-MA`RUZA. 16-MAVZU: PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI




Download 261,95 Kb.
bet26/28
Sana10.12.2023
Hajmi261,95 Kb.
#115081
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Umumiy pedagogika majmua

16-MA`RUZA.
16-MAVZU: PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI.
REJA:
1. Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari
2. Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xosligi
3. O‘qituvchi kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rni
Tayanch tushunchalar: pedagogik mahorat, tarkibiy qismlar, pedagogik faoliyat, o‘qituvchi kasbi, o‘quvchi shaxsi, pedagogik texnika, pedagogik nazokat, o‘qituvchi immiji.

  1. Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari. Globallashuv sari borayotgan hozirgi dunyoda davlatning xalqaro raqobat jarayoni shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Bunda yuksak taraqqiy etgan davlatlarning asosiy ustunligi - ta'lim tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog‘liq. Davlatning bugungi va istiqboldagi barqaror iqtisodiy o‘sishini ta'minlovchi omillar ham aynan ta'lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog‘liqdir. Bugungi globallashuv davrida bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda quyidagi hislatlarni tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi: - insonparvarlik hislatlarini rivojlantirish; - kommunikativ (muloqotga moyillik) malakalarini shakllantirish; - kasbiy mustaqillik, ishchanlik, hissiy barqarorlik, o‘z ishiga ijodiy yondashish hislatlarini tarkib toptirish; - pedagogik nazokat va pedagogik texnikadan oqilona foydalanishni shakllantirish; - nutq texnikasini, o‘z tovush, mimika, jest va gavdasini boshqarish, jamoaga va shaxsga ta'sir ko‘rsatish qobiliyatlarini takomillashtirish; - zamonaviy fan va ishlab chiqarishdagi muammolar, pedagogik, axborot va yuqori darajadagi texnologiyalardan xabardor bo‘lish hamda ulardan zarurlarini ta'lim jarayoniga tatbiq etish va boshqalar. Demak, pedagogik mahorat hamma ustozlar uchun qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati evaziga yuzaga 295 keladigan jarayondir. Shu jihatdan olganda, hozirgi pedagogik ta'lim berish oliy o‘quv muassasalari bo’lajak pedagog mutaxassislarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yetarli sharoit belgilab berishi kerak. Pedagogik mahorat» atamasiga mavjud pedagogikaga oid manbalarda: «o‘qituvchi – tarbiyachining pedagogik qobiliyati35», «o‘qituvchining muaomala madaniyati va nutq san'ati36», «pedagogik nazokat, odob va ahloq37», «turli kelib chiqadigan pedagogik vaziyatlarga munosabat38», «o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ilmiy ijodiy ishlash39» kabi tavsiflar berilgan. Pedagogik mahorat- bu pedagogik (o‘quv - tarbiyaviy) jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘llantirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otishdir. Uzluksiz ta'limni amalga oshirishda pedagog, o‘qituvchi va tarbiyachilar kadrlar bilan ishlash mahoratiga ega bo‘lmog‘i lozim. Shu sababli pedagogika fanining qonuniyatlari va mazmunini har tomonlama o‘rganish, uni yosh avlod tarbiyasida qo‘llash har bir ustoz, o‘qituvchidan mahorat talab etadi. Mahorat - shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati, biror sohasidagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning nazariy darajasidir. Mahorat – yoshlarni tanlagan kasbiga hurmat uyg‘otish jarayonidagi kasbiy g‘ururni shakllantirishda xizmat qiladi. Shu jihatdan barkamol avlod tarbiyasida o‘qituvchi-tarbiyachining mahorat egasi bo‘lishi muhimdir. Mahorat kasbga nisbatan tavsifnoma berishda, ta'lim jarayonidagi o‘zlashtirish saviyasini egallashda, tarbiya jarayonida muayyan vazifani bajarishdagi kasbiy hislatlarni ta'riflashda qo‘llaniladi.

Mahorat – va uning o‘ziga xos xususiyat va talablari borasidagi masalalarni I.A Zyazyun, P.ye Reshetnikov, ye.I Ilin, Sh.A Amonashvili, N. Saidahmedov, X.A To‘raqulov kabi olimlar o‘rganishgan va tadqiqotlarida o‘qituvchi mahoratining turli yo‘nalishlarini tadqiq qilishgan. Mahorat – san'at, mahorat izlanish, mahorat – pedagogik texnologiyalarni qo‘llay bilish, mahorat - o‘qituvchining o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi va o‘z-o‘zini tarbiyalashidir. O‘qituvchining ko‘p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, zo‘r san'atkor va fidoiy bo‘lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Shu sababli bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik mahoratni egallashlari lozim. Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo‘lgan nufuzli rahbar, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ichki dunyosini tushuna oladigan, ularning tuyg‘ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga, chuqur ilmiy tafakkurga ega bo‘lgan shaxslardir. Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm - farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga kam kuch sarflab, ko‘proq natijalarga erishish imkonini beradi. Pedagogik mahorat pedagogdan odatdan tashqari kuch - g‘ayratni, qat'iyatni, tirishqoqlikni, tadqiqotlarni olib borishga intilishni, yangi vaziyatga, yangi jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to‘g‘rilik va halollikni, o‘tkir aqlidrokni, bir vositani boshqasi bilan tekshirib ko‘rish malakasini talab qiladi. «Pedagogik mahorat» kursi talabalarga bo‘lajak o‘qituvchi ixtisosligi bo‘yicha bilimlarni egallashlari davomida o‘qituvchi shaxsidagi ma'naviy- axloqiy tarbiyani; o‘z kasbi doirasida odob va axloq normalariga rioya qilish xususiyatini, uning mohiyatini; muallim – ustoz odobining bola shaxsiga ta'sirini, turli vaziyatlarda o‘z xulqini idora qilishning zaruriyatini; bo‘lajak o‘qituvchilarga 297 pedagogik mahoratni, ko‘nikma va malakalarni, pedagogik texnika elementlarini o‘zlashtirib, egallab borishlarini o‘rgatadi. Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi pedagogika, psixologiya, fiziologiya, axloqshunoslik, tarbiyaviy ishlar metodikasidan xabordor bo‘lishi shart. Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda o‘qituvchining o‘rni beqiyosdir. O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Mohir o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etiladi. O‘qituvchining yosh individual xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi. Maktab hayoti amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma - xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. Davlatimiz xalq ta'limi sohasida o‘rtaga qo‘yayogan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va jamiyat talabidan kelib chiqib, bugungi kunda o‘qituvchilar oldida mas'uliyatli vazifalar turibdi. 2.Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xosligi. Har bir jamiyatda o‘qituvchi, ustoz, muallim oldiga eng muhim vazifa - jamiyat kelajagi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi qo‘yilgan. Hatto ibtidoiy jamoa tuzumi oxirlaridayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda ancha tajribali, hayotni ko‘rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar. Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari uchun maxsus maktablar tashkil etilgan. Qadimgi Yunonistonda bolalarni o‘qitadigan kishini “didaskal” ("o‘qitadigan", "o‘rgatadigan") deb ataganlar. Bolalarni maktabga boshlab borgan kishilarni pedagog ("payne") bola, "agogeyn" “yetaklab bormoq”) deb atalgan. Bu tushunchalar bugungi kunda ham o‘qituvchiga nisbatan ishlatilib 298 kelinadi. Lekin uning mohiyati chuqur ahamiyat kasb etadi. Taniqli o‘zbek shoiri Abdulla Oripov aytganlaridek: Ko‘hna dunyo ko‘rmadi ne ne dahoni, Arastu Aflotun, Suqrot dononi Ular dahosiga quygan tamal toshini Sensan barchasiga ustozi avval, Sensan barchasiga ustoz muallim! Navoiyning fikricha, ba‘zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi, muallim esa bir to’da bolalarga ilmu adab o’rgatadi. Bu jarayonda muallim ko’p aziyat chekadi, mashaqqatlarni boshdan kechiradi. Shuning uchun shogirdlar ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. “Shogird podsholik martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilsa arziydi”,- deb yozadi Alisher Navoiy va quyidagi misralarda o‘z fikrini ifoda etadi: Haq yo’lida senga bir harf o’qitmish ranj ila, Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila. Navoiyning “Mahbub-ul-qulub” asarida o’qituvchi odobiga doir quyidagi talablar bayon etilgan: - mudarris ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim; -muallim bolalarga bilgan narsalarini o’rgatishi, bilmagan ilmlarini o’rgatishga urinmasligi kerak; -gerdayish, manmanlik, ta‘magirlik, nodonlik kabi illatlar o’qituvchi axloqiga yot sifatlardir; -muallim yaramas ishlardan, nopoklikdan yiroq bo’lishi kerak; -xalq nazarida olim hisoblanadigan mudarrislar yomon ishlardan, fisqu fasoddan o’zlarini tiya bilishlari zarur. Demak, Alisher Navoiy o‘z asarlarida o‘qituvchilik kasbini ulug‘lab, uning yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga, insoniy hislatlarga ega kishi bo‘lishi lozimligini uqtirgan. 299 Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o‘z xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi: maqsad, ob'ekt, sub'ekt va vositalardan tashkil topadi. Bular: - birinchidan, pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya'ni pedagog faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy o‘zviyligini (ketma-ketligini) ta'minlaydi, bir avlod tajribasini ikkinchi avlodga o‘tkazadi, yoshlarni ijtimoiy munosabatlar tomon yo‘llaydi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi. - ikkinchidan, pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq. Bunda pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Unga erishish osonlikcha kechmaydi. Pedagog o‘z faoliyati maqsadini va unga erishish yo‘llarini aniq tasavvur qilishi va maqsadga erishish o‘quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Nemis mutafakkiri Gyote ta'kidlaganidek: "Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o‘z-o‘zidan kelaveradi40". - uchinchidan, pedagogik (ta'lim, tarbiya) jarayonida o‘quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki-pedagog maqsadi doimo o‘quvchi kelajagi tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu maqsadni o‘quvchidan ko‘ra pedagog yaqqolroq tasavvur qiladi. O‘quvchi esa ko‘p hollarda, hayotiy tajribasi yetishmasligi sababli hozirgi hayot, shu bugun tashvishlari bilan yashaydi, kelajakni esa to‘la tasavvur qila olmaydi. Ijodkor pedagog Sh. A. Amonashvili bu nomuvofiqlikni "tarbiyadagi asosiy fojia" deb ataydi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o‘z faoliyatini o‘quvchilar ehtiyojlari, ya'ni bilim, ko‘nikma, malaka olishga mo‘ljallab loyihalaydilar. Bu hamkorlik pedagogikasi, ya'ni “sub'ektsub'ekt” munosabatlarining mohiyatini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” Qonuni hamda “Kadrlash tayyorlase'tibor qaratilgan.Chunki, o‘z bilimi, salohiyati, imkoniyatlarini jamiyat taraqqiyotiga to‘liq sarflab, mustaqil fikrlay oladigan ijodkor shaxslarni shakllantirish, jamiyatda tub o‘zgarishlar bo‘lishiga zamin yaratadi. Inson faoliyati – uning rivojlanishi uchun zarur sharoit bo‘lib, uning jarayonida shaxs hayotiy tajribaga ega bo‘ladi, atrof-olamni idrok etadi, bilimlarni o‘zlashtiradi, malaka va ko‘nikma hosil qiladi. Hozirgi davrda zamonaviy texnika va texnologiyalarning hayotga kirib kelishi inson faoliyatida, ijtimoiy ongida katta o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etmoqda. Zero, olam to‘g‘risida va insonning hayotda tutgan o‘rni to‘g‘risidagi tasavvurlari o‘zgarmoqda, tafakkuri va olamni tushinishning yangi usullari shakllanmoqda, ma'naviy-amaliy o‘zlashtirishning yangi vositalari va usullariga o‘tish yuz bermoqda. O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta'lim jarayonida uning aqliy- intellektual, ijodiy xususiyatlari namoyon bo‘ladi Ta'lim-tarbiya jarayonida bolalardagi yashirin iste'dodlarni yuzaga chiqarish, kichik maktab yoshidan boshlab o‘z faoliyatini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratish, ulardagi ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish - kelajakda yuksak salohiyatli, ijtimoiy faol, o‘tkir zehnli, kashfiyotchilik qobiliyatini namoyon eta oladigan raqobatbardosh kadrlarni voyaga yetkazish garovi bo‘lib hisoblanadi. Bu davlatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri – har tomonlama barkamol insonni voyaga yetkazish g‘oyasiga mos keladi. Pedagogik faoliyat kishini o‘ziga duch kelgan hodisalarni tahlil qilish va umumlashtirish tajribasi bilan boyitadi. Pedagogik malaka - egallagan bilim va ko‘nikmalarni faoliyatning ma'lum turini egallab olish, yaxshi bajara olish qobiliyatidir. O‘qituvchi faoliyatiga oid bunday malakalarga quyidagilar kiradi: a) amaliy konstruktiv malakalar: - amaliy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish faoliyatining eng muhim qoidalarini tanlay bilish. 301 - har bir o‘quvchiga nisbatan uni jamoa sharoitida tarbiyalashning individual rejasini amalga oshira bilish. - o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ularga nisbatan individual munosabatni amalga oshira bilish. b) Tashkilotchilik malakalari: - o‘quvchilar orasidagi faol bolalarni aniqlash, tanlay bilish, ularni idora qilish. - o‘quvchilarning turli xildagi jamoa individual holatini uyushtira bilish, ularni ijtimoiy faolliklarini bilish. - o‘quvchilarga berilgan jamoa ijtimoiy topshiriqlarni berilishi yuzasidan nazorat o‘rnatish va ularga zarur vaqtda amaliy yordam berish. - o‘zi rahbarlik qilgan sinfda amaliy ishlarni boshqarish. - ota- onalar va keng jamoatchilik o‘rtasida tarbiyaviy ishlar tashkil eta bilishi; maktabdagi pedagogik tizim tuzilishi bolaning yaxshi o‘qishi, samarali xizmat qilishi, yaxshi dam olishi, hamma vaqt foydali va qiziqarli mashg‘ulot bilan band bo‘lishini nazarda tutadi. Pedagogik maqsad va vazifalar keng qamrovli bo‘ladi. Masalan, haqiqiy fuqaroni, komil insonni tarbiyalash, mehnatga va uzluksiz ta'limga tayyorgarlikni shakllantirish, o‘quvchilar bilimining sifatini oshirish, ularning individual ijodiy qobiliyatlarini mustahkamlash; xususiy ravishda - o‘quv yurti xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘quv predmetining samaradorligini, sinfdagi o‘quvchilar kontingentini aniqlash va h.k. O‘quvchilarning ruhiy rivojlanishlari, maqsad va vazifalarining biri bilimlarni o‘zlashtirishni, boshqalari — shaxsning o‘sishini ta'minlaydi. Masalan, shaxsning o‘z - o‘zini nazorat qilishi, boshlagan ishni oxirigacha yetkazish, chidamlilik, qunt bilan bilim olish va boshqalar shular sirasiga kiradi. Shuning uchun aslida o‘qituvchi har doim birgina emas, balki bir nechta pedagogik vazifalar qo‘yadi va ularni faoliyati mobaynida pedagogik vaziyatlarga, jumladan, pedagogik vazifalarning qo‘yilishi va hal qilinishi sharoitlari va boshqalarga bog‘liq ravishda tuzatib boradi. Bunday vaziyatlar rejali (masalan, muammoli dars, tarbiyaviy tadbir) va tasodifiy (tarbiyasi qiyin 302 o‘smirnnng qo‘qqisdan namoyon bo‘ladigan xulqi) bo‘lishi mumkin. Mohir o‘qituvchi pedagogik vaziyatni to‘la boshqarishga intiladi va ayni shu vaqtning o‘zida bolalarning tashabbusiga keng yo‘l ochadi. Zaruriyat, tug‘ilganda u har qanday kutilmaganda yuz berishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni pedagogik vaziyatga aylantira oladi. O‘qituvchining faoliyati quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: - o‘z-o‘zini rivojlantirish; - o‘quv faoliyatini ilg‘or texnologiyalar asosida qurish; - o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning qaror topishiga zamin yaratish; - o‘quv faoliyatining o‘quvchilar ichki motivga asoslangan izlanuvchanlik yo‘nalishining kasb etishini ta'minlash va boshqalar. Pedagogik faoliyat o‘quvchilarga uch xil pedagogik ta'sir ko‘rsatishni nazarda tutadi: nimani o‘qitish, kimni o‘qitish va qanday o‘qitish?. Demak, mohir o‘qituvchi o‘quv predmetidan material tanlash va uni guruhlarga ajratish uquvini oshirishi; o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlari, ta'limning umumiy maqsadlarini amalga oshirib, o‘quvchilarga ta'sir ko‘rsatishning shakl, usul va metodlarini oqilona tanlashi va qo‘llashi lozim. Tabiiyki, o‘qituvchi o‘zining shaxsiy faoliyatini o‘zi tahlil qilib boradi. Ish davomida o‘quvchilar va o‘zining shaxsiy mehnati va sarflangan vaqtini hisobga olish, ishdagi kemtik joylarni ko‘ra bilish va ularni bartaraf etish yo‘llarini tanlash, o‘z tajribasini va hamkasblarining ishlarini tahlil qilish o‘ta muhim. Agar pedagogik faoliyatning barcha sanab o‘tilgan tarkibiy qismlari mavjud bo‘lsa, u holda uni psixologik jihatdan to‘la va yetuk, deb hisoblash mumkin. Faoliyat jarayonida inson shaxsining har tomonlama yaxlit rivojlanishi, tevarak-atrof, olamga munosabati shakllanadi. Inson faoliyati maqsadga muvofiq amalga oshishi uchun uni to‘g‘ri tashkil etish va oqilona yo‘naltirish lozim. Lekin ko‘p hollarda shaxsning rivojlanishi imkoniyatlaridan foydalanilmaydi, tarbiyalanuvchilar ko‘pincha ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatini faol tashkil eta olmaydilar, hayotda sust harakat qiladilar. 303 O‘quvchilar faoliyatining asosiy turlariga o‘yin, o‘qish, mehnatni kiritgan holda uning asosiy yo‘nalishlari - ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik, emotsional faoliyatlariga ajratish mumkin. Faoliyat faol va passiv bo‘ladi, faqat faol faoliyat o‘qituvchi va o‘quvchi shaxsining barcha imkoniyatlarini ruyobga chiqarishga yordam beradi. Bunday faoliyat insonda qoniqish hosil qiladi, inson kuch-quvvatga to‘ladi. O‘qishda faollik ijtimoiy tajribalarni tezroq o‘rganib, anglab olishga, kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishga, o‘zini o‘rab turgan atrof-olamga munosabatini shakllantirishga olib keladi. Bilish faolligi esa bolaning intellektual rivojlanishini ta'minlaydi. O‘qituvchi mehnatida faollik shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishga undaydi, uni yanada muvaqqiyatli mehnat qilishga yo‘llaydi. Rivojlanayotgan shaxsni doimiy faollikka undash ancha murakkab va qiyin kechadi. Zero, o‘quvchining turli yoshida uning faoliyati o‘zgarib boradi. Shuning uchun bu borada maktabdagi ommaviy tadbirlar bilan birga har bir o‘quvchining invidual va yosh xususiyatlarini hisobga oladigan ishlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Pedagogik faoliyat davomida pedagogik vazifa (pedagogik maqsad)larni qo‘yish va uni o‘zgartirish, pedagogik vaziyatlarni taqqoslash va klassifikatsiyalash, qaror qabul qilish, pedagogik tafakkur va pedagogik intuitsiya), tahlil etish, baholash, o‘zini o‘zi tuzatish (pedagogik refleksiya) va boshqalar kabi muhim kasbiy sifatlar mujassamlanadi. Shaxsning rivojlanishi bevosita uning faoliyatida ro‘y beradagan o‘zgarishlar, motivlar, maqsadlar, yangi vositalarni qo‘llash, usullar hamda faoliyat dasturi bilan bog‘liq holda kechadi. Turli pedagogik o‘zgarishlar asosida o‘qituvchi faoliyatining faolligi shakllanadi. Faoliyat pedagogikada psixologik qonuniyatlarga tayangan holda turli shakl va metodlar orqali, maxsus didaktik tomoyillarni qo‘llash asosida tashkil etiladi. Agar o‘quvchi faoliyati o‘quv jarayonida bilimlarni o‘rganish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish asosida tashkil qilinsa, o‘qituvchi faoliyati pedagogik vazifalarni quyish, 304 maqsadga erishish, faoliyat predmeti, vositalarini aniqlash, ularni bajarish usullarini oqilona tanlash, o‘quvchi faoliyatini boshqarish, o‘zaro hamkorlikka asoslangan ta'lim-tarbiyani tashkil qilish natijasida amalga oshadi. Ta'limda faoliyat va uni boshqarishga yangicha yondashuv talab etiladi, didaktik tomoyillar yangi mazmun kasb etadi va o‘qitish texnologiyasini o‘zgartiradi. An'anaviy didaktikada buni amalga oshirib bo‘lmaydi. “O‘quv faoliyati”, “aqliy faoliyat” hozirgi davr pedagogikasining eng muhim konsepsiyasi sifatida maydonga chiqmoqda. Uning asoschilari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, D.B.El'konin, V.V.Davidov, P.Ya.Galperinlar pedagogik-psixologiyada ta'limga faoliyatli yondashuv nazariyasini yaratdilar.41 Faoliyatning asosiy psixologik nazariyasi va ta'limga faoliyatli yondashuv quyidagi g‘oyalar va tamoyillarni o‘zida qamrab oladi: 1. Faoliyatga metodologik asos bir tomondan ob'ektiv dunyo, ikkinchi tomondan miyaga ruhiyatning ta'siri natijasida vujudga keladi. (A.N.Leontev). 1. Ruhiy ta'sirning faollik kasb etishi – bu sub'ektning ehtiyoji asosida amalga oshadi (E.G‘oziev). 1. Moddiy dunyoda sub'ektni faoliyatga yo‘naltirish, faoliyatning o‘zi ham ijtimoiy munosabatlarda tarkib topadi (L.S.Vigotskiy). 1. Inson faoliyati ruhiyatining ijtimoiy tarixiy tabiatiga bog‘liq bo‘lib, bu jarayon ijtimoiy hayotning o‘zida amalga oshadi(D.B.Elkonin). 1. Inson faoliyatida ruhiyat ichki faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi (P.Ya. Galperin). Mazkur metodologik asoslar o‘quvchilarga nimani o‘rganish bilan birga qanday o‘rgatishni ham tavsiya etadi. Ta'lim jarayoni o‘quvchilar faoliyatini tizimli tashkil etishni taqozo etadi (-rasm). Ta'limning barcha tarkibiy qismlari uning o‘quvchi faoliyatini tizimli tashkil etish- bu ta'lim maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari, ta'lim mahsuli, bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zaro aloqasida amalga oshadi. 41 Rubinshteyn S.L. “Osnovы obщey psixologii”- Moskva: Znanie, 2003 -106 s. 305 Faoliyatning rivojlanishi ta'limda ma'lum didaktik prinsiplar asosida yuzaga keladi. Bular ilmiylik, uzviylik, tizimlilik, qulaylik, ta'limda faollik, onglilik kabilardan iborat bo‘lib, ta'lim tizimidagi nuqsonlarni bartaraf etib, unda o‘zgarishlar qilishni taqoza etadi. Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari. Pedagogika fanining qonuniyatlari va mazmunini har tomonlama o‘rganish, uni yosh avlod tarbiyasida qo‘llash har bir ustoz, o‘qituvchidan mahorat talab etadi. Mahorat- bu shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati, biror sohasidagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning nazariy darajasidir. Pedagogik mahorat har bir o‘qituvchining zarur bo‘lgan umumiy pedagogik malakalarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan, odatdan tashqari kuch - g‘ayratni, qat'iyatlilikni, tirishqoqlikni, vaziyatga, yangi jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to‘g‘rilik va halollikni, o‘tkir aql - idrokni, bir vositani boshqasi bilan tekshirib ko‘rish malakasini talab qiladi. A.S.Makarenko ta'kidlaganidek: "Agar pedagog mahoratni egallamas ekan, bolalar muhitidagi ilg‘or kuchlarga tayana olmas ekan, ularning iqtidorini rag‘batlantirib, eng yaxshi faoliyatlarini rivojlantira olmas ekan, u muqarrar ravishda shaxsiy ta'sir ko‘rsatishni mutloqlashtirib boradi, ya'ni o‘ziga eng oson yo‘lni tanlaydi. Chinakam mahorat bilan obro‘talablik bir- biri bilan sig‘isha olmaydi. Agar chinakam mahoratli pedagog hamma vaqt munosabatlar tizimi bolalarning ijodiy kamolotiga yordam berishi lozimligini o‘ylasa, obro‘talab pedagog ularning mustaqil faoliyatini nihoyatda toraytirib, ularning so‘zsiz quloq solishlarini yoqtiradi, bu bilan bolalar muhitidagi tarqoqlikka ko‘maklashadi42". Demak, mahoratli o‘qituvchi o‘z nutqining ravon va ta'sirchan ekanligiga erishishi, o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchi diqqatini jalb qila olishi, mavzuga mos ko‘rgazmalar asosida darsga ijodiy yondashishi, har qanday sharoitda ham o‘quvchi qalbiga yo‘l topa olishi lozim. 42 Makarenko A. S. Vospitanie v kollektive. Polnoe sobranie sochineniy. 9-ye izd. –Moskva: Sentyabr,2007.-478s. 306 Pedagogik mahorat – izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o‘qituvchilar uchun qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir. V.A Suxomlinskiy o‘zining «Chin insonni qanday tarbiyalash kerak» asarida «O‘qituvchining mehnatini biror narsa bilan qiyoslab ham, taqqoslab ham bo‘lmaydi. To‘quvchi bir soatdan keyinroq o‘z ishining hosilini ko‘radi, po‘lat erituvchi bir necha soatdan so‘ng olovdagi metal oqimidan shodlanadi. yer haydovchi, don sepuvchi g‘allakor bir necha oydan keyin dalada o‘stirgan boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi. O‘qituvchi esa o‘z ijodining mahsulini ko‘rish uchun yillab mehnat qilishi kerak. O‘qituvchi pedagogik jarayonning har bir daqiqasida o‘zining o‘ttizta yoki qirqta tarbiyalanuvchisining barchasini ko‘rib turishi, u shu daqiqada nimalar o‘ylayotganligini, qanday g‘am-alamlar uni tashvishlantirayotganligini bilishi kerak43”, -degan fikrlarni bayon etadi. Pedagogik mahorat bolalar haqidagi ta'lim tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o‘qituvchi - tarbiyachi bu madaniyatni egallamas ekan o‘z kasbining chinakam ustasi bo‘lishga erisha olmaydi. Zamonaviy o‘qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi. Bolalarni kuzatish, ular rivojlanishidagi muhim o‘zgarishlarni fan, meditsina sohasidagi asosiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ularning rivojlanish yo‘llari va usullarini aniqlash, turli vositalar, tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish usullarining o‘zaro bir - biriga o‘tish dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanish va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur bo‘ladi Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, harakteri, o‘quvchilar bilan muomalasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Odatda bularning ta'lim-tarbiya jarayoniga ta'siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Lekin, tajribali pedagog o‘zining xatti-harakati o‘quvchilarga qanday ta'sir ko‘rsatatganligiga 43 Suxomlinskiy V. A. Kak vospitat nastoyaщego cheloveka?. Polnoe sobranie sochineniy. T.4-ыy. Izd.7. – Moskva: Znanie, 2002.- 675-s. 307 ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Demak, pedagogik mahorat tushunchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha qismlardan tashkil topar ekan. Bunday holda pedagogik mahorat «pedagogik tizim» sifatida tasavvur qilinadi va u quyidagicha ta'riflanadi: «Pedagogik mahorat - o‘qituvchi tomonidan o‘z kasbiy-pedagogik faoliyatini mustaqil ravishda yuqori saviyada tashkil etishi, rivojlanayotgan bola shaxsiga insonparvarlik pedagogikasi asosida yondashish hislatlarining mavjudligi, yuqori darajadagi ma'naviy-axloqiy sifatlarga egaligi bilan tavsiflanadi va pedagogning o‘z faoliyati mohirligining eng baland cho‘qqisiga erishganligini bildiradi44». Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagogik mahorat- pedagogik faoliyatning barcha turlarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti va har tomonlama rivojlantirish maqsadlariga yo‘naltirish, o‘quvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda ijtimoiy zarur mehnatga moyillik uyg‘otishdir. h milliy dasturi”da ham barkamol shaxs tarbiyasiga asosiyPedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari ( -rasm) quyidagilardan iborat: I. Gumanistik (insonparvarlik yo‘nalishi). Bunda qiziqishlar, qadriyatlar, ideallarning oliy maqsadga - barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishga yo‘naltiriladi. Pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi bilan belgilanadi. II. Ixtisoslik bilimi. Pedagog tomonidan mutaxassislik fani, uni o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyani mukammal bilish zaruriyatining oshishi pedagogik mahoratning tarkibiy qismi bo‘lib tavsiflanadi. III. Pedagogik layoqat va qobiliyatlar: kommunikativ (muloqatga moyillik), so‘z, fikr-tuyg‘u orqali munosabat, o‘zaro fikr almashuv; fahm-idrokli bo‘lish; turli qobiliyat (ko‘rinishlari) qirralari, iqtidori; dinamizm (harakatchanlik), faollik, olg‘a siljish; emotsionallik (his-tuyg‘u jo‘shqinlik); qat'iyatlilik; qunt, sabot, chidamlilik; kelajakka ishonch (kelajakni ko‘ra bilish); e'tiborli nufuzli bo‘lish (o‘z ta'sirchanligi bilan mahliyo, maftun eta bilish) bilan belgilanadi. IV. Pedagogik texnika. o‘z-o‘zini, o‘z hissiy holatini boshqara olish; boshqalar bilan aloqa-munosabat o‘rnata olish; nutq malakasi; mimik pontamimik ifodaliligi bilan tavsiflanadi. Milliy pedagogikamiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ma'rifatparvar Abdulla Avloniy: "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir", - degan edi. Hayot, najot, saodatga eltuvchi tarbiyani amalga oshiruvchi zot - o‘qituvchidir. 309 O‘qituvchi bolaga do‘stona munosabatda bo‘lib, ularga faqat ezgu niyat bilan yondashishi, mehribonlik ko‘rsatishi, ularning “MeN”ini hurmat qilishi, bolaning nafsoniyati, qadr-qimmatiga tegadigan qupol muomalada bo‘lmaslik, ishonchsizlik bildirmaslik lozim. O‘quvchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlarni rag‘batlantirib borish muhim. “Bolani butun qalbi bilan sevadigan mehridaryo pedagog ko‘proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi, u chinakam pedagogik hayot kechiradi, shu tariqa professional baxtiga erishadi45”. Demak, pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatishi - o‘quvchi shaxsini hurmat qilish, adolatli bo‘lish, pedagogik faoliyatni pirovard maqsadga – barkamol avlod tarbiyalashga yo‘naltirishda ifodalanadi. O‘z davrida Abu Ali ibn Sino o‘qituvchi shaxsida halollik, adolatparvarlik, poklik, mehnatsevarlik, fidoiylik, odamgarchilik kabi hislatlarni qadrlagan. Insonparvar pedagog bolalarga bilim berayotganda ularga odamiylik namunasi sifatida gavdalanadi. “Bola uchun o‘qituvchisiz bilim yo‘q. Bola o‘qituvchisiga mehr quysa, demak u bilimga qiziqib qoladi. Bolalar mehrini qozonmoq o‘qituvchi uchun sharafli hisoblanadi.Faqat o‘z o‘qituvchisini yaxshi ko‘rgan bola bilimlar olamiga shung‘iydi, jamiyatdagi ma'naviy qadriyatlarni o‘zlashtira boradi46”. Shu bois ta'lim va tarbiya mazmuni, metodlari, usullari, shakllari pedagogning bolalarga mehr- muhabbatidan harorat oladi va insonparvarlik hissi to‘la qalbidan o‘tib takomillashadi. Jamiyatimizda o‘qituvchi bolalarni kelajak haqidagi orzu - umidlar bilan ruhlantirishga, kelajak haqidagi orzu-umidlar, g‘oyalar va ideallarini hozirdan mustahkamlashni o‘rgatishga qodir kishi bo‘lmog‘i lozim. 3.O‘qituvchi kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rni. O‘qituvchilik inson jamiyati tarixi boshlangandan e'tiboran davom etib kelingan kasbdir. XX1 asrda o‘qituvchi - tarbiyachi faoliyati, mahorati, ustoz - shogirdlik munosabatlari uyg‘unlashib borayotgan bir pallada kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida ustoz – o‘qituvchi, tarbiyachining jamiyatda tutgan o‘rnini tasavur etish qiyin. 45 Ochilov M. Pedagogik mahorat.-Toshkent: O‘qituvchi, 46 Abdulla Avloniy. Ustozi avvalga kirish so‘zi.- Toshkent. Qulyozmalar----- 310 O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasida “Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega"47 - deb ta'kidlanadi. Demak, jamiyatda sog‘lom fikrlovchi har tomonlama yetuk shaxslarni voyaga yetkazishda o‘qituvchi-ustozlar kasbiy mahoratga ega, ko‘p qirrali faoliyati va qobiliyati bilan o‘rnak bo‘la oladigan, ijodkor va fidoiy inson bo‘lishlari kerak. Zero, shoir aytganlaridek:
Muallim haqida so‘zi
im ushbudir: Muallim kamolot ichra ko‘zgudir
. O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor,
Farobiy, Danteni takror va takror.
Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim,
Bariga ustozsan o‘zing, muallim.
pedagogik faoliyatga qobilyatli,ijodkor,ishbilarmon; milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni,dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan,diniy ilmlardan ham xabardor, manaviy barkamol; O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan,vatanparvarlik burchini to’g’ri anglagan,e’tiqodli fuqaro; ixtisosga doir bilimlarni, psixolik, pedagogic bilim va mahoratni, shuningdek nazariy ilmlarni mukammal egallagan; 47 O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni. 5-modda. – Toshkent, 1997.-7-b. 311 o’qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko’radigan, har bir o’qituvchi , ulg’ayib yaxshi odam bo’lishiga chin ko’ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko’maklashadigan; erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo’lmog’i darkor. Mustaqil O‘zbekistonimizda o‘qituvchilik kasbiga hurmat e'tibor va uni sharaflash beqiyosdir, shu bilan birga ustozlar oldiga qo‘yiladigan mas'uliyat ham katta. O‘zbekistonda «1 – Oktyabr- “O‘qituvchi va murabbiylar kuni» deb e'lon qilinib, uni butun respublikamiz aholisi umumxalq shodiyonasi sifatida bayram qiladi. Hozirgi kunda o‘zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan ijodkor o‘qituvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Mohir o‘qituvchilarni aniqlash uchun o‘tkazilayotgan tanlovlar ana shu yutuqlar mezoni sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maktablarda “metodist- o‘qituvchi”, “katta o‘qituvchi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi a'lochisi” unvonlariga sazovor bo‘lgan o‘qituvchilar soni ko‘paymoqda.“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” arafasida yuzlab ta'lim fidoyilariga davlatimizning eng mo‘tabar mukofotlari topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarining ko‘pligi ham mamlakatimizda ilm—fan va ta'lim-tarbiyaga e'tiborning naqadar yuksakligini ko‘rsatadi. Ular jumlasiga «O‘zbekiston qaxramoni», «O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi o‘qituvchisi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi», «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi», kabi unvonlarni ko‘rsatish mumkin. O‘qituvchilar safidan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish, iqtidorli, yoshlarni aniqlash, ularning iqtidori, kasbiy malakasini yuksaltirish, rivojlangan demokratik davlatlarning yetuk o‘quv yurtlarida va markazlarida tajriba orttirish maqsadida tuzilgan ushbu jamg‘arma keyinchalik “El-yurt xizmati” jamg‘armasi nomi bilan o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 312 Bu g‘amxo‘rliklarga sabab, xalqimiz, millatimiz kelajagi ko‘p jihatdan o‘qituvchi, uning saviyasi, fidoyiligiga bog‘liqligi bilan belgilanadi. Ma'lumki, har bir o‘sib kelayotgan shaxs o‘z xulq atvoriga, xarakteriga ega. Tarbiyada ana shu xususiyatlarni hisobga olish kerak. Bunda insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o‘zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar ana shunday xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim. O‘qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari o‘qituvchining kasbiy tizilmasida ifodalanadi. Bular: 1) maxsus tayyorgarlik hajmi va mazmuni; 2)o‘qituvchining ruhiy pedagogik tayyorgarligiga quyiladigan talablar; 3) o‘qituvchi shaxsining xususiyatlari; 4) ixtisosga oid umumiy tayyorgarlik mazmuni. Demak, zamonaviy o‘qituvchi shaxsining xususiyatlari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: G‘oyaviy sohada: ilmiy dunyoqarash va e'tiqod, ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy - siyosiy faollik. Kasbiy sohada: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, o‘z kasbini sevish, ruhiy pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, adolatparvarlik, samimiylik, dilkashlik, talabchanlik qat'iylik va maqsadga intilish, vazminlik, o‘zini tuta bilish, kasbiy layoqatlilik. Bilim sohasida: keng ilmiy saviya, ma'naviy ehtiyoj va qiziqiщ, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish va boshqalar. Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xosligi. O‘qituvchi mehnati – bu bebaho izlanish, mashaqqat, azob-uqubatli kechinmalar, quvonch, o‘z faoliyatidan qanoat xosil qilishdir. Pedagoglik faoliyati - inson mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Pedagogik faoliyat — pedagogning tahsil oluvchilarga ta'lim va tarbiya berish vazifalarini hal qilishga qaratilgan hamda pedagogik ta'sir o‘tkazish vositalari bilan 313 amalga oshiriladigan kasbiy faolligidir. O‘qituvchi bu mazkur faoliyatning bir necha turlarini bajaradi: o‘qitadi, tarbiyalaydi, yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatadi, tashkil qiladi, targ‘ibot yurgizadi, mustaqil bilim olish bilan shug‘ullanadi. Bularning hammasi bevosita yoki bilvosita o‘qitish va tarbiyalash vazifalarini hal qilishga yo‘naltiriladi. Pedagogik faoliyat mobaynida motivatsion — mo‘ljalli bosqich, vaziyatni tushunish bosqichi namoyon bo‘ladi; motivlar tug‘iladi, faoliyatga ruhiy tayyorgarlik vujudga keltiriladi, maqsad va vazifalar qo‘yiladi va o‘zgartiriladi; pedagogning tarbiyalanuvchilar ruhiy rivojlanishiga ta'sir o‘tkazishi muvofiqlashtiriladi; pedagogik o‘z - o‘zini tahlil qilish usullari (diagnostika, bashorat, nazorat)dan foydalaniladi, qo‘yilgan vazifa hal etiladi, yo‘l quyilgan pedagogik nuqsonlar bartaraf etiladi. Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta ahamiyat kasb etadi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar tizimining mavjudligi o‘qituvchiga faqat o‘z sinfini hamda ayrim o‘quvchilarni o‘rganish va ularning to‘g‘ri fe'l- atvorlarini tushunishnigina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a'zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi. Kasbiy bilimlar pedagogik mahoratning tub asosini tashkil qiladi. Pedagog bilimi, bir tomondan u dars berayotgan fan to‘g‘risidagi bilimiga, ikkinchi tomondan esa, uni o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘zi dars berayotgan fani, uni o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyadan puxta bilimga ega bo‘lishi, pedagogning kasbiy bilimlar mazmunini tashkil etadi. Kasbiy pedagogik bilimlarning o‘ziga xosligi, ularni kompleks harakterga ega bo‘lishida pedagogik prinsiplar va qoidalar vujudga keladi. Bu prinsip va qoidalarni har bir pedagog o‘z tajribasiga tayangan holda yaratadi, lekin ularning qonuniyatlarini ilmiy bilim yordamida aniqlaydi. Bu bilimlar doimo takomillashib borishi zarur. Taniqli pedagog Adolf Disterveg: «ilmiy izlanishga intilmagan o‘qituvchi tavakkalchilik, oddiylik va soxtalik kabi illatlarga giriftor bo‘ladi48»,-deb ta'kidlaydi. Pedagogik qobiliyatlar, pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil qilishga zamin yaratadi. Quyidagi pedagogik qobiliyatlar ta'lim-tarbiya jarayonida samarali natijalarni qo‘lga kiritish imkonini yaratadi: - kommunikativlik (muloqotga moyillik); - empatiya (o‘zgalar o‘rniga o‘zini quya bilish, odamlarga nisbatan ko‘ngilchan bo‘lish, mehribonlik); - aql bilan sezish- kasbiy ziyraklik, boshqalarga hamdard bo‘lish, ichki (hissiy) sezgirlik; - shaxsning harakatchanligi, irodaviy ta'sir ko‘rsatish va mantiqiy ishontirish qobiliyatlari; - hissiy barqarorlik - o‘zini boshqara olishi; - kelajakni eng maqbul holda bashorat qilish; - kasbiy mustaqillik - ijod qilish qobiliyati. Mahoratli o‘qituvchi quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalarni egallagan bo‘lishi zarur: 1)o‘qituvchi dunyoqarashi keng, har qanday voqyea va hodisa ustida erkin fikr yurita olishi zarurdir; 2)o‘qituvchi birinchi galda o‘zi o‘qitadigan fanni chuqur bilimdoni bo‘lgandagina o‘quvchilarda umumiy va kasbiy ta'lim sifatini oshira oladi hamda ularda fan-texnika hamda amaliy faoliyatga qiziqish va istak hosil qila oladi; 3)o‘qituvchi zamonaviy texnologiyalarga asoslangan holda darsni tashkil qilishi va uning har bir daqiqasidan unumli foydalanishi zarur; 4)O‘qituvchining mohirligi pedagogika va psixologiyani hamda o‘zi o‘qitadigan fanning metodikasini chuqur egallaganligida namoyon bo‘ladi; 5)Pedagogning umumiy madaniyati yuqori bo‘lishi lozim. Bu esa undan adabiyot va san'at sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi; 6)O‘qituvchi pedagoglik odobi va nazokatiga rioya qilishi kerak. Pedagoglik odobi va nazokati o‘qituvchilik kasbiga xos fazilatlardan bo‘lib, uning mahoratini oshiradi; 7)O‘qituvchi pedagogik mahoratga va har tomonlama bilimga ega bo‘lishi lozim, chunki unga o‘quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin. Demak o‘qituvchi pedagogik mahoratga psixologiya va pedagogika turkumidagi fanlarni chuqur o‘rganish; mutaxassislik fanlari, ularni o‘qitish metodikasidan puxta bilimga ega bo‘lish; pedagogik amaliyotda faol ishtirok etish va uni samarali o‘tkazish; o‘z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish, boshqalar tajribasini o‘rganish; o‘z ustida mustaqil ishlash, malaka oshirish kurslarida o‘qib borish kabilar orqali erishishi mumkin.

Download 261,95 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Download 261,95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MA`RUZA. 16-MAVZU: PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI

Download 261,95 Kb.