• 5. Oziq-ovqat mahsulotlarini sotilishida davlat tomonidan narxlarni nazorat qilish tahlili: muammo va xulosalar.
  • -chizma. Minimal narx o'rnatilishi natijasidagi yo'qotishlar grafigi




    Download 48,63 Kb.
    bet8/10
    Sana24.01.2024
    Hajmi48,63 Kb.
    #144471
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Bozor faoliyati sharoitida narx ustidan nazoratning amalga oshir-fayllar.org

    -chizma. Minimal narx o'rnatilishi natijasidagi yo'qotishlar grafigi. 
    Bunday holda har bir ishlab chiqaruvchi o'z mahsulotining hammasini yuqori
    narxda sotaman, deb o'ylaydi. Pirovardda davlat tomonidan o'rnatilgan minimal narx
    siyosati ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni
    qoplamaganligi sababli, ishlab chiqaruvchilarning foydasini ancha qisqartirib
    yuborish mumkin.

    5. Oziq-ovqat mahsulotlarini sotilishida davlat tomonidan narxlarni 
    nazorat qilish tahlili: muammo va xulosalar. 
    O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshishi,
    qolipli non bo‘yicha davlat tomonidan o‘rnatilgan majburiy narxning bekor qilinishi
    aholi tomonidan keskin qarshi olinyapti. Albatta, biror zamonda birorta davlatda
    narxlarning oshishi yoqimli holat sifatida qabul qilingan emas. Ko‘proq xarajat
    qilish kimga ham yoqadi? Iqtisodiyot orqali bilamizki, bozor sharoitida — narxlarga
    hech qanday ma’muriy tarzda aralashilmayotgan bir vaqtda narxlar oshishi yoki
    talabning oshishi, yoki taklifning kamayishi sababli yuzaga keladi. Ya’ni agar davlat
    bozorda noto‘g‘ri harakatlar qilib, narxni belgilashga urinmayotgan bo‘lsa, bozorga
    kirish va chiqishda tarif va notarif to‘siqlar o‘rnatmayotgan bo‘lsa, narxlarning
    oshishiga mahsulot taklifining kamayishi sabab bo‘ladi.



    Prezidentning 31 may kungi yig‘ilishida aytilganidek, dunyoda kun sayin


    oziq-ovqat bilan bog‘liq cheklovlar va narxlarning o‘sishi kuchaymoqda. Jahon
    bozorlarida bug‘doy narxi 50 foizga, o‘simlik yog‘i 33 foizga, shakar 14 foizga, neft
    esa 47 foizga oshgan. Ya’ni oziq-ovqat narxlari o‘sishi nafaqat O‘zbekistonda, balki
    butun dunyoda kuzatilayotgan jarayon hisoblanadi.
    Tarif va notarif to‘siqlarga kelinadigan bo‘lsa, 2023 yil 1 yanvarga qadar 22
    ta turdagi iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, meva,
    o‘simlik yog‘i) bojxona bojlaridan ozod etildi. Aslida nafaqat oziq-ovqat, balki
    istalgan turdagi mahsulotlar bojdan cheklanmagan muddatga ozod qilinishi
    maqsadga muvofiq, lekin bu — boshqa masala. Aytmoqchi bo‘layotganimiz, narxlar
    oshishiga endilikda bojlar ham sabab bo‘lmaydi.

    Download 48,63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 48,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -chizma. Minimal narx o'rnatilishi natijasidagi yo'qotishlar grafigi

    Download 48,63 Kb.