• Gender stereotiplari tushunchasi va tasnifi
  • Barcha gender stereotiplarini 3 guruhga ajratish mumkin




    Download 21,57 Kb.
    bet1/4
    Sana21.02.2024
    Hajmi21,57 Kb.
    #160012
      1   2   3   4
    Bog'liq
    gender stereotiplar


    Barcha gender stereotiplarini 3 guruhga ajratish mumkin.
    Birinchisi-maskulinlik/feminlik (yoki femininlik) stereotiplari. Boshqacha aytganda, bu mardlik, latofatlik stereotiplari deb ataladi.
    Birinchi guruhdagi gender stereotiplarni mardlik va latofatlik haqidagi tasavvurlar aksini topgan muayyan shaxsiy fazilatlar va ijtimoiy-psixologik xususiyatlar yordamida erkaklar va ayollarni tasniflovchi stereotiplar sifatida belgilash mumkin.
    •Masalan, ayollarga passivlik, bogʻliqlik, emotsionallik kabi xususiyatlar, erkaklarga esa-faollik, mustaqillik, kompetentlik, jahldorlik va hokazolar xos.
    Gender stereotiplarning ikkinchi guruhi oilaviy, professional va boshqa sohalarda muayyan ijtimoiy rollarni mustahkamlash bilan bogʻliq. Ayollarga, odatda, asosiy rollar sifatida oilaviy (ona, uy bekasi, turmush oʻrtogʻi) rollar, erkaklarga esa professional rollar belgilanadi.
    • Erkaklar oʻz kasb-korida erishgan yutuqlariga qarab, ayollar esa-oilasi va bolalari mavjudligiga qarab baholanadi.
    Gender stereotiplarining uchinchi guruhi erkaklar va ayollar oʻrtasidagi farqlikni mehnatning muayyan turlari bilan shugʻullanish jarayonida oʻz ifodasini topgan. Jumladan, erkaklarga odatda ijodiy va yaratuvchanlik xarakteriga ega instrumental soha faoliyatidagi mashgʻulot va kasblar, ayollarga esa- bajaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi xarakteri bilan farqlanuvchi ekspressiv sohalar xos deb hisoblanadi. Shuning uchun "erkaklarga xos" va "ayollarga xos", deb ataluvchi kasblar mavjudligi toʻgʻrisidagi fikr keng tarqalgan.
    Gender stereotiplari tushunchasi va tasnifi
    Gender tushunchasi inson ijtimoiy hayotining muhim kategoriyalaridan biriga aylanib qoldi. Jamiyatning bir jins vakillari uchun, xulq-atvor meʼyorlari va qoidalarining oʻziga xos yigʻindisi boshqa jinsga qoʻyiladigan talablardan farq qiladi.
    Jamiyatda madaniyat erkaklar va ayollarga turli qadriyatlar va ijtimoiy xulq-atvor normalarini oʻgatib boradi va ularning buzilishini maʼqullamaydi. Jamiyatning turli xil koʻrinishlarida gender tushunchalari farqlanadi, lekin koʻpincha bu tizimlar assimetrik boʻlib, hamma narsa „erkaklik“ (xarakter xususiyatlari, xatti-harakatlari, kasblari va boshqalar) asosiy, muhim va dominant hamda hamma narsa „ayollik“ — ikkilamchi, ijtimoiy ahamiyatsiz va boʻysunuvchi deb taʼriflanadi.
    Erkaklar va ayollar uchun kutilgan xatti-harakatlar (yoki meʼyorlar) majmui, shuningdek, erkak va ayol sifatida qabul qilinadigan faoliyat, vazifalar va mas’uliyatni belgilovchi oʻrganilgan xatti-harakatlar gender rollari deb ataladi. Ular shaxsda jamiyat va madaniyat taʼsirida shakllanadi va rivojlanadi. Gender rollari xilma-xil boʻlib, ularning mazmuni jamiyatning tarixiy rivojlanishi jarayonida oʻzgaradi. Har bir inson xotin, opa-singil, ona, tadbirkor ayol yoki ota, er, doʻst, faxriy talaba va hokazolar kabi turli xil rollarni bajarib keladi. Koʻp rollarni bajarish insonning psixologik farovonligiga hissa qoʻshishi haqida dalillar mavjud. Rollar yoki rollarning tarkibiy qismlari bir-biriga zid boʻlishi mumkin, bu holda ular rol ziddiyatini keltirib chiqaradi. Gender stereotiplarini gender rollaridan — erkaklar va ayollarning oʻzini qanday tutishi haqidagi jamiyatda shakllangan umumlashtirilgan gʻoyalar (eʼtiqodlar) dan farqlanishi kerak.
    Buning uchun erkak va ayolni turli yoʻllar bilan tasvirlaydigan maxsus atamalar va soʻzlar mavjud boʻlib, barchasi alohida aks ettirilgan jamoat ongining namoyon boʻlish shakllari — stereotiplarni mujassam etadi. Anʼanaga koʻra, stereotip soʻzi maʼlum bir sxema sifatida tushuniladi, uning asosida axborotni idrok etish va baholash amalga oshiriladi. Ushbu sxema maʼlum bir hodisani, ob’ektni umumlashtirish funktsiyasini bajaradi. Odatda uning yordami bilan inson harakat qiladi hodisalarni baholaydi yoki oʻylamasdan avtomatik ravishda harakat qiladi.
    Ijtimoiy stereotip tushunchasi shaxsning qobiliyatini bildiradi. Atrofdagi dunyoni umumlashtirilgan tarzda baholash, ijobiy xulosalar va tanqidiy xulosalar chiqarishga, uning asosi boʻlib xizmat qiladi. Ijtimoiy stereotiplarning ijobiy tomoni shundan iboratki, maʼlumot yetishmasligi yoki davom etayotgan oʻzgarishlar va sharoitlarda tezda harakat qilishni oʻrgatadi.

    Download 21,57 Kb.
      1   2   3   4




    Download 21,57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Barcha gender stereotiplarini 3 guruhga ajratish mumkin

    Download 21,57 Kb.