|
MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
| bet | 20/28 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 261,95 Kb. | | #115081 |
Bog'liq Umumiy pedagogika majmuaMAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Ta'lim metodlari deb nimaga aytiladi?
2. «Ta'lim usuli», «pedagogik texnologiya», «metodika» tushunchalariga izoh bering.
3. Ta'lim metodlari tasnifini izohlang.
4. Ta'lim metodlarining mazmun-mohiyatini bayon eting.
5. Ta'lim vositalari deganda nima tushuniladi?
6. Ta'lim vositalari tasnifini izohlang.
7. Ta'limning texnik vositalariga nimalar kiradi?
ADABIYOTLAR:
1. Selevko G. K. Sovremennыe obrazovatelnыe texnologii.- M., Narodnoe obrazovanie, 1998g.
2. Zimnyaya I.A. Pedagogicheskaya psixologiya . -M., «Logos»,2012.132-186 betlar.
3. Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida, -Toshkent: O‘qituvchi, 2006.-296 bet.
4. Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. O’quv qo’llanma – T.: “IqtisodMoliya”, 2010.
5. Qurbonov Sh, Seytxalilov E. Ta'lim sifatini boshqarish. -Toshkent: TuronIqbol, 2006. -592 b.
11-MA`RUZA
11-MAVZU: O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI TASHXIS ETISH
REJA:
1. Didaktik jarayonni diagnostika qilish
2. Nazorat turlari va ularni o’tkazish shakllari
3. Ta'lim sifati monitoringini olib borishdan ko‘zlangan maqsad
Tayanch tushunchalar: tashxis, nazorat, hisobga olish, tekshirish, baholash, baho, ta'lim sifati, monitoring. Ta'lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir. Diagnostika (yunon tilida «dia»- shaffof, «gnosiss»-bilim degan ma'noni bildiradi)-o‘rganilayotgan ob'ekt yoki jarayon to‘g‘risida aniq ma'lumot olishning umumiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi . Diagnostikaning ahamiyatini meditsina nuqtai nazaridan qarasak, kasallik belgilari va ularni kelib chiqish sabablari to‘g‘ri aniqlansa, davolanish natijasida bemor tuzalib ketishining kafolati oshadi. Xato diagnoz esa faqat shifokorlarning aqliy harakatini yo‘qqa chiqaribgina qolmay, balki kasalning tuzalish imkoniyatini ham susaytirishi mumkin. Tana “O‘qituvchi matonatli sof vijdonli, rostgo‘y, bolani tarbiyalash yo‘llarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. Muallim o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim” Abu Ali ibn Sino 211 a'zolari salomatligi to‘g‘risida aytilgan ushbu fikrlar ta'lim sifatini o‘rganishga ham bevosita aloqadordir. Didaktik va tarbiyaviy jarayonlarda pedagogik diagnostika- pedagogik omillarning samaradorligini oshirish maqsadida shaxsga axloqiy, intellektual, estetik, jismoniy, sotsiologik, ekologik va ijtimoiy -psixologik ta'sir ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ta'lim oluvchilarning shaxsiy-xarakterologik sifatlarini aniqlash metodikasini egallash, uni pedagogik amaliyotga tatbiq etish, kasbiypedagogik tayyorgarlikning muhim unsurlaridan biridir.
Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Didaktik tashxislashning maqsadi o‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq holda, o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
Diagnostika (tashhis) nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Diagnostika (tashhis) nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o‘z ichiga oladi. Ta'lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari. Ta'lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri – nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta'lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim.
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida aks aloqani ta'minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida obektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat. O‘quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ko‘rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak: Tekshirish tizimidagi birinchi bo‘g‘in ta'lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘quvchilar tomonidan avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli bo‘ladi. Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo‘g‘ini har bir mavzuni o‘zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta'lim oluvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o‘zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o‘rgatishdir. Bunday tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular o‘quv materiali mazmuni, murakkabligi, o‘quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta'lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi. 217 Takroriy tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bo‘g‘ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo‘lishi mumkin. Yangi mavzuni o‘rganish bilan birga o‘quvchilar avval o‘rganilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko‘maklashadi, biroq o‘quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarni o‘zlashtirish mustahkamligi darajasini tashxislash imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan birga qo‘llanilsagina kutilgan samarani beradi. Tizimning to‘rtinchi bo‘g‘ini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida o‘rganilgan o‘quv materialining strukturaviy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi – tizimlashtirish va umumlashtirish. Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo‘g‘in ta'lim oluvchilarning ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O‘zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. U olingan baholarni qo‘shib, o‘rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo‘lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda amaldagi ta'lim olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir. Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. O‘zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va xokazolar baho ko‘rinishida qayd etiladi. O‘quvchining o‘zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. O‘qituvchi o‘qitish bilan bir vaqtda o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga harakat qilishini va uni amalda qo‘llash malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak. Hisobga olish natijasida o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham o‘zlarining keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O‘zlashtirishni hisobga olish o‘quvchilarning bilish faoliyatini rag‘batlantirib, ma'lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o‘zlashtirishni hisobga olish o‘qituvchining faoliyatini ham tashkil etadi. O‘qitish metodlari va shakllarining tabora takomillashuvi natijasida baho o‘qituvchining pedagogik mahorati ko‘rsatkichiga aylanmoqda va o‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Nazorat qilish vazifasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi hamda o‘qituvchining o‘quv metodlarini va usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o‘quv materiallarini o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘liqdir. O‘qitish vazifasi o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan ma'lumotlarni bilib olishlariga imkon tug‘iladi. Nazoratning tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o‘rganadilar.
Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.
Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, xis-tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu esa o‘z-o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi. Ta'lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari. Pedagogikada o‘quvchilarning ta'lim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolislik Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi. 219 (obektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko‘rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi. Xolislik (obektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta'lim oluvchilarga do‘stona munosabati hamda bilim, ko‘nikma va malakalarni baholashning aniq ko‘rinishda belgilangan mezonlaridan iborat. Amalda tashxisning xolisligi qo‘yilgan baholar nazorat metodlari va vositalaridan, tashxis o‘tkazgan o‘qituvchidan qat'iy nazar hamma vaqt mos kelishini anglatadi. Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash nazoratini ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida – bilimlarni boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida olib borish kerak. Tizimlilik barcha ta'lim oluvchilar o‘quv muassasida bo‘lgan birinchi kundan boshlab oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta'lim oluvchining bilimi va egallashi lozim bo‘lgan barcha jihatlarni ishonchli tekshirish uchun ta'lim nazoratini tez-tez o‘tkazish kerak. Tizimlilik tamoyili tashxis o‘tkazishga bir butun yondashuvni talab etadiki, bunda nazorat, tekshirish, baholashning turli shakllari, metodlari, vositalari uzviy o‘zaro bog‘liqlikda va birlikda qo‘llaniladi, bir maqsadga xizmat qiladi. Bu kabi yondashuv tashxisning ayrim metodlari va vositalarini mutloqlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi. Ko‘rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta'lim oluvchilarni aynan bir xil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir o‘quvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e'lon qilish va motivatsiyalashni talab etadi. Baho mo‘ljal (orientir) bo‘lib, ta'lim oluvchilar unga muvofiq o‘zlariga qo‘yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi. Tamoyilni amalga oshirishning zarur sharti tashxislash natijalarini e'lon qilish, ularni manfaatdor shaxslar ishtirokida muhokama va tahlil qilish, nuqsonlarni tuzatishning istiqbolli rejalarini tuzish hisoblanadi. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari. Hozirgi davr pedagogik amaliyotida o‘quvchilar o‘quv faoliyatini nazorat 220 qilishning qo‘yidagi turlaridan foydalaniladi: joriy nazorat; oraliq nazorat; yakuniy nazorat. Joriy nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning har bir o‘quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o‘rganilgan mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini tekshirishni o‘z ichiga oladi. Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi. Joriy nazorat o‘qituvchini har bir o‘quvchining o‘quv faoliyati bo‘yicha tezkor ma'lumotlar bilan ta'minlaydi, o‘qitish jarayonini boshqarishda yaxshi natija beradi, o‘zlashtirmagan o‘quvchilarni o‘z vaqtida aniqlaydi, o‘zlashtirmaslikni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilaydi. Oraliq nazorat – bu o‘quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki bo‘limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o‘qituvchi dars jadvali asosida darsda o‘quv materialining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda o‘tkazadi. Oraliq nazorat o‘tkazishdan oldin o‘quvchilar ogohlantiriladi. Har bir oraliq nazorat savollari alohida-alohida shkala asosida baholanadi. Yakuniy nazorat – choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo‘linadi. Yakuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi. Nazoratning shakli o‘quv ishini tashkil etish shakliga bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchi uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi. Nazoratning asosiy besh shakli mavjud: nazoratning ommaviy (frontal) shaklida o‘qituvchi o‘quvchilarga materialning ma'lum bir hajmi bo‘yicha savol beradi, o‘quvchilar unga qisqa javob qaytaradi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchini nazorat qilishni ta'minlaydi va butun guruhni faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o‘quvchilarning bilim darajasini har tomonlama aniqlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi. nazoratning guruhli shaklida o‘quvchilarning ma'lum bir qismi nazorat qilinadi. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar guruhiga vazifa beriladi va uni shu guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa o‘quvchilar ham qatnashishi mumkin. 221 Guruh ishlayotgan paytda qolgan o‘quvchilar bo‘sh qolmaydi, ular o‘rtoqlarining bajargan ishlarini baholash uchun o‘z ustilarida ishlab o‘tiradi. nazoratning individual shaklidan har bir o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. Nazoratning bu shaklida, odatda o‘quvchilar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi. nazoratning kombinatsiyalangan aralash shakli individual nazoratni ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi. Bu nazoratni hajmi katta mavzularni barcha o‘quvchilardan so‘rash kerak bo‘lgan vaqtda foydalanadi. Har bir o‘quvchiga alohida topshiriq beriladi va bir vaqtda bir nechta o‘quvchini tekshirish mumkin bo‘ladi. o‘z-o‘zini nazorat qilish shakli ta'lim jarayonida ichki qayta aloqaning bo‘lishini ta'minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik mezonlarga asoslanadi. Uning samaradorligi o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan an'anaviy usullaridan biridir. Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savollar beradi va ularni javob berishga undaydi. Ana shu tarzda ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham ataladi. Og‘zaki tekshirishda o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Yozma tekshirish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar: og‘zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish, uy vazifalarini tekshirish. 222 o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma'lum bo‘limini o‘tib bo‘lganidan so‘ng oz vaqtning ichida barcha o‘quvchilarni tekshirishi mumkin. Yozma tekshirish nazorat ishi, insho, bayon, diktant yordamida olib boriladi. Ammo o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida bevosita aloqaning yo‘qligi sababli uning fikrlashini kuzatish imkoni bo‘lmaydi. Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiymatematik sikldagi fanlardan o‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olishda keng foydalaniladi. Bu usul yordamida o‘quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish malakasi aniqlanadi. Uy vazifasini tekshirish. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish uchun ulardan uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv ishiga bo‘lgan munosabatini, o‘rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari va kompe-tentsiyalarini baholash mezonlari. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetentsiyalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. Chunki u o‘quv adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetentsiyalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin: «5» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi dasturdagi materialni to‘liq o‘zlashtirib olgan bo‘lsa; b) o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy fikrlarni ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda erkin qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon qilishda, yozma ishlarda xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, ma'lumotlarni tushuntirib bera olsa. 223 «4» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi. «3» baho yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirib berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa. «2» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o‘zlashtirmagan, b) yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi. Ta'lim sifati monitoringi. «Monitoring» atamasi ilk maratoba Birlashgan Millatlar tashkilotining 1972-yil iyun oyida Stokgolm konferensiyasini tashkil etish arafasida «nazorat» atamasiga muqobil sifatida ishlatila boshlangan. «Monitoring – inglizcha atama bo‘lib, «uzluksiz kuzatish» degan ma'nosini anglatadi. Monitoringga ijtimoiy boshqaruv nazariyasida eng muhim, boshqaruv sohasidagi nisbatan mustaqil bo‘lim sifatida qaraladi hamda ta'lim monitoringi doirasida pedagogik faoliyat natijalari yuzaga chiqariladi va baholanadi. Respublikamizda umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘qitish sifati monitoring tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan. Umumiy o‘rta ta'lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat: ichki nazorat – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta'lim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi; tashqi nazorat – ta'lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq ta'limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi; davlat-jamoatchilik nazorati – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq ta'limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi; milliy va xalqaro darajada baholash – Hukumatning tegishli qarori 224 hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq ta'limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi O‘qituvchilar yoki maktab ma'muriyati, o‘quvchilarning o‘zlari, ota-onalar va jamoatchilik vakillari o‘quvchilarning bilimlarini o‘quv maqsadlari asosida tekshiradilar. Mazkur yo‘nalish o‘ziga xos bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, baholash bevosita o‘quvchining sinfda amalga oshirilgan ishlari bilan bog‘liq, bunda o‘qituvchi turli metodlardan (masalan og‘zaki so‘rov o‘tkazish, amaliy mashq bajarish, test va h.k.) foydalanib, o‘quvchi tomonidan bajarilgan ishlarga baho qo‘yadi. Baholash jarayoni tizimli ravishda o‘quv choragi va o‘quv yili davomida olib boriladi. Bunday baholashda o‘qituvchilar, maktab monitoring guruhi o‘quvchilarning o‘zlashtirishi sifati, o‘quv yutuqlariga asosiy me'yor bo‘lgan davlat ta'lim standartlariga taqqoslagan holda individul baho beradilar. Baholashning ikkinchi turi hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralari tomonidan amalga oshiriladigan hududiy o‘qitish sifati monitoringi hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar tomonidan davlat ta'lim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirish dinamikasini tizimli kuzatiladi, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar va ularning kelib chiqish omillarini aniqlanadi hamda bartaraf etish chora-tadbirlari rejalashtiriladi. Shu sababli zamonaviy shaxsga, raqobatbardosh mutaxassisga qo‘yilgan talablarning ortib borishi eng avvalo ta'lim muassasalari va hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralaridagi alohida tuzilmalar tomonidan ta'lim sifati monitoringini tizimli va maqsadli amalga oshirishni talab etadi. Ta'lim muassasalarida monitoring – yaxlit tizimning holati va dinamikasini kompleks kuzatish, tahlil qilish, korrektsiyalash hamda prognozlash jarayoni hisoblanadi. Baholashning keyingi uchinchi turi – davlat attestatsiyasi va ta'lim muassasalarining akkreditatsiyasi hisoblanadi. Ular davlat tomonidan yoki uning nomidan vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladi. Ularda qatnashish huquqiga muayyan talablarga javob beradigan barcha o‘quvchilar ega. Mazkur baholash muayyan ta'lim bosqichi yoki turi tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi. Ularning asosiy va ijtimoiy jihatdan muhim vazifalari bitiruvchilar va ta'lim 225 muassasalarining davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmalarni bajarish holatini tahlil qilish imkonini beradi. Umummilliy baholash – barcha o‘quvchilarni yoki ma'lum bir guruhdagi o‘quvchilarni tanlab olish yo‘li bilan muntazam ravishda o‘quvchilar o‘quv yutuqlari darajasini milliy standartlarga nisbatan mosligini baholash hisoblanadi. Mazkur turdagi baholash o‘quv dasturlari asosida olinib, imtihonlardan farq qiladi. Birinchidan, alohida olingan o‘quvchilarning bilim va malakasi darajasi emas, balki tizimning ishlash natijalari o‘lchanadi. Ikkinchidan, milliy baholash natijalari muayyan yoshdagi yoki sinfdagi o‘quvchilarning umumiy o‘zlashtirish darajasining «rentgen surati» sifatida foydalaniladi va milliy standartlarning ko‘p muddatda monitoringini olib borishga xizmat qiladi. Tanlash yo‘li bilan o‘tkazilgan umummilliy baholash qisqa muddatlarda va iqtisodiy jihatdan arzonroq o‘tkazish imkoniyatini beradi. Uning natijalari ma'lum o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘quv yutuqlari to‘g‘risida qimmatli ma'lumotlarni berishi mumkin. Xalqaro baholashni yaqin 15–20 yilda tashkil etish yo‘lga qo‘yilib, ularda bir necha mamlakatlar o‘quvchilarining o‘quv yutuqlari tanlov yo‘li bilan baholanadi. Bunday keng qamrovli tadqiqotlarning asosiy maqsadi qamrab olingan muayyan yoshdagi (masalan, 13 yoshdagi o‘quvchilar) yoki sinfdagi o‘quvchilarning bir yoki bir necha o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv yutuqlarini baholash va bir qator mamlakatlar kesimida qiyoslashdan iborat. Misol tariqasida matematika va tabiiy fanlardan o‘tkazib kelinayotgan – TIMSS (Trends in International Mathyematis and Siene Study –Xalqaro matematika va tabiiy fanlarning o‘rganishdagi tendensiyalari)ni keltirish mumkin. TIMSS ning birinchi xalqaro tadqiqotida 38 mamlakatning 4-, 8- va umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining bitiruvchilari (11- va 12-sinf o‘quvchilari) qamrab olingan. Oxirgi uchinchi tadqiqotida esa 46 mamlakat o‘quvchilari qatnashganlar. Yana bir o‘quvchilar ta'limiy yutuqlarini xalqaro baholash dasturi – PISA (Programm for International Student Assessment) tadqiqoti hisoblanadi. Bu tadqiqot birinchi marta 2000-yilda o‘tkazilib, unda 32 mamlakatning 15 yoshli o‘quvchilari qatnashgan. PISA da asosiy e'tibor o‘quvchilarning o‘qish, 226 matematika va tabiiy fanlar (fizika, ximiya, biologiya)dan olgan bilimlarini turli hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishlarini baholashga qaratilgan. Uchinchi xalqaro tadqiqot – PIRLS da turli mamlakatlar boshlang‘ich maktablari bitiruvchilarining matnni o‘qish va uni tushunish darajasi baholanadi. Mazkur tadqiqotlarning maqsadi – o‘quvchilar yutuqlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni jamlash va ularni xalqaro miqyosda qiyoslash bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra ta'lim siyosati masalalari hamda o‘quvchilar o‘zlashtirishidagi tafovutlarni yaxshiroq anglab yetishga qaratilgan xalqaro muloqot olib boriladi. Xalqaro tadqiqotlar nufuzining oshib borishi bugungi dunyoda globallashuv jarayonlari natijasida mustaqil hayotga kirib kelayotgan o‘quvchilarga mehnat bozorida qanday bilim va ko‘nikmalar kerakligi to‘g‘risidagi ijtimoiy buyurtmalarni hamda raqobatbardosh mutaxassislarga qo‘yilgan talablarni kengayib borayotganligidan darak beradi. Ta'lim sifati monitoringini olib borishdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar tomonidan davlat ta'lim standartlari talablarining bajarish dinamikasini tizimli kuzatish, ta'lim sifatiga ta'sir etgan omillarni aniqlash, ta'lim muassasalari, hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralari, metodik xizmat va malaka oshirish tizining faoliyatini baholab, rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni belgilash, keyingi holatni bashoratlash natijasida ta'lim sifatini oshirishdan iborat.
|
| |