Journal of Pedagogy and psychology in modern education
, Vol. 3 No.5 (2023) October
13
ZAMONAVIY O‘QITUVCHI VA UNGA QO‘YILADIGAN
TALABLAR
Xudoyqulova Gavhar Sulton qizi
JDPU 1-bosqich magistranti.
gavharxudoyqulova96@gmail.com
Annotatsiya
:Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim
jarayonini tashkil etishda va o‘quvchilarni tarbiyalashda o‘qituvchilarning
zamon
talabiga mos zamonaviy mutaxassis bo‘lib shakllanishi yuzasidan masalalar yoritib
o‘tilgan.
Kalit so‘zlar
:o‘qituvchi, zamonaviy, mahorat,
matonatli, psixolog,
kompetentlik, kompetensiya, pedogogik kompetentlik.
O‘qituvchilik – inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran
davom etib,
shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq
e’zozlab kelingan kasbdir. “O‘qituvchi –
deydi Abu Nasr Al- Forobiy, - aql-
farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan
fikrlarini to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur.” U o‘z fikrini davom ettirib:
“O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu
sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining
barchasini eslab qolishi, aql-
farosatga, ravon nutqqa ega bo‘lishi, o‘qituvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini
to‘la va aniq ifodalab berishni bilmog‘i lozim. Shu bilan birga o‘z
nomusini
qadrlashi, adolatli bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak
darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi,” – deb ta’kidlaydi. Abu Ali Ibn
Sinoning
fikricha, “O‘qituvchi matonatli,
sof vijdonli, rostgo‘y va bolani
tarbiyalash metodlarini, ahloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim.
Mahoratli ustoz o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, aql
qatlamlariga kira olmog‘i lozim.” Nosiriddin Tusiy o‘zining “O‘qituvchilarni
tarbiyalash to‘g‘risida” degan asarida shunday deydi: “... O‘qituvchi munozaralarni
olib borishi, rad etib bo‘lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining
to‘g‘riligiga ishonishi,
nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan
bo‘lishi lozim... o‘qituvchi nutqi hech qachon
va hech qayerda zaharxandali,
qo‘pol
yoki
qattiq
bo‘lishi
mumkin
emas.