Bozor faoliyati sharoitida narx ustidan nazoratning amalga
oshirilishi
Kirish
I.
Asosiy qism
1.Narx haqida tushuncha va uning mohiyati.
2. Maksimal va minimal narxlar.
3. Narxning bozor faoliyatiga ta'siri
4.Narx ustidan nazoratning salbiy oqibatlari.
5.Oziq-ovqat maxsulotlarini sotilishida davlat tomonidan narxlarni
nazorat
qilish tahlili: muammo va xulosalar.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Kirish
Har bir mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, aholi turmush
farovonligi hamda ularning real daromadlarini muttasıl oshirib borishda ichki
iste'mol bozorida narx-navoning barqarorligi mühim o'rin tutadı.
Chunki narx-
navoning oshib borishi (inflyatsiya) aholi ixtiyoridagi daromadlarning xarid
qobiliyatini pasaytirib, ularning malum turdagi tovar va xızmatlar iste’molidan voz
kechishiga sabab bo'lishi mumkin.
Kurs ishi mavzusining dozarbligi. Darhaqiqat,
iqtisodiyotda narxlarning
barqarorlıgi deganda narxlarning keskin tushib yoki keskin oshib ketmasligi
tushuniladî. Shu boisdan narxlarning barqarorligiga erishish strategik vazifalar
sirasiga
kiradi.
Binobarin,
narxlarning
keskin
tushib
ketishi
ishlab
chiqaruvchilarning foyda me’yorini tushishiga hamda
tovar va xizmatlar ishlab
chiqarish hajmining pasayishiga sabab bo'ladi. Bu holat iqlisodiyotda iqtisodiy
o'sishning pasayishi, ishsizlik darajasınıng ortishi kabı salbiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin.
Aksincha. narxlaming keskin oshib ketishi, o’z
navbatida, aholi xarıd
qobiliyatı hamda real daromadlarining pasayishi natijasida aholi turmush
farovonligiga salbiy ta'slr ko'rsatadi Kurs ishini ob'kti. Mamlakatda narxlar
barqarorligini ta'minlash yuqoridagi salbiy oqibatlarning
oldini olish hamda
barqaror iqtisodiy o'sish sur’atlariga erishish imkonini beradi. Yuqoridagilarni
inobatga olgan holda, valyuta siyosatini liberallashtirish sharoitida, respublikamizda
narx-navoning keskin oshib ketıshiga yo‘l qo'ymaslik, aholi turmush farovonligini
oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada, ya'ni aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror
ta'minlash maqsadida o'tgan yildan hozirgi paytgacha 155 million AQSH dollari
miqdorida shakar, o'simlik yog'i, kartoshka va tovuq go’shti kabi mahsulotlar ichki
bozorning ehtiyojini qondirish uchun chetdan keltirildi.
Shuningdek, ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan to'yintirısh uchun ımport
asosida olib kelinadigan 6200 turdagi tovarlar bo'yicha
rol qiymatidagi import
bojlari o'rnatildı va 8 mingdan ortiq tovarlar bo'yicha aksiz va bojxona to'lovlari ikki
marotaba kamaytirildi.
Ahamiyatga molik jihati shundaki, buğun mamlakatimizda 27 turdagi,
jumladan neft mahsulotlari, sement,
qora metallar prokati, mis, paxta tolasi va
boshqa yuqori likvidli mahsulot turlari, xom ashyo va
materiallarni ichki bozorda
faqat birja savdosi orqali bozor tamoyillari asosida sotish tizimi yaratildi.
Shuningdek, Davlatimiz rahbarining joriy yilning boshida qabul qilingan Farmoniga
asosan, go'sht mahsulotlari, o'simlik yog'i va shakar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi
korxonalar va import qiluvchi tashkilotlar 2019-yil 1- yanvargacha bojxona
to'lovlaridan ozod qilindi. Ushbu Farmon bilan alohida import qiluvchi korxonalarga
berilgan imtiyozlar bekor qilinıb, aholining barcha qatlamı uchun teng sharoıtlar
yaratildi.