-MA`RUZA 18-MAVZU: O‘QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI. NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI




Download 261,95 Kb.
bet28/28
Sana10.12.2023
Hajmi261,95 Kb.
#115081
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Umumiy pedagogika majmua
Ibragimova Dildora, 4-CSS dasturida web ilova dizaynini yaratish, 1, кейтиринг хат, 1 баён 1-илова, Xonzoda, 50 ta test, Funksianing qavariqligi va botiqligi, hpebr, 3 Mavzu Harbiy sohada psixologik xizmatning o’ziga xos ijtimoiy, 50ccb8be56e0eb2f637482cbf3040698, Boshlangich-talim-metodbirlashma, massovaya-kultura-ocherk-teoriy-u-istokov, Veterinariya akusherligi, ginekologiya va sun\'iy qochirish A Jabborov685 (2)
18-MA`RUZA
18-MAVZU: O‘QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI. NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI.
REJA:
1. Muloqatga kirishish, aloqa o‘rnatish (kommunikatsiya) tushunchasi
2. Nutq texnikasi va madaniyati. Muloqotda ishontirish, ta'sir etish usullaridan foydalanish. 3.O‘qituvchining o‘zgalar holatini tushuna olish, empatiya(hamdardlik)ga moyilligi
O‘qituvchining tahsil oluvchilar ko‘ngliga yo‘l topishi uning muloqatga kirishuvchanligiga bog‘liq. Shaxsning kommunikativ qobiliyatlarini hosil qiluvchi xususiyatlar orasida yetakchi va yordamchi vazifalarni o‘taydiganlari mavjud. Birinchi navbatda perseptiv, ya'ni idrok qilishga hamisha ta'lluqli bo‘lgan xususiyatlar (ulardan eng muhimi kuzatuvchanlikdir) yetakchi o‘rin egallaydi. Barcha insonlar kommunikatsiya jarayonida ishtirok etishadi, ammo ulardagi hayotiy tajriba, bilim, ko‘nikma va malakalar turlicha bo‘lganligi bois, ularning muloqatga kirishuvchanligi ham turlicha bo‘lishi kuzatiladi. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati, uning mahoratli ekanligidan dalolat beradi. Nutq orqali va so‘zsiz tushuna olish. Kommunikativ qobiliyat fikrni, yoki biror tushuncha, belgini anglatuvchi psixologik jarayon bo‘lib, uning namoyon bo‘lishi uch xil tarzda namoyon bo‘ladi. Nutq - og‘zaki kommunikatsiya, ya'ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demak. Ijtimoiy tajribada biron-bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar og‘zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. So‘zlar eshittirib, yoki ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi, karsoqov kishilarda - biron-bir mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi (bunda harflar barmoqlar harakati (“dakti”-barmoq, “daktilos” – “imo ishorali nutq”) bilan ifoda etiladi. Nutq: yozma va og‘zaki nutq, o‘z navbatida -og‘zaki nutq: diologik va monologik turlarga ajratiladi. Gaplashayotganlarning bir-birlariga luqma tashlash, suhbatdoshdan keyin iboralarni va ayrim so‘zlarni takrorlash, savollar, qo‘shimchalar, izoh berish, faqat so‘zlashayotganlar tushunadigan shamalar qilish turli xil yordamchi so‘zlar va undovli so‘zlar ishlatish nutq uchun xos xususiyatdir. Nutqning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘p jixatdan hamsuhbatlarga bog‘liq bo‘ladi. Aksariyat hamma joyda ham pedagog oilaviy muhitdagi dialogni hyech qachon sinfda o‘quvchilar bilan munosabatda bo‘lgani kabi olib bormaydi. So‘zlashuv chog‘ida hissiy hayajonlanish darajasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Quvongan, iymangan, hayratlangan, qo‘rqqan, jahli chiqqan kishi xotirjam holatdagi kabi gapirmaydi: o‘zgacha ohangda, leksikonida kam ishlatadigan so‘z va iboralardan foydalanadi. Og‘zaki nutqning ikkinchi bir turi - monolog nutq bo‘lib, uni bitta kishi boshqasiga, yoki, uni tinglayotgan ko‘plab kishilarga qarata gapiradi: bunga o‘qituvchining hikoyasi, o‘quvchining javobi, ma'ruza va shu kabilar kiradi. Monologik nutq tuzilishi jihatdan juda ham murakkab bo‘lib, fikrning tugallanganligi, grammatik qoidalarga qat'iy amal qilinishi, mantiqan izchillik bo‘lishini taqoza etadi. Monologik nutqni egallash nutqqa nisbatan katta Nutq turlari yozma og`zaki diаlog monolog 334 qiyinchiliklar tug‘diradi, uning takomillashuvi uchun tajriba zarur bo‘ladi. O‘qituvchilarda bu nutqni shakllantirish maxsus vazifa hisoblanadi va pedagoglar uni ta'limning qator yillari mobaynida amalga oshirishadi. Qiynalmasdan, bemalol suhbatlasha oladigan, lekin oldindan yozilgan matndan foydalanmaslik monolog xarakteriga ega bo‘lgan og‘zaki axborot (ma'ruza, keng ma'ruzalar va shu kabilar) bilan chiqishga qiynaladigan katta yoshli odamlar ham uchrab turishi tasodifiy hol emas. Bu o‘z vaqtida o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarda monologik nutqni shakllantirishga yetarli e'tibor berilmaganligi oqibatida yuzaga keladi. Yozma nutq insoniyat tarixida og‘zaki nutqdan ancha keyin paydo bo‘lgan. U bir-birlaridan makon va zamon bilan ajralib turuvchi odamlar o‘rtasida munosabat qilish extiyoji sifatida paydo bo‘ldi va fikr shartli sxematik suratlar yordamida ifoda etiladigan hozirgi zamon yozuviga qadar rivojlandi. Yozuv tufayli odamlar to‘plagan tajriba, madaniy-ma'naviy qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazish imkoni tug‘iladi. Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarni rivojlantirishda, badiiy timsollarni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlar munosabati axborot uzatish tariqasida kommunikator bilan retsepient o‘rtasida og‘zaki muomalaga kirishish natijasida yuzaga keladi. Odamlar munosabatiga aloqa bog‘lovchilarning his-hayajoni ham qonuniy ravishda jalb etilgan bo‘ladi. U munosabatga kirishganlarga nisbatan muayyan tarzda taalluqli bo‘lib, nutqiy fikr-mulohazalar bilan qo‘shilgan holda yuzaga chiqadigan axborot almashishning alohida, nutqsiz jihati, nutqsiz kommunikatsiya vositalari: qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo-ishora, ohang, puaza turq-tarovat, kulgi, ko‘z yoshi va shu kabilar kiradiki, bular og‘zaki kommunikatsiya vositalari – so‘zlarni to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba'zan esa o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi.
Nutqsiz kommunikatsiya vositalari bamisoli o‘ziga xos his-tuyg‘u tili bo‘lib, so‘z bilan ifodalanidagan til kabi u ham ijtimoiy taraqqiyot mahsuli hisoblanadi va turli milliy madaniyatlarda bir-birlariga o‘xshamaslgi mumkin. Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarda turlicha vositalar tanlanadi. Jumladan, tilga kirmagan go‘daklar, yosh bolalar yig‘idan ko‘pincha katta yoshdagilarga ta'sir qilish va ularga o‘z istaklari hamda kayfiyatini yetkazish vositasi sifatida foydalanadilar. Shu bilan birga og‘zaki kommunikatsiya ta'sirini kuchaytirishda munosabatga kirishuvchilarning fazoda joylashuvi muhim axamiyatga egadir. Nutqsiz kommunikatsiyada qo‘llanilayotgan vositalarning axborotni so‘z bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatini tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Ayni paytda nutqsiz kommunikatsiya – imoishora, pantomimika, nutqning ohangdagi rang-barangligi kabilar asosida ham rivojlanishi mumkin. Ma'lumki, bo‘lajak o‘qituvchilar nazariy bilimlarni egallash bilan birga amaliy malaka va ko‘nikmalarni ham egallashlari zarur. Demak, pedagogik, psixologik bilimlar asosida o‘quvchilarning ilmiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini ta'minlash, darsni loyihalashtirish, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, o‘quvchilarning individual, jamoa, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini tashkil qila olish, sport bilan shug‘ullanish, sayohat uyushtirish va ularga rahbarlik qilish, ota-onalar, jamoatchilik o‘rtasida olib boriladigan tadbirlarga rahbarlik qilish, va boshqa tarbiyaviy malaka hamda ko‘nikmalarni olib borishlaridan iboratdir. Nutqsiz kommunikatsiya vositalari qo`l, barmoq va yuz harakatlari, imo-ishora; ohang, puaza turq-tarovat; kulgi; ko`z yoshi i va shu kabilar 336 Bo‘lajak o‘qituvchilarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish pedagoglik kasbiga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan davrdan boshlanadi. O‘quvchilarning yangi o‘quv materialini tushunib va o‘zlashtirib olishlari uchun o‘qituvchi nutqining takomillashganlik darajasi muhim ahamiyatga egadir. Bolalar pedagogning nutqiy ma'lumotlariga sezgir bo‘ladir. Nutq insonning ongida paydo bo‘lgan fikrning nutq tovushlariga til yordamida ko‘chishi ekan, u ta'sirli yoki ta'sirsiz, grammatik jihatdan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi mumkin. Pedagog bitta so‘zning o‘zini o‘quvchiga goho buyruq, goho iltimos, goho nasihat va boshqa ma'no baxsh etgan xilda, turli ohangda talaffuz eta bilishi kerak. Kommunikatsiya jarayonida teskari aloqalar shakllanadi, ya'ni bola hamsuhbatining yuzlaridagi ifodani o‘qishga, uning ohangida ma'qullash yoki ma'qullamaslik alomatini payqashga, katta yoshdagi kishining so‘zlariga ilova bo‘ladigan va kuchaytiradigan qo‘l - barmoqlari va yuz - harakatining ma'nosini tushunishga o‘rganadi. Ishontirish va ma'qul qilish. Pedagogning o‘zaro ta'sir etishdagi barcha vaziyatlar, asosan to‘rtta o‘zaro bog‘liq munosabatlar orqali amalga oshiriladi: ishontirish, o‘ziga rom qila olish, taqlid qilish, uqtirish. Ishontirish – muayyan mavzu yuzasidan biror fikr yoki xulosani mantiqiy asoslash, ijtimoiy fikr tug‘dirishdir. Ishontirish asosida pedagog o‘quvchilar, sinf, guruh jamoasi, ota-onalar ongiga ta'sir qiladi va ularni shu asosda faoliyat ko‘rsatishga undaydi. Pedagogikning o`zaro ta'sir etish shakllari ishontirish o`ziga rom qila olish taqlid qilish uqtirish 337 So‘z bilan ishontirish eng qiyin tarbiyaviy vositalardan biridir. Buning uchun pedagog yetarli darajadagi salohiyatga, boy tajriba va chuqur dunyoviy, ilmiy, kerak bo‘lsa, diniy bilimlarga ega bo‘lishi lozim. Bunda tinglovchilar fikrini o‘zgartira oladigan mantiq yoki suhbat ohangini tanlash juda muhimdir. O‘qituvchining nutqi o‘zining mazmundorligi, ta'sirchanligi, o‘ziga jalb etish quvvatini mujassam etganligi, go‘zal va ta'sirchan nutq matnini tuza bilish, til boyliklari va badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanishi shartIshonuvchanlik - bu insonning o‘z xulqini boshqa kishi(lar) talabi bilan o‘zgarishi. Ishonuvchanlik - nerv sistemasining normal holati. Lekin uning aks etishi turli hollarda turlicha kechadi. U yoshga (yoshlik davrida yuqoriroq), jinsga (ayollarda ishonuvchanlik yuqoriroq), intellektga (ma'lumot oshishi bilan inonuvchanlik pasayadi), sog‘liq holati (charchaganda, kasallikdan so‘ng ishonuvchanlik yuqori bo‘ladi)ga va boshqa omillarga bog‘liq. Bundan tashqari ishontiruvchi shaxsining nufuzi, salobati, ko‘rinishi, obro‘si ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, taniqli sportchi, mashhur aktyor, xo‘shovoz xonanda, taniqli siyosatshunos,mehnat faxriylarining uzatayotgan axboroti tinglovchilarga zalvorli ta'sir qiladi. Ishontirish faqat o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida sodir bo‘lmasdan, balki oila a'zolari, bolaning tengdoshlari, o‘rtoqlari, turli referent guruhlar bilan muloqotga kirishish natijasida yuzaga keladi. Masalan, Navoiy shahridagi xalq ta'limi a'lochisi, 1-gimnaziya maktabining o‘qituvchisi bu borada shunday deydi: “Pedagoglik tajribamda o‘quvchilar bilan munosabatga kirishishda ishontirish muhim ahamiyatga ega ekanligining guvohi bo‘laman. Jumladan, sinfimdagi o‘rtacha qobiliyatli, sekinlik bilan vazifa bajaruvchi Nodir ismli o‘quvchi borgan sari fanlarni yomon o‘zlashtiradigan bo‘lib qoldi. Mening "Nima uchun fanlarni yomon o‘zlashtirayapsan?",- degan savolimga Nodir "Mening miyam ishlamaydi", -deb javob berdi. Suhbatdan aniq bo‘ladiki, uyda vazifa bajarayotganda buvisi yonida o‘tirgan va uning sekin harakatlanishi va sust fikrlashidan zerikib "Sening miyang ishlamaydi",- der ekan. Bola bu fikrga o‘zini ishontirib yomon o‘zlashtira boshlagan”. Demak, bola bilan muloqatga kirishishda o‘qituvchi hamisha o‘quvchining o‘z kuchi, iqtidori, qobiliyati va ijobiy sifatlarini shakllantira va rivojlantira olishiga ishontira olishi muhimdir. Ishontirish ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchida ijobiy holat - uy vazifasini tayyorlash, sport turlari bilan mashg‘ul bo‘lish, biron ijodiy va 50 Mallaev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: o‘qituvchi, 1998.-112-bet. 339 fan tugaraklariga qatnashish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida goho ifodali, goho hukmron tovushda uni ishontira olishi lozim. Shaxs rivojlanishiga o‘z - o‘zini ishontirishning o‘rni muhim. O‘z - o‘zini ishontirishning yuksak darajasini biz mashhur sportchilar, yoglar, ekvilibristlar faoliyatida ko‘rishimiz mumkin. Ishontirish haqiqiy va soxta bo‘lishi mumkin. Haqiqiy ishonch haqiqiy voqyelikka mos keladi va shaxsning jamiyat oldidagi qadr-qimmatini oshiradi. O‘zining haqiqiy ishonchiga sodiq bo‘lishni biz qahramonlarning jasoratida namoyon bo‘lganini ko‘ramiz. Masalan, Vatan uchun jonini fido qilgan Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Tuychi Eryigitov va boshqalar. Soxta ishonch esa, avvalo sinf jamoasi, qolaversa, jamiyat uchun ham zararli bo‘lgan odatlarni shakllanishiga olib keladi. Soxta ishonch o‘quvchilarning o‘zi va atrofdagilar ta'sirining umumlashuvi natijasida vujudga keladi. Ayrim o‘quvchilarda faqat baho uchun o‘qish, bilim egallashda ko‘r-ko‘ronalik, o‘qituvchi va tevarak-atrofdagilarni aldash, maktab ichki tartib-qoidalarini buzish sohta ishonch paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Yuqoridagi bunday ishonchlar o‘quvchida shakllanib, asta-sekin boqimandalik, o‘qish va mehnat faoliyatida sustkashlik kayfiyatini yuzaga keltiradi. Soxta ishonchni bartaraf qilish o‘qituvchidan astoydil mehnat qilishni talab qiladi. Buning uchun o‘qituvchi, avvalambor sinf jamoasida sog‘lom ijtimoiy fikrni shakllantirishi, muhim ahamiyat kasb etuvchi hayotiy tajriba yaratish, soxta ishonchlarni asosli ravishda inkor qilishi lozim. Birinchi navbatda jamoani shakllantirishga, uni yaqin kelajakda va istiqboliy rivojlanish yo‘nalishlarini yaratishga alohida e'tibor berish zarur. O‘qituvchi har bir o‘quvchidagi ijobiy fazilatlarga asoslangan holda, ahil sinf jamoasi yordamida soxta ishonchlarni bartaraf qilishi kerak. Soxta ishonchlarni o‘zgartirishning quyidagi usullari mavjud: - o‘quvchiga o‘zini boshqalar bilan taqqoslashga undash, uning fikriga qarama-qarshi fikrda bo‘lgan kishi bilan yaqindan tanishtirish (masalan, bola 340 o‘qishni hohlamaydi, lekin uning tanish o‘rtog‘i ko‘p o‘qiydi va biladi, va o‘zini «quruq yodlovchi» yoki «o‘ta bilimdon» qilib ko‘rsatmaydi); - noadekvat (noto‘g‘ri) qarashlar va ishonchsizlik oqibatini ko‘rsatish (masalan, ana shunday xislatlarga ega bo‘lib o‘z hayotini barbod qilgan, o‘z erki, g‘ururi va vijdonini yo‘qotgan kishilar haqida so‘zlab berish. Buning uchun hayotiy misollar, badiiy asar, kinofilmlar va boshqalardan foydalanish); - soxta ishonchni yoqlab himoya qiluvchi o‘quvchining fikrini mantiqiy rivojlantirib, uni hayratga soluvchi holatga yetkazish (masalan, o‘zgalarni aldash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslikning salbiy tomonlarini tushuntirish va boshqalar); - o‘quvchiga o‘z qarashlarini asoslab, isbotlashga imkon berish va ularni alohida birma-bir inkor qilish. Soxta ishonchlar haqiqiy ishonch, ahloqiy tasavvurlar, qadriyatlar va odatlar bilan almashinishi lozim. Mohir pedagog muloqatga kirishganda, o‘quvchini ikkilantirib turgan soxta ishonchlarni bartaraf qilishi kerak. Agar o‘quvchi ishontirish jarayonini erkin, o‘z hohishi bilan qabul qilsa, maqsadga erishish oson bo‘ladi. Ishontirish natijasi o‘qituvchining so‘z ta'sirchanligi va xulqiga ham bog‘liqdir. Tarbiyachining so‘zi va ishi bir bo‘lishi kerak. Masalan, jahl ustida o‘quvchini jazolash (hayfsan e'lon qilish, tanbeh berish, jamoada s bilan qo‘rqitib, so‘ng esdan chiqarib qo‘yishi, o‘quvchilarga va'da berib uni bajarmaslik ishontirish metodi samarasini pasaytiradi. Eng yomoni - o‘qituvchi o‘quvchilarga haqiqat haqida balandparvoz so‘zlarni aytsada, o‘zi kundalik ish faoliyatida unga amal qilmasligidir. Bunday o‘qituvchi jamiyatga katta zarar keltiradi. Ishontirishning yuqori samaradorligi o‘quvchilar bilimlarini (irodaviy hislatlar, to‘g‘ri xulq me'yorlarini tarkib toptirish) mustahkamlovchi mashqlarga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchi xarakterini shakllantirishda mashqlar alohida o‘rin tutadi. Jumladan, 2-Jahon urushi qatnashchisi Tuychi Eryigitovning jasorati haqidagi hikoyalarni o‘qib berish bilangina o‘quvchilarda mardlikni tarbiyalab bo‘lmaydi. Bu holda boshqalar jasoratini ko‘z-ko‘z qiluvchi, undan faqat zavqlanuvchi sub'ekt-tomoshabinni tarbiyalab yetkazish mumkin. Insonni shunday 341 holatga tushirish kerakki, u matonat, chidamlilik, shiddatkorlik va jasurlik sifatlarini namoyon qila olsin. Mehnatsevarlik mehnat haqidagi hikoyalar asosida emas, balki mehnat jarayonining o‘zida tarbiyalanadi. Xuddi shunday, o‘quvchilarda vatanparvarlik hislatlarini shakllantirish va rivojlantirish asosida mardlik, matonat kabi sifatlar, shiddatkorlik asosida esa qo‘rqoqlik va jur'atsizlikni yengishni tarbiyalash mumkin. O‘qituvchining kommunikativ ko‘nikmasi: yuz mimikasiga qarab o‘zgalar holatini tushuna olish, o‘zini namoyish qila bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yuz mimikasiga qarab o‘zgalar holatini tushuna olish – boshqa kasblar singari o‘qituvchilikka ham xos bo‘lgan sifatlardan biridir. Yuz mimikasiga qarab o‘zgalar holatini tushuna olish - biror shaxsning o‘z fikrini namoyon (ya'ni og‘zaki va yozma xolatda) qilmaganda uning yuz tuzilishi, yuzidagi a'zolarning ba'zi bir harakatlaridan anglash, tushuncha olishdir. “Yuzni o‘qish” avvalo psixologik jihatdan idrok, diqqat va kuzatuvchanlikka bog‘liqdir. Insonlarning xursandligini uning yuzidagi ko‘rinib turgan tetiklik, xushchaqchaqlikdan anglashimiz yoki xafalikni esa yuzlarning mayus tortganligi, ko‘zlarning toliqib ko‘rinishidan bilishimiz mumkin. O‘zgalar holatini tushuna olish o‘qituvchi uchun muhimdir. Sababi u qanday holat, sharoitda o‘sgan o‘quvchilarga dars berayotganligini bilishi lozimdir. O‘quvchilarning yurishi, o‘tirishi, harakatidan ularning qay holatda yurganliklarini bilish mumkin. O‘zini namoyon qila olish- bu bilim, malaka, ko‘nikma, odob-axloq, muomala, nutq, munosabat orqali o‘zini namoyon qila olishdir. Pedagogik ta'sir etishning metodi bo‘lgan ishontirish bilan birga uqtirish ham o‘quv-tarbiyaviy jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. Uqtirish-kishilarning muloqot va faoliyati jarayonida o‘zaro ta'sir etish vositalaridan biridir. Inson ruhiyatiga uning o‘ziga sezdirmasdan ta'sir etish, shaxs psixikasi tarkibiy tuzilishiga beixtiyor kirib borish va kundalik hayotdagi qiliqlar, intilishlar, motivlar va yo‘l-yo‘riqlarda uqtirish namoyon bo‘ladi. 342 Uqtirishning mohiyati shundan iboratki, tinglovchi so‘zlayotgan shaxsga to‘la ishonch bildiradi. Bu holda so‘zlovchi tinglovchida aynan o‘zidagi tasavvur, qiyofa va sezgilarni gavdalantiradi va unda to‘liq ishonch hosil qiladi. “Uqtirib ta'sir etishda axborot manbai bo‘lmish so‘zlovchining obro‘ga ega bo‘lishi, ikkinchi tomondan esa tinglovchida ishonch hosil qilishiga erishishdir. O‘qituvchi tahsil oluvchiga muayyan mavzuni uqtirayotganda pedagogik muloqot o‘zaro ta'sir etish jarayoni sifatida ixtiyoriy va ixtiyorsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan uqtirish juda katta tarbiyaviy kuchga ega51 ”- deb yozadi M. Ochilov. Darhaqiqat, pedagogning samarali uqtirib ta'sir ko‘rsatishining zarur shartlaridan biri o‘quvchi va jamoa ruhiyatiga ta'sir qilish natijasida ularda ijobiy hislatlar tarkib topadi. Eng muhimi shundaki, o‘quvchi o‘qituvchi aytgan harakatlarni bajaradi va ularni o‘zi mustaqil o‘ylab topgandek his qiladi. Uqtirishga moyillik inson asab tizimining me'yordagi xususiyatidir. U yosh davriga (yosh bolalarni uqtirish osonroq), jinsga (ayollar uqtirishiga ko‘proq moyil bo‘ladilar), ongni rivojlanishi darajasi (intellekt)ga, salomatlikka (charchaganda yoki kasallikdan yaqinda tuzalgan kishini uqtirish oson bo‘ladi) va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashkari uqtirishga moyillik uqiruvchining obro‘si va uqtirish shakliga qarab ham o‘zgarib turadi. Uqtirishga moyillikning ayniqsa yosh davrlariga bog‘liqligi juda sezilarli. Bolalar 7-10 yoshda juda ta'sirchan bo‘ladilar, shuning uchun ular bilan ishlashda so‘zning uqtiruvchi qudratini oshiradigan alohida usullarini o‘ylab topishga ham zarurat qolmaydi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining hurmati juda yuqori bo‘ladi, o‘quvchilar uning har bir so‘zi, hikoyasi yoki tanbehini aniq haqiqat, deb qabul qiladilar. Yosh oshgan sari o‘quvchilarda tanqidiy fikrga egalik oshadi. Ko‘p hollarda ishontirish va uqtirish o‘zaro bog‘liqdir. Ishontirish va uqtirishning umumiy belgilari: - har ikkalasida ham so‘z ta'sir etish vositasidir; 51 Ochilov M., OchilovaN. O‘qituvchi odobi.- Toshkent: O‘zbekiston, 1996.-172 bet 343 - o‘qituvchining nutq maromi sust, ohangdorligi past bo‘lsa va uning yuz ifodasi hayotiy bo‘lmasa, ishontirish ham, uqtirish ham muvaffaqiyatsiz bo‘ladi. Taqlid qilish- inson ruhiyatini o‘ziga rom qilishning bir turidir. U asosan individning ma'lum bir hulq-atvor, harakat tarzi, qiliqlari takrorlanishini anglatadi. Mashhur psixoterapevt V. L. Levi ichki va tashqi taqlid qilish mavjudligini aniqlagan. Inson o‘zining ichki sezgisi, intuitsiyasi bilan (ong bilan sezish) o‘zgalar xatti-harakati, so‘zi, mimikasini taqlid qiladi. Ichki taqlid qilishda kishining tashqi qiyofasi ham hisobga olinadi. Ichki va tashqi taqlid qilishni bilish yosh o‘qituvchiga o‘z ustida ishlashga xizmat qiladi. Shunday qilib, o‘qituvchining bolaga ta'sir etishida turli kommunikativ ko‘nikmalardan foydalanish zarur. Mohir pedagog muayyan vaziyatda oqilona ta'sir etish vositalaridan foydalana oladi.
Download 261,95 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Download 261,95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MA`RUZA 18-MAVZU: O‘QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI. NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI

Download 261,95 Kb.