• O‘qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari quyidagilardir
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
  • Microsoft Word Gavhar Xudoyqulova




    Download 88,35 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/2
    Sana22.05.2024
    Hajmi88,35 Kb.
    #249768
    1   2
    Bog'liq
    9251-Текст статьи-22258-1-10-20231122

    Zamonaviy 
    maktab 
    o‘qituvchisi 
    qator 
    vazifalarni 
    bajaradi
    :
    O‘qituvchi – sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. Ustoz o‘quvchilar uchun 
    dars payti, qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham 
    kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbai hisoblanadi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar 
    sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘ladilar.
    Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. Shuning uchun 
    ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar 
    jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. 


    Journal of Pedagogy and psychology in modern education
    , Vol. 3 No.5 (2023) October 
    14 
    Ma’lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan 
    biridir. Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablaridan eng muhimi o‘qituvchining 
    shaxsi va uning kasbi bilan bog‘liq xislatlariga qaratilgan. 
    O‘qituvchining 
    eng 
    muhim 
    shaxsiy 
    xislatlari 
    quyidagilardir:
    - O‘qituvchining o‘z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik 
    ruhida tarbiyalash istagi, o‘z yurti, ona tili, o‘z xalqining tarixi va uning 
    madaniyatini sevishi, davlatning mustaqilligi g‘oyasida yashashidan iboratdir;

    Ijtimoiy 
    javobgarlikni 
    yuksak 
    darajad 
    his 
    etishi;

    Oliyjanobligi, 
    aql-farosatli, 
    ma’naviy 
    pok;

    O‘zini 
    qo‘lga 
    ola 
    bilishi, 
    sabr-toqatli, 
    bardam, 
    matonatliligidir.
    -Jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagichadir:
    - Keng bilim saviyasiga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;
    - Yosh pedagogik psixiologiya, ijtimoiy psixiologiya va pedagogika, yosh 
    fiziologiyasi hamda makyab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi;
    - O‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi, 
    sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;
    -Bolalarni 
    bilishi, 
    uning 
    ichki 
    dunyosini 
    tushuna 
    olishi;
    - Pedagogik texnikani ( mantiq, nutq, ta’limnig ifodali vositalari) va pedagogik 
    taktga 
    ega 
    bo‘lishi;
    - O‘qituvchining o‘z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib 
    borishi. Har bir o‘qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan 
    bo‘lishi 
    uchun 
    intilishi 
    kerak.
    -
    Zamonaviy o‘qituvchi o‘zining bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliyotda, ya’ni 
    ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda samarali qo‘llay olishi - kasbiy 
    kompetentligining eng asosiy komponentidir. Jumladan, – dunyo va mamlakatda 
    ta’lim taraqqiyoti bosqichlarini bilishi, xalq ta’limi tizimida o‘quv-tarbiya jarayoni 
    mazmunini 
    ta’minlashga, 
    uzviylik 
    va 
    uzluksizligiga 
    amal 
    qilish;
    – kompyuter, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va 
    pedagogik 
    faoliyatida 
    qo‘llay 
    olish 
    ko‘nikmalariga 
    ega 
    bo‘lish;
    – talabalarning ruhiy, jismoniy rivojlanishi va yosh hususiyatlari qonuniyatlarini 
    bilishi, 
    ta’lim-tarbiyada 
    pedagogik-psixologik 
    yondashuvga 
    asoslanish;
    – o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda darsning aniq bosqichi uchun 
    samarali zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari hamda metodlarni 
    to‘g‘ri 
    tanlash 
    va 
    qo‘llay 
    olish 
    ko‘nikmasiga 
    ega 
    bo‘lish;
    – o‘quv-tarbiya va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida bolalar hayoti va 
    sog‘ligi, texnik hamda axborot havfsizligini ta’minlashga tayyor bo‘lish;
    – dars jarayonida mediaresurslar va elektron tarmoq imkoniyatlaridan samarali 
    foydalanish 
    hamda 
    mediahavfsizlik 
    me’yorlariga 
    amal 
    qilish;
    -O‘qituvchilar 
    umumta’lim 
    fanlarini 
    o‘qitish 
    darsining 
    mazmuniga 
    mediamadaniyat va mediaxavfsizlik tushunchalarini singdirib borishi, ularga 
    axborot texnologiyalarining cheksiz ijobiy imkoniyatlari, afzalliklari bilan bir 
    qatorda salbiy ta’siri va oqibatlaridan o‘zini himoyalash yo‘llarini ham o‘rgatish 


    Journal of Pedagogy and psychology in modern education
    , Vol. 3 No.5 (2023) October 
    15 
    lozim. Bunda talabalarda axborot bilan ishlash kompetensiyasini quyidagilarni 
    inobatga 
    olgan 
    holda 
    rivojlantirish 
    maqsadga 
    muvofiqdir:
    – talabalarda axborot texnologiyalarining hayot va jamiyatdagi roli, imkoniyatlari 
    va qo‘llash doirasi, shuningdek, uning salbiy oqibatlari va ulardan himoyalanish 
    haqidagi 
    tushunchalarni 
    shakllantirish;
    – ta’lim olish va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida elektron resurslar, o‘quv 
    dasturlari va boshqa o‘quv-metodik mahsulotlarning afzalliklarini anglash va 
    qo‘llashni 
    o‘rgatish;
    – masofadan ma’lumot almashish lokal va global tarmoqda ma’lumot qidirishni va 
    bu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-hatardan saqlanish hamda 
    mediamadaniyat 
    qoidalariga 
    rioya 
    qilish.
    Yoshlarimizda yangi zamonga mos hayotiy mo‘ljallarini belgilashda chalg‘imaslik, 
    axborot makonida o‘zlariga kerakli manzilni aql-idrok, halollik va mehnatsevarlik 
    bilan topish, Vatan taraqqiyoti va yurt faravonligiga o‘z hissasini qo‘shish kabi 
    fazilatlarni tarbiyalash biz pedagoglarning burchidir. O‘qituvchilar umumta’lim 
    fanlarini o‘qitish darsining mazmuniga O

    qituvchiga jamiyat tomonidan 
    qo

    yiladigan talablar, turli xilldagi ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, 
    uning, shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorgarligi muayyan 
    o‘qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorgarligidan dalolat beradi. 
    Muhim davlat vazifasini – Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirayotgan 
    zamonaviy
    maktab o‘qituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati, asosan, amaliy 
    ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o‘sib rivojlana boradi. Shu bilan 
    birga o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib, o‘zishining 
    muvaffaqiyatini yuqori darajada ta’minlashga yordam beradigan shaxsiy 
    xislatlarini tarbiyalab borishi zarur. Jamiyat uchun o‘qituvchining o‘rni va roli 
    beqiyos. Ularning saviyasi jamiyatni yo tubanga, yoki yuksakka olib boradi. 
    Tushunarli bo‘lishi kerakki, o‘qituvchi – ulkan mas’uliyatli, hur fikrli va o‘sib 
    boruvchi bilim egasi. Zamonaviylik uning majburiy sifati, bilimiga qanady talab 
    bo‘lsa, unga ham shunchalik qat’iy talab bo‘ladi. Ya’ni bilimini bu zamonga 
    muvofiqlashtirib borilmasa, nafi va dollzarbligi kamayib boradi. Demak, keng 
    dunyoqarash, hur fikrlash va zamonaviylik – o‘qituvchining majburiy kasb talabi. 
    O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat 
    – yengilmas kuch” asarida haqli ravishda ta’kidlaganidek, “ agarki dunyo 
    imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi 
    o‘qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o‘ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan 
    bo‘lamiz”. Darhaqiqat, o‘qituvchi, jamiki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, 
    balki ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan mo‘tabar 
    zotdir.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
    1. I. Karimov. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. Toshkent, 2008-yil.
    2. O‘zbekiston Republikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, 
    Toshkent, 1997-yil


    Journal of Pedagogy and psychology in modern education
    , Vol. 3 No.5 (2023) October 
    16 
    3. M. Davletshin. Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixiologiyasi. 
    Toshkent, 2003-yil 
    4.
    Mukarram Axmedova ”Pedagogik kompetentlik”,Тoshkent, 2018-yil 

    Download 88,35 Kb.
    1   2




    Download 88,35 Kb.
    Pdf ko'rish