|
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
|
bet | 27/28 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 261,95 Kb. | | #115081 |
Bog'liq Umumiy pedagogika majmuaADABIYOTLAR:
1. Zyazyun I.A. Osnovы pedagogicheskogo masterstva. – Moskva: Akademkniga, 2006.6-ye izd.- 302 s.
2. Kan-Kalik V.A. Uchitelyu o pedagogicheskom obщenii.- Moskva: Logos, 2005.-4-ye izd. -190 s.
3. Kuxarev N. V. Na puti k professionalnomu sovershenstvu. – Moskva: Znanie, 2009. -159 s.
4. Kaykovus. Qobusnoma.- Toshkent: Adabiyot va san'at,1991.-189-bet.
5. Ochilov M. , Ochilova N. O‘qituvchi odobi. - Toshkent: O‘qituvchi, 2005.- 176 bet.
6. Navoiy Alisher. Mahbub-ul qulub. – Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi «Adabiyot va san'at» nashriyoti, 1991.-234-bet.
7. Yusuf xos Xojib. Qutadg‘u bilig.-Toshkent: Yulduzcha, 1990.- 278-bet.
17-MA`RUZA
17-MAVZU: O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYAT
REJA:
1.Qobiliyatning pedagogik-psixologik tavsifi
2. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari
3.O‘qituvchining nutq qobiliyati.
Pedagogik texnika Tayanch tushunchalar: qobiliyatlar, tarkib, psixik sifatlar, pedagogik faoliyat, o‘qituvchi mahorati, shaxsning aqliy, emotsional - irodaviy tomonlari, ta'lim sub'ektlari, kompetensiyalar. Qobiliyatning psixologik tavsifi. Mamlakatimizda o‘quvchi-yoshlarga ta'lim va tarbiya berish, barkamol avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining eng asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu sohada yoshlarning qobiliyatlari, o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilib, yuksak salohiyatli, jismonan, ruhan va ma'nan yetuk insonlar etib tarbiyalashning yaxlit mexanizmlari shakllantirilmoqda. Ma'lumki, XX asrning so‘nggi Sammiti hisoblangan BMT Bosh Assambleyasining 2000 yilgi sessiyasida yangi mingyillikning Deklaratsiyasi qabul qilinib, unda insoniyat oldida turgan eng asosiy muammolar sirasida fuqarolarning ta'lim olishlarini kafolatlash vazifasi ham ko‘rib chiqildi. Jahon miqyosida savodsizlar soni 1 milliarddan oshayotgan bugungi kunda O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetdi. Yoshlarga umumiy ta'lim bilan birga, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo‘lish, oliy ta'lim olish imkoniyatlari kengaydi. Shu jihatdan olganda mamlakatimizda ta'lim olayotgan har “O‘qituvchi hamish adolatparvar, vijdonli, pok bo‘lmog‘i lozim. Insonning mohiyati vijdonidan bilinur. Adolatli insonni doim vijdon harakatga keltirib turadi”. Abdulla Avloniy 320 bir yoshning qobiliyati, iqtidori va iste'dodini ruyobga chiqarish vazifasi belgilab olingan. Qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan individual xususiyatlari yig‘indisidir. Qobiliyatning shakllanishi va rivojlanishida shaxsning tug‘ma iste'dod nishonalari, yashash sharoiti, ta'lim-tarbiya, ayniqsa, uning faolligi muhim ahamiyatga ega. Qobiliyat bilim, ko‘nikma va malakalarga asoslanadi. Qobiliyatning eng yuqori darajasi talantdir. Bilim orttirishdagi muvaffaqiyatning o‘zi bilan qobiliyatni aniqlab bo‘lmaydi. Insonning qobiliyatlari bilim va ko‘nikmalarni egallash uchun imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi. Bilim va ko‘nikmalar egallanishi sharoitlarga bog‘liqdir. Bolada namoyon bo‘lgan musiqa qobiliyati uning musiqachi bo‘lib yetishishiga kafolot bo‘la olmaydi. Bolaning musiqachi bo‘lishi uchun unga maxsus ta'lim berilishi, qat'iyatlilik, sabr kabi sifatlarni singdirilishi, salomat bo‘lishi, musiqa asboblarining mavjudligi va boshqa bir qator sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Bularsiz qobiliyat taraqqiy etmay, so‘nib ketishi ham mumkin. O‘quvchida hali zaruriy ko‘nikma va malakalar tizimi, mustahkam bilimlar tarkib topmasdan, unda qaobiliyatlar yo‘q, deb xulosa chiqarish ham mumkin emas. Bolalik paytida ma'lum qobiliyatlarning atrofdagilar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik shu qobiliyat tufayli shon-shuhrat topgan odamlar ham bor. Agar shaxsning ma'lum sifatlari yig‘indisi odamning pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, demak unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bor, deb xulosa chiqarishga asos bo‘ladi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichiga iste'dod debqaraladi.
Iste'dod insonga muayyan murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar uyushmasidir. Iste'dod mahoratning dastlabki sharti bo`lib hisoblanadi.
Mohir usta bo‘lmoq uchun juda ko‘p ishlash kerak. Iste'dodli inson hamisha o‘z ustida ishlaydi, chunki iste'dod uni mehnatdan ozod qilmaydi, balki katta, ijodiy va zo‘r mehnatni taqozo etadi. Iste'dodli kishilar shubhasiz, mehnat orqali olamga mashhur bo‘lib, mahorat darajasiga erishganlar. Haqiqiy mahorat inson iste'dodining faoliyatida namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar murakkab tarkibga ega bo‘lgan psixik sifatlar yig‘indisidan iboratdir. Qobiliyat sifatida namoyon bo‘ladigan psixik sifatlar yig‘indisining tarkibi malum faoliyat talabi bilan belgilanadi va har xil turdagi faoliyatlar uchun turlicha buladi. Pedagogik faoliyatning samarali kechishi hamda o‘qituvchining pedagogik mahoratni egallashi uchun unda qator kobiliyat turlari mavjud bo‘lmog‘i va tarbiyalab yetishtirilmog‘i lozim Bu pedagogik qobiliyatlar shaxsning aqliy tomonini ham, emotsional - irodaviy tomonini ham tavsiflab beradi. Bu sifatlarning hammasi bir - biri bilan o‘zPedagogning bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid bilimlarni chuqur o‘zlashtirish qobiliyatidir. Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqur idrok etadi, o‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi. Faniga nihoyatda qiziqadi, tadqiqot ishlarini ham bajaradi. Pedagogning o‘quv materialini bayon etish qobiliyati - o‘qituvchining o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, material yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berish, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol qiziqish uyg‘otish qobiliyatidir. O‘qituvchi zarur hollarda o‘quv materialini o‘zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga yetkaza olishi darkor. O‘qituvchi o‘quvchining mustaqil fikrlashini doimo rag‘batlantirib, ular ruhiyatini hisobga oladi. Qobiliyatli pedagog o‘quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari va hali nimani o‘rganishlari lozimligini tasavvur etadi. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi empatiyaga moyil (o‘zini o‘quvchining o‘rniga qo‘ya oladigan) bo‘lib, taqdim qilinayotgan o‘quv materialini idrok qilishda tahsil oluvchining yoshini ham inobatga olishni biladi, chunki katta yoshdagilarga aniq va ravshan bo‘lgan narsa kichik yoshdagilarga tushunarsiz va mavhum bo‘lishi mumkinligini inobatga oladi. Qobiliyatli o‘qituvchi o‘quv materialini bayon etish jarayonida o‘quvchilar tomonidan bilim o‘zlashtirish qanday kechayotganligini qator belgilar asosida aniqlaydi va zarurat tug‘ilganda bayon qilish usulini o‘zgartiradi. O‘qituvchining kuzatuvchanlik qobiliyati - o‘qituvchining tahsil oluvchilar ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Qobiliyatli o‘qituvchi uncha katta bo‘lmagan tashqi ko‘rinishlar asosida o‘quvchining ichki holatidagi juda arzimagan o‘zgarishlarni ham fahmlab oladi. O‘quvchilarning kayfiyati, ularning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlay oladi. 323 O‘qituvchining nutq qobiliyati - nutq yordamida, shuningdek imo - ishoralar vositasida o‘z fikr va tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir. O‘qituvchi nutqidagi ravonlik, o‘z fikrini aniq ifoda etish o‘qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. Darsda o‘qituvchi nutqi hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. Fikrlar ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, ravon, tushunarli bo‘lishi shart. O‘qituvchining bayoni o‘quvchilar fikri va diqqatini maksimal darajada faollashtirishga qaratiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni faollashtirish va diqqatini jamlash maqsadida muayyan so‘z va iboralar qo‘llaydi. O‘qituvchi uzundan uzoq jumlalar, murakkab so‘z birikmalari, qiyin, tumtoq iboralarni qo‘llashdan qochishi lozim. O‘rinli yumor, hazil-mutoyiba, yengilgina istehzo nutqni jonlantiradi, bu nutqni o‘quvchilar yaxshi qabul qiladilar. O‘qituvchining nutqi aniq, jonli, emotsional - obrazli, talaffuzi jihatidan erkin ifodali, his - hayajonli bo‘lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Bir maromdagi cho‘ziq, zeriktiradigan nutq o‘quvchilarni tez charchatadi, ularni lanj, loqayd qilib, fanga bo‘lgan qiziqishi so‘nadi. O‘quvchi o‘zatilayotgan axborotni yaxshi qabul qilishi uchun o‘rtacha, jonli nutq samarali natija beradi. Haddan tashqari keskin va baland tovushdagi nutq o‘quvchilar asabiga tegadi, ularni toliqtiradi. O‘qituvchi yangi mavzuni tushuntirayotgan, o‘quvchilar javobini tahlil qilayotgan, ma'qullayotgan yoki qoralayotgan paytda ham uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turishi lozim. O‘qituvchining tashkilotchilik qobiliyati - o‘quvchilar jamoasini jipslashtirish, ular ishiga rahbarlik qilish, muhim vazifalarni bajarishda ruhlantirish, ta'lim-tarbiyani oqilona tashkil etishni nazarda tutadi. O‘qituvchi reja asosida ta'lim-tarbiyani tashkil etib, belgilangan vazifalar qay darajada bajarilganini nazorat qilishi, vaqtdan unumli foydalanib, uni oqilona taqsimlay olishi, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning o‘zlashtirilishini monitoring qilishi pedagogik jarayonning samarali kechishiga zamin yaratadi. 324 Pedagogik vaziyatdan kelib chiqib, dars davomida ortiqcha vaqt sarflash holati sodir bo‘lishi mumkin, ammo tajribali o‘qituvchi bunday hollarda darsning rejasini samarali o‘zgartira oladi. O‘qituvchining obro‘ orttira olish qobiliyati – o‘z fanining chuqur bilimdoni, dunyoqarashi keng, mohir pedagog sifatida o‘quvchilarga bevosita ruhiy, emotsional- irodaviy ta'sir ko‘rsata olish mahoratidir. O‘qituvchi o‘z obro‘sini qat'iyatliligi, jonkuyarligi, o‘z ishining fidoiysi, mehribonligi, pedagogik nazokati, yuqori ma'naviy-axloqiy sifatlarga egaligi bilan ham qozonadi. Avtoritar qobiliyatlar o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir irodaviy sifatlari (eruditsiya, dadillik, chidamlilik, odillik, qat'iylik, talabchanlik, empatiyaga moyillik va boshqalar)ga ham bog‘liq. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati – tevarak-atrofdagilar bilan muloqatga kirishuvchanlik, shirinso‘xanlik, to‘g‘ri muomala qila bilish, bolalar qalbiga yo‘l topib, ularga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o‘zaro munosabat o‘rnata bilishdir. Pedagogik nazokat va kommunikativ qobiliyatga ega bo‘lmagan o‘qituvchi bolalar qalbiga yo‘l topishi o‘ta mushkuldir. O‘qituvchining bashoratchilik (istiqbolni ko‘ra bilish) qobiliyati – rejalashtirilgan ta'lim-tarbiya jarayonidan kutiladigan natijani oldindan bilish, tarbiyalanuvchining kelajakda qanday odam bo‘lishi haqidagi tasavvur bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, o‘quvchi shaxsining qanday fazilatlarini taraqqiy etishini bashorat eta olishda ifodalanadigan mahoratdir. Bu qobiliyat pedagogik optimizm (kelajakka ishonch), tarbiya qudrati, insonga inonish bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchining diqqatni taqsimlash qobiliyati – ta'lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan diqqatning barcha tarkibiy tuzilmalari: hajmi, uzoq va yaqin muddatliligi, kuchi, kuchuvchanligining idora qilish va pedagogik faoliyatning bir qancha turlari o‘rtasida taqsimlash mahoratidir. Tajribali o‘qituvchi o‘quv materialini taqdim qilar ekan, dars maqsadi, mazmuni, shakli, vaqt taqsimlanishi, o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish darajasini e'tibordan chetda qoldirmaydi va 325 ayni paytda ularning mashg‘ulot mobaynidagi ruhiy holati (toliqish, loqaydlik, e'tiborsizlik, tushkunlik alomatlari)ni hushyorlik bilan kuzatib boradi. Tajribasiz o‘qituvchi ayrim hollarda o‘quv materialini bayon qilishga berilib, o‘quvchilarning darsdagi holati (intizomi, ruhiyati)ni diqqat- e'tiboridan chetda qoldiradi. Pedagogning eruditsiyasi (irodasi, sabr - toqat, o‘quvchilarga ibrat, namuna bo‘la olish qobiliyati). O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘z shaxsiy namunasi, xulq -atvori bilan ham tarbiyalaydi. Bolalar uchun o‘qituvchining har bir xatti- harakati namunadir. Bu holat o‘qituvchidan o‘quvchilarga nisbatan juda ziyrak munosabatda bo‘lishni talab etadi. O‘qituvchi o‘zi o‘qitadigan fanni mukammal bilishi, sabr - toqatli, irodali bo‘lishi, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega, insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, nazokatli, qat'iyatli, jonkuyar, mehnatsevar va kamtar bo‘lishi lozim.aro bog‘liq bo‘lib, yaxlit holda pedagogik qobiliyatni hosil qiladi.
O‘qituvchi pedagogik jarayonda uchraydigan turli qiyinchiliklarni bartaraf etishga, belgilangan maqsadga erishishda iroda kuchini ko‘rsata olishi shart. Belgilangan pedagogik vazifalarni oxiriga yetkazish, uning nazorati, izchilligini kuzatib borish va ta'lim-tarbiya jarayonining samarali kechishini ta'minlashda barcha kuch-g‘ayratini safarbar etish o‘qituvchining irodaviy harakatlarini tavsiflaydi. O‘qituvchida qat'iyatlilik, talabchanlik, har qanday vaziyatda o‘zini tuta bilish, dadillik kabi irodaviy sifatlar mujassam bo‘lishi lozim. O‘qituvchi o‘z faoliyatini tashkil etishda tasodifiy taassurotlarga berilmasdan, ortiqcha ikkilanishlarsiz, dadil harakat qilishi, qat'iy qarorga kela olishi muhim. Dadillik bilan bir qatorda qat'iylik ham ishni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta'minlovchi muhim sifatdir. O‘qituvchining irodaviy sifatlaridan biri - har qanday pedagogik sharoitda o‘zini tuta bilishidir. Har qanday “Qo‘lingdan kelguncha birovga ozor yetkazma, qahru g‘azab o‘tiga aslo tashlama, agar abadiy rohat istasang, hamisha o‘zingni ranjit, birovni ranjitma” Bahovuddin Naqshband 326 vaziyatda o‘zini tuta oladigan, har narsaga asabiylashmaydigan va o‘quvchilar asabini ham buzmaydigan o‘qituvchini yoshlar afzal ko‘rishadi. Ma'lumki, nerv sistemasining tipi (temperament) g‘oyat barqaror, uni xohlagan paytda tez o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ammo uni qandaydir ma'noda boshqarish, jumladan salbiy tip ko‘rinishlarini tarbiyalash mumkin. O‘z tipidagi ijobiy tomonlaridan foydalana oladigan va salbiy tomonlariga barham bera biladigan, nerv sistemasi istalgan tipining namoyondasi bo‘lgan kishi o‘qituvchi bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi ishining muvaffaqiyatiga bu tiplardan tashqari, yuzaga keladigan vaqtincha psixik holatlar (kayfiyat) ham ta'sir ko‘rsatadi. O‘qituvchilar dars mashg‘ulotlarini tashkil qilishda yomon kayfiyatga berilmasligi, noxush kayfiyatlarini o‘quvchilarga sezadirmasliklari lozim. “Sinf xonasiga kirgan o‘qituvchi barcha tashvishli muammolarini, noxush kayfiyatini eshik ortida qoldirishi, bolalar oldiga ochiq chehra bilan kirib kelishi lozim”,- degan edi Qori Niyoziy. Haqiqatdan ham, o‘qituvchi ayrim hollarda xunob bo‘lishi va g‘azablanishi ham mumkin, lekin irodaviy xususiyatiga tayangan holda o‘zini boshqara olishi, o‘quvchilarga dag‘al muomala qilmasligi kerak. O‘qituvchi bukilmas irodaviy xususiyatga ega bo‘lishi, hayot va faoliyatda aslo og‘ishmasdan oldiga quyilgan maqsadga intilishi lozim. O‘qituvchining andishalilik, bag‘rikenglik, samimiylik va boshqa sifatlari. O‘qituvchi faoliyatida andishalilik muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi otaonalar, sinf jamoasi, o‘quvchi shaxsi bilan yakka tartibda ishlaganda pedagogik takalluf va nazokatga alohida e'tibor berishi lozim. Ayrim hollarda muayyan axborot faqat ota-ona va o‘qituvchi yoki o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagina tahlil qilinishi mumkin. Zinhor o‘qituvchi konfidensial (maxfiy) axborotni jamoaga chiqarmasligi lozim. O‘qituvchining bag‘rikenglik xususiyati uning kechirimli, chidamli bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Bag‘rikeng o‘qituvchi sodir etilgan noxush voqyealarni xotirasidan chiqarib tashlashga harakat qiladi, o‘quvchilarining xulq-atvoridagi 327 noxo‘sh ko‘rinishlarni ular yuziga solmaydi, aksincha ularni bartaraf etishga yordam beradi. Samimiylik o‘qituvchining o‘quv muassasasida yuzaga kelayotgan ijobiy taraqqiyparvar voqyealarga va hodisalarga nisbatan ilk munosabatini, undagi samimiylikni ifodalaydi. O‘qituvchining samimiyligini o‘quvchilar darrov sezishadi. Bu uning bolalar bilan samimiy munosabatlarida, hamkasabalari faoliyatidagi yutuqlariga bildirilgan hayrihohlikda, shogirdlar muvaffaqqiyati va muvaffaqqiyatsizligiga munosabatining tabiiyligida, o‘quvchilar xulqi, qobiliyatlarini xolisona baholashda, el-yurt, jamoa zafarlariga, jahondagi sodir bo‘layotgan ijobiy voqyelikka odilona munosabatda bo‘lishda namoyon bo‘ladi. Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir. O‘qituvchi o‘z mahoratini takomillashtirib borishi, tajribasini ommalashtirishi lozim. Mahoratli o‘qituvchi boshqa insonning ichki holatini to‘g‘ri baholash, unga hamdardlik bildirish, hamnafas bo‘lish qobiliyati (empatiya)ga qodirdir. Shu bilan birga tarbiya jarayonida tahsil oluvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish, tarbiyalanuvchilarga o‘rnak bo‘lish, ular obro‘sini qozonish o‘qituvchilik kasbining mahoratidan dalolat beradi.
Shunday qilib, kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati o‘qituvchining pedagogik qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlarning quyidagi guruhlari farqlanadi: - ob'ekt (o‘quvchi, talaba, tarbiyalanuvchi)ga nisbatan sezgirlik; 328 -kommunikativlik – muloqotga kirishuvchanlik, xayrixohlik, xo‘shmuomalalik; - perseptiv qobiliyatlar – kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuyg‘u; - shaxs dinamikasi (rivojlanishi) – irodaga ta'sir eta olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati; - hissiy barqarorlik - o‘zini boshqara olish; - kreativlik – o‘z ishiga ijodiy yondashish, ta'lim-tarbiya jarayonida noan'anaviy yo‘l, metod, vositalardan foydalanish va boshqalar.
HОZIRGI KUN O’QITUVCHISI:
pеdаgоgik fаоliyatgа qоbiliyatli, ijоdkоr, ishbilаrmоn;
milliy mаdаniyat vа umuminsоniy qаdriyatlаrni, dunyoviy
bilimlаrni mukаmmаl egаllаgаn, diniy ilmlаrdаn hаm хаbаrdоr, mа’nаviy bаrkаmоl; O’zbеkistоnning mustаqil dаvlаt sifаtidа tаrаqqiy etishigа
ishоnаdigаn, vаtаnpаrvаrlik burchini to’g’ri аnglаgаn, e’tiqоdli fuqаrо; iхtisоsgа dоir bilimlаrni, psiхоlоgik, pеdаgоgik bilim vа
mаhоrаtni, shuningdеk nаzаriy ilmlаrni mukаmmаl egаllаgаn; o’qituvchilik kаsbini vа bоlаlаrni yaхshi ko’rаdigаn, hаr bir o’quvchi
ulg’аyib, yaхshi оdаm bo’lishigа chin ko’ngildаn ishоnаdigаn, ulаrning shахs sifаtidа rivоjlаnib, insоn sifаtidа kаmоl tоpishigа ko’mаklаshаdigаn; erkin vа ijоdiy fikrlаy оlаdigаn, tаlаbchаn, аdоlаtli, оdоbli
bo’lmоg’i dаrkоr. Shu bilan birga zamonaviy o‘qituvchi buyuk ma'naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o‘zida mo‘jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritishi talab etiladi. Hozirgi davrning bu talabi - o‘qituvchilarni yuksak pedagogik mahorat va texnika ko‘nikmalariga ega, pedagoglik kompetensiya sirlaridan voqif bo‘lgan, umummadaniy fazilatlarga boy shaxs sifatida ta'lim-tarbiya jarayonining ijodkori bo‘lishi lozimligini isbotlamoqda.
|
| |