• 14-MA`RUZA 14-MAVZU: TALIM SIFATI VA TALIM SIFATI MENEJMENTIGA INNOVATSION YONDASHUVLAR REJA
  • Axborot texnologiyalari va menejment universiteti




    Download 261,95 Kb.
    bet23/28
    Sana10.12.2023
    Hajmi261,95 Kb.
    #115081
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika majmua

    ADABIYOTLAR:
    1. Abdullaev F.A. Ta’lim sifati menejmentida axborot texnologiyalarining o‘rni.- Toshkent: Komron-Press, 2016.-186 b.
    2. Kuxarev N. V. Na puti k professionalnomu sovershenstvu. – Moskva: Znanie, 2009. -159 s. 3
    . Yuldashev M.A. Ta’lim sifati menejmentiga innovatsion yondashuvlar.- Toshkent: Moliya,2017.- 122 –bet
    14-MA`RUZA
    14-MAVZU: TA'LIM SIFATI VA TA'LIM SIFATI MENEJMENTIGA INNOVATSION YONDASHUVLAR
    REJA:
    1.Ta'lim sifati mohiyati. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanishi
    2. Sifatning yalpi boshqaruvini joriy etish
    3. Ta'limning xalqaro standartlari haqida tushuncha
    Tayanch tushunchalar: ta'lim, shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari, ta'lim sifati, boshqarish, xalqaro standartlar.
    Ta'lim sifati mohiyati. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanishi. Har qanday mamlakatning kuch – qudrati uning intellektual salohiyati bilan belgilanadi. Bu esa bevosita ta'lim sifatiga bog‘liq. Jamiyat va ta'lim yaxlit bir tizimni tashkil etadi. Jamiyatda kechayotgan har qanday global jarayonlar, ta'lim holatida o‘z aksini topadi. Uzluksiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan davlat dasturlari, hukumat qarorlari, ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga qaratilayotgan e'tibor, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta'lim sifatini oshirishdagi mavjud muammolarning yechimini topish, ta'lim mazmunini takomillashtirish bilan bir qatorda, uning sifatini ilmiy asosda boshqarishni ham taqozo etmoqda. “Sifat” tushunchasi pedagogika fanida: bir predmet yoki hodisani boshqasidan farqlovchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar, xususiyatlar, o‘ziga xosliklar; shuningdek, u yoki bu xususiyatlarning mukammal darajaga o‘sishini ko‘rsatuvchi jarayon, ma'naviy-ma'rifiy kategoriya sifatida talqin qilinadi. “Ta'lim sifati” so‘z birikmasi mamlakatimizda ilk bor 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ta'lim sifati ustidan davlat nazoratiga bag‘ishlangan modda va bo‘limlarida rasmiy ravishda qayd etildi. Bu esa o‘z navbatida mazkur sifatni ta'minlashga doir qator amaliyotlar va nazariy konsepsiyalarning yaratilishiga turtki bo‘ldi. 259 Ta'lim sifati deganda faqatgina tahsil oluvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarining davlat ta'lim standartlariga mos kelishi tushunilmasdan balki har bir pedagog va rahbarning mazkur yo‘nalishda sifatli ta'lim xizmatini ta'minlashi, ya'ni ta'lim muassasasining muvaffaqiyatli ravishda faoliyat olib borishi tushuniladi.. Ta'lim sifati – bu shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiq boshlang‘ich, umumiy, kasbiy va qo‘shimcha ta'lim tizimi tomonidan (turli yoshdagi, jinsdagi, jismoniy va ruhiy holatdagi) aholiga taqdim etilayotgan ta'lim xizmatlarining qamrovi va darajasini aks ettiruvchi majmuaviy tavsif. Sifatli ta'lim har bir shaxsga uning manfaatlariga muvofiq ta'limni davom ettirish imkoniyatini bermog‘i lozim . Ta'lim sifati, – nafaqat tahsil oluvchilar bilimining davlat standartlariga mosligi, balki ta'lim muassasasining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, har bir pedagog va rahbarning ta'lim xizmatlari sifatini ta'minlashdagi faoliyati hamdir. Shuningdek, zamonaviy ta'lim muassasasida ta'lim sifati erishilgan miqdoriy va sifat natijalarining darajasini, ta'lim jarayonini tashkil etish va mazkur jarayon amalga oshadigan sharoitlarni aks ettiruvchi tavsiflar to‘plamida ifodalanadigan maqsad va natijalarning nisbati sifatida aniqlanadi. Mamlakatimizda ta'lim sifatini ta'minlashning huquqiy asoslari sifatida xizmat qilayotgan “Ta'lim to‘g‘pisida”gi Qonuni (7-modda), Kadrlap tayyoplash milliy dastupiga muvofiq pespublikada idopaviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllapidan qat'iy nazap ta'lim muassasalapining bapcha tuplapi uchun majbupiy bo‘lgan Davlat ta'lim standaptlapi (DTS) joriy qilinishi, standaptlashtipish ob'ektiga nisbatan me'yoplap va talablapning belgilanishi, “Standaptlashtipish to‘g‘pisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tasdiqlanishi “Davlat ta'lim standaptlapi to‘g‘pisida”gi nizomda qayd etilgan, shuningdek, mazkur nizomda, DTS: - kadplap tayyoplash sifati, ta'lim mazmuni, ta'lim oluvchilap tayyopgapligining zapup va yetapli dapajasi, bitipuvchilapga, o‘quv yuklamasining hajmiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 260 - ta'lim va kadplap tayyoplash sifatiga baho bepishning xolis tizimini, ta'lim muassasalapini attestatsiyadan o‘tkazish va akkpeditatsiya qilishni jopiy etish; - kadplapni maqsadli va sifatli tayyoplash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqapishning samapali integpatsiyasini, milliy standaptlap talablapining xalqapo talablapga muvofiqligini, ta'lim bapcha tuplapi mazmunini, ta'lim va tapbiyaning o‘zapo bog‘liqligini, uzluksiz ta'lim tizimida izchillikni ta'minlash kabi qator vazifalar belgilangan. Sifatni boshqarish nazariyasining shiddat bilan rivojlanish davri o‘tgan asrning 40-yillari oxiri va 50-yillariga to‘g‘ri keldi. Ushbu davrda A.Feygenbaum (Armand V.Feigenbaum) sifatni ishlab chiqish, sifatni qo‘llab-quvvatlash va sifatni yaxshilash bosqichlaridan iborat Sifatning Umumiy Nazorati (Total Quality Control) tushunchasini kiritdi. Bugungi kunga kelib TQCning bir nechta asosiy (Yaponiya, Amerika, yevropa) “maktab”lari mavjud. Shuning uchun bo‘lsa kerak, TQC asosini belgilovchi tamoyillar miqdori haqida mutaxassislar o‘rtasida yagona bir fikr yo‘q. Asosiylar sifatida quyidagi sakkizta tamoyil tan olinadi:
    1. Tashkilotning iste'molchiga yuz tutganligi.
    2. Rahbarlikning roli.
    3. Xodimlarni jalb etish.
    4. Jarayonli yondashuv.
    5. Boshqarishga tizimli yondashuv.
    6. Muntazam takomillashtirish.
    7. Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish.
    8. Ta'minlovchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabat.
    Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida mahsulot, xizmat, ish va jarayonlarning yuqori sifatini ta'minlashga yo‘naltirilgan hukumat, firma va kompaniyalar rahbariyatining ulkan sa'y-harakatlari natijasida sifatni oshirish milliy g‘oyaga aylandi. Mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar ta'lim muassasalarini boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish, sifatli ta'lim xizmatini 261 ko‘rsatishga rag‘batlantirishni kuchaytirish va natijada, ta'lim xizmatlari sifatini boshqarish tizimini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash, boshqarishning strategik rejalashtirishga, sifat menejmenti tizimiga asoslangan yangi tamoyillarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Sifat – korxona va tashkilot, shu jumladan, ta'lim muassasalarining mavqyeini mustahkamlash maqsadida ichki va xalqaro bozorda mablag‘ sarflashning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolayotgani butun dunyoda sifatni ta'minlash muammolariga e'tiborning oshib borishiga sabab bo‘lmoqda. Ta'lim sifati ta'lim oluvchilar tomonidan faqatgina akademik bilimlarni o‘zlashtirganlik darajasi bilan emas, balki hayotiy faoliyatning turli sohalari bo‘yicha kompetensiyalarning shakllanganligi, bir umr o‘qib-o‘rganishga tayyorlik, shaxsiy va kasbiy rivojlanish kabi motivatsiyalarning turg‘unlanish darajasi bilan o‘lchanadi. «Ta'lim sifati – bu ta'limning (natija, jarayon, ijtimoiy tizim sifatida) turli ehtiyojlar, davlat, jamiyat, shaxs manfaatlariga muvofiqligi; ta'limning ierarxiya (yuqoridan quyiga) tamoyillari asosida tashkillashtirilgan, ijtimoiy ahamiyatga ega xususiyat(tavsif, parametr)larining tizimli majmuasi».31 Turli yondashuvlarning integratsiyasi natijasida Sifatning yalpi boshqaruvi (Total Quality Management – TQM) konsepsiyasi shakllandi. Zamonaviy TQMning asosini oliy darajadagi boshqaruvning tashkilot, uning xodimlari, iste'molchilari va jamiyatning manfaatlarini ko‘zlab sifat sohasidagi uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyasini ishlab chiqish va barcha xodimlarning uni amalga oshirishdagi ishtiroki tashkil qiladi. Tashkilotdagi menejment sifatini yaxshilashda birinchi rahbarning mas'uliyatini kengaytirish tamoyilini ilgari surgan va asoslagan A.Feygenbaum TQM tamoyillari ishlab chiqilishiga katta hissa qo‘shgan.
    Tashkilot oliy boshqaruvining sifatni boshqarishdagi doimiy va muntazam shaxsiy ishtiroki – ta'lim muassasasining sifatni ta'minlash ishida muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Sifatning yalpi boshqaruvini joriy etish. Sifatning yalpi boshqaruvini joriy etish uchun rahbar quyidagilarni amalga oshirishi lozim: sifat menejmentini joriy etish, raqobat sharoitida ta'lim muassasasining maqsadi, umumiy mafkurasi, rivojlanish tamoyillarini ishlab chiqish to‘g‘risida strategik qaror qabul qilishi; tashkilot maqsadlari tarkibiga sifatni ta'minlashni kiritish, uni ham ma'naviy, ham moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; tashkilot oliy boshqaruvi tarkibidan sifat uchun mas'ul vakilni tayinlash; jarayonlarni boshqarishning statistik usullari va sifat menejmenti sohalari bo‘yicha xodimlarni (shu jumladan, yuqori pog‘ona rahbarlar tarkibidan) tayyorlash; xodimlar bilan teskari aloqani tashkil qilish (ichki iste'molchilarning fikrlari va talablarini inobatga olish); ichki audit va tashkilotdagi kamchiliklar tahlilini muntazam o‘tkazib turish. Djuran va Deminglar ta'kidlashicha, sifat uchun mas'uliyatning salmoqli qismi (muammolarning 96 foizi) menejment tizimi va uning yaratuvchilari, qolganlari (muammolarning 4 foizi) bajaruvchilar zimmasiga yuklatiladi. TQM konsepsiyasida sifatni boshqarishga doir avvalgi konsepsiyalarga xos bo‘lgan barcha ijobiy jihatlar o‘z aksini topgan. U ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida ko‘pgina zamonaviy menejment tizimlarining asosini tashkil qiladi. TQMning ko‘pgina yondashuvlari ISO oilasiga kiruvchi xalqaro sifat standartlarining zamonaviy avlodi g‘oyalari tarkibiga kiritilgan. Standartlarning ahamiyati shundaki, ular korxona menejmentiga tizimli va jarayonli yondashuvni joriy etish, menejmentning e'tiborini iste'molchilarga va ularning manfaatlarini hisobga olishga qaratadi. Xalqaro standartlashtirish tashkilotining (ISO) 9000 raqamli standartlari sifat tizimlarini loyihalashtirish va qo‘llashning yagona, butun dunyoda tan olingan yondashuvini joriy qildi. ISO 9000 standartlari turli soha tashkilotlari uchun universaldir. Ular ishlab chiqarish, aloqa, xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ta'lim kabi faoliyat sohalarida faol 263 qo‘llanilmoqda va dunyoda eng mashhur standartlar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Shunday qilib, ta'lim sifatini boshqarish bir-biri bilan bog‘langan va o‘zaro ta'sirda bo‘luvchi elementlardan iborat uzluksiz va yopiq kechadigan jarayondir.
    Ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish tizimini yaratishdan maqsad iste'molchilar talablariga mos keluvchi sifatli ta'lim xizmatlarini taqdim etish uchun zarur sharoitlarni ta'minlashdir. Bundan tashqari zamonaviy ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish tizimi quyidagilar uchun zarur: - davlat ta'lim standartlari talablariga erishishda ta'lim jarayonlari samaradorligini oshirish; - muassasada ijodiy va ishchan muhitni rivojlantirish, xodimlarning kasbiy faolligini oshirish; - muassasada boshqaruv tizimini yaxshilash; - ta'lim jarayonining moliyaviy, moddiy va kadrlar ta'minotini optimallashtirish; - muassasaning raqobatbardoshligini oshirish; - ta'lim faoliyati uchun zamonaviy xavfsiz sharoitlarni yaratish; - boshqaruvda jamoatchilikning keng ishtirokini ta'minlash. Ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish tizimining vazifalari quyidagilar: - ta'lim jarayoni sub'ektlari o‘rtasidagi ijtimoiy shartnoma sifatida davlat standartlarining bajarilishini ta'minlash; Loyihalashtirish va rejalashtirish Sifatni boshqarish Jarayonlar monitoringi va korreksiya - ta'lim sifatining asosiy mezon ko‘rsatkichlarini belgilash; - ta'lim sifati to‘g‘risida tahliliy hisobot va ma'ruzalar tayyorlash; - ta'lim sifatini ta'minlash va doimiy yaxshilash uchun innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish; - muassasasining rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash, pedagog xodimlar malakasini oshirish. Tadqiqotlar natijalariga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim muassasasida ta'lim sifati menejmenti, bu – ta'lim sifatini loyihalashtirish, ya'ni ta'lim maqsadlarini va ularga erishish yo‘llarini belgilash; ta'lim jarayonini tashkil etish va ishtirokchilarning sifatli mehnatga qiziqishini uyg‘otish; maqsadlardan chetlanishlarni aniqlash va rivojlanishdagi o‘zgarishlarni kuzatish (monitoring) tizimi; natijalarni boshqarish va tahlil qilish jarayonlaridir. Shunday qilib, ta'lim sifati menejmenti, bu – har qanday tasodifiy, oldingisidan ko‘ra yaxshiroq, o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan maqsadlarga emas, balki ta'limning oldindan bashoratlangan natijalariga, ya'ni muayyan ta'lim oluvchining eng yuqori imkoniyatlarga erishishi uchun tashkil qilingan va yo‘naltirilgan alohida boshqaruv bo‘lib, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun boshqaruvning barcha funksiyalarini amalga oshirish, ham tor, ham keng ma'noda kafolatlangan natijaga erishishdir.

    Download 261,95 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Download 261,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

    Download 261,95 Kb.