlar bilan suhbatlashishda telefon aloqasi o‘rnini bosmoqda. Buning uchun internetga bog‘langan kompyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo‘lishi kifoya. Elektron pedagogikada “brauzer” tushunchasi xam keng qo‘llanilmoqda. WEB-texnologiyasining hozirgi kunda brauzerlar deb ataladigan axborotni ko‘rish uchun mo‘ljallangan o‘ndan ortiq turli vositalari mavjud. Brouzer web-sahifalarni ko‘rish dasturi hisoblanadi. Bunda brauzerga yuklangan veb sahifadagi giperbog‘lanishga sichqoncha ko‘rsatkichi bilan bosilsa, avtomatik ravishga ushbu bog‘lanishda ko‘rsatilagn sahifa brouzerga yuklanadi. Bunday hollar hyech qanday sahifaning manzilini kiritish shart emas, chunki giperbog‘lanish barcha kerakli ma'lumotga ega hisoblanadi. Brouzer web-sahifada HTML teglarini topib, ular talabi bo‘yicha ma'lumotni ekranga chiqaradi. Teglarning o‘zi esa ekranda aks ettirilmaydi. Elektron pedagogika Internet konferensiyalarini tashkil qilish, o‘tkazish masalalarini xam o‘rganadi. Internet konferensiya– muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining Internet tarmog‘i orqali konferens aloqasi yordamida o‘zaro axborot almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi cheklangan bo‘ladi. Kompyuter konferensiyasi ishtirokchilari soni audio– va videokonferensiyalar ishtirokchilari sonidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin. Adabiyotlarda telekonferensiya atamasini ko‘p uchratish mumkin. Telekonferensiya o‘z ichiga konferensiyalarning uch turini: audio, video va kompyuter konferensiyalarini jamlaydi. Audiokonferensiyalar. Ular ta'lim muassasalari, tashkilotlarning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan professor-o‘qituvchilari, talabalari, xodimlari yoki bo‘linmalari o‘rtasida kommunikatsiyalarni saqlab turish uchun audioaloqadan foydalanadi. Audiokonferensiyalarni o‘tkazishning eng oddiy texnika vositasi so‘zlashuvda ikkitadan ko‘p ishtirokchi qatnashuvini ta'minlaydigan qo‘shimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi hisoblanadi. Audiokonferensiyalarni 283 tashkil etish kompyuter bo‘lishini talab etmaydi, faqatgina uning ishtirokchilari o‘rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko‘zda tutadi. Audiokonferensiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini yengillashtiradi, u arzon ham qulay. Videokonferensiyalar. Ular ham audiokonferensiyalar qanday maqsadlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, shunday maqsadlarga mo‘ljallangan, lekin bunda videoapparatura qo‘llaniladi. Ularni o‘tkazish ham kompyuter bo‘lishini talab etadi. Videokonferensiya jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bo‘lgan uning ishtirokchilari televizor ekranida o‘zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko‘rib turadilar. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi. Videokonferensiyalar transport va xizmat safari harajatlarini ancha qisqartirish imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki firmalar ularni faqat shu sabablarga ko‘ra qo‘llamaydilar. Bu firmalar bunday konferensiyalarda muammoni hal qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha uzoqda joylashgan ko‘p sonli menejerlarni va boshqa xodimlarni ham jalb etish imkoniyatini ko‘radilar. Elektron pedagogika ta'lim jarayoni sub'ektlarining elektron pochta xizmati va uning imkoniyatlaridan foydalanish xususiyatlarini xam o‘rganadi. Internet– xalqaro tarmog‘ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo‘lib, faqat bunda xatni qog‘ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so‘zlarni terib, ma'lum elektron yozuv ko‘rinishiga keltiriladi. Elektron pochta maxsus dastur bo‘lib, uning yordamida Internet tarmog‘i orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya'ni ixtiyoriy ma'lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda) jo‘natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning kamchiligi shundan iboratki, xat jo‘natuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi ham foylanayotgan kompyuter Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi zarur. Xabarlarni ko‘pchilikka yuborish. Ma'lum bir sabablarga ko‘ra bir xil mazmundagi xabarlarni bir necha manzil yoki pochta qutisiga yuborish zaruriyati paydo buladi. Shunda, Komu darchasiga xat jo‘natilishi kerak bo‘lgan elektron manzillar “ ; ” (nuqta vergul) belgilari bilan ajratiladi, masalan: (tuit@tuit.uz; 284 tuit@inbox.uz; va boshka manzillar), Kopiya darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo‘natilishi kerak bo‘lsa, o‘sha manzil, Tema darchasiga xat mavzusi yoziladi. Ushbu vazifadan biror elon yoki yangilikni ko‘pchillikka barobar yuborish uchun foydalaniladi. Spam tushunchasi, spamlarning turlari va ularga karshi kurashish. «Spam» termini yangi mazmunda jonga teguvchi elektron tarqatmalar yoki pochta chiqindilari degan ma'noni anglatadi. Spamlar 1993-yilda paydo bo‘lgan. Usenet kompyuter tarmog‘i administratori Richard Depyu yaratgan dasturdagi xato 1993- yil 31-mart kuni konferensiyalardan biriga ikki yuzta bir xil xat jo‘natilishini keltirib chiqardi. Uning norozi suhbatdoshlari jonga teguvchi xabarlarga tezda - «spam» degan nom topdilar. «Kasperskiy Laboratoriyasi» tushunchasiga ko‘ra, spam - bu so‘ralmagan anonim ommaviy tarqatmalardir. Filtrlar va kora ruyxat. Filtrlar asosan kelayotgan xatlarni saralash, tartiblash funksiyasini bajaradi. Qora ruyxat esa xat yuboruvchi manzilni maxsus jurnalga kiritib bu manzildan boshqa xat olmaslik maksadida ishlatiladi. Milliy elektron pochta xizmatlari. Xozirgi kunda milliy pochta xizmatlari ham ancha rivojlanib bormokda. O‘zbekistondagi har bir Internet provayder o‘zining pochta serveri va xizmatiga ega bulib, asosan o‘zining mijozlariga xizmat ko‘rsatadi, ularning ichidan mail.uz, inbox.uz kabilari ochik hisoblanadi va bu tizimdan hohlovchilar bepul foydalanib xat va xabarlar jo‘natib qabul qilishlari mumkin. Xalqaro pochta xizmatlari: mail.ru, gmail.com, yahoo.com. Elektron pochta orqali ma'lumot yuborish uchun ikki yo‘nalish mavjud, bulardan biri bepul elektron pochta xizmati deb yuritilib, undan foydalanish uchun Internetda ma'lum bir Web sahifalari mavjuddir. Bular mail.ru, yahoo.som, mail.uz, gmail.com va hokazo. Foydalanuvchi dastlab, pochta manziliga ega bo‘lishi kerak. Pochta manzilini tashkil qilish uchun Internet Explorer dasturining asosiy oynasiga ushbu Web sahifalaridan biri chaqiriladi va ishga tushiriladi. 285 Elektron pochtadan foydalanish va elektron xabarlarni almashish madaniyati. Hayotdagi etika kabi elektron pochtada ham etika mavjud. Ularning ba'zilariga to‘xtalib o‘tamiz: - Pochtangizni tez-tez o‘qib turing. Ko‘pchillik foydalanuvchilar o‘z xatlarini faqatgina bo‘sh vaqtlaridagina o‘qiydilar. Bu korrespondentlarga nisbatan bo‘lgan behurmatlikdir. Buning oqibatida siz juda ham muhim bo‘lgan axborotni qo‘ldan boy berishingiz mumkin. Foydalanuvchi pochtasini har doim, o‘z vaqtida o‘qib borishi lozim. − Xatda albatta sarlavha (subject) ko‘rsatish zarurdir. Bu mijozlarni ortiqcha ishlardan qutqaradi. − Xatingizni oluvchini biling va hurmat qiling. − Xatni xatosiz yozing. Grammatik va orfografik xatolar bilan yozilgan xat jo‘natuvchi to‘g‘risida yaxshi taassurot qoldirmaydi. − Qisqa yozing. Elektron pochtada yozayotgan xatingizni mazmunini qisqa va aniq ko‘rsata biling. Xatingizdagi xatolar va fikrdan chiqib ketishlik birinchi o‘rinda xatingizni emas, balki sizning o‘zingizni xarakterlaydi. − O‘z xatingizni boshqa manzillarga ko‘chirishlikdan saqlaning. O‘z xatingizni faqatgina shu xat tegishli bo‘lgan manzillarga jo‘nating. Aks holda, xatlarni ko‘p manzillarga jo‘natish hamkorlaringizda yaxshi taassurot uyg‘otmasligi mumkin. − Kerak bo‘lmagan taqdirda o‘z xatingizga javob va so‘rovlar yo‘llamang. Kerak bo‘lmagan taqdirda «iltimos javob bering» yoki «iltimos xatni tasdiqlang» kabi so‘rovlarni yo‘llamang. − So‘rovlarga to‘liq javob bering. So‘rovlarga javob berishda qisqa «ha» yoki «yo‘q« kabi javob bermang. Bu hol xat oluvchida tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Elektron pedagogikada forum tushunchasi ishlatiladi. Internet tarmog‘ida forumlar veb-sayt ko‘rinishida bo‘ladi va Veb-forum deb ataladi. Veb-forum - veb-sayt tashrif buyuruvchilarining o‘zaro muloqotini tashkil etish uchun mo‘ljallangan veb sayt sahifalari va uskunalari majmui. Qisqacha aytganda, forum 286 bu veb-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o‘rnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum veb saytiga tashrif buyurib, o‘zini qiziqtirgan mavzuni o‘rtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin. Forum muloqotning yana bir oddiy turi bo‘lib, bu muloqotda ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Bunda biror bir mavzu tanlanadi va u muhokamaga qo‘yiladi. Qatnashuvchilar muzokara bilan tanishib o‘z fikrlarini jo‘natishlari mumkin. Bu usulda siz muhokamada qatnashayotganlarni ko‘rmaysiz, faqatgina ularning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Forumda turli - tuman mavzular muhokama qilinadi. Internet forumlari alohida yo‘nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlarga meditsina, dasturlash texnologiyalari, dizayn va moda, kompyuter o‘yinlari va transport vositalariga bag‘ishlangan forumlar misol bo‘ladi. Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina mo‘ljallangan sohaga oid mavzular muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa ixtiyoriy mavzuni o‘rtaga tashlash mumkin. Bugungi kunda elektron pedagogikada blog tushunchasi ishlatiladi. Blog - tarkibi matn, tasvir va multimedia ma'lumotlaridan iborat bo‘lgan doimiy ravishda qo‘shilib turiladigan ma'lumotlar yoki izohlardan iborat bo‘lgan sayt. Bloglar odatda u yoki bu material veb sahifasi tarkibida mavjud bo‘lib, materialga berilgan izohlarni o‘zida mujassamlaydi. Viki – bu saytning o‘zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o‘zgartira olish imkoniga ega bo‘lgan veb sayt. Elektron pedagogikada chat tushunchasi ishlatilmoqda. Chat deganda real vaqt tizimida Internet tarmog‘i orqali xabarlarni tezkor almashish vositalari va ushbu muloqotni ta'minlab beruvchi dasturiy ta'minot tushuniladi. Forumlarga nisbatan chat tizimida muloqot qilish va xabarlar almashish real vaqt tizimida sodir bo‘ladi. Chat - bu bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchining Internet orqali muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar odatda matn yozishish orqali yangiliklar 287 bilan almashishadi, yoki biror mavzuni muhokama qilishadi, yoki gaplashishadi. Chat tizimida barcha foydalanuvchilar o‘zaro yozuv ko‘rinishidagi xabarlarni almashish orqali muloqot qiladi. Internet orqali o‘zaro muloqot deganda ikki yoki undan ortiq foydalanuvchilarning bir vaqtni o‘zida, bir-birlari bilan internet tarmog‘i orqali aloqa o‘rnatilishi tushuniladi. Bunday muloqot jarayonida foydalanuvchilarning joylashuv o‘rni ahamiyatga ega emas, ya'ni foydalanuvchilar qaerda bo‘lishlaridan qat'iy nazar Internet tarmog‘i orqali muloqot o‘rnata oladilar. Bunday so‘zlashuvlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar bo‘lishi talab qilinadi. Bunday dasturlarga Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari kiradi. Internet orqali so‘zlashuv jarayonida mikrofon va eshitish qurilmasini kompyuterga ulab keltirilgan dasturlar yordamida foydalanuvchilar so‘zlashib muloqot qilishlari mumkin. Bunda Internet orqali muloqot jarayoni foynalanuvchiga tezkorligi, arzonligi xamda sifatliligi bilan qulayliklar yaratib beradi. Internet orqali video muloqot deganda foydalanuvchilar bir birlarini kompyuter ekranida (on-layn tarzda) ko‘rib turadilar, ya'ni foydalanuvchilarning harakatli tasvirlari bir-birlariga uzatiladi. Bu video aloqani amalga oshirib beruvchi qurilma veb kamera deb nomlanadi. Internet orqali video muloqot jarayonida muloqotda qatnashayotgan barcha foydalanuvchilar bir birining gapini eshitibgina qolmay, balki bir-birlarini ko‘rib ham turishadi. Veb kamera alohida qurilma bo‘lib, u kompyuter vositasiga ulanadi va Internet tarmog‘i orqali muloqotlarda ishlatiladi. Veb kameradan foydalanish va u orqali muloqot qilish uchun Internet tarmog‘i ulangan bo‘lishi hamda har bir foydalanuvchi kompyuterida veb kamera qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Veb kamera foydalanuvchilarga juda ham ko‘p qulayliklarni yaratib beradi, ya'ni suhbat jarayonida foydalanuvchilar qaerda joylashganligidan qat'iy nazar birbirlarini ko‘rib turadilar. Internet tarmog‘i orqali video muloqotlar Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari orqali amalga oshiriladi. 288 Skayp – bu Internet orqali kompyuterlararo so‘zlashuv aloqasini ta'minlab beruvchi tizimdir. Skayp tizimi Internet orqali mobil va uy telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish pullik xizmatlarini xam ko‘rsatadi. Bundan tashqari skayp tizimi yordamida chat sifatida matn xabarlarini yuborish, videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda konferensaloqani ham amalga oshirish mumkin. Video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda veb kameradan foydalaniladi. Meyl Agent dasturi. Mail.Ru Agent - Mail.Ru kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Internet orqali tezkor xabarlarni almashish dasturi. Mail.Ru dasturi tezkor xabarlarni almashishdan tashqari, Internet orqali telefon qurilmalari yordamida so‘zlashish, videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, tekin SMS xarablarni jo‘natish hamda elektron pochtangizga kelib tushgan xatlar to‘g‘risida ogohlantirish imkoniyatlarini ham taqdim etadi. Google Talk dasturi. Google Talk dasturi Google kompaniyasi tomnidan ishlab chiqilgan tezkor real vaqt tizimida xabarlarni almashish dasturi hisoblanadi. Google Talk dasturi matn ko‘rinishidagi xabarlarni almashish, va tovushli so‘zlashish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari Google Talk dasturi Gmail elektron pochta tizimining xizmatchi dasturi bo‘lib pochta qutisini boshqarish vazifasini ham bajaradi. Google Talk dasturidan foydalanish uchun albatta Gmail tizimidi elektron pochta qutisiga ega bo‘lish kerak. Internet orqali o‘zaro muloqotga kirishuvchilar bir vaqtning o‘zida, bir-birlari bilan interfaol tarmoq orqali aloqa o‘rnatishlari mumkin. Bunday muloqot jarayonida foydalanuvchilarning joylashuv o‘rni ahamiyatga ega emas, ya'ni foydalanuvchilar qaerda bo‘lishlaridan qat'iy nazar Internet tarmog‘i orqali muloqot o‘rnata oladilar. Bunday so‘zlashuvlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar bo‘lishi talab qilinadi. Bunday dasturlarga Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari kiradi. Shunday qilib, dunyo hamjamiyati va davlatlar o‘rtasidagi turli madaniy, ta’limiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning integratsiyalashuvi ta’limning hamma bosqichlarida, shu jumladan, oliy ta’lim muassasalari pedagogik jarayonida sifatli ta’limni tashkil qilish axborot xizmati kontekstida baholanmoqda hamda 289 mazkur tizimni modernizatsiyalash, innovatsion g‘oya va shakllar asosida olib borish va amaliyotga joriy etish eng dolzarb vazifalardan biriga aylanib bormoqda.
|
| |