2-chizma. Narx minimal bo'lganda mahsulot ortiqchaligi.
Grafikdagi E' nuqta ortiqcha mahsulotni norasmiy ravishda muvozanat
narxdan past narxda (P, narxda) sotilishi mumkin bo'lgan vaziyatni
ko'rsatadi.Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini
o'zgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.Faraz qilaylik, tovarga
davlat tomonidan maksimal narx P*o'rnatildi, ya'ni P*
narx).Ushbu oshgan ortiqchalik grafikda qo'sh shtrixlangan A
to'rtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste'molchilar tovar hajmi
qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning iste'mol ortiqchaligining
qisqarganligi shtrixlangan B uchburchak yuziga teng. Demak, iste'molchi
ortiqchaligining sof o'zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin:
∆ist.=A-B, (1)
bu yerda, ∆ist. - iste'molchi ortiqchaligining sof o'zgarishi.Chizmadan ko'rinib
turibdiki, A>B bo'lgani uchun sof iste'molchi ortiqchaligi musbat ∆ist.>0.Endi
ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini qaraymiz. Bozorda qolib ishlab chiqarishni davom
ettirayotgan ishlab chiqaruvchilar bozor narxidan past narxda Q, hajmda mahsulot
ishlab chiqaradi.Ishlab chiqaruvchilar grafikda ko'rsatilgan A to'rtburchak yuziga
teng bo'lgan iste'molchi ortiqchaligini yo'qotadilar. Bozordan siqib chiqarilgan
ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo'qotilgan ishlat chiqaruvchi ortiqchaligi esa C
uchburchak yuzi bilan ifodalangan.