1. Narx tushunchasi va uning mohiyati
Narx bozor kategoriyasi tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan
munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi
ifodasi, qiymatning bozordagi ko‘rinishidir.
Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi, narx pasayib
ketsa, tovar bozori kasodlikka yo‘liqqan bo‘ladi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa
tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga
qo‘yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari ko‘rsatib beradi. Narx
nimaga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani
bajaradi:
Bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi;
Hisob-kitob, o‘lchov funksiyasi;
Iqtisodiy regulyator funksiyasi;
Raqobat vositasi funksiyasi;
Ijtimoiy himoya funksiyasi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: demping narx;
nufuzli narx; milliy narx; arzonlashtirilgan narx; jahon narxi; yashirin narx; erkin
narx; standart narx; kontrakt (ulgurji) narx; chakana narx; o‘zgaruvchan narx; limit
narx; muvozanat narx.
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o‘zgarib turish
qobiliyatidir. Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi. Yuqori narxlar esa yuqori
sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Tovarning
raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni narx darajasiga bog‘liqdir.
Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko‘paytirish, qisqa vaqt ichida eng
ko‘p foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab qolishdan iborat.
Birlamchi narxni aniqlashga vaqt bo‘yicha narx darajasini aniq hisoblash
ta’sir qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga, tovarning yashash davriga, talab va
taklifning potentsial miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Marketingda tovar siyosati ijtimoiy
tovar ishlab chiqarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarish, taqsimlash,
almashuv va iste’molchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
yuritiladi.
Narx bajaradigan ba’zi bir vazifalarni ko‘rib o ‘tamiz: avvalo narxlar ishlab
chiqarish va iste’moldagi o‘zgarishlardan xabar beradi.
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlardan
ham darak beradi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilarni rag‘batlantirish hisoblanadi.
Narxlar
mexanizmi
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulot
miqdorini
ko‘paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni
ham rag‘batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq. Bu
daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo‘jalik faoliyati
ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‘z shaxsiy yoki ishlab chiqarish
iste’mollarini ko‘plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning
narxlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik sohalariga
ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.
Narx bilan iste’molchilar o‘rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki,
uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor
segmentatsiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar, odatda qimmat
narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko‘proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi.
Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga to‘g‘ri kelavermaydi.
Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar
ko‘proq tovar aylanmasi hajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim
segmentlariga mo‘ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat
buyumlari, mo‘yna va boshqalar.
Ikki narx segmenti yaqqol ko‘zga tashlanadi: “narx” xaridori va “sifat”
xaridori mavjud. Ko‘pincha xaridorlar sifatga nisbatan ishonch bildirib, ortiqcha pul
sarflaydilar. Yuqoriroq narxlar go‘yo ularga sifatga nisbatan ishonch bildirib, bu
ayniqsa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar xaridida
ko‘pincha kuzatiladi.
Narx ravonligi iste’molchilarning xarid qilinadigan tovarlar miqdori nuqtai
nazaridan narx o‘zgarishlariga o‘ta sezuvchanligini belgilaydi.
Amalda talab ravonligini uch ko‘rinishi, ya’ni ravon talab, noravon talab
hamda yakka (unitar) talabga bo‘lish mumkin.
Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi o‘zgarishlarga o‘ta sezuvchan
bo‘ladi.
Bozor noravon talab vaziyatida narxlardagi o‘zgarishlarga yetarli darajada
sezgirlik ko‘rsatmaydi.
Yakka ravonlik vaziyatida sotuvchilar ko‘p bo‘lgan, ularning bir mahsulot
o‘rnini ikkinchisining mahsuloti bosa oladigan joylarda ko‘zga tashlanadi.
Ko‘pincha qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab yakka ravonligi aks etadi. Shunday
qilib, narxlardagi o‘zgarishlar talab va taklifga muvofiq ko‘tarilib-pasayib turadi,
mahsulot ishlab chiqaruvchilar xohishi bilan narx belgilanmaydi.
Azaldan talab darajasi narxlarning eng yuqori chegarasini ko‘rsatadi, ya’ni bu
chegaradan yuqorida tovar ayirboshlash umuman mumkin bo‘lmaydi. Ammo
iste’molchilar mahsulotni hayolidagi yagona qat’iy narxda izlaydi. Marketologning
vazifasi ham bozor belgilaydigan chegaralar doirasida maqbul narxlarni topish
hisoblanadi. Ko‘pgina firmalar bozorlardagi turli narxlarni tekshirish, o‘rindosh
tovarlar narxi darajasini raqiblar narxni o‘rganish yo‘li bilan statistik tahlil qilish
usuli, grafik ekspert baholovchi usullaridan foydalanib, talab o‘zgarishini
o‘lchashga intiladi.
Ma’lumki, xarajatlar ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi yoki kamayishi
bilan bog‘liq holda o‘zgarish-o‘zgarmasligiga qarab doimiy, sharli-doimiy,
o‘zgaruvchan turlarga bo‘linadi. Doimiy xarajatlar chiqarilgan mahsulot hajmiga
qarab o‘zgarmaydi. Bu xarajatlar tarkibiga qurilma va asbob-uskunalar
amortizatsiyasi, mulk solig‘i (daromad solig‘i), qo‘shimcha xarajatlar va boshqa
chiqim turlari kiradi.
O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq holda o‘zgarib
boradi, unga xomashyo, materiallar, ish haqi va boshqalar kiradi. Shartli-doimiy
xarajatlarga boshqarish bilan bog‘liq ayrim xarajatlar, yordamchi materiallar olishga
ketadigan chiqimlar va boshqalar kiradi.
To‘liq xarajatlar jami doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisidan tashkil
topadi, shuningdek, ishlab chiqarishning chegaralangan (marjinal) xarajatlari ham
hisoblanadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi ko‘paygan (kamaygan) hollarda bir
mahsulot birligiga to‘liq xarajatlarning ko‘payishi (kamayishi)ni ifoda etadi.
Shunday qilib, firma xarajatlari tarkibi, dinamikasi, miqdori narx uchun minimal
darajani tashkil etadi, chunki bu xarajatlardan pastroq narx hech qanday foyda
bermaydi.
Korxona narxni belgilar ekan, xarajatlarning jami manzarasi ko‘rib
chiqiladigan, zarar ko‘rmasligini ta’minlaydigan tahlil usulidan foydalanadi.
Bunday tahlil narxlarni belgilashda foydali vosita hisoblanadi. Ammo tor ishlab
chiqarish ixtisoslashuvi sharoitida, o‘zgaruvchan xarajatlarni oson hisoblash
mumkin bo‘lgan paytlarda uni qo‘llash yaxshi natija beradi. Zarar ko‘rmaslikni tahlil
etishda asosiy e’tibor mahsulot sotish hajmi nuqtasiga, to‘liq daromad to‘liq
xarajatlarga teng bo‘lgan, ya’ni na foyda na zarar bo‘lmagan nuqtaga qaratiladi.
Marketologlar bir qator har xil narxlarni tadqiq etadilar, so‘ng har bir narx
uchun zaruriy hajmlar qiyoslanadi.
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo‘lib xizmat qiladi.
Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog‘liq
bo‘lgan to‘rt bozor turini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat,
oligopolistik raqobat sof monopoliya.
Asosan narxni o‘zgartirish yo‘li bilan talabga ta’sir ko‘rsatish raqobatning
narx bilan bog‘liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat
usullarida firmalar o‘z mahsulotining o‘ziga xos hislatlariga zo‘r beradi, mahsulot
sotish, tovarlar harakati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing
qismlariga katta e’tibor beradi.
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:
1. Talab omillari (bozorda o‘xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo‘lgan
narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga
yo‘naltirilgan narx)
2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).
3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o‘xshash import
tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bo‘lgan narxni bilish.
Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:
- narxni belgilash masalasi qo‘yiladi,
- talab aniqlanadi,
- xarajatlar baholanadi,
- raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,
- narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,
- oxirgi natijaviy narx o‘rnatiladi.
Firma talab hajmiga asoslanib, xarajatlarning miqdorini belgilab, raqiblar
narxlarini o‘rganib, o‘z mahsulotlariga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx
belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin.
Ko‘pincha korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda
formulalardan foydalanadi. Formulalarga ko‘ra narx belgilash narx belgilashning
boshqa jami usullari kabi, birinchi navbatda e’tiborni foydaga qaratadi, talabni
hisobga olmaydi.
«O‘rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo‘yicha narx belgilash tovarning
tannarxiga muayyan ustama qo‘yishdan iborat bo‘lib, narx belgilashning eng oddiy
usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda
tebranib turadi. Shuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada
iste’molchiga yetib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo‘yadigan
ustama narxlar yakunini ifodalaydi.
«Ko‘zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini
qo‘llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan
qaytim foiz olishga intiladilar. Bu usul o‘rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga
asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo‘yicha belgilash usulini qo‘llash bilan firma
mahsulotning qo‘shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida
qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi qoplanadi, foyda amalga
oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to‘xtatish xavfi ostida
qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf
keltirishi mumkin.
Savdoda do‘konlarga xaridorlar oqimini ko‘paytirish uchun sotuvchilar ayrim
tovarlarni to‘liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar.
Xaridorlar ko‘payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo‘shimcha
ravishda narxi me’yorda bo‘lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.
|