|
MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
|
bet | 21/28 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 261,95 Kb. | | #115081 |
Bog'liq Umumiy pedagogika majmuaMAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Didaktik tashxis deganda nima tushiniladi?
2. Tashxislashning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
3. Nazorat va hisobga olish deb nimaga aytiladi?
4. Nazoratning qanday vazifalari mavjud?
5. Tekshirish deb nimaga aytiladi? Tekshirishning qanday bo‘ginlari mavjud?
6. Baholash deb nimaga aytiladi? Baho deb nimaga aytiladi?
7. Tashxislashning tamoyillarini izohlang.
8. Nazoratning turlari, shakl va metodlarini bayon eting,
9. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari kompetent-siyalarini baholash mezonlarini tushuntirib bering. 10.Ta'lim sifati monitoring qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?
ADABIYOTLAR:
Abdullaeva Sh.A. Pedagogik diagnostika.-Toshkent:Fan, 2015.-246b
. Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent:
Pedagog, 2004. Tolipov O‘., Ro‘zieva D.I. Pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Me'ros,
2015.-188b. Farberman B. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan, 2000.
12-MA`RUZA
12-MAVZU: PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR HAQIDA TUSHUNCHA. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA TURLARI
REJA:
1. Pedagogik texnologiya mohiyati. Pedagogik texnologiya, metodika, metodlar, shakllar va vositalar
2. Pedagogik texnologiya turlari
3. Interfaol metodlarni ta’lim jarayonida qo’llash
4. Pedagogik texnologiyalarda masofaviy ta'limdan foydalanish
Tayanch tushunchalar: texnologiya, metodika, metod, shakl, vosita, pedagogik texnologiya, innovatsiya, masofaviy ta'lim, interfaollik, kafolatlangan natija. Pedagogik texnologiya, metodika, metodlar, shakllar va vositalar. Pedagogik texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo‘lsada, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, pedagog olimV.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta'riflaydi hamda asosiy diqqatni o‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi27. N.F.Talizina esa pedagogik texnologiyani “fan va amaliyot oralig‘ida muayyan tamoyillarni olg‘a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo‘llash kabi masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan mustaqil fan”28 bo‘lishi lozimligini qayd etadi vah.k. So‘nggi o‘n yilliklar davomida nutqimizda “pedagogik texnologiya”, “zamonaviy pedagogik texnologiya”, “o‘qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar keng qo‘llanilmoqda. Aksariyat pedagoglar “ta'lim texnologiyasi” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari mazmunan bir ma'noni anglatishini aytadi. Bunday yondashuv u qadar to‘g‘ri emas. Ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish g‘oyasi dastlab G‘arbiy yevropa va AQShda shakllangan. Ularda “Pedagogika” fani mavjud emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik texnologiya” tushunchasiham iste'molda yo‘q. Ushbu mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni “ta'lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma'lumotini oshirish, ta'lim samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui “Metodika” deb yuritiladi. Metodika fanlarini o‘qitishda asosiy e'tibor ta'lim sifatini yaxshilash, uningsamaradorligini ta'minlashga qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi ta'lim amaliyotida o‘qitilib kelinayotgan “Pedagogika” fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta'minlashga yo‘naltirilgan ta'limiy va tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iborat. Ya'ni, shaxs kamoloti ta'limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Xo‘sh, “metod”, “metodika”,”ta'lim texnologiyasi”, “pedagogik texnologiya” tushunchalari bir xil ma'noni anglatadimi? Quyida ana shu xususida so‘z yuritiladi. Metod tushunchasi tadqiqotchilar tomonidan turlicha sharhlanishiga qaramasdan, ta'lim jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘li hisoblanadi. Masalan, pedagog olima Sh.A. Abdullaeva ta'rificha: “ Metod (lotincha «metodos»-«yo'l», “uslub”) tadqiqot yo‘li, nazariya, ta'limot, deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so'zi keng ma'noda: muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan uslubni, malum maqsadga erishish yo'lini, tor ma'noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi. Pedagog-olima D.I. Ro‘zieva: “Metod pedagog va tahsil oluvchi hamkorligida tashkil etilayotgan ta'lim jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishish usuli sanaladi”-deb e'tirof etadi. Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta'lim -tarbiya jarayoniga taalluqli muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o'rganiladi. Metodika. Metodika - muayyan qarashlar, nazariyalar, metodlar majmuasi bo‘lib, xususiy fanlarni o‘qitish uslubiyati hisoblanadi. Metodikadan foydalanish mexanizmini bilish ta'lim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning eng samarali shakl va metodlarini aniqlash imkonini beradiki, buning nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyati ham beqiyosdir. Metodika shaxsning tabiatga bo‘lgan ta'sirini jamoaviy, maqsadga muvofiq, texnologik o‘zaro ta'sir sifatida namoyon bo‘lishini ifodalaydi.
Pedagogik texnologiya – tahsil oluvchilar faoliyatini samarali, muvaffaqiyatli tashkil etishga xizmat qiladi
Ta'lim texnologiyasi tahsil oluvchilar faoliyatini samarali, muvaffaqiyatli tashkil etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u talabalarning shaxsiy va pedagog bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. XX asrning 50-yillarida ta'lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llash “ta'lim texnologiyasi” yo‘nalishini belgilab beruvchi omil deya e'tirof etildi, asosiy e'tibor auditoriyanikengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning axborot sig‘imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta'lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ob'ekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o‘quv jarayonini “texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini o‘rganishga alohida urg‘u berildi. 60-yillarning boshlarida ta'limni dasturlash asosida ta'lim jarayonini tashkil etish “texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko‘rila boshlandi. Ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish nazariyasiningshakllanishi uzoq muddatli vaqt oralig‘ida kechdi. Qator mamlakatlar – AQSh, Angliya, Yaponiya, Italiyada ta'lim texnologiyasi va uning muammolarini tadqiq etishga alohida e'tibor qaratildi. Ta'lim texnologiyasi muammolarini tadqiq etuvchi tashkilotlar tuzildi, maxsus jurnallar (“Ta'lim texnologiyasi– 1961 yil, AQSh; 1970 yil, Angliya; 1965 yil, Yaponiya; 1971 yil, Italiya; “Ta'lim texnologiyasi va dasturli ta'lim” – 1964 yil, Angliya; “Ta'lim texnologiyasi sohasidagi tadqiqotlar” – 1965 yil, Yaponiya) nashr etildi. Pedagogik texnologiya – tahsil oluvchilar faoliyatini samarali, muvaffaqiyatli tashkil etishga xizmat qiladi 232 Mustaqillik sharoitida O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalari faoliyatijarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirishga qaratilgan harakatlar bir qator yetakchi tashkilotlar tomonidan olib borildi. Masalan, AXeLS, IReX, JIA, KOIA kabi tashkilotlarning bu boradagi faoliyati o‘zining samaradorligi bilan alohida ahamiyat kasb etdi. So‘nggi besh yillar davomida yuqorida nomlarikeltirilgan tashkilotlarning ko‘magida respublikaning bir qator yetakchi oliy o‘quv yurtlari qoshida Innovatsion markazlar (Pedagogik texnologiya markazlari) tashkil etildi. Ta'lim va tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash muayyan afzalliklarga ega. Ta'lim jarayonida an'anaviy (og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy) va noan'anaviy metodlar tasniflanadi. 1. Hikoya 1. Mashq 1. Videometod 1. Munozara 1. Didaktik o‘yinlar 1. Laboratoriya metodi 1. Suhbat 1. Tushuntirish 1. Ma'ruza 1. Kitob bilan ishlash 1. Illyustratsiya 1. Namoyish va h.k. Ta'lim jarayonida noan'anaviy, interfaol metodlardan foydalanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish, uning sifat va samaradorligini oshirish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Yuqori darajadagi bilimga ega, ma'naviy boy, sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlardan biridir. Pedagogik texnologiya turlari. Pedagogik jarayonning umumiy mohiyati quyidagi pedagogik texnologiyalarni ajratishga imkon beradi
Innovatsion faoliyat - yangi mahsulot yaratishga yo‘naltirilgan ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat tadbirlari majmuasidan iborat bo‘lib, ulardan maqsad yig‘ilgan bilim, malaka, ko‘nikma, texnologiya va ishlab chiqirish asboblarini mana shu yangi mahsulotni keng miqyosda ishlab chiqarilishiga ishlatish va uning samaradorligini ta’minlashdir. Ta’lim tizimining “ishlab chiqarish mahsuloti” – barkamol shaxs va kadr, ya’ni ta’lim sub’ektlari hisoblanadi. Binobarin, ta’limdagi innovatsion faoliyat – yangi kadrlarni yetishtirishga yo‘naltirilgan ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat tadbirlari yig‘indisi bo‘lib, ulardan maqsad mana shu yig‘ilgan bilim, malaka, ko‘nikma, texnologiya va ishlab chiqarish jarayonining yangi kadrlarini keng miqyosda samarali tarzda mamlakat iqtisodiyoti uchun ko‘plab yetishtirib berishga yo‘naltirish va ta’minlashdan iboratdir. Demak, pedagogik innovatsiya - yangi maxsulot, ya’ni kadr, mustaqil fikrlovchi shaxsni yetishtirishga yo‘naltirilgan har qanday pedagogik yangilik bo‘lib, undan maqsad pedagogik jarayon yuqori samaradorligini ta’minlashdir. Ma’lumki, bugungi kunda intellektual va kreativ tafakkur, ma’naviy yetuklik, mafkuraviy uyg‘oqlik, jismoniy sog‘lomlik, chet tillarini o‘zlashtirilganlik, fuqarolik sezgirligisiz barkamol shaxsni tarbiyalab bo‘lmaydi. Butun ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash ma'qullanmoqda: 1. Faoliyat yo‘nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi). Kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra (radikal, modifikatsiyalangan, kombinatsiyalangan). O‘zgarishlar ko‘lamiga ko‘ra (lokal, modulli, tizimli). - Kelib chiqish manbaiga ko‘ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan). Innovatsiyaning maqsadi— sarflangan mablag‘ yoki kuchdan eng yuqori natija olishdan iborat. Boshqa turli —tuman o‘z —o‘zidan paydo bo‘ladigan yangiliklardan farqli o‘laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o‘zgarishlar mexanizmini tashkil etadi. 236 Ta'lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo‘la olmaydi. Shu sababli «novatsiya» va «innovatsiya» tushunchalari o‘rtasidagi asosiy farqlarni ko‘rsatib o‘tish zarur. Buning uchun islohot faoliyatining aniq shakli, mazmuni va ko‘lami asos bo‘lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo‘lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lmasa, o‘z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba'zi elementlarini o‘zgartirishni vazifa qilib qo‘ygan bo‘lsa, u holdabiz novatsiya bilan muloqot qilayotgan bo‘lamiz. Agar faoliyat ma'lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa va uning natijasi o‘sha tizim rivojlanishiga yoki uning prinsipial o‘zgarishiga olib kelsagina innovatsiya deya olamiz. Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha: novatsiya amaldagi nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi. Innovatsiya esa tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi, ma'lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi, amaliyot sub'ektlari pozitsiyalarini to‘la yangilaydi. Bunda faoliyatning yangi yo‘nalishlari ochiladi, yangi texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi sifat natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o‘zi ham yangilanadi. Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion jarayon deb — innovatsion o‘zgarishlarga tayyogarlik ko‘rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi. I.P.Podlasiy pedagogik tizimda innovatsion o‘zgarishlarning yo‘nalishlarini o‘rganish asosida quyidagilarni belgilab beradi: Pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi. O‘quv jarayonining o‘zgarishi. Pedagogik nazariyaning o‘zgarishi. O‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi. Tahsil oluvchi faoliyatining yangilanishi. Pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi. Mazmunning yangilanishi. Shakl, usul va ta'lim vositalarining o‘zgarishi. Boshqaruvning o‘zgarishi. 237 Ta'lim jarayonidagi innovatsion o‘zgarishlar, ta'lim tizimiga har qanday yangilikning kiritilishi bevosita o‘qituvchi faoliyatini yangilash va o‘zgartirish orqali amalga oshirilishi ham muallif tomonidan qayd etilgan. Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga kiritish, innovatsion jarayonlarni boshqarishni tahlil qilish orqali innovatsion faoliyat tuigunchasini ta'riflash imkoniyati paydo bo‘ldi. Innovatsion faoliyat — pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. «Innovatsion faoliyat — bu yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy me'yorlarning mos kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me'yorining mavjud me'yor bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir», — deb ta'kidlaydi V.I.Slobadchikov. Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy — madaniy ob'ekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub'ektlarning harakat tizimi bo‘lib, u ma'lum doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo‘lishdir. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o‘quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat. Pedagogik texnologiyalarda masofaviy ta'limdan foydalanish. Pedagogik texnologiyalarda masofaviy ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi, chunki, axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarini qamrab oladi. Ta'lim jarayonini qulaylashtirishda masofaviy o‘qitish ta'lim tizimi ishtirokchilarining innovatsion pedagogik faoliyatini tashkil qilishga mo‘ljallangan. Aynan: -doimiy va muntazam ravishda o‘z malakalarini oshirib borish, bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy yangilab borish; -mamlakatimizning va xattoki yer kurrasining qaysi burchagida bo‘lishi va qaysi vaqt oralig‘ida topshiriq berish va ularni bajarishdan qat'iy nazar, tahsil oluvchi va o‘qituvchi o‘rtasida interfaol aloqa o‘rnatishga imkoniyat mavjudligi, ta'lim mazmunining xalqaro talablarga monand bo‘lishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi asosida tashkil qilish; -o‘qitish jarayonida erkin muloqot qilish talablarini bajarish, o‘quvchining vizual, eshitish, so‘zlashish, fikr almashish kabi layoqat va malakalarining teng ravishda shaklantirilishi zarurligini inobatga olish va buning uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratish; -o‘qitish jarayonida insoniylik (gumanizm) talablariga rioya etish, ta'limning uzviyligi, uzluksizligi, bosqichma-bosqichliligi, demokratlashuvi va xalqchilligini ta'minlash; -davlatlararo xalqaro va mintaqaviy hamkorlik o‘sayotganligini inobatga olgan holda istiqbol kadrlarning milliy manfaatlar asosida shunday xalqaro muloqotga tayyorligini ta'minlash; -ta'lim jarayonini tashkil qilish va boshqarishda pedagogik motivatsiya, realizatsiya va refleksiya talablariga to‘liq rioya etishga qaratilgan. masofaviy ta'limda internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sun'iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, ya'ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur aess, Dial-ur) ko‘rinishida amalga oshiriladi. Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans tugagandan so‘ng telefon tarmog‘i bo‘shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishga imkon beradi. Telefon liniyasi orqali «Chaqiruv» bo‘yicha Internetga bog‘lanish Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o‘rtasida amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida 239 Internetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi.Internet tarmog‘iga nafaqat kabel yoki telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida simsiz ulanish ham mumkin. Interaktiv so‘zi inglizcha “inter” – “birgalikdagi” va “akt” – “harakatlanish” so‘zlaridan olingan. Interaktivlik birgalikda harakatlanish yoki suhbat, dialog rejimida nimadir (masalan, kompyuter) yoki kimdir (o‘qituvchi) bilan bo‘lish demakdir. Bundan kelib chiqadiki, interaktiv ta'lim – avvalo dialogli ta'lim bo‘lib uning davomida o‘qituvchi va tinglovchi, tinglovchi va kompyuter o‘zaro hamkorligi amalga oshiriladi. Interfaol ta'limning asosini interfaol metodlar asosida darsni olib borish tashkil etadi. Interfaol metod– o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi, ham tahsil oluvchini faollashtirishga yo‘naltirilgan o‘qitish usullari majmui. “Modellashtirish”, “Breynshtorming”, “Muzyorar” kabi turli interfaol metodlardan bugungi kunda ta'lim jarayonida foydalanilmoqda. Modellashtirish metodidan foydalanish mobaynida o‘qituvchi auditoriya xususiyatlarini bilishi lozim. Bunda yoshlarning bilim o‘zlashtirish xususiyatlari, uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar; ish dinamikasi, darsning tuzilishi, o‘zaro hamkorlikka asoslanganligi inobatga olinishi zarur. “Breynshtorming” metodi orqali tahsil oluvchilar bilan tezkor aloqa o‘rnatish, ular fikrini mustaqil ravishda izhor etishlariga imkoniyat yaratish, ularga dinamik ta'sir ko‘rsatish mumkin. “Breynshtorming” uch bosqich: motivatsiya, idrok, refleksiya (mushohada yuritish) dan iborat bo‘lganligi bois, har birida ham bahsga kirishuvchilar muloqat madaniyatini namoyish eta olishi lozim bo‘ladi30. Demak, pedagogik muloqotda tahsil oluvchilar tashabbusi qullab- quvvatlanadi, dialog muloqotga zamin yaratiladi, yoshlarning o‘z fikrlarini real sharoitga moslay olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Tabiiyki, bunda o‘qituvchi pedagogik muloqotni tashkil qiluvchi, tashabbuskor va yetakchi shaxs sifatida maydonga chiqadi.
“Breynshtorming” metodidan foydalanilganda ta'lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta'lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta'lim oluvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta'lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta'lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Bugungi kunda ta'lim jarayonida noan'anaviy metodlar -“Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi”, “Erkin yozish”,“Besh minutlik esse”, “Tushunchalar asosida matn tuzish” kabi metodlardan keng foydalanilmoqda. MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR: 1. «Texnologiya» so’zining lug’aviy ma’nosi nimani anglatadi? *A)“texne” –“san’at”, “mahorat” va “logos” -“ta’limot” B) )“texne”-“texnika”, “logos” - “o’qish” S) )“texne”-“ texnika”, “logos” - “ta’lim” D) “texne”-“ texnika”, “logos” - “ma’lumot” 2. Innovatsion faoliyat bu— …. A) yangi ijtimoiy talablar B) An'anaviy me'yorlar *C)Yangi shakllanayotgan me'yorining mavjud me'yor bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat C) pedagogik muloqotda tahsil oluvchilar tashabbusi/ 3. Axborot tizimi bu-… *A) axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish B) Foydalanish imkonini bermaydigan axborot resurslari C)Axborot uzatish 241 D) Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish 4.“Innovatsiya” so’zining lug’aviy ma’nosi to’g’ri belgilangan qatorni aniqlang A) ing. “innoveyshn” — yangilik kiritish B) ing. “innoveyshn” — yangilik kiritish jarayoni C) ing. “innoveyshn” — tizim ichki tuzilishi D) ing. “innoveyshn” — sub'ektlarning harakat tizimi TOPSHIRIQLAR: 1.Interfaol metodlar asosida dars ishlanmasini tayyorlang.
2. “Breynshtorming” metodi haqida nima bilasiz? Uning bosqiclarini ko’rsatib bering.
3. “Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga kiritish, innovatsion jarayonlarni boshqarish” mavzusida ma’ruza tayorlang.
|
| |