• ADABIYOTLAR
  • 8-MA`RUZA 8-MAVZU: TALIM MAZMUNI. DAVLAT TALIM STANDARTLARI REJA
  • Axborot texnologiyalari va menejment universiteti




    Download 261,95 Kb.
    bet17/28
    Sana10.12.2023
    Hajmi261,95 Kb.
    #115081
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika majmua

    MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR:
    1. Didaktika nimani o‘rganadi? Mazkur sohaning obekti va predmetini izohlang.
    2. Didaktikaning asosiy kategoriyalarini sanab bering.
    3. Zamonaviy ta'lim paradigmalariga nimalar kiradi?
    4. O‘qitish jarayonining asosiy vazifalariga izoh bering.
    5. O‘qitish jarayonining bosqichlariga ta'rib bering.
    6. O‘quvchilarning bilish faoliyatining tuzilishi va o‘ziga xosliklarini izohlang.
    7. Ta'lim qonuniyatlari deganda nimani tushunasiz?
    8. Ta'limning qanday umumiy qonuniyatlari mavjud?
    9. Ta'limning xususiy qonuniyatlariga nimalar kiradi?
    10. Ta'lim tamoyillari deb nimaga aytiladi?
    11. Ta'limning mazmunga doir tamoyillariga nimalar kiradi?
    12. Ta'limning tashkiliy-metodik tamoyillariga izoh bering.


    ADABIYOTLAR:
    Abdullaeva Sh.A. Pedagogika.-Toshkent:Fan, 2011.-178b.
     Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent:
    Nizomiy nomidagi TDPU, 2006. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat / S.A.Madiyarova va b. – Toshkent:
     “Iqtisod-moliya”, 2009. Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: Pedagog,
     2004. Tolipov O‘., Ro‘zieva D.I. Pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Me'ros, 2015.
    - 188b. Farberman B. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan, 2000
    8-MA`RUZA
    8-MAVZU: TA'LIM MAZMUNI. DAVLAT TA'LIM STANDARTLARI
    REJA:
    1. Ta'lim mazmuni tushunchasi
    2. Ta'llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari
    3. Ta'lim mazmunini belgilovchi me'yoriy hujjatlar
    Tayanch tushunchalar: ta'lim mazmuni, kompetentsiya, Davlat ta'lim standarti, o‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari, o‘quv-metodik majmua.
    Ta'lim mazmuni tushunchasi. Ta'lim mazmuni deganda o‘quvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq belgilangan hajmi va ko‘lami tushiniladi. Ta'lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo‘lib, uni aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
    1) jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi;
    2) jamiyat tomonidan qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma;
    3) ta'limninq maqsad va vazifalari;
    4) innovatsion rivojlanish darajasi;
    5) axborotlarning hajmi va ko‘lami;

    Ta’lim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi: olam va inson haqidagi bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi; atrof-muhitga emotsional-faoliyat tajribasi.
    6) o‘quvchilarning yosh xususiyatlari.


    Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta'lim va uning natijalariga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan kelib chiqqan holda ta'lim mazmunini modernizatsiyalashni davrning o‘zi pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta'lim mazmunini loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo‘lsa, umumiy o‘rta ta'lim maktablarining maqsadini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish tarzidan o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o‘rta ta'lim maktablarida tashkil etilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mohiyati o‘quvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o‘quv fanlari bo‘yicha asosan bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Bunday reproduktiv tarzda o‘zlashtirilgan ma'lumotlar o‘quvchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda o‘quvchilarda juda ko‘p axborotlarning behuda jamg‘arilayotganligi, ta'limning samarasi past bo‘lishi va uning real voqyelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko‘zga tashlanmoqda. Aniqrog‘i, o‘quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to‘plangan axborotlarnigina o‘zlashtirish maqsadi qo‘yilgandek tuyuladi. Ta'limning maqsadini bunday tarzda belgilash o‘quvchining faolligini cheklab qo‘yadi, oqibatda uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma'nosi yo‘qoladi. Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li umumiy o‘rta ta'limda yangicha, ya'ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Albatta, umumiy o‘rta ta'lim tizimiga kompetent yondashuvni joriy etish, eng avvalo, uni ilmiy jihatdan har tomonlama chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Garchi umumiy o‘rta ta'lim uchun kompetent yondashuvni fenomen sifatida talqin etish mumkin bo‘lsada, u pedagogika fanida chuqur anglab yetilganligi va o‘z o‘rniga ega ekanligini alohida ta'kidlab o‘tish lozim. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda ta'limga doir muammolarni tahlil Ta’lim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi: olam va inson haqidagi bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi; atrof-muhitga emotsional-faoliyat tajribasi. etishda «kompetensiya», «kompetentlik», «tayanch kompetensiyalar» kabi atamalardan keng foydanilmoqda. Pedagogik hamjamiyatda kompetensiya va kompetentlik, ulardan qaysi biri tanyach (universal) hisoblanishi, ularni shakllantirish va baholash usullarini aniqlash jarayoni jadallik bilan bormoqda, mazkur tushunchalarni aniqlashtirish bo‘yicha qizg‘in munozaralar davom etmoqda. Kompetent yondashuv o‘quvchidan alohida-alohida bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog‘liqlikda o‘z navbatida o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash o‘z navbatida ta'lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi. Yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o‘rta ta'limni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqyelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta'limning an'anaviy uch elementi (triada) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka»ni oltita birlik (sikstet) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka – Amaliy faoliyat tajribasi – Kompetensiya – Kompetentlik» tarzida tahlil etilishi talab etiladi.

    Kompetentsiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka»ni oltita birlik (sikstet) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka – Amaliy faoliyat tajribasi – Kompetensiya – Kompetentlik» tarzida tahlil etish talab etiladi.

    Umumiy o‘rta ta'limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda, kasbiy ta'limdan farqli ravishda «umumta'limiy kompetensiya» tushunchasini ta'lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta'lim maktabi o‘quvchisi hali ma'lum bir kompetensiyani o‘zida to‘liq aks ettira olmasa ham, uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir. Kompetentsiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka»ni oltita birlik (sikstet) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka – Amaliy faoliyat tajribasi – Kompetensiya – Kompetentlik» tarzida tahlil etish talab etiladi. «Kompetensiya» - muayyan muammo va masala, hodisa borasida shaxsning bilim, tajriba, mutasaddilikka ega bo‘lishi va ularni hal qilishga yetadigan salohiyati tushuniladi . “Kompetentlik”- voqyea-hodisalar, masalalar yechimi to‘g‘risida xabardor bo‘lish, muayyan nufuzga ega bo‘lishni o‘zida ifoda etadi. Ilmiy tadqiqotlarda kompetensiya pedagogik hodisa sifatida XX asrning 70 yillaridan e'tiboran tadqiq etila boshlandi. Pedagogik kompetentlik – yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi va kasbiy faoliyatidagi individuallikning yorqin ko‘rinishi sifatida tushuniladi. Umumta'limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli produktiv faoliyatni amalga oshirish zarur bo‘lgan real voqyelikning aniq belgilangan obektlariga munosabatini taqozo etuvchi o‘quvchining semantik (ma'no-mazmun) yo‘nalganligi, bilim, ko‘nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida aks etuvchi ta'limiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talabdir. O‘qituvchining didaktik kompetensiyasi – zamonaviy o‘qituvchining kasbiy kompetensiya asosini tashkil yetadi. Bular quyidagilarda namoyon bo‘ladi: -O‘qitish muhitini yaratish; -Mavzu mazmunini yoritishni rejalashtirish; -O‘quv jarayonini boshqarish; -O‘quvchilarning yutuqlari va rivojlanishlarini baholash; -O‘quvchilarga motivatsiya berish va yordam ko‘rsatish; -O‘quvchilar bilimini rivojlantirish. O‘quvchi uchun kompetensiya – bu uning kelajak obrazi, o‘zlashtirish uchun aniq mo‘ljal (orientir). Biroq maktab ta'limi davrida o‘quvchida «yuksak» kompetensiyalarning ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat u kelgusi faoliyatgatayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur kompetensiyalarni umumta'limiy nuqtai nazardan o‘zlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni Davlat ta'lim standarti talablari asosida tashkil etiladi va uning bajarilishi yuqorida ko‘rsatilgan barcha muassasalar uchun majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori, “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori asosida tuzilgan DTSda ko‘rsatilishicha umumiy o‘rta ta'limning malaka talablari umumta'lim fanlari bo‘yicha ta'lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta'lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi: bilim — o‘rganilgan ma'lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati. Umumta'limiy kompetensiyalar maktabda o‘qitiladigan fanlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatning tarkibiy qismi sifatida qaralishi hamda uning maqsadini to‘liq ro‘yobga chiqarishni ta'minlay olishini e'tirof etish maqsadga muvofiqdir. Yana shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, maktab ta'limi davrida o‘quvchi eng asosiy – fuqarolik kompetensiyasini o‘zlashtiradi va ta'limning keyingi bosqichlarida ham mazkur kompetensiyaning yetakchilik roli saqlanib qolishi zarur. O‘zbekiston Respublikasida ta'limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqyea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo‘lish, badiiy va san'at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta'lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi. Shuningdek, har bir umumta'lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Ta'llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari. Ta'lim mazmunini loyihalash quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi: Ta'lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mos bo‘lishi tamoyili. Bu tamoyil ta'lim mazmuniga an'anaviy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot darajasi va shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi. Ta'lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta'lim mazmunini tanlashda bir tomonlama yondashishni rad etadi. U aniq bir o‘quv jarayonini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga olishni ko‘zda tutadi. Bu umumiy o‘rta ta'lim mazmunini loyihalashtirish jarayonida taqdim etish va o‘zlashtirish tamoyillari, texnologiyasi, darajasi va u bilan bog‘liq xatti-harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi. Ta'lim mazmunining yaxlit strukturaga aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta'lim tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlarning berilishi, o‘quv fani, o‘quv materiali, pedagogik faoliyat, o‘quvchi shaxsi kabi komponentlarining o‘zaro mosligini ko‘zda tutadi. Ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil birinchi navbatda o‘quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va amaliy o‘zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liqdir. Buning uchun insonparvar g‘oyalar umumiy ta'lim mazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro munosabatlari tamoyilining o‘zgartirilishini talab etadi, uning asosini shaxsga yo‘nalganlik tashkil etishi zarur. Ta'lim mazmunini fundamentallashtirish tamoyili ta'limni insonparvarlashtirishdagi to‘siqlarni yo‘qotishga imkon beradi. U ijtimoiy- gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma-ketlikni o‘rnatish va fanlararo aloqalarni o‘quvchilarning idrok etishi va amaliy faoliyat metodologiyasining mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi. Ta'lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta'lim mazmunini o‘sib boruvchi yo‘nalishda rejalashtirishdan iborat bo‘lishini anglatadi, bunda birinchi navbatda har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi. Ta'lim mazmunining muntazamliligi tamoyili. Ushbu tamoyil o‘rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan malakalar va kompetentsiyalarni yagona tizimdagi o‘rni, umumiy o‘rta ta'lim, barcha o‘quv kurslari va yaxlit mazmunning bir-biriga hamda umuminsoniy, milliy madaniyat tizimi aloqadorlikda ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi. Ta'lim mazmunining o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta'lim mazmunini loyihalashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va tayyorgarlik darajasini hisobga olishni ko‘zda tutadi. Ma'lum bir yosh davriga mos bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalar tizimi ta'lim mazmunida aks ettiriladi. Ta'lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi mezonlarga asoslaniladi: ta'lim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish; ta'lim mazmunining aniq ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi; ta'lim mazmunining murakkablik darajasini hisobga olish, o‘quvchilar imkoniyatlarining mavjud o‘quv dasturlariga mosligi; ta'lim hajmining uni o‘rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi; ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob berishi; ta'lim mazmunini loyihalashda ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olish. Ta'lim mazmunini belgilovchi me'yoriy hujjatlar. Ta'lim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me'yoriy hujjat Davlat ta'lim standartidir. O‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari uning tarkibiy qismiga kiradi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me'yor», «namuna», «andoza», «model» ma'nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta'lim muassasalarida ta'limning barqarorlik darajasini ta'minlashga erishiladi, o‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o‘quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Davlat ta'lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: umumiy o‘rta ta'lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va metodlarini joriy etish; o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash; ta'lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta'lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; davlat ta'lim standartlari talablarining ta'lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash.

    Davlat ta’lim standartining maqsadi – umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.

    Davlat ta'lim standarti quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi: o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; umumiy o‘rta ta'lim mazmunining insonparvarligi; davlat ta'lim standartining ta'lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; umumiy o‘rta ta'limning boshqa ta'lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta'lim mazmunining uzviyligi; Davlat ta’lim standartining maqsadi – umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. umumiy o‘rta ta'lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi; umumiy o‘rta ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi; o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta'lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta'minlanganligi; rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida me'yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. Davlat ta'lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: umumiy o‘rta ta'limning tayanch o‘quv rejasi; umumiy o‘rta ta'limning o‘quv dasturi; umumiy o‘rta ta'limning malaka talablari; baholash tizimi. Umumiy o‘rta ta'limning tayanch o‘quv rejasi umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.



    Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.



    Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.
    Tayanch o‘quv reja umumta'lim fanlari bo‘yicha belgilangan ta'lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi. Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma'lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.



    Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari quyidagilardan tashkil topadi: bilim – o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma – o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka – o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
    O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Umumiy o‘rta ta'limning malaka talablari umumta'lim fanlari bo‘yicha ta'lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta'lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat.

    Baholash tizimi – davlat ta'lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta'limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta'lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat. Ta'lim mazmuni va o‘quv dasturlari asosida o‘quv materiallari o‘quv-metodik majmuada o‘z ifodasini topadi.



    O‘quv-metodik majmua – darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.

    Darslik – davlat ta'lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta'lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma'lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri. Darslik o‘quvchilarning ta'lim jarayonida, ongli ravishda va faol ishtirok etishlari, o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirishlarini ta'minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish yo‘lida darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi: Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari quyidagilardan tashkil topadi: bilim – o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma – o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka – o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati. O‘quv-metodik majmua – darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua. motivatsion vazifa – bu vazifa o‘quvchilarni ushbu fanni o‘rganishga yo‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag‘bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat; axborot vazifasi o‘quvchilarga axborotlarni yetkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi; nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta'lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, o‘quvchilarda o‘zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun o‘rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi. muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta'limning boshqa vositalari (xaritalar, ko‘rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi; rivojlantiruvchi-tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining o‘quvchilarga ma'naviy-axloqiy ta'sir ko‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat; o‘qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo‘lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko‘rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko‘zga tashlanadi. Mashq daftari – darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta'lim standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat bo‘lgan didaktik vosita. O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma – darslikdagi har bir mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari va o‘qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv nashri. Darsliklarning multimediali ilovalari – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid materiallarni davlat ta'lim standarti va o‘quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanini samarali o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning mustaqil ta'lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta'lim resursi.

    Download 261,95 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




    Download 261,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

    Download 261,95 Kb.